ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NEYROPSIXOLOGIYASI ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

Özet

Ushbu maqolada inson psixikasining mohiyati, uning materiyaning yuksak rivojlangan shakli sifatidagi xususiyatlari hamda ob’ektiv borliqni faol aks ettirish jarayoni tahlil qilinadi. Psixikaning o‘tgan, hozirgi va kelajak hodisalarini o‘zida mujassamlashtirishi, xotira, aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, niyat va fantaziyalar orqali tartibga solinishi yoritiladi. Shuningdek, anglanilgan va anglanilmagan psixika o‘rtasidagi farqlar hamda inson psixikasining hayvon psixikasidan sifat jihatidan ustunligi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 658 ⊰⊰--

MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NEYROPSIXOLOGIYASI

ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

Ahmedova Barnoxon Bahtiyorovna

Toshkent shahar

Mirzo Ulugʻbek tumani

137 Davlat Maktabgacha

ta’limtashkiloti direktori

barnoahmedova11@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson psixikasining mohiyati, uning materiyaning yuksak rivojlangan shakli sifatidagi xususiyatlari hamda ob’ektiv borliqni faol aks ettirish jarayoni tahlil qilinadi. Psixikaning o‘tgan, hozirgi va kelajak hodisalarini o‘zida mujassamlashtirishi, xotira, aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, niyat va fantaziyalar orqali tartibga solinishi yoritiladi. Shuningdek, anglanilgan va anglanilmagan psixika o‘rtasidagi farqlar hamda inson psixikasining hayvon psixikasidan sifat jihatidan ustunligi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: psixika, ong, anglanilgan psixika, anglanilmagan psixika, xotira, tafakkur, hissiyot, fantaziya

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается сущность человеческой психики как системного свойства высокоорганизованной материи, обеспечивающего активное отражение объективной реальности. Анализируется проявление психики во временной перспективе: прошлое — через память и опыт, настоящее — через мыслительные и эмоциональные процессы, будущее — через намерения, цели, фантазии и переживания. Особое внимание уделено различиям между осознаваемой и неосознаваемой психикой, а также качественным отличиям психики человека от психики животных. Ключевые слова: психика, сознание, подсознание, память, мышление, эмоции, фантазия

--⊱⊱ 659 ⊰⊰--

ABSTRACT

This article examines the nature of the human psyche as a systemic property of highly organized matter that enables the active reflection of objective reality. It analyzes how the psyche represents past events through memory, the present through cognitive and emotional processes, and the future through intentions, goals, fantasies, and moral experiences. The distinction between conscious and unconscious aspects of the psyche, as well as the qualitative differences between human and animal psyche, is discussed from a scientific perspective. Keywords: psyche, consciousness, unconscious mind, memory, thinking, emotion, fantasy Psixika - bu yuksak darajada tashkil topgan materiyaning sistemali xossasi (xususiyati), sub'ekt tomonidan ob'ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzalarini sub'ekt o’zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o’z xulqini va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va kelasi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingandir. O’tmish hodisalari inson xotirasida mujassamlashib, shaxsiy tajribalarda namoyon bo’ladi. Hozirgi zamon aqliy jarayonlar, hissiy kechinmalar, obrazlar va tasavvurlar majmuasida ifodalanadi. Kelajak esa turtkilarda, maqsad, ezgu niyatlarda, shuningdek, fantaziya, vijdon azobi, armon va tushlarda aks etadi. Inson psixikasi ham anglanilmagan, ham anglanilgan xususiyatga ega bo’lib, anglanilmagan psixika o’z navbatida hayvon psixikasidan sifat jihatidan keskin tafovutga va ustuvorlikka ega. Tashqi ob'ektlarning psixika shaklida maxsus tana a'zolari qurilmasining faol va ilgarilab in'ikos etishi harofati bilan mazkur ob'ektlarning xususiyatiga mutlaqo mutanosib harakatlarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keladi. Shu bilan birga psixikaning vaziyat ustuvorligi va qidiruv faolligi tufayli organizmning tarkiblari o’rtasida yashash uchun kurash ro’yobga chiqadi. Xuddi shu boisdan psixikani aniqlovchi asosiy belgilari mavjuddir: predmet muhiti obrazini aks ettirish, tirik tana a'zolarining harakat qilish, ularning mazkur muhitda orientatsiyasi, u bilan aloqaga kirishish ehtiyojidan qoniqish, to’g’ri aloqalar teskari aloqa qilish printsipi bo’yicha aks ettirish to’g’riligini nazoratqilish kabilar. Insonning nazorat instantsiyasi sifatida ijtimoiy amaliyot xizmat qiladi. Teskari aloqa harofati tufayli obraz bilan harakat natijasini taqqoslash amalga oshiriladi, paydo bo’luvchi holat bu natijasidan oldinroq sodir bo’ladi, chunki u borliqning o’ziga xos modeli sifatida yuzaga kelish imkoniyatiga ega. Genetik kelib chiqishiga binoan, psixika o’zining reflektor tipiga va tarixiga ega bo’lgan alohida siklli tizim sifatida ro’yobga chiqqan. Reflektorlik organizm hayotining ob'ektiv haroitlari birlamchiligini bildiradi.

--⊱⊱ 660 ⊰⊰-- Idrok qilinuvchi mazkur tizimning tarkibiy qismlari ijro etuvchanligi, harakatlarning maqsadga yo’nalganligiga, obraz ta'siriga "teskari" qonuniy o’tish jarayoni hisoblanadi. Psixikaning reflektor tabiatining birinchi shunday ilmiy talqini rus fiziologi I.M.Sechenov tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, bir qacha asrlar davomida psixika alohida tanasiz narsa, uni harakatga keltiruvchi, uni nerv jarayoni bilan almashtiruvchi, unga tenglashtiruvchi mexanik materialistik yo’nalishga kuchli zarba edi. Psixikaning faolligi reallik bilan bevosita muloqotga kirihish jarayonida namoyon bo’ladi, chunki nerv apparatlarida harakatlanuvchi fizikaviy, kimyoviy qo’zg’atuvchilarni qayta qurish ko’zda tutildi. Qo’zg’ovchilarda, ularning doirasidagi xatti-harakatlarga kuch-quvvat beruvchi, uzluksiz ravishda intiluvchi, xulq-atvor dasturi bajarilishini ta'minlovchi, unga qidiruv jarayoni va variantlar tanlashni o’zida qamrab oluvchi faollikning xususiyatlaridir. Psixika biologik evolyutsiyaning ma'lum bir bosqichida vujudga kelgan bo’lib, uning o’zi omillarning biri sifatida organizmni ularning yashash haroitiga tobora kuchayib boruvchi moslashuvni ta'minlab turadi. Psixikaning insonda paydo bo’lishi sifat jihatdan mutlaqo yangi tuzilishga ega, chunki u ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning qonuniyatlari bilan shartlangandir. Faoliyat regulyatsiyasining yuksak darajasi sifatida ong vujudga keladi, psixika faolliginingyuksak ko’rinishi manbai tariqasida esa shaxs shakllanadi. Bizningcha, metodologik nuqtai nazardan psixika tahlil qilinganda, albatta biosferik va neosferik aloqalar natijalari, ularning ta'sirchanlik kuchi, vaziyat, muhit hamda holatlar (hodisalar) fazoviy joylashuvi, "sun'iy miya"ning vujudga kelishi imkoniyati yuzasidan fikr bildirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Chunki, inson aql-zakovatining quvvati yetmaydigan, payqash imkoniyatiga ega bo’lmagan borliqning mo'jizalari, sirlari mavjuddir, uni hisobga olmasdan ilojimiz yo’q. Shuningdek, qarama-qarshilik mavjud ekanligini tan olish bilan birga, murosa-yu madora, xaotik (betartib) harakatlar hukm surishini unutmaslik lozim.Aks ettirish materiyaning umumiy xususiyatidan iborat bo’lib, ob'ektlarning belgilari va alomatlarini turli darajada adekvat (to’g’ri) idrok qilishga qobiliyatliligi, boshqa ob'ektlarning munosabatlari va tuzilishining tavsiflarini ifodalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Vygotskiy L.S. Psixika va ongning rivojlanishi. – Moskva: Pedagogika, 1982.

2. Luriya A.R. Inson psixikasi va oliy psixik funksiyalar. – Moskva: MGU, 1977.

3. Rubinshteyn S.L. Inson va uning psixik faoliyati. – Moskva: Nauka, 1989.

4. Zimnyaya I.A. Psixologiya: asosiy tushunchalar va jarayonlar. – Moskva: Logos, 2001.

5. Abdurahmonova Q., To‘xtayev N. Umumiy psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya,

2017.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.