ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA XOTIRA JARAYONLARINING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI VA SHAXS RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Özet

Ushbu maqolada xotira inson psixikasining asosiy jarayoni sifatida koʻrib chiqilib, uning nerv-fiziologik mexanizmlari, muvaqqat nerv aloqalarining shakllanishi va miyadagi egiluvchanlik (plastiklik) bilan bogʻliqligi tahlil qilinadi. Xotiraning sifat darajasi shaxsning faol bilish jarayoni, gʻoyaviy yoʻnalishi hamda hayotiy tajribasi bilan chambarchas bogʻliq ekanligi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari xotiraning rivojlanishi shaxs faolligi, yosh xususiyatlari va miyaning funksional holati bilan bevosita bogʻliq ekanini koʻrsatadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 179 ⊰⊰--

FIZIOLOGIK ASOSLARI VA SHAXS RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Millayeva Gulnoza Sheraliyevna

Jizzax viloyati Jizzax shahar 10-sonli

DMTT da psixologi

Usmonova Nozima Alisherovna

Jizzax viloyati Jizzax shahar 15-sonli

DMTT da psixologi

Annotatsiya:Ushbu maqolada xotira inson psixikasining asosiy jarayoni sifatida koʻrib chiqilib, uning nerv-fiziologik mexanizmlari, muvaqqat nerv aloqalarining shakllanishi va miyadagi egiluvchanlik (plastiklik) bilan bogʻliqligi tahlil qilinadi. Xotiraning sifat darajasi shaxsning faol bilish jarayoni, gʻoyaviy yoʻnalishi hamda hayotiy tajribasi bilan chambarchas bogʻliq ekanligi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari xotiraning rivojlanishi shaxs faolligi, yosh xususiyatlari va miyaning funksional holati bilan bevosita bogʻliq ekanini koʻrsatadi.

Kalit soʻzlar: xotira, nerv-fiziologik asoslar, plastiklik, muvaqqat nerv aloqalari, assosiasiya, miya faoliyati, psixik jarayonlar

Аннотация

В данной работе рассматривается память как ключевой психический процесс, анализируются её нейрофизиологические механизмы, формирование временных нервных связей и их связь с пластичностью головного мозга. Подчёркивается, что качество памяти определяется активностью личности, её мировоззрением и накопленным жизненным опытом. Результаты анализа показывают, что развитие памяти напрямую связано с возрастными особенностями, уровнем активности человека и функциональным состоянием мозга.

Ключевые слова: память, нейрофизиология, пластичность мозга, временные нервные связи, ассоциации, деятельность мозга, психические процессы

Annotation

This article examines memory as a fundamental psychological process and analyzes its neurophysiological mechanisms, including the formation of temporary neural connections and their relation to brain plasticity. The quality of memory is shown to depend on an individualʼs cognitive activity, personal orientation, and life experience.The findings indicate that memory development is closely linked to a personʼs activity level, age characteristics, and the functional state of the brain.

Keywords: memory, neurophysiological mechanisms, brain plasticity, temporary neural connections, associations, brain activity, cognitive processes

Xotira biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning gʻoyaviy yoʻnalishi katta oʻrin egallaydi. Bu yoʻnalish uning faoliyatini hayot sharoiti taʼsirida shakllantiradi. Kishi oʻzining shu faoliyati uchun muhim boʻlgan voqea, hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun kam ahamiyatga ega boʻlgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladi.

--⊱⊱ 180 ⊰⊰--

Xotiraning nerv-fiziologik asoslari. Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, yaʼni oʻzgaruvchanlik, qoʻzqatuvchilar taʼsirida oʻzida goʻyo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega boʻlib, uning darajasi har xil boʻladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq ravishda rivojlanadi. Atrofni oʻrab olgan borliqni faol biluvchi kishi oʻz miyasi faoliyatini toʻxtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, baʼzi paytda odamning toliqishiga sabab boʻladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Bu oʻrinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi soʻzlari juda xarakterlidir. "Muvaqqat nerv bogʻlanishlari - deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning oʻzimizda ham boʻladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot boʻlmasa harflar, soʻzlar va fikrlar oʻrtasida paydo boʻladigan bogʻlanishlar-ki, bu bogʻlanishlarni psixologlar assosiasiyalar deb ataydilar".

Xotira, yaʼni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil boʻlgan obrazlar oʻrtasida assosiasiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assosiasiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assosiasiyasi, oʻxshashlik assosiasiyasi va qarama-qarshilik assosiasiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assosiasiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assosiasiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil boʻladi. Masalan, bogʻchada bolasi har kuni oʻzining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa oʻrtasida maʼlum oʻxshashlik boʻlsa, bu narsalar oʻrtasida oʻxshashlik assosiasiyasi hosil boʻladi. Masalan, bola dastavval bogʻchaga kelgan paytida bogʻcha mudirasining tashqi koʻrinishi, ovozi va munosabatlarini oʻz onasiga oʻxshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini koʻrganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini koʻrganda onasini eslaydigan boʻlib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari oʻrtasida assosiasiya hosil boʻladi. Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar oʻrtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar boʻlsa, bunday narsalar oʻrtasida qarama-qarshilik assosiasiyasi yuz beradi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida toʻxtalar ekanmiz, soʻnggi yillarda texnikaning gʻoyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga boʻlgan ehtiyoj benihoya koʻpayib ketganligini taʼkidlash joiz. Bu oʻz navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan oʻrganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga koʻra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni oʻzgarishi bilan bogʻliqdir. Oʻtkazilgan tekshirishlarga koʻra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining dendrit shoxlari tarkibida oʻzgarish yuzaga keladi.

Xotira turlari. Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon boʻlish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil koʻrinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bogʻliqligi olinadi. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikasiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida quyidagi klassifikasiya uchraydi:

➢ Faoliyatda koʻproq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emosional, obrazli va soʻz mantiq xotira.

--⊱⊱ 181 ⊰⊰--

➢ Faoliyatning maqsadlariga koʻra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.

➢ Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga koʻra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.

Foydalanilgan adabiyotlar

5. Pavlov I.P. Oliy nerv faoliyati haqida maʼruzalar. – Moskva: Nauka, 1973.

6. Luriya A.R. Kognitiv jarayonlar va miyadagi tuzilmalar. – Toshkent: Fan, 2001.

7. Vygotskiy L.S. Psixika va rivojlanish muammolari. – Moskva: Pedagogika, 1982.

8. Ananʼyev B.G. Inson psixologiyasi va fiziologiyasi. – Sankt-Peterburg, 1996.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.