O‘QITISHDA VA O‘RGANISHDAGI MUAMMOLAR
Aripova Hilola Azimdjanovna
Diplomat International School o‘zbek tili o‘qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada jamiyatimizda davlat tiliga bo‘lgan munosabat, uni o‘qitishda va o‘rganishdagi muammolar haqida so‘z boradi. Bu borada prezidentimiz chiqargan qarorlar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Muammolar ketma ketlikda sanalgan.
Kalit so‘zlar: davlat tili, jamiyat, konsepsiya, nutqiy madaniyat, vazifalar,
Hozirgi kunda prezidentimiz tashabbuslari bilan ta’lim boshqa tildagi o‘quvchilarning davlat tilini bilish darajasini oshirish maqsadida ko‘plab tashabbus va islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish choratadbirlari toʻgʻrisida”gi 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son Farmoniga muvofiq mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish, taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tilining sog‘liqni saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish asosiy vazifa qilib belgilangan. . Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi PF6084-son va unga ilova qilingan 2020- 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish KONSEPSIYASIdagi vazifalar – mamlakat hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanish; ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni muntazam ravishda rasmiy muomalaga kiritib borish; davlat tili barcha fan tarmoqlariga oid ilmiy tadqiqotlarda ilm-fan tili sifatida nufuzga ega boʻlishi; ommaviy axborot vositalarining audiovizual asarlarida barcha ishtirokchilarning oʻzbek adabiy tilida soʻzlashiga erishish, davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan faol integratsiyasini taʼminlash, oʻzbek tilining ilm-fan va texnologiyalar sohasida qoʻllanilishi imkoniyatlarini yanada kengayishini taʼminlash uchun taʼlim tashkilotlarida davlat tilini oʻqitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish kabi vazifalar belgilangan edi.
«O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonda «...mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish» [1] muhim vazifalardan biri sifatida ta’kidlangan.
Ma’lumki, davlat tili jamiyatda odamlar uchun katta rol o‘ynaydi. Ushbu til o‘z ona tili boshqa bo‘lgan o‘quvchilar uchun o‘rganish jarayonida qiyinchilik tug‘dirishi amri mahol. Jamiyatda inson o‘z o‘rnini topishlari uchun avvalo davlat tilini o‘rganishlari, tushunishlari va ravon gapira olishlari kerak. O‘zbek tili grammatikasi o‘ziga xos, boshqa tillardan farq qiluvchi strukturaga egaligi tufayli o‘rganish jarayonida ko‘plab muammolarni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. O‘quvchilar grammatikani, ayniqsa, yozuv jarayonida qiyin deb topishlari mumkin va bu oqibatda noto‘g‘ri xabar yetkazilishiga olib kelishi mumkin. O‘zbek tilida grammatika qoidalari aniq va juda ko‘p tushuntirishlarga, dalil va isbotlarga ega. Shunga qaramasdan, ta’lim boshqa tillardagi o‘quvchilarga ularni yodlash va qo‘llash yanada qiyinroq.
O‘zbek tilini o‘rganishda quyidagi muammolarga duch kelinadi:
1. Murakkab grammatika. Ta’lim boshqa tillardagi o‘quvchilar uchun o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish qiyinroq. O‘zbek tilida so‘zlashda o‘quvchilar asosan grammatik xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Odatda, o‘quvchilar o‘zbek tilida so‘zlashda qo‘shimchalarda, nisbat, , so‘z boyligida xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Gap tuzish jarayonida ko‘pincha til o‘rganuvchilar qo‘shimchalarni farqlashda qiynalishadi va noto‘g‘ri ishlatadilar, ya’ni ba’zan ular kelishik qo‘shimchalarini o‘rnini almashtirib gapirishadi. Muammo ular so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarning qanday ishlatishni osongina farqlay olmasligidadir.
2. Auditoriyada ona tilidan ortiqcha foydalanish. O‘rganuvchilar undan foydalanishga majbur bo‘lganlaridagina boshqa tilni yaxshi o‘rganadilar. O‘qituvchi o‘quvchilar o‘rganilayotgan tilda muloqot qilishlarini talab qilishi kerak. Ana shu holatdagina til o‘rganishda o‘sish, talaffuzda ravonlik kabi yutuqlarga erishish darajasi oshadi. Dars jarayonida qat’iyat bilan talab qilinsa va cheklovlar yo‘lga qo‘yilsagina o‘zbek (davlat) tilini o‘zlashtirish muvaffaqiyatli amalga oshadi.
3.O‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik. O‘quvchilarning jamoat joylarida o‘zbek tilida gaplasha olmasligining sabablaridan biri ham ishonchsizlikdir. Ular tadbirlarda yoki davlat tashkilotlari oldida o‘zbek tilida gapirisha olishmaydi. Bu, odatda, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarni jamoat joylarida o‘zbek tilida gapirishga yetarlicha rag‘batlantirmasliklari bilan bog‘liq. Odatda, o‘qituvchilar ularni sinfda yoki odamlar oldida o‘zbek tilida gapirishga undashmaydi. Ular o‘zbek tilini o‘rganishadi, lekin so‘zlashishni yetarlicha o‘rganishmaydi. Bu asosan o‘quvchilar sinfda yoki odamlar oldida duch keladigan muammolardan biridir. O‘ziga bo‘lgan ishonch har qanday tilda gapirishda juda muhim rol o‘ynaydi, agar o‘quvchilar o‘zlariga ishonmasa, o‘zbek tilida erkin gapira olishmaydi. Bu faqat o‘zbek tilini emas xorijiy tillarni o‘rganishda ham katta muommolardan biridir. O‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi butunlay o‘qituvchilarga bog‘liq.. Agar o‘quvchilar nutqda xato qilishdan tashvishlansa, o‘qituvchilar ularga hech kim mukammal tug‘ilmasligini, har kim o‘z xatolaridan saboq olishini o‘rgatishi kerak. O‘quvchilar noto‘g‘ri gapirsalar ham, gapirishda davom etishlari kerak. Chunki ular xatolaridan saboq olishadi va xatolarini qayta-qayta gapirishda tuzatadilar.
3. Tarjima. Bilamizki, til o‘rganish jarayonida notanish bo‘lgan so‘zlarning tarjimasini lug‘atlardan qidiramiz va gap tuzishda turli xil tarjimon botlarga va ilovalarga murojaat qilinadi. Ammo bu har doim ham kutganimizdek natija beravermaydi. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, idiomatik ifodalarni yoki frazalarni tarjima qilish jarayonida tarjima muammolari paydo bo‘lishi mumkin. Idiomalarni tarjima qilish qiyin, chunki idiomani so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydi. Tarjimon butun ma’noni tarjima qilishdan oldin tushunishi kerak. Ba’zi idiomalar tarjima qilingani kabi ma’noga ega emas bo‘lishi mumkin yoki ularni hamma gapda,nutqda ham ishlatib bo‘lmasligi mumkin. Hattoki, o‘sha tilning tilshunoslari ham bu muammoga duch keladilar. Shunday ekan, boshqa muammolar singari idioma va frazalarning noto‘g‘ri tarjimasi so‘zlashuv sifatiga putur yetkazishi mumkin.
4. Bitta yoki bir nechta a’lochi o‘quvchining doimiy ustunlik qilishi. Ba’zan boshqalarga nisbatan bilimliroq bo‘lgan o‘quvchilarga darsda yaxshi baholar, ma’lum darajada ko‘proq rag‘batlantirishlar berilsa ham, ularga nisbatan sustroq o‘zlashtirayotgan yoki darsga to‘liq qatnashmayotgan o‘quvchilarni butunlay unutib qo‘ymaslik kerak. Ularni boshqalarga nisbatan ko‘proq ruhlantirib, darsda faol qatnashishlariga imkon yaratib berish kerak .
Xulosa qilib aytganda, hozirgi yoshlarni har tomonlama yetuk, o‘z sohasining kuchli mutaxassisi qilib tarbiyalashda o‘zbek tilini bilish juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu borada maktablarda davlat tilini o‘qitishda bir qancha muammolar mavjuddir. Ushbu muammolarni bartaraf qilish maqsadida o‘qituvchilar davlat tilini o‘qitishda yangicha o‘qitish usullaridan foydalansalar maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 1. Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni //http://uza.uz/oz/documents/ zbek-tilining-davlat-tilisifatidagi-
nufuzi-va-mav-eini-tubd-22-10-2019
2. 2. Mirziyoyev Sh. Biz kelajagimiznin mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. – Tошкент: O‘zbekiston, 2017. – 189 b.
3. Marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/5141.
4. Мusurmonov R. Tа’lim faoliyati sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchilar
o‘rtasidagi nizolarning oldini olish – ta’lim samaralidorligi omili. Academic
research in educational sciences volume 2 | issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
5. Ismoilova D.M. Zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida umumiy o‘rta
ta’lim maktablari ta’lim mazmunini prognostika qilish. Xalq ta’limi” jurnali
T.:2020 yil №5
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.