ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliyning “O’landan so’r” g’azaliga Buxoro shoiri Ro’zimurod Mahmud muxammasi.

Özet

Ushbu maqolada Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliyning ijodi va g’azaliyoti hamda Buxoro adabiy harakatchiligining ko’zga ko’ringan shoirlaridan biri Ro’zimurod Mahmudning Fuzuliy g’azaliga yozgan muxammasi tahlil qilinadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliyning “O’landan so’r” g’azaliga

Buxoro shoiri Ro’zimurod Mahmud muxammasi.

Saidova Mohinur Yoqubjon qizi,

BuxDU Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi

Saidova_mohinur@mail.ru

+998934752506

ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada Muhammad Sulaymon o’g’li Fuzuliyning ijodi va g’azaliyoti hamda Buxoro adabiy harakatchiligining ko’zga ko’ringan shoirlaridan biri Ro’zimurod Mahmudning Fuzuliy g’azaliga yozgan muxammasi tahlil qilinadi.

KALIT SO’ZLAR

kamolot, muhabbat, insoniylik, Sharq lirikasi, ishq, hayotiylik, tashnayi diydor, umr, xalaf, salaf.

Fuzuliy ijodi boy va har jihatdan rang-barang bo’lib, uning asarlari ko’lami va salohiyati ham bir muncha yuqori.Uning asarlari birgina Ozarbayjon adabiyoti emas,balki Yaqin va O’rta Sharq xalqlari adabiyotida ham muhim o’ringa ega.U , avvalo, g’azal mulkida tengsiz shoir hisoblanadi, u Turkiy she’riyatning bor mas’uliyatini Navoiydan keyin qo’lga oldi.Shoir lirikaning bir qancha turlarida barakali ijod etgan, jumladan uning devonida g’azal, murabba’, muxammas, musaddas, tarji’band, tarkibband, qit’a va ruboiy janridagi she’rlar o’rin olgan.

Fuzuliy Navoiydan keyin g’azal mulkining sultoni bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Alisher navoiydan so’ng, bu janrda eng ko’p, eng samarali, eng nafis va eng ohangdor g’azallar yaratgan shoir shubhasiz Fuzuliydir.Bu borada Vadud Mahmud “Fuzuliy Bog’dodiy” nomli maqolasida:”Fuzuliy bizda Navoiydan ko’p o’qulmasa, Navoiydan kam ham o’qulmaydir” degan.

Shoir g’azal janriga boshqa janrlarga qaraganda yuqori baho qo’ygan va hattoki u Sharq lirikasining otasi Hofiz Sheroziy darajasiga ham ko’tarilgan.Bunday g’azaliyot daholarining izidan borib, ularning g’azallariga muxammaslar bitishga hamma ham jur’at eta olmagan.Ko’hna Sharq, xususan, Markaziy Osiyoda barcha sohalar qatori she’riyat bobida ham xalaflar o’z salaflaridan doim mutaassir bo’lganlar, ustoz ijodkorlarga ergashib nazira, tazmin, taxmislar bitganlar, avvalgi daholar yaratgan mahorat maktablarini o’tab, ular bilan ijodiy bahsga kirishganlar.

Muhammasning o’zbek adabiyotida mustaqil she’riy shakl sifatida qachon paydo bo’lganligini tasdiqlovchi aniq ma’lumotlar hozirda ma’lum emas.Alisher Navoiygacha yashab o’tgan Atoiy,Sakkokiy,Lutfiy ijodida ham muxammaslar mavjud bo’lgan.

Muxammas-besh misradan iborat bo’lgan she’r shakllaridan iborat bo’lgan she’r shakllaridan biri bo’lib, unda birinchi band misralarining hammasi o’zaro alohida qofiyalanib,qolgan bandlarining beshinchi misralari dastlabki bandining beshinchi misrasi bilan qofiyalanadi:a-a-a-a-a;b-b-b-b-b….

Xuddi shu yo’sinda Buxoro adabiy harakatchiligining yorqin namoyondalaridan biri Ro’zimurod Mahmud Fuzuliyning

Shifoyi vasl qadrin, hajr ila bemor o’landan so’r,

Zuloli zavq-shavqin tashnayi diydor o’landan so’r.

matla’i bilan boshlangan g’azaliga muxammas bitgan.

Ishq bahosin, dili kuyib, devonavor o’landan so’r,

Yor dardida orom bilmay, umri abgor o’landan so’r.

Bu dunyoning g’amlaridan qalbi xunhor o’landan so’r,

Ziloli zavq ila shavqin tashnayi diydor o’landan so’r.

Yuqorida aytganimizdek, g’azal bilan taxmisning mavzuyi, ruhi, uslubi va vazni munosib. Demak,bayt tahliliga o’tadigan bo’lsak,7 bandlik ushbu muxammas sof turkiy radif “o’landan so’r” radifi bilan yozilgan.Bu “bo’lgandan so’ra” so’z birikmasining Ozarbayjoncha talaffuzidir.Ushbu bandda devonavor,abgor,xunhor,bemor,diydor so’zlari qofiya vazifasini bajarib kelgan.G’azalning vazni hazaji musammani solim,ya’ni mafoiylun,mafoiylun,mafo’iylun.

Yuqoridagi bandning qisqacha mazmuni quyidagicha: ishqning bahosini dili kuygan va ishq dardida Devona bo’lgan insondan so’r, yorning vasli uchun kechakunduz orom bilmay, umri abgor bo’lgandan so’ra.Yorning dardi kamlik qilgandek,yana bu dunyoning dardlaridan ham qalbi xunhor bo’lgandan so’ra.Vasl hajrining dardiga darmon topmoqchi bo’lsang,shu dardga chalimgan bemordan so’r.

Tasavvufda ishq -tiriklikning ma’no-mazmuni, maqsad-muddaosi sifatida talqin etiladi. Bu muxammasda ham ana shunday tasavvufiy ma’nodagi ishq g’oyasi ilgari surilgan.Bandlar ma’no-mazmunidan ishqqa mubtalo bo’lgan kishi bilan ishqdan bexabar bo’lgan kishi o’rtasidagi farq ochib boriladi.Matla’da chin oshiqning ahvoli bayon etiladi.Keyingi baytlarda ham lirik qahramon o’zini chin oshiqlar safida deb tasvirlaydi.

Muxammasning oxirgi bandi quyidagicha:

Muhabbatning bolin totib, tarifida loldir til,

O’ylar esa mavjlar urib, hayajonga soldi dil,

Ro’zimurod holing ko’rib, ey pari,muruvvat qil,

Muhabbat lazzatidan bebahradir zohidi g’ofil,

Fuzuliy, ishq zavqin zavqi shavqivor o’landan so’r.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Muhammad Fuzuliy. Asarlari. Olti jild.Boku,”Sharq-G’arb”,2005,400s.

2.Ro’zimurod Mahmud. Muxammaslar to’plami.

3.ziyo.uz.com

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.