ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

"MEHNAT MIGRATSIYASI NAZARIYALARI: KLASSIK YONDASHUVLARDAN TRANSMILLIYLIK KONSEPSIYASIGACHA"

Özet

Ushbu maqola mehnat migratsiyasiga oid nazariy yondashuvlarning evolyutsiyasini tanqidiy tahlil asosida ko‘rib chiqadi. Tadqiqot Ravenstein tomonidan ilgari surilgan migratsiya qonunlaridan boshlab, neoklassik iqtisodiy model, dual mehnat bozori nazariyasi, Lee tomonidan taklif etilgan Push-Pull modeli va yangi iqtisodiy migratsiya nazariyasi (NELM)gacha bo‘lgan asosiy konsepsiyalarni izchil tahlil qiladi. Shuningdek, zamonaviy paradigmalardan biri bo‘lgan tarmoq nazariyasi, ijtimoiy kapital tushunchasi va transmilliylik, jumladan glokalizatsiya va diaspora fenomenlari ham muallif tomonidan chuqur tahlilga tortiladi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

YONDASHUVLARDAN TRANSMILLIYLIK KONSEPSIYASIGACHA"

Bakirova Oynura

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti.

Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi.

Jahon iqtisodiyoti yo’nalishi 1-kurs magistranti. Annotatsiya

Ushbu maqola mehnat migratsiyasiga oid nazariy yondashuvlarning evolyutsiyasini tanqidiy tahlil asosida ko‘rib chiqadi. Tadqiqot Ravenstein tomonidan ilgari surilgan migratsiya qonunlaridan boshlab, neoklassik iqtisodiy model, dual mehnat bozori nazariyasi, Lee tomonidan taklif etilgan Push-Pull modeli va yangi iqtisodiy migratsiya nazariyasi (NELM)gacha bo‘lgan asosiy konsepsiyalarni izchil tahlil qiladi. Shuningdek, zamonaviy paradigmalardan biri bo‘lgan tarmoq nazariyasi, ijtimoiy kapital tushunchasi va transmilliylik, jumladan glokalizatsiya va diaspora fenomenlari ham muallif tomonidan chuqur tahlilga tortiladi.

Muallif har bir nazariyaning izoh berish salohiyati va cheklovlarini, ayniqsa mehnat migratsiyasi yuqori bo‘lgan O‘zbekiston kontekstida baholab, qiyosiy-analitik yondashuv asosida ularni tahlil qiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, klassik model va yondashuvlar muhim nazariy asos bersa-da, zamonaviy nazariyalar mehnat migratsiyasining murakkab, ko‘p qirrali va o‘zaro bog‘liq tabiatini to‘liqroq ifodalaydi. Maqolaning yangilik elementi — nazariy qarashlarni oddiy tasniflash emas, balki ularni konseptual birlashtirish orqali O‘zbekiston migratsiyasiga doir empirik holatlar bilan uzviy bog‘lab tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot natijalari, xususan, mehnat eksport qiluvchi davlatlar uchun migratsiya siyosatini shakllantirishda mustahkam nazariy asos sifatida xizmat qilishi mumkin. Kalit so‘zlar: mehnat migratsiyasi, migratsiya nazariyalari, Push-Pull modeli, NELM, transmilliylik, O‘zbekiston, tarmoq nazariyasi, glokalizatsiya Аннотация В данной статье представлено критическое рассмотрение эволюции теоретических подходов к трудовой миграции — от классических моделей до современных транснациональных концепций. Исследование начинается с анализа законов миграции Равенштейна, неоклассической экономической теории, теории дуального рынка труда, модели «выталкивающих и притягивающих факторов» (Push-Pull) Ли, а также новой экономической теории трудовой миграции (NELM). Особое внимание уделяется современным подходам — теории сетей, концепции социального капитала, транснационализму, а также феноменам глокализации и диаспор.

Автор применяет сравнительно-аналитический метод для оценки объяснительной силы и ограничений каждой теории, акцентируя внимание на их применимости в социально-экономическом контексте Узбекистана как страныдонора рабочей силы. Выводы исследования показывают, что хотя классические модели предоставляют базовое понимание миграционных процессов, именно современные концепции способны отразить их многослойный, динамичный и взаимосвязанный характер в условиях глобализации.

Научная новизна работы заключается не в простой классификации теорий, а в попытке их концептуального синтеза и эмпирического применения к реальным миграционным практикам Узбекистана. Полученные результаты могут служить теоретической основой для дальнейших академических исследований и разработки миграционной политики в странах с высокой трудовой мобильностью. Ключевые слова: трудовая миграция, теории миграции, модель Push-Pull, NELM, транснационализм, Узбекистан, теория сетей, глокализация Abstract This article critically explores the theoretical evolution of labor migration, tracing the trajectory from classical models to contemporary transnational frameworks. Beginning with Ravenstein's pioneering laws of migration, the study systematically analyzes major theories including neoclassical economics, dual labor market theory, Lee’s Push-Pull model, and the New Economics of Labor Migration (NELM). The analysis is extended to modern paradigms such as network theory, social capital, and transnationalism, including glocalization and diaspora dynamics. The author adopts a comparative-analytical methodology to assess each theory’s explanatory power and limitations, particularly in the socio-economic context of Uzbekistan — a labor-sending country undergoing active migration-driven transformations. The article finds that while classical models offer foundational insights, contemporary theories better capture the multilayered and dynamic nature of labor mobility in a globalized world. The originality of this study lies in its effort to synthesize disparate theoretical perspectives and empirically relate them to Uzbekistan’s real-world migration experience. The findings aim to contribute to a more coherent theoretical foundation for academic inquiry and migration policy formulation in labor-exporting states. Keywords: labor migration, migration theories, Push-Pull model, NELM, transnationalism, Uzbekistan, network theory, glocalization

KIRISH

So‘nggi o‘n yilliklarda mehnat migratsiyasi global miqyosda nafaqat demografik jarayon, balki strategik iqtisodiy va ijtimoiy transformatsiyaning muhim omiliga aylangan. Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda dunyo bo‘yicha 281 milliondan ortiq xalqaro migrant mavjud bo‘lib, ulardan katta qismi aynan mehnat maqsadida davlatlararo harakatlanmoqda . Ayniqsa, O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlar uchun migratsiya — valyuta tushumlari, bandlik va uy xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy resurslardan biridir. Jahon Bankining so‘nggi hisobotida ta’kidlanishicha, 2022-yilda mehnat migrantlari tomonidan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 831 milliard AQSh dollarini tashkil etgan va bu ayrim mamlakatlarda YIMning 30 foizigacha yetgan . Shu darajada keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy hodisani chuqur tushunish uchun faqat statistik yoki empirik ko‘rsatkichlar yetarli emas. Aksincha, migratsiya jarayonlarini izchil tahlil qilish, ularning sabablari va oqibatlarini anglash uchun nazariy asoslar zarur. Biroq mavjud yondashuvlarning aksariyati biryoqlama bo‘lib, ayrimlari iqtisodiy deterministik nuqtai nazarga, boshqalari esa sotsiologik yoki institutsional tushunchalarga haddan ortiq tayanadi . Bu esa mehnat migratsiyasining murakkab, ko‘p qatlamli va transchegaraviy mohiyatini to‘liq yoritishda cheklovlarni yuzaga keltiradi. Shu sababli, ushbu maqolaning asosiy maqsadi — mehnat migratsiyasi nazariyalarini tizimli va tanqidiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish, ularning afzallik va cheklovlarini aniqlash, hamda O‘zbekiston misolida ularning amaliy qo‘llanilishini baholashdan iborat. Maqolada klassik (Ravenstein), iqtisodiy (neoklassik, NELM), institutsional (dual mehnat bozori), sotsiologik (tarmoq, ijtimoiy kapital) hamda zamonaviy (transmilliylik, glokalizatsiya) yondashuvlar bir butun konseptual zamin sifatida qaraladi. Har bir nazariyaning O‘zbekiston mehnat migratsiyasi dinamikasiga qanchalik mos tushishini tahlil qilish orqali maqola nazariy izchillik va empirik moslikni uyg‘unlashtirishga urinadi.

Tadqiqotda qiyosiy-tahliliy metodologiyadan foydalaniladi. Asosiy yondashuvlar o‘rtasidagi nazariy tafovutlar aniqlanadi, ularning migratsiya sabablarini izohlashdagi salohiyati baholanadi. Tahlil jarayonida xalqaro ilmiy adabiyotlar, BMT, IOM, ILO va Jahon Banki tomonidan e’lon qilingan hisobotlar hamda O‘zbekiston bo‘yicha mavjud statistik ma’lumotlardan foydalaniladi.

Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, u mavjud nazariyalarni oddiy sharhlash yoki izchil sanab o‘tishdan ko‘ra, ularni bir-biri bilan solishtirish, empirik faktlarga tayanib tahlil qilish va O‘zbekiston misolida kompleks, ko‘p qatlamli nazariy sintezni ishlab chiqishni maqsad qiladi. Mazkur yondashuv, bir tomondan, migratsiyani tushuntirishda akademik aniqlikni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, migratsiya siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilishda amaliy asos yaratadi. Migratsiya nazariyalarining to‘rt guruhli tasnifi: metodologik asoslar va analitik yondashuv. Mehnat migratsiyasi bugungi global ijtimoiy-iqtisodiy muhitda murakkab va ko‘p qirrali hodisa sifatida e’tirof etiladi. Uni izohlovchi nazariyalar esa har doim yagona nuqtai nazardan emas, balki turli metodologik asoslar va tahlil birliklariga tayangan holda shakllanib borgan. Shu bois migratsiya jarayonini chuqur tahlil qilish va nazariy asoslash uchun mavjud yondashuvlarni kategoriya asosida tizimlashtirish dolzarb hisoblanadi. Bu nafaqat ularning tushunchaviy farqlarini ochib beradi, balki amaliy kontekstlarda qaysi nazariya qanday qo‘llanishini aniqlash imkonini yaratadi. Ilmiy adabiyotlarda migratsiya nazariyalarini shartli ravishda to‘rtta asosiy yondashuv guruhiga ajratish amaliyotda keng qo‘llaniladi: 1.Klassik demografik yondashuvlar, 2.Iqtisodiy yondashuvlar, 3.Ijtimoiy tarmoq va institutsional yondashuvlar, 4.Zamonaviy transmilliy konsepsiyalar. Har bir guruhning metodologiyasi, asosiy determinantlari va tahlil birliklari farq qiladi, ammo ularning birgalikdagi o‘rganilishi migratsiyani yaxlit tizim sifatida anglash imkonini beradi. Klassik demografik yondashuvlar. Ushbu guruh XIX asrda Ravenstein tomonidan ilgari surilgan migratsiya qonunlari asosida shakllangan. Yondashuv migratsiyani geografik yaqinlik, urbanizatsiya va hududlararo masofa bilan bog‘liq statistik naqshlar bog‘liq bo‘lib, bunda migrantlar faol sub’yekt sifatida emas, balki statistik harakat obyekti sifatida ko‘riladi.

Iqtisodiy yondashuvlar migratsiyani asosan iqtisodiy nomutanosibliklar — ya’ni daromadlar farqi, mehnat resurslarining taqsimoti, yoki bozor segmentatsiyasi orqali izohlaydi. Neoklassik nazariya (Todaro, 1976) migratsiyani ish haqi farqlari va mehnat bozoridagi tengsizliklar asosida ratsional tanlov sifatida qarasa, dual mehnat bozori modeli (Piore, 1979) uni rivojlangan mamlakatlardagi institutsional talab asosida tushuntiradi. Yangi iqtisodiy migratsiya nazariyasi (NELM) esa uy xo‘jaligi darajasida daromad diversifikatsiyasi va iqtisodiy barqarorlikka erishish strategiyasi sifatida ko‘radi. Ijtimoiy tarmoq va institutsional yondashuvlar. Mazkur guruh migratsiyani shunchaki iqtisodiy yoki demografik qaror emas, balki ijtimoiy aloqalar tizimi, tarmoqlar, ishonch muhitlari orqali shakllanuvchi jarayon deb izohlaydi. Tarmoq nazariyasi migratsiyaning o‘z-o‘zini ishlab chiqaruvchi xususiyatini ta’kidlaydi: ya’ni har bir yangi migrant o‘z ortidan boshqalarni tortadi. Ijtimoiy kapital yondashuvi esa migrantlar orasidagi tarmoqlarni resurs sifatida baholab, ularni migratsiyaning davomiyligida muhim omil deb ko‘rsatadi.

Zamonaviy transmilliy konsepsiyalar. XXI asrda shakllangan bu yondashuvlar migratsiyani global, ko‘p makonli va identitet asosli harakat sifatida talqin qiladi. Transmilliylik nazariyasi migrantlarning bir vaqtning o‘zida bir necha ijtimoiy makonlarda yashashi va faoliyat yuritishini tahlil qiladi. Diaspora va glokalizatsiya yondashuvlari esa madaniy identitetlar, kommunikatsiya va siyosiy ishtirok orqali migrantlarning yangi roli va funktsiyalarini ochib beradi. Ushbu konsepsiyalar migratsiyani faktik harakat emas, balki sotsial transformatsiya sifatida talqin qiladi. Yuqoridagi to‘rtta nazariy guruh migratsiyani har xil metodologik asoslar bilan talqin qilsa-da, ularning har biri migratsiya tizimining turli jihatlarini ochib beradi. Klassik yondashuvlar migratsiyaning asosiy naqshlarini, iqtisodiy yondashuvlar ratsional va strukturaviy sabablarini, ijtimoiy tarmoq yondashuvlari esa uzluksizlik va mobilizatsiyani tushuntiradi. Transmilliy konsepsiyalar esa migratsiyani global kontekstdagi ko‘p makonli hayot strategiyasi sifatida talqin qiladi. Shu sababli, maqolaning keyingi bo‘limlarida har bir yondashuv chuqur tahlil qilinadi va O‘zbekiston kontekstida ularning qo‘llanish salohiyati baholanadi.

Klassik demografik yondashuvlar: Ravenstein nazariyasining shakllanishi va zamonaviy bahosi. Migratsiya jarayonlarini izohlovchi nazariy qarashlarning evolyutsion manbai sifatida klassik demografik yondashuvlar alohida metodologik bosqichni tashkil etadi. XIX asr oxirida Ernst Georg Ravenstein tomonidan ilgari surilgan “Migratsiya qonunlari” (1885) bu guruhga mansub asosiy nazariya bo‘lib, migratsiyani ijtimoiy yoki iqtisodiy emas, balki statistik-demografik jihatdan izohlashga uringan ilk tizimli urinish hisoblanadi. Ravenstein Angliya va Uelsda 1871–1881 yillarda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida migratsion harakat qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilgan. U migratsiyani inson faoliyatining qonunlarga bo‘ysunuvchi demografik shakli sifatida talqin qilgan.

Nazariy asos sifatida Ravenstein migratsion harakatlar odatda qisqa masofalarda sodir bo‘lishini, uzoq masofalardagi migratsiya esa nisbatan kamroq uchrashini ta’kidlagan. Shuningdek, migratsiya oqimlari iqtisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoat markazlariga yo‘naltiriladi. Har bir migratsion oqimga muqobil tarzda qarama-qarshi yo‘nalishda oqim ham shakllanishi mumkin. Gender mezoniga ko‘ra, erkaklar uzoq masofaga ko‘chishga moyil bo‘lsa, ayollar ko‘proq lokal migratsiya turlarida faol ishtirok etadi. Bu xulosalar migratsiyani shaxsiy tanlov emas, balki hududiy va demografik bosimlar bilan belgilanadigan oqim sifatida tushuntiradi. Migrant bu modelda faol sub’yekt emas, balki tashqi omillarning ta’sirida harakat qiluvchi statistik figura sifatida tasvirlanadi. Metodologik asos va nazariy cheklovlar

Ravenstein yondashuvi klassik pozitivistik metodologiyaga tayanadi. Unda migratsiya tashqi omillar – masofa, urbanizatsiya, geografik yaqinlik – tomonidan belgilanuvchi hodisa sifatida qaraladi. Bu yondashuv migratsiyani to‘liq ob’ektiv, statistik va qonuniyatlarga bo‘ysunuvchi jarayon deb tasavvur qiladi. Shu sababli, u tahlil uchun zamonaviy ijtimoiy determinantlar, ijtimoiy tarmoq, madaniy integratsiya, yoki huquqiy maqom kabi ko‘rsatkichlarni inobatga olmaydi.

Nazariyaning zamonaviy global migratsiya dinamikasini izohlashdagi asosiy cheklovi — migratsiyaning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va identitetga oid sabablari, ijtimoiy tanlov, institutsional kuch va tarmoq aloqalarini e’tiborga olmasligidir. Bu esa uni 20–21-asr mobaynida shakllangan iqtisodiy, ijtimoiy va transmilliy yondashuvlar bilan solishtirganda nazariy salohiyat jihatidan sezilarli darajada chegaralaydi. O‘zbekiston kontekstida baholash

Ravenstein yondashuvi O‘zbekiston sharoitida ayniqsa ichki migratsiya jarayonlarini izohlashda qisman qo‘llanilishi mumkin. Viloyatlardan Toshkent, Samarqand va Farg‘ona kabi iqtisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan shahar markazlariga yo‘naltirilgan doimiy migratsiya oqimlari bu nazariyaning “sanoat markazlari”ga yo‘nalish tamoyiliga mos keladi. Xususan, 2022-yil IOM ma’lumotlariga ko‘ra, ichki migratsiya harakati eng ko‘p aynan iqtisodiy infratuzilma rivojlangan shaharlarga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu hududiy mehnat talabining notekis taqsimlanishi bilan bog‘liqdir. Shu bilan birga, O‘zbekistondagi xalqaro migratsiya oqimlari — Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiyaga yo‘naltirilgan ishchi kuchi harakati — Ravenstein modelining tashqarisida qoladi. Bunday harakatlar qarindoshlik tarmoqlari, transmilliy aloqalar, huquqiy maqom, ijtimoiy kapital va identitet asosida shakllanadi. Bu omillar esa klassik demografik yondashuv tomonidan nazarda tutilmagan. Shu sababli bu model zamonaviy xalqaro migratsiyani izohlashda chegaralangan amaliy ahamiyatga ega. Tahliliy xulosa

Ravenstein nazariyasi migratsiya bo‘yicha nazariy izlanishlarning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, demografik determinatsiyaga asoslangan tahlil uslubining ilmiy asosini yaratgan. U migratsiyani birinchi bo‘lib tizimli qonunlar asosida tasvirlagan nazariya sifatida tarixiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bu nazariya murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va global determinantlar bilan belgilanayotgan zamonaviy migratsiya harakatlarini tahlil qilish uchun yetarli emas. Shu bois, u migratsiya nazariyalari evolyutsiyasining klassik bosqichi sifatida qadrlanishi mumkin, ammo hozirgi tahlil doiralari uchun u ko‘proq metodologik fon sifatida xizmat qiladi.

Iqtisodiy yondashuvlar: resurslar nomutanosibligi va migratsiyadagi ratsional tanlov modeli. Iqtisodiy yondashuvlar mehnat migratsiyasi bo‘yicha nazariyalar tizimida asosiy metodologik oqimlardan biri hisoblanadi. Ushbu yondashuvlar migratsiyani individual darajadagi foyda-motivatsiya yoki makroiqtisodiy zaruriyat sifatida talqin etadi. Migratsiya harakati bu modelda ishchi kuchi va kapital resurslarining makonlararo notekis taqsimoti, ish haqi farqi, mehnat bozoridagi nomutanosibliklar va institutlararo segmentatsiya natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy reaktsiya sifatida tushuntiriladi. Nazariyaning markazida odamning iqtisodiy manfaatlarini maksimal darajada oshirish istagi yotadi. Migratsion qarorlar esa ratsional tanlov asosida — xarajat va foydaning kutilgan nisbatiga ko‘ra qabul qilinadi. Iqtisodiy yondashuvlarning ilk modeli — neoklassik nazariya — migratsiyani ish haqi farqlari va mehnat bozori tengsizliklari orqali izohlaydi. Unga ko‘ra, ishchi kuchi boy, ammo ish haqi past bo‘lgan mamlakatlardan, ishchi kuchi tanqis va ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga migratsiya oqimlari yuzaga keladi. Bu oqimlar resurslardan samarali foydalanish jarayonining bir qismi sifatida talqin qilinadi. Qaror qabul qilish mikro darajada (individual) bo‘lib, har bir migrant xarajat va daromadni solishtirib, o‘z tanlovini amalga oshiradi. Makro darajada esa bunday oqimlar umumiy iqtisodiy barqarorlikni shakllantirishga xizmat qiladi.

Neoklassik yondashuv bilan yonma-yon rivojlangan ikkinchi model — dual mehnat bozori nazariyasi — migratsiyani qabul qiluvchi mamlakatlar ichki mehnat bozorining ikki qatlamli tuzilmasi orqali izohlaydi. Piore (1979) tomonidan ishlab chiqilgan bu modelga ko‘ra, rivojlangan davlatlar aholisining mahalliy mehnat bozori past ijtimoiy maqomga ega, og‘ir, barqaror bo‘lmagan, xavfsizligi past ish joylariga qiziqishi sust bo‘ladi. Ushbu ehtiyoj esa kam maoshli, og‘ir mehnat turlariga tayyor bo‘lgan chet ellik ishchi kuchi hisobiga qoplanadi. Bu yondashuv migratsiyani eksport qiluvchi davlat ichki omillariga emas, balki qabul qiluvchi tomonning mehnat bozoridagi institutsional segmentatsiyaga asoslab tushuntiradi. Migratsiya bu yerda pull faktordan ko‘ra strukturaviy zaruriyat sifatida ko‘riladi.

Uchinchi muhim iqtisodiy model — yangi iqtisodiy migratsiya nazariyasi (NELM) — migratsiyani shaxsiy emas, balki uy xo‘jaligi darajasida qaror qabul qilish modeli sifatida talqin qiladi. Stark va Bloom (1985) tomonidan asoslangan ushbu yondashuvga ko‘ra, migrantlarning asosiy maqsadi nafaqat daromadni oshirish, balki daromad oqimini diversifikatsiyalash, ichki moliyaviy xavflarni kompensatsiya qilish va kredit-sug‘urta bozorlaridagi kamchiliklarni bartaraf etishdir. Migratsiya bu yerda individual foyda emas, balki oilaviy iqtisodiy xavfsizlik strategiyasi sifatida qaraladi. Uy xo‘jaligi a’zolari birgalikda ishlab chiqadigan strategiya orqali biri xorijda ishlashga yuboriladi, boshqalar esa ichki faoliyatni davom ettiradi. Migratsiya harakati aynan shu ichki risklarni boshqarish mexanizmi doirasida shakllanadi.

Ushbu iqtisodiy yondashuvlarning barchasi O‘zbekiston kontekstida ma’lum darajada tatbiq qilinishi mumkin. Masalan, neoklassik model doirasida Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreyaga mehnat migratsiyasining asosiy omili — yuqori ish haqi va valyuta kursi bilan bog‘liq daromadlar farqi bo‘lib, migrantlar bu tanlovni foydaxarajat asosida amalga oshiradi. Dual mehnat bozori modeli esa qabul qiluvchi mamlakatlarda og‘ir va quyi ijtimoiy maqomga ega ish joylariga bo‘lgan strukturaviy ehtiyoj tufayli O‘zbekistonlik migrantlarning talabga moslashuvchanligini izohlaydi. NELM esa O‘zbekiston oilalarining xorijdan keladigan pul o‘tkazmalari yordamida uyjoy qurilishi, sog‘liqni saqlash va ta’lim xarajatlarini qoplash, shuningdek, mahalliy biznes boshlash orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan strategiyasini ifodalaydi.

Shunga qaramay, iqtisodiy yondashuvlar migratsiyani faqat iqtisodiy determinatsiyaga asoslanib izohlashi bois, ular ijtimoiy tarmoqlar, identitet, madaniy integratsiya va huquqiy maqom kabi muhim omillarni cheklangan tarzda qamrab oladi. Shu sababli, zamonaviy murakkab migratsiya tizimini to‘liq tushuntirish uchun bu yondashuvlar tarmoq nazariyasi, ijtimoiy kapital va transmilliylik kabi nazariy konsepsiyalar bilan komplementar tarzda qo‘llanilishi zarur. Biroq iqtisodiy yondashuvlar migratsiyaning asosiy harakatlantiruvchi omillarini tushunish uchun zaruriy poydevor sifatida o‘z ilmiy ahamiyatini saqlab qolmoqda. Ijtimoiy tarmoq va institutsional yondashuvlar: migratsiyaning ijtimoiy ishlab chiqarilishi

Mehnat migratsiyasi jarayonini tushuntiruvchi iqtisodiy yondashuvlar qarorlarni individual tanlov asosida tushuntirsa, ijtimoiy tarmoq va institutsional yondashuvlar migratsiyani kengroq ijtimoiy strukturaviy kontekstda izohlaydi. Bu nazariy oqimlar migratsiyani shaxsiy manfaatni maksimal qilish harakati emas, balki avvalgi migrantlar tomonidan shakllantirilgan tarmoqlar, ijtimoiy munosabatlar va institutsional muhit natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy hodisa sifatida ko‘radi. Bunda migratsiya bir martalik hodisa emas, balki o‘z-o‘zini takrorlaydigan va mustahkamlaydigan ijtimoiy mexanizm sifatida qaraladi.

Tarmoq nazariyasining mohiyati shundaki, avvalgi migrantlar tomonidan yaratilgan ijtimoiy tarmoq — ya’ni qarindoshlik, do‘stlik, mahalla, diniy yoki etnik aloqalar — yangi migrantlar uchun moliyaviy, axborot va emotsional jihatdan tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Bu tarmoqlar migratsiya bilan bog‘liq xarajat va xavflarni kamaytiradi hamda yangi ishtirokchilarni jarayonga jalb qilishni osonlashtiradi. Natijada, migratsiya individuallikdan chiqib, kollektiv harakatga aylana boshlaydi. Tarmoq orqali uzluksiz axborot oqimi, ishonch zanjiri, migratsion intilish va yo‘nalishlar mustahkamlanadi.

O‘zbekiston tajribasida bu nazariya ayniqsa dolzarb. Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo yoki Samarqand viloyatlaridan Rossiya, Janubiy Koreya yoki Turkiyaga uzluksiz mehnat migratsiyasi oqimlarining asosida aynan qarindoshlik va ijtimoiy tarmoq aloqalari yotadi. Mahalladoshlar yoki yaqin tanishlar tomonidan yuborilgan axborot, yordam puli yoki ish joyi tavsiyasi yangi migrantlar uchun motivatsion omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa migratsiyani ijtimoiy tizim sifatida qayta-qayta takrorlanishiga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy kapital va institutsional yondashuvlar. Tarmoq nazariyasini chuqurlashtiruvchi yondashuv sifatida ijtimoiy kapital nazariyasi ilgari suriladi. Bu qarashga ko‘ra, migrantlar tarmoqdagi ishonch, qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro majburiyatlar orqali resurslarga ega bo‘ladi. Bu resurslar — axborot, vaqtinchalik turar joy, yuridik maslahat yoki ish tavsiyasi — migratsiyani nafaqat imkoniyatli, balki barqaror strategiyaga aylantiradi. Migratsiya bu yerda iqtisodiy tanlov emas, balki ijtimoiy aloqalarning uzviy funksiyasi sifatida tushuniladi.

Bundan tashqari, ushbu yondashuv migratsiya jarayonida formal va informal institutlarning rolini ham asosiy determinat sifatida ko‘rsatadi. Rasmiy hukumat agentliklari, norasmiy vositachilar, diasporalar, diniy tashkilotlar, mehnat bozorlariga xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlar — barchasi institutsional vositalar sifatida migratsiya jarayonini tartibga soladi yoki qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekistonda mahalliy darajadagi vositachilik, tanish-bilish orqali mehnatga joylashtirish, yoki chet eldagi diasporalar faoliyati migratsiyaning institutsional asoslanganligini ko‘rsatadi. Bu omillar ijtimoiy tarmoq va kapital bilan birlashganda migratsiyani kuchli ijtimoiy struktura sifatida barqarorlashtiradi. Tanqidiy nuqtai nazar va O‘zbekiston konteksti

Ijtimoiy tarmoq va institutsional yondashuvlar zamonaviy migratsiya tizimining ijtimoiy shakllanish jarayonini chuqur anglash imkonini beradi. Ular migratsiyani birlamchi sabablardan ko‘ra, ijtimoiy ishlab chiqarish shakli sifatida talqin qiladi. O‘zbekiston sharoitida bu yondashuvlar ayniqsa muhim: migratsiya qarorlarini ko‘pincha butun uy xo‘jaligi yoki mahalla darajasida ijtimoiy bosim va motivatsiya ostida qabul qilish holatlari kuzatiladi. Masalan, Koreyaga ketgan bir nechta mahalla vakillari boshqa aholi vakillariga “yo‘l ochib berishi”, o‘zaro tarmoqda ishonchli axborot tarqatishi va tajriba almashishi orqali migratsion oqimni kuchaytiradi.

Shu bilan birga, bu nazariyalar ham universal emas. Tarmoq mavjud bo‘lmagan yoki institutsional yordam yetishmaydigan ijtimoiy guruhlar migratsiya tizimidan chetda qoladi. Bu esa tengsizlikni qayta ishlab chiqarishi, resurslarga ega guruhlarning ustun mavqeini mustahkamlashi mumkin. Shuningdek, faqat tarmoq va ishonchga asoslangan migratsiya strategiyalari migratsiyani haddan tashqari xavf ostiga qo‘yishi, chalasavod vositachilar, noto‘g‘ri axborot va huquqiy noaniqliklar sababli salbiy oqibatlarga olib kelishi ehtimoli ham mavjud.

Zamonaviy transmilliy konsepsiyalar: migratsiyaning ko‘p makonli tabiati va identitet konstruksiyasi. XXI asrda xalqaro migratsiya oqimlarining murakkabligi, ularning faqat iqtisodiy yoki ijtimoiy tarmoq doirasida izohlanmasligini ko‘rsatmoqda. Shu nuqtada migratsiyaga zamonaviy yondashuv sifatida transmilliylik, diaspora, va glokalizatsiya konsepsiyalari shakllandi. Bu nazariy qarashlar migratsiyani nafaqat geografik harakat, balki ko‘p makonli hayot strategiyasi, ijtimoiy identitetlar va siyosiy faollik kontekstida tahlil qiladi. Migrant endi bir davlatdan ikkinchisiga o‘tgan shaxs emas, balki bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq ijtimoiy makonda yashovchi transmilliy agent sifatida tasvirlanadi.

Transmilliylik nazariyasi migratsiyani chegaralarning ikki tomonida sodir bo‘ladigan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faoliyatlar orqali izohlaydi. Bu yondashuvga ko‘ra, zamonaviy texnologiyalar (aloqa, transport), institutsional tizimlar (diasporalar, xalqaro tashkilotlar) va axborot oqimlari migrantlarning o‘z vatani bilan uzviy bog‘liqligini saqlab qolishiga imkon beradi. Shu tariqa, migrantlar doimiy ravishda “bu yer” va “u yer” o‘rtasida yashaydi – ular nafaqat moliyaviy o‘tkazmalar, balki siyosiy g‘oya, madaniy qadriyat va institutsional tajriba eksportchilari ham bo‘lib xizmat qiladi. Bu yondashuv O‘zbekiston kontekstida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar nafaqat pul yuboradi, balki o‘z oilasiga texnologik, mehnat, ijtimoiy tashkilotchilik ko‘nikmalarini ham yetkazadi. Ayniqsa, ularning vatanga qaytib biznes ochishi yoki ijtimoiy loyihalar orqali mahallaga ta’sir ko‘rsatishi — transmilliy aloqalarning institutlashgan shakllaridan biridir. Diaspora konsepsiyasi

Diaspora — bu o‘z vatanidan tashqarida yashovchi, lekin vatani bilan ijtimoiy, madaniy va siyosiy bog‘liqligini saqlab qolgan jamoalarning to‘plamidir. Diasporalar faqat migratsion oqimlar natijasi emas, balki transmilliylikning ijtimoiy tashuvchilari, siyosiy-lobbi agentlari va madaniy ko‘priklaridir. Ular vatandagi siyosiy qarorlar, jamoatchilik fikri va resurs taqsimotiga ta’sir o‘tkazuvchi omil sifatida qaraladi. O‘zbekistonlik diasporalar Rossiya, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya va Yevropa davlatlarida faoliyat yuritmoqda. Ularning ba'zilari o‘z ichida institutlashgan (masalan, diniy jamiyatlar, ko‘ngillilar tashkilotlari), ayrimlari esa norasmiy, lekin kuchli tarmoq orqali birlashgan. Bu diasporalar faqat individual darajada emas, balki butun ijtimoiy qatlamlarga ta’sir o‘tkazmoqda: til, urf-odat, siyosiy qarashlar va biznes strategiyalari ular orqali chet eldan vatan sari qayta “import” qilinmoqda. Glokalizatsiya va identitet konstruksiyasi

Glocalization (glokalizatsiya) — global va lokal elementlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi jarayoni bo‘lib, transmilliy migrantlarning identiteti shu nuqtada shakllanadi. Migrantlar yangi madaniy va iqtisodiy tizimlarga moslashgan holda o‘z “mahalliylik” xususiyatlarini saqlab qoladi yoki yangilaydi. Bu jarayon ko‘pincha ikki tomonlama ijtimoiy mas'uliyat va identitet yuklamasini keltirib chiqaradi. Migrant o‘zini ham vatandosh, ham “chet ellik”, ham oila a’zosi, ham ishchi sifatida tasavvur qiladi.

O‘zbekistondan ketgan migrantlarning ko‘pchiligi xorijda o‘z farzandlarini mahalliy tizim asosida tarbiyalab, shu bilan birga vatanga hurmat va e’tiqodni saqlashga harakat qiladi. Bu ikki qutbli yondashuv ularda yangi, aralash identitet — “global o‘zbek” obrazini shakllantiradi. Bu esa O‘zbekistonga qaytishda ham — ta’lim, biznes, siyosat va ijtimoiy faollikda — yangilangan ijtimoiy kapital va “eksport qilingan” tajriba shaklida qaytadi. Tanqidiy tahlil va integratsion zarurat

Transmilliy yondashuvlar migratsiyani chegara osha o‘tayotgan harakat emas, balki transchegaraviy jarayon sifatida talqin qilishga imkon beradi. Bu qarashlar ijtimoiy tarmoq va iqtisodiy nazariyalardan farqli o‘laroq, migratsiyaning identitet, siyosat, madaniyat va institutsional ishtirok doiralarini ham tahlil qiladi. Shunga qaramay, ularning ham ba’zi chegaralari mavjud: masalan, u doimiy yashashga ruxsatnomasi bo‘lmagan, yoki vaqtinchalik mehnat migrantlariga nisbatan bu nazariyalar to‘liq ishlamaydi. Shu sababli, transmilliy yondashuvlar boshqa klassik va ijtimoiy tarmoqli yondashuvlar bilan komplementar tarzda ishlatilgandagina, migratsiya tizimining murakkab tuzilishini to‘liq tahlil qilishga imkon beradi. Jadval: Mehnat migratsiyasi nazariyalarining taqqoslanishi (tanqidiy nuqtai nazardan) Nazariya Kuchli tomonlar Cheklovlar O‘zbekiston

uchun mosligi Ravenstein (klassik)

Demografik

naqshlarni

tushuntiradi

Iqtisodiy va ijtimoiy

omillar inobatga

olinmagan

Ichki

migratsiyada

nisbatan mos Neoklassik iqtisodiy model

Daromad farqlarini

tushuntiradi, mikro

va makro tahlil

Ijtimoiy motivlar va

to‘siqlar e’tiborga

olinmagan

Qisman mos

(ish haqi

sababli) Dual mehnat bozori

Qabul qiluvchi

davlat ehtiyojini

izohlaydi

Migrant subyektivligi

yetarli emas

Kuchli mos

(Rossiya,

Jan.Koreya) Push-Pull modeli

Sabablar

muvozanatini

ko‘rsatadi,

moslashuvchan

Haddan tashqari

umumlashtirilgan Yaxshi mos

NELM

Oilaviy strategiya

va remittanslarni

tushuntiradi

Ijtimoiy tafovutlar va

xavfli holatlar

ko‘zdan qochgan

Juda mos (Uy

xo‘jalik

modeli) Tarmoq nazariyasi

Ijtimoiy yordam va

diaspora rolini

ochadi

Noto‘g‘ri axborot va

cheklangan

imkoniyatlar mavjud

To‘liq mos

(diasporaviy

kuchlar) Transmilliylik/glokalizatsiya

Parallel aloqalar va

identitet

muvozanatini

tushuntiradi

Faol guruhlarga

e’tibor, zaif qatlamlar

ko‘zdan qochadi

Strategik

darajada mos

Manba: Jadval muallif tomonidan ushbu maqolada keltirilgan nazariy yondashuvlar asosida, ularning O‘zbekiston mehnat migratsiyasi kontekstidagi amaliy va nazariy moslik darajasini sintezli tarzda baholash asosida original tarzda tuzilgan. O‘zbekiston mehnat migratsiyasi fenomeni — bu nafaqat iqtisodiy omillar natijasi, balki tarixiy, institutsional, ijtimoiy va madaniy dinamikalarning birlashgan shaklidir. Shu bois, yuqorida ko‘rib chiqilgan nazariyalar ichida yagona izohlovchi model mavjud emas. Biroq ular integratsiyalashgan holda qo‘llansa, har biri muayyan qirrani yoritadi. Ayniqsa NELM, Push-Pull, tarmoq va transmilliylik nazariyalari O‘zbekiston uchun zamonaviy migratsiya siyosatini shakllantirishda asosiy nazariy tayanch bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Shu bois, maqolaning umumiy nazariy xulosasi shundaki: mehnat migratsiyasining to‘liq tahlili — bu bir yo‘nalishga asoslangan yondashuv emas, tarmoqlangan, ko‘p qatlamli va kontekstual nazariy sintetik modelga tayanmog‘i kerak. Nazariy yondashuvlarning O‘zbekiston kontekstida qo‘llanilishi

O‘zbekiston Respublikasining mehnat migratsiyasi bo‘yicha global tendensiyalardagi ishtiroki so‘nggi 20 yillikda keskin faollashdi. Jahon Bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistondan xorijga ishlash maqsadida chiqib ketganlar soni 2 milliondan oshgan bo‘lib, ularning 85 foizi Rossiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya davlatlariga yo‘naltirilgan . Bu ko‘rsatkichlar mehnat migratsiyasining mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida hal qiluvchi omillardan biriga aylanganini ko‘rsatadi.

Migratsiya oqimlari va ularni shakllantiruvchi omillarni chuqur tahlil qilishda nazariy yondashuvlarning amaliy foydasi alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda migratsiya sabablarini izohlashda Push-Pull modeli, NELM, tarmoq nazariyasi va transmilliylik yondashuvi eng ko‘p mos tushadigan va keng qo‘llaniladigan konsepsiyalar sifatida ajralib turadi. Har biri turli qatlamdagi sabablarga e’tibor qaratadi: iqtisodiy farq, oilaviy strategiya, ijtimoiy tarmoqlar va global identitetlar.

Misol uchun, Push-Pull modeli doirasida ishsizlik, daromad pastligi, hududiy tengsizlik kabi “ituvchi” omillar migratsiya bosqichlarini boshlovchi sabablar bo‘lsa, xorijdagi yuqori ish haqi, barqarorlik va diaspora tarmoqlari “tortuvchi” omillar sifatida mavjud. Ayniqsa, rasmiy migratsiya dasturlarining yo‘lga qo‘yilishi (Janubiy Koreyaning EPS tizimi kabi) ushbu modelni O‘zbekiston uchun asosiy izoh mexanizmiga

Yangi iqtisodiy migratsiya nazariyasiga (NELM) ko‘ra esa, O‘zbekistondagi migrantlar qarorini individual darajadagi motivlar emas, balki uy xo‘jalik darajasida moliyaviy xavflarni boshqarish strategiyasi shakllantiradi. Buni remittanslardan foydalanish yo‘nalishlari — uy-joy qurilishi, farzand ta’limi, sog‘liqni saqlash xizmatlari va mikrobiznes ochilishidan yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zbekistonda bank tizimi, xususan, qishloq joylarda hali to‘liq faol emasligi, migratsiyani alternativ moliyaviy strategiyaga

Tarmoq nazariyasi ham O‘zbekiston kontekstida muhim rol o‘ynaydi. Migrantlar asosan avvaldan xorijga ketgan tanishlar, qarindoshlar yoki mahalliy jamoalar yordamida ish topmoqda. Ishga joylashish, hujjat to‘ldirish va yashash joyini topishda norasmiy tarmoqlar rasmiy institutlardan ancha faol. Bu esa ijtimoiy kapitalning migratsiyadagi real iqtisodiy rolini tasdiqlaydi .

Transmilliylik yondashuvi esa, ayniqsa, qaytgan migrantlar faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. O‘zbekistonga qaytgan ishchilar xorijdagi mehnat tajribasini kapital, g‘oya va madaniyat sifatida olib kirib, yangi bizneslar, ijtimoiy loyihalar va fuqarolik jamiyatining rivojiga hissa qo‘shmoqda. Bu, o‘z navbatida, “migrant faolligi”ni oddiy ishlovchi emas, balki ijtimoiy-agentlik subyekti sifatida qayta talqin qilishni talab etadi.

Shu tarzda, O‘zbekiston kontekstida migratsiyani izohlovchi nazariyalar o‘zaro integratsiyalashgan holda qo‘llanishi kerak. Mamlakatdagi migratsiya oqimlari faqat iqtisodiy ehtiyojlar emas, balki institutsional zaifliklar, ijtimoiy imkoniyatlar va global identitetlar bilan ham izohlanadi. Demak, amaliyotda ushbu nazariyalar alohida emas, kontekstual va tarmoqlangan ko‘rinishda birgalikda ishlaydi.

Mehnat migratsiyasi bugungi kunda nafaqat iqtisodiy harakat, balki murakkab ijtimoiy va transmilliy jarayon sifatida shakllanmoqda. Ushbu maqolada tahlil qilingan nazariy yondashuvlar – Ravensteinning klassik qonunlari, neoklassik model, dual mehnat bozori, Push-Pull modeli, NELM, tarmoq nazariyasi va transmilliylik konsepsiyasi – har biri migratsiyaning muayyan qirrasini izohlaydi. Biroq hech biri uni to‘liq qamrab ololmaydi. Shu boisdan, mehnat migratsiyasini tushuntirishda bir nazariyadan foydalanish emas, balki ularning kontekstual integratsiyasi zarur.

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston misolida migratsiyani izohlashda PushPull modeli asosiy sabablar strukturasi, NELM esa uy xo‘jaligi strategiyasi, tarmoq nazariyasi esa migrant harakatining ijtimoiy omillarini tushuntirishda yuqori izoh salohiyatiga ega. Transmilliylik esa O‘zbekistonda yangi fuqarolik faolligi, qaytgan migrantlarning iqtisodiy ijtimoiy roli, va diasporalarning ko‘p qatlamli aloqalarini tahlil qilishda muhim o‘rin tutadi. Shu asosda quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: Ilmiy-uslubiy tavsiyalar:

1. Migratsiya siyosatini shakllantirishda faqat iqtisodiy yoki rasmiy statistik

ko‘rsatkichlarga emas, nazariy model va empirik kontekst uyg‘unligiga

asoslanish zarur.

2. O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tahlil qilishda NELM, Push-Pull va tarmoq

yondashuvlarining kombinatsiyasi eng samarali tushuntiruvchi asos sifatida tan

olinishi mumkin.

3. Migratsiya masalalarida ixtisoslashgan tahliliy markazlar faoliyatini kengaytirish

orqali real vaqtli nazariy-amaliy bog‘liqlik ta’minlanishi lozim. Amaliy siyosiy tavsiyalar:

1. Remittanslarni faqat iste’mol xarajatlariga emas, balki investitsion loyihalarga

yo‘naltirish tizimini yaratish (imtiyozli kreditlar, davlat ko‘mak dasturlari).

2. Tarmoq aloqalarini qo‘llab-quvvatlash orqali rasmiy migratsiya tizimlarining

samaradorligini oshirish (diasporalarni ijtimoiy kapital sifatida tan olish).

3. Qaytgan migrantlarni iqtisodiyotga qayta integratsiya qilish uchun institutsional

dasturlar (retraining, tadbirkorlikni rag‘batlantirish) yo‘lga qo‘yilishi zarur. 4. Migratsiya tahlillarida gender va yosh omillarini alohida nazariy asosda o‘rganish muhim – ayniqsa ayollar migratsiyasi ijtimoiy struktura va oila barqarorligiga ta’siri bo‘yicha. Yakuniy xulosa shuki, mehnat migratsiyasi — bu milliy rivojlanish, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy transformatsiyaning ajralmas qismiga aylangan. Uni chuqur anglash uchun esa nazariy yondashuvlar nafaqat tahliliy vosita, balki strategik qarorlar poydevori sifatida qaralishi lozim. Shu tariqa, maqolada ishlab chiqilgan integratsiyalashgan nazariy model O‘zbekiston migratsiya siyosati va akademik izlanishlari uchun mustahkam nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1. Basch, L., Glick Schiller, N., & Szanton Blanc, C. (1994). Nations Unbound: Transnational Projects, Postcolonial Predicaments, and Deterritorialized Nation-States. Gordon and Breach. 2. Boyd, M., & Grieco, E. M. (2003). Women and Migration: Incorporating Gender into International Migration Theory. Migration Information Source. 3. Borjas, G. J. (1989). Economic Theory and International Migration. International Migration Review, 23(3), 457–485. 4. Brubaker, R. (2005). The 'Diaspora' Diaspora. Ethnic and Racial Studies, 28(1), 1–19. 5. Castles, S., & Miller, M. J. (2009). The Age of Migration: International Population Movements in the Modern World. Palgrave Macmillan. 6. Davlatova, M. (2022). Post-return Reintegration Challenges in Uzbekistan. Journal of Central Asian Policy, 4(2), 67–82. 7. Davletov, S. (2021). Social Networks and Labour Mobility in Central Asia. Central Asian Economic Journal, 6(1), 54–69. 8. de Haas, H. (2010). The Internal Dynamics of Migration Processes: A Theoretical Inquiry. Journal of Ethnic and Migration Studies, 36(10), 1587–1617. 9. de Haas, H. (2010). Migration Transitions: A Theoretical and Empirical Inquiry into the Development Drivers of International Migration. IMI Working Paper Series, No. 24. 10.International Labour Organization (ILO). (2023). Global Estimates on International Migrant Workers: Results and Methodology. Geneva: ILO. 11.International Organization for Migration (IOM). (2023). Migration Governance Profile: Republic of Uzbekistan. Geneva: IOM. 12.International Organization for Migration (IOM). (2023). Community and Diaspora Engagement in Labour Migration. Tashkent: IOM Uzbekistan. 13.International Organization for Migration (IOM). (2023). Labour Migration and Reintegration Trends in Uzbekistan. Tashkent: IOM Uzbekistan. 14.Levitt, P., & Glick Schiller, N. (2004). Conceptualizing Simultaneity: A Transnational Social Field Perspective on Society. International Migration Review, 38(3), 1002–1039. 15.Massey, D. S., Arango, J., Hugo, G., Kouaouci, A., Pellegrino, A., & Taylor, J. E. (1993). Theories of International Migration: A Review and Appraisal. Population and Development Review, 19(3), 431–466. 16.Piore, M. J. (1979). Birds of Passage: Migrant Labor and Industrial Societies. Cambridge University Press. 17.Portes, A. (1998). Social Capital: Its Origins and Applications in Modern Sociology. Annual Review of Sociology, 24, 1–24. 18.Ravenstein, E. G. (1885). The Laws of Migration. Journal of the Statistical Society of London, 48(2), 167–235. 19.Stark, O., & Bloom, D. E. (1985). The New Economics of Labor Migration. The American Economic Review, 75(2), 173–178. 20.Stark, O. (2003). Rethinking the Brain Drain. World Development, 31(1), 15–22. 21.Todaro, M. P. (1976). Internal Migration in Developing Countries. Geneva: International Labour Office. 22.Vertovec, S. (2004). Migrant Transnationalism and Modes of Transformation. International Migration Review, 38(3), 970–1001. 23.World Bank. (2023). Migration and Development Brief 38: Remittances Trends. Washington, DC: World Bank Publications.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.