ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MONOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AHAMIYATI

Özet

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda monologik nutqni rivojlantirish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Monologik nutq bola tafakkuri, muloqot madaniyati va ijodiy fikrlashining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Maqolada interfaol metodlar, AKT vositalari, multimedia resurslari hamda oʻyin texnologiyalarining nutqni rivojlantirishdagi samaradorligi ilmiy dalillar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, tarbiyachi faoliyatida innovatsion yondashuvlar, bolalarning mustaqil fikr bildirish, voqea-hodisalarni ketma-ket bayon etish va mantiqiy xulosa chiqarish koʻnikmalarini rivojlantirishning amaliy mexanizmlari koʻrsatib oʻtilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 427 ⊰⊰--

FOYDALANISH AHAMIYATI

Abdullayeva Kirmizi Jumatayevna

University of innovation technologies 1-

basqısh talabası

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda monologik nutqni rivojlantirish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Monologik nutq bola tafakkuri, muloqot madaniyati va ijodiy fikrlashining shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Maqolada interfaol metodlar, AKT vositalari, multimedia resurslari hamda oʻyin texnologiyalarining nutqni rivojlantirishdagi samaradorligi ilmiy dalillar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, tarbiyachi faoliyatida innovatsion yondashuvlar, bolalarning mustaqil fikr bildirish, voqea-hodisalarni ketma-ket bayon etish va mantiqiy xulosa chiqarish koʻnikmalarini rivojlantirishning amaliy mexanizmlari koʻrsatib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar: monologik nutq, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, AKT, multimedia, interfaol metodlar, maktabgacha taʼlim, nutq rivoji, innovatsion yondashuv.

Аннотация: В данной статье раскрываются теоретические и практические основы использования современных педагогических технологий в процессе развития монологической речи детей дошкольного возраста. Монологическая речь является важным фактором формирования мышления, коммуникативной культуры и творческих способностей ребенка. В статье проанализирована эффективность интерактивных методов, ИКТ, мультимедийных ресурсов и игровых технологий в развитии речи. Также представлены инновационные подходы в деятельности воспитателя, направленные на развитие у детей навыков последовательного изложения событий, самостоятельного высказывания мыслей и логического заключения.

Ключевые слова: монологическая речь, современные педагогические технологии, ИКТ, мультимедиа, интерактивные методы, дошкольное образование, развитие речи, инновации.

Abstract: This article discusses the theoretical and practical foundations of using modern pedagogical technologies to develop monologic speech in preschool children. Monologic speech plays a key role in shaping childrenʼs thinking, communication culture, and creative expression. The article analyzes the effectiveness of interactive methods, ICT tools, multimedia resources, and playbased technologies in supporting speech development. It also highlights innovative approaches that enable preschool educators to enhance childrenʼs skills in coherent narration, independent expression of ideas, and logical reasoning.

Keywords: monologic speech, modern pedagogical technologies, ICT, multimedia, interactive methods, preschool education, speech development, innovation.

Maktabgacha yosh davri bolalarning nutqiy, aqliy, ijtimoiy va emotsional rivojlanishida eng muhim bosqichlardan biridir. Aynan shu davrda bola atrof-muhitni anglay boshlaydi, oʻz fikrini ifodalashga, muloqotga kirishishga va til vositalaridan ongli foydalanishga intiladi. Monologik nutq — bolaning mustaqil ravishda fikr yuritishi, voqea-hodisalar ketma-ketligini izchil bayon qilishi hamda mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyatini shakllantiruvchi muhim nutq faoliyati hisoblanadi[1]. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim mazmunining yangilanib borayotgani, taʼlim jarayoniga innovatsion yondashuvlar kiritilayotgani zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishni

--⊱⊱ 428 ⊰⊰-- talab qilmoqda. Shuning uchun monologik nutqni rivojlantirishda interfaol metodlar, AKT vositalari, multimedia resurslari, didaktik oʻyin texnologiyalari kabi ilgʻor yondashuvlarning oʻrni beqiyosdir.

Nutq-bu tilni ishga solish jarayonidir. Subyektning nutqiy faoliyati ichki vositasi va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni oʻz ichiga oladi. Nutq bu psixik xodisa, kishilarning shaxslararo oʻzaro muayyan hamkorligi sharaoitlarida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega boʻlgan shaxs mulkidir. Utildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoy mulki hodisasidir.

Bolalarning monologik nutqi taʼlimning keyingi bosqichlarida — oʻqish, yozish, matn yaratish, mantiqiy fikrlash va ijodiy tafakkur jarayonlarining poydevorini tashkil qiladi. Nutqi yaxshi rivojlangan bola jamoadagi muloqotga tez kirishadi, oʻz fikrini aniq ifoda eta oladi, mustaqil oʻqish faoliyatiga tayyor boʻladi. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim tashkilotlari oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali bolalarning nutq faoliyatini faollashtirish va ularning monologik nutqini izchil shakllantirishdir[2].

Maktabgacha yoshdagi bolalarda monologik nutqning shakllanishi murakkab, bosqichmabosqich kechadigan va bolaning til, tafakkur hamda ijtimoiy tajribasining rivojlanishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan jarayondir. Monologik nutq dialogik nutqdan farqli ravishda mustaqil, izchil, mazmunli va mantiqan bogʻlangan fikr bayonini talab qiladi. Shu sababli uning rivoji bolalarning lugʻat boyligi, grammatik qurilish, nutqning fonetik jihatdan toʻgʻri shakllanishi, obrazli tasavvurlar, emotsional-taʼsirchan idrok va fikrni rejalashtirish kabi koʻplab lingvistik unsurlarga asoslanadi. Lingvistik nuqtayi nazardan monologik nutqni shakllantirish uchun bola soʻzlarni tanlash, gaplarni mantiqiy tartibda bogʻlash, syujet qurish, sabab-oqibat aloqalarini tushunish, voqea va hodisalarni izchil yoritish koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim.

Psixologik jihatdan esa monologik nutq bolaning xotirasi, diqqatning barqarorligi, tafakkur jarayonlari, tasavvuri, kuzatuvchanligi, emotsional tajribasi va shaxsiy munosabatlar tizimi bilan bogʻliq boʻladi. Shu yoshda bolalarda ichki nutqning shakllanishi, nutqiy motivatsiya, nutqiy faollik, oʻz fikrini mustaqil ifodalash ehtiyoji kuchaya boradi. Vygotskiy, Luriyaning psixolingvistik qarashlariga koʻra, monologik nutqning shakllanishi bolaning ijtimoiy faoliyati va kattalar bilan muloqot jarayonidagi nutqiy tajribaga tayanadi. Kattalar nutqi, tarbiyachi tomonidan berilgan nutqiy namunalar, badiiy adabiyot, dramatizatsiya, oʻyin jarayonidagi muloqot va zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali beriladigan topshiriqlar bolaning nutqiy faolligini oshiradi va monologik nutq koʻnikmalarini shakllantiradi. Shuningdek, bu jarayonda bolaning emotsional holati, oʻziga ishonchi, irodaviy faolligi, hayotiy tajribasi va motivatsiyasi muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda monologik nutqni rivojlantirishda interfaol metodlar alohida ahamiyatga ega boʻlib, ular bolani faol fikrlashga, mustaqil nutq tuzishga, izchil bayon qilishga undaydi va oʻqituvchi–bola, bola–bola oʻrtasidagi muloqotni jonlantiradi. Interfaol metodlar jarayonida bola nafaqat tinglovchi yoki kuzatuvchi, balki faol ishtirokchi boʻladi, syujet yaratadi, oʻz fikrini ifodalaydi, asoslaydi va turli kommunikativ vaziyatlarda monologik nutqni shakllantiradi. Ushbu yondashuvlar bolalarning tafakkurini faollashtiradi, emotsional holatini yaxshilaydi, nutqqa qiziqishni orttiradi va oʻyin orqali oʻrganish foydalaniladi.

Interfaol oʻyinlardan foydalanish monologik nutqni rivojlantirishning eng samarali yoʻllaridan biridir. Syujetli-rolli oʻyinlar jarayonida bola oʻziga berilgan rolga mos nutq tuzadi, voqealarni izchil bayon etadi, syujetni davom ettiradi. “Dramatizatsiya” metodida bola badiiy asardagi qahramon sifatida gapiradi, bu esa uning nutqiy faolligini, emotsional ifodaviyligini oshiradi[3]. Rasm asosida hikoya tuzish, ketma-ket rasmlar orqali voqeani qayta yaratish, “Kim tez va aniq ayta oladi?” kabi

--⊱⊱ 429 ⊰⊰-- oʻyinli topshiriqlar ham bolaning nutqini mustaqil rejalashtirish va bayon qilish qobiliyatini rivojlantiradi.

Rivojlantiruvchi texnologiyalardan — multimediali taqdimotlar, interaktiv doska, audiovizual vositalardan foydalanish bolalarning diqqatini jalb etadi, voqealarni idrok etishni osonlashtiradi hamda ular asosida monolog tuzish jarayonini qiziqarli qiladi[4]. Interfaol metodlarning yana bir afzalligi shundaki, ular bolalarda erkin nutqiy muhit yaratadi, har bir bola oʻz fikrini bemalol ifodalashi uchun imkon beradi, bu esa monologik nutqning tabiiy ravishda rivojlanishiga olib keladi.

Umuman olganda, interfaol metodlar maktabgacha yoshdagi bolalarda monologik nutqni bosqichma-bosqich, tizimli, samarali va oʻyin asosida shakllantirishga imkon yaratadi. Ular bolalarda izchil bayon qilish koʻnikmasini shakllantiribgina qolmay, balki tafakkur, tasavvur, diqqat, eslab qolish, emotsional ifoda va nutq madaniyatini ham rivojlantiradi.

Nutqning yangi shakli — monologik tarzda xabar qilish, koʻrgan va eshitganlari toʻgʻrisida hikoya qilish paydo boʻlad[5]. Bolalarni hikoya qilishga oʻrgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam beradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan shakllangan boʻlib, oʻzini tutish, jamoa oldida soʻzga chiqish malakasi hosil boʻladi“. Shu munosabat bilan maktabgacha taʼlim muassasalari taʼlim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga oʻrgatish boʻyicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Q.Shodiyevaning fikrlariga tayanadigan boʻlsak “Oʻrta guruhlarda hikoya qilishga oʻrgatish vazifalari va ularming mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali soʻzlab berishga oʻrgatiladi”

Maktabgacha taʼlim tashkilotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish bolalar nutqini, ayniqsa monologik nutqni rivojlantirishda zamonaviy, samarali va qiziqarli pedagogik yondashuvlardan biri hisoblanadi. AKT vositalari bolalarda idrok, tasavvur, diqqat, eshituv va koʻruv funksiyalarini faollashtiradi, bu esa izchil va mustaqil nutq yaratish uchun qulay sharoit yaratadi. Zamonaviy texnologiyalar orqali bolalar mavzuni vizual, audiovizual va interaktiv tarzda qabul qiladi, bu esa ular tasavvurini boyitadi va monologik nutq uchun zarur boʻlgan obrazlar, mantiqiy bogʻlanishlar va mazmunli fikrlarni shakllantirishga yordam beradi.

AKT vositalari — multimedia taqdimotlari, animatsion videolar, slaydlar, interaktiv oʻyinlar, audio yozuvlar, virtual rasmlar, interaktiv doskalar va maxsus taʼlimiy dasturlar monologik nutqni rivojlantirish jarayonini yanada samarali qiladi. Masalan, ketma-ket berilgan animatsion lavhalar asosida bola voqeani izchil bayon qiladi, rasmli slaydlar ketma-ketligi unga reja asosida hikoya tuzish imkonini beradi, multimedia hikoyalari esa bola uchun mazmunni eslab qolishni osonlashtiradi. Bu vositalar yordamida bola syujetni tasavvur qilibgina qolmay, balki uni mustaqil ravishda monolog shaklida ifodalay oladi.

Interaktiv oʻyinlar, masalan, “voqeani davom ettir”, “qahramon nima dedi?”, “ertakni yakunla”, “rasm asosida hikoya yarat”, “ketma-ketlikni top” kabi topshiriqlar bolalarda mustaqil fikrlashni rivojlantiradi. Interaktiv doska orqali rasm chizish, predmetlarni joylashtirish, personajlarni harakatlantirish kabi mashgʻulotlar esa bolaning tasavvuri va tafakkuriga ijobiy taʼsir koʻrsatib, monologik nutq uchun zarur boʻlgan mantiqiy bogʻlanishni shakllantiradi.

AKTdan foydalanish bolaning emotsional holatini ham ijobiy yoʻnalishga oʻzgartiradi — bola oʻrganish jarayonini qiziqarli, dinamik va zavqli deb qabul qiladi, bu esa nutqiy faollikni kuchaytiradi. Raqamli vositalarning yana bir afzalligi shundaki, ular individual yondashuvni taʼminlaydi: bola oʻz tezligiga mos ravishda materialni koʻrishi, takrorlashi va mustaqil ravishda fikr yuritishi mumkin. Shuningdek, audio yozuvlar va video ertaklar bolalarning fonematik eshituvini,

--⊱⊱ 430 ⊰⊰-- tovushlarni ajrata olish qobiliyatini kuchaytiradi, bu esa nutqning fonetik jihatdan toʻgʻri shakllanishiga izchil taʼsir qiladi.

Pedagog uchun AKT vositalaridan foydalanish oʻquv jarayonini boshqarishni osonlashtiradi, topshiriqlarni xilma-xil koʻrinishda taqdim etish imkonini beradi. Tarbiyachi multimedia resurslari yordamida bolalarga yorqin, jonli, tematik materiallar taklif qilishi, monologik nutqni bosqichmabosqich shakllantirish uchun turli didaktik vazifalar yaratishi mumkin.

Umuman olganda, AKT vositalari maktabgacha yoshdagi bolalarda monologik nutqni rivojlantirishning samarali, zamonaviy va innovatsion yoʻllaridan biri boʻlib, ular bolaning idroki, tasavvuri, mantiqiy fikrlashi va mazmunli nutq yaratish koʻnikmasini kuchaytiradi. AKT vositalari monologik nutqning shakllanishiga nafaqat osonlik yaratadi, balki uni yanada qiziqarli, mazmunli va yuqori samarali pedagogik jarayon sifatida tashkil etishga imkon beradi.

Nazariy tahlil va taqqoslashlar shuni koʻrsatadiki, monologik nutqni samarali shakllantirish uchun bolaga boy nutqiy muhit yaratish, oʻyin va AKTga asoslangan topshiriqlarni muntazam tashkil etish, har bir bola imkoniyatini inobatga olgan holda individual yondashuvni taʼminlash lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar uygʻunligini taʼminlagan holda tashkil etilgan mashgʻulotlar bolalarda ravon, izchil va mantiqiy bogʻlangan monologik nutqning shakllanishiga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha taʼlim tashkilotida monologik nutqni rivojlantirish jarayoni kompleks yondashuvni talab qiladi. Pedagogning metodik savodxonligi, texnologik kompetensiyasi, bolalar bilan muloqot madaniyati va innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanishi bu yoʻnalishdagi ishning natijadorligini belgilaydi. Shu sababli, nutqni rivojlantirish jarayonida anʼanaviy va innovatsion usullarni uygʻunlashtirgan holda, oʻyin, texnologiya va ijodkorlikka asoslangan mashgʻulotlarni tashkil etish bolalarda monologik nutqning tabiiy, izchil va mazmunli ravishda rivojlanishiga imkon yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Qodirov F.K. “ Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omilla “ Toshkent- 2016

2. Babayeva D.R “ Nutq óstirish metodikasi “ Toshkent- 2019

3. Erxonova N , Róziyeva Z “ Tárbiyachi kitobi nutq óstirish “ T- 2021

4. Qodirova F , Qayumova V.X “ Nutq óstirish” T- 2022

5. Babayeva D.R “ Nutq óstirish nazariyasi va metodikasi “ T- 2018

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.