Mehnat bozorini tashkil qilish. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.
Matqurbanova Aziza Davronbek qizi
Ijtimoiy - iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiyot yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada bugungi dolzarb mavzulardan biri bo’lgan mehnat bozorini to’g’ri shakllantirish haqida va ishsizlikning mamlakatimizdagi iqtisodiyijtimoiy oqibatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar: Subsidiya, kredit, imtiyoz, malakali ishchi, A.Ouken qonuni,
YaIM
Bugungi rivojlanayotgan zamonda hayotimizning har bir jabhasi jadallik bilan o‘zgarib bormoqda. Bir joyda harakatdan to‘xtab qolgan odam xuddi dengizga cho‘kayotganday yo’qlik qariga g‘arq bo‘ladi. Chunki hozir bir daqiqa befarq bo’lgan odam ko’p narsa yo’qotadi. Bugun imkoniyat judayam ko’p yashash uchun, ishlash uchun, ta’lim olish uchun, sog’liqni saqlash va hokazolar. Insonlar bugungi kunda har tomonlama ish topib, oson daromad qilishlari mumkin, faqat buning uchun bilim, salohiyat, kuchli malaka va albatta chaqqonlikka ega bo’lishlari kerak. Hozirgi zamonda ishsizman deb o’tiraverish yaxshi holat emas. Chunki aholi daromadini oshirish, ularni ish bilan ta’minlash uchun mamlakatimiz tomonidan ko’plab ishlar qilinmoqda. Jumladan yoshlarga subsidiyalar, foizsiz kreditlar, imtiyozlar, kam ta’minlangan oilalarga uyida parranda boqib o’z - o’zini daromad bilan ta’minlashi uchun yoki issiqxona qurish uchun, chorva mollari boqish uchun kam foizli kreditlar ajratilmoqda.
Muhtaram prezidentimizning 2022 – yil, 6 - oktabrdagi Sirdaryo viloyatiga tashrifi mobaynida viloyatni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash va ularni ish bilan ta’minlash borasida ko’plab ko’rsatmalar berdilar. “Bugun Sirdaryoga kelishimizdan asosiy maqsadimiz – viloyatni aholisini to’liq ish bilan ta’minlangan hududga aylantirish mezonlarini belgilash. Birinchi mezon – aynan Sirdaryo sharoitida, bu – yer. Klaster egalarining dunyoqarashi o’zgaryapdi, sifatga harakat qilyapdi, daromadini oshiryapdi. Endi ular xalq manfaatiga xizmat qilishi kerak. Bu manfaat birinchi navbatda – ish o’rni. Masalan, aholiga dehqonchilik uchun yer ajratish orqali 100 ming ish o’rni yaratish mo’ljallanyapdi. Ikkinchidan – bu yerlarga nimadan daromadi bo’lsa, shuni ekish bo’yicha erkinlik beriladi. Kim bozorni tushunib ko’proq mehnat qilsa, naqd daromad oladi. Yana bir muhim tomoni, agar Sirdaryo viloyatida ishsizlikni tugata olsak, bu boshqa hududlarga ham namuna bo’la oladi”1 dedilar mamlakatimiz prezidenti.
Bugungi kundagi zamonaviy mehnat bozorlari avvalgi yillardagi mehnat bozorlaridan farq qiladi.Bugun inson har qanday qobiliyati orqali pul topishi ya’ni mehnat qobiliyatini moddiylikka aylantirishi mumkin. O’tgan asrlarda odamlarda aqliy intellektini g’ayrioddiy fikrlash qobiliyatini mehnat bozoriga taklif qilish imkoniyati bo’lmagan. Ular faqat mavjud jismoniy mehnat qobiliyatidan foydalanishgan.Ammo bugungi kunda bu holat tubdan farq qiladi. Hozirgi kunda odamlarda qo’lidan keladigan har qanday qobiliyatini moddiylikka aylantirish imkoni bor.
Mehnat bozorini qanday darajada shakllantirish mamlakat kelajagiga ta’sir qiladi. Ham iqtisodiy tarfdan ham ijtimoiy tarafdan. Mehnat bozorida har doim ham muvozanat holati ta’minlanmaydi. Ba’zan nomutanosibliklar ham bo’lib turadi. Misol uchun agar mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchillligi, mehnat taklfi unga bo‘lgan talabdan ko‘p bo’lsa ishsizlik paydo bo’ladi.
Mehnat bozorida ishchi kuchini qobiliyati 4 xil bo’ladi
1. malakali (skilled)
2. malakasiz (unskilled)
3. (o’rta malakali semi – skilled)
4. Professional (professional).
Mehnat bozorini 2 turi mavjud: Ichki va tashqi. Ichki mehnnat bozori biror bir firma yoki ma’lum bir soha ichida bo’ladi. Bunda barcha intellektlar bir yo’nalishga qaratilgan bo’ladi. Bu ancha samarali bo’lib, xato qilish potensialini kamaytiradi. Tashqi mehnat bozorida esa ishchi kuchi, xatto firma boshlig’i ham tashqaridan olinadi ya’ni tashqi mehnat kuchidan foydalaniladi.
Ishsizlik haqida to’xtaladigan bo’lsak: Ishsizlik bu bozor iqtisodiyotining ajralmas qismidir. Ishsizlik mehnat bozorida namoyon bo’lib, bu faqat mehnat bozori faoliyati natijasi emas. Ishsizlik butun iqtisodiy mexanizmning ishlashi natijasida umumiy iqtisodiy xususiyatga ega,sababi mehnat bozori ijtimoiy va mehnat munosabatlarining alohida tizimi emas, u barcha bozor munosabatlari tizimiga organik 1 O’zbekiston respublikasi prezidentining 2022 – yil 6 oktabrda Sirdaryo viloyatida so’zlagan nutqidan ravishda kiritilgan va iqtisodiy bo’lmagan omillar tufayli shakllantirilgan. Mehnat bozori va ishsizlikning talab shaklidagi nisbati, ishsizlik emas.Ishsizlik bu bandlikning tashqarisida bo’lib, unga bandlikni shakllantiruvchi omillardan tashqari boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Shunga qaramay, ishsizlikni bandlik nuqtai nazaridan ko’rib chiqish tavsiya etiladi.
1 – jadval
2019 - 2021 yillar oralig’idagi ishsizlik darajasi Hududlar 2019 2020 2021 O’zbekiston respublikasi
9 10.5 9.6 Qoraqalpog’iston respublikasi
9.1 10.5 10.1 Andijon viloyati 9.2 10.9 9.9 Buxoro viloyati 8.9 10.6 9.8 Jizzax viloyati 9.2 11 10.1 Qashqadaryo viloyati
9.3 11.1 10.2 Navoiy viloyati 8.5 9.4 8.8 Namangan viloyati 9.1 10.6 9.7 Samarqand viloyati
9.3 11 9.9 Surxondaryo viloyati
9.3 11.1 10.2 Sirdaryo viloyati 9.3 11 10.2 Toshkent viloyati 8.9 10.5 9.4 Farg’ona viloyati 9.3 10.9 10 Xorazm viloyati 9.1 10.9 9.9 Toshkent shahri 7.4 8 7
Ishsizlik bu shunday yomon illatki mamlakat rivojlanishi yo’lida to’siq bo’luvchi bir omil bo’lishi mumkin. Ammo ishsizlikni to’la bartaraf qilishni iloji yo’q lekin uni maksimum darajada kamaytirish mumkin. Ishsizlik nazariyasida ishsizlikning ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari masalalari alohida o’rinda turadi.Ishsizlik birinchi navbatda mavjud bo’lgan ishchi kuchidan to’la foydalanmaslik demakdir. Buning zarari albatta davlat uchun bo’ladi. Agar davlat ishlamoqchi bo’lgan va ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan har bir kishiga yetarlicha ish o’rni yaratib bera olmasa potensial tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish yo’qoladi. Mahsulot bo’lmagan ishlab chiqarishda, ishsizlikning iqtisodiy xarajatlari namoyon bo’ladi. Yalpi milliy mahsulotning haqiqiy hajmi va yaratilishi mumkin bo’lgan, ammo ishlab chiqarilmaydigan potensial o’rtasidagi farq odatda yalpi ichki mahsulotning orqada qolishi deyiladi. Buni A.Ouken qonuni bo’yicha hisoblaydigan bo’lsak: agar haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy darajadan 1 % ga ko’tarilsa, Yalpi ichki mahsulot(YaIM) hajmi ortda qolishi 2.5% ni tashkil etadi. Bu degani mamlakat iqtisodiyoti rivojlanish o’rniga pasayadi degani. Ammo bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan ishsizlikning tabiiy darajasi ko’tariladi. G’arb mamlakatlarida 70 – 80 yillarda ishsizlikning tabiiy darajasi 3 – 4 % edi, bugungi kunda esa 5 – 6 % ni tashkil qiladi. Rossiyada ushbu ko’rsatkichlarni barqaror past inflyatsiya yo’qligi va yuqori yashirin ishsizlik mavjudligi sababli aniqlash qiyin. Ishsizlik darajasi qanchalik kop bo’lsa mamlakat shunchalik qashshoqlashadi. Ko’pchilik sohalar orqaga ketadi, rivojlanish kamayadi. Bundan kelib chiqadiki ishsizlik bir qancha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ishsizlik davlat iqtisodiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bir qancha omillarga xususan, aholining sof daromadiga, uning to’yinganlligiga, YaIM o’sishi yoki pasayishiga,mamlakat rivojlanishi va boshqa nafaqat iqtisodiy balki, ijtimoiy tarafdan ham ta’sirga ega.Bu borada menda bir qancha takliflar bor:
- Ayollarni ish bilan ta’minlash uchun “Home work programmes”2 larni rivojlantirish va ommalashtirish;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholiga bu uchun imkoniyatlar yaratib berish;
- Aholi o’rtasida qo’l mehnatidan yaratilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yish, uni qadrini oshirish va aholiga bu uchun imkoniyatlar yaratib berish; 2 Inglizchadan tarjima qilganda uyda ishlanadigan programmlar deb tarjima qilinadi. Asosan ayollar uchun qulay bo’lgan programmalar hisoblanadi.
- Bitiruvchilarni maksimum darajada ish bilan qamrab olish, yoki ularga sohasi bo’yicha biror ish qilish uchun imkoniyat yaratib berish;
- Maqsadli yoshlarni qo’llab-quvvatlash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. An Economic analysis written by K.G.Knight.
2. 700 Prayers to clear unemployment out of your way, author Tella Olayeri, fire for fire.
3. Makroiqtisodiyot, N.M.Shaxmurodov.
4. “Moliya va Bank ishi” electron – ilmiy jurnali. O’zbekiston Respublikasi Bank – Moliya akademiyasi , ISSN 2181 - 8495, 6 – soni.
5. Baltaboyeva G.R, Ergashev E.I va boshqalar. O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari. – T:“Iqtisod – moliya” nashriyoti, 2015-yil
6.www.ziyonet.uz, http://blokchain.community
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.