ETISH IMKONIYATLARI
Aznarov Xalimjon Mamadaliyevich
Samarqand viloyati Pastdarg’om tumani 59-umumta'lim maktabi
Musiqa madaniyati fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada musiqa ta`limi jarayonida o`qitish metodlari mazmunida fanlar aloqadorligiga oid manbaalardan foydalanishning dars sifati va samaradorligiga ijobiy ta`sir xususida fikr yuritiladi.
Kalit so`zlar: Musiqa madaniyati, dars, metod, suhbat, hikoya, tushuntirish ko`rgazmalilik, amaliy o`qitish, taqqoslash.
Umumta’lim maktablarida o’qitiladigan “musiqa madaniyati” fani o’zining spetsifik tuzilish xususiyatlari, ifodaviyligi, tabiatiga ko’ra bir qator fanlar va san’at turlari (raqs, tasviriy san’at) bilan o’zaro bog’liqlik va o’qitish predmetiga ko’ra umumiy qonuniyatlariga aloqadorlikni o’zida mujassam etadi. Bu esa o’z navbatida musiqa darslarini tashkil etish, uni yuqori darajada sifatli va muvaffaqiyatli kechishini ta’minlashga erishish uchun fanlararo aloqadorlik imkoniyatlaridan, musiqiy fanlarni o’zaro bog’langanlik komponentlaridan oqilona va o’z o’rnida foydalanish ehtiyojini vujudga keltiradi. Musiqa o’qitish metodikasi va pedagogikasi ta’lim va tarbiya jarayonida qo’llaniladigan eng ilg’or, ta’sirchan, amaliyotda sinalgan va samarali natijalar bergan metod va vositalardan foydalanishni ta’lim mazmuni va sifat darajasini belgilashda muhim omil hisoblanadi. Ta’lim tizimiga yangi-yangi pedagogik, innovatsion o’qitish texnologiyalarini kirib kelishi, fan-texnika sohasidagi shiddatli o’zgarishlar ta’limsohasida ham o’ziga xos yangilanishlarni taqozo etmoqda.
Ta’limning barcha bo’g’inlarida bo’lgani kabi maktab ta’limida ham musiqa darslarini tashkil etish va o’qitishda har bir sinf, darsining har bir faoliyatida aynan bir xil bo’lmagan usul va metodlardan ustalik bilan foydalanish, darslarning noan’anaviylik va ta’sirchanligiga birlamchi e’tibor qaratish davr talabidir. Shunday ekan, umumta’lim maktablaridagi “musiqa madaniyati” fanini o’qitishda ham ilg’or pedagogik texnologiyalar, noan’anaviy o’qitish metodlari bilan birga pedagogika nazariyaning umumiy, xususiy, og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, o’yin, taqqoslash, musiqiy uquvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan ishlash, baholash va rag’batlantirish metodlaridan o’z o’rnida foydalanish kerak bo’ladi. Respublikamizda musiqa pedagogikasi yo’nalishida izlanishlar olib borgan yetuk olimlarning ilmiy tadqiqotlarida zamonaviy musiqa o’qituvchisining professional tayyorgarlik darajasiga qo’yilayotgan talablar xususiy metodlardan muvaffaqqiyatli foydalanish jarayonida ijobiy yechim topishi mumkinligi ilmiy asoslab berilgan. “Musiqa madaniyati” darslarida fanning o’ziga xos xususiyatlarini chuqur anglagan holda, uning amaliy va ijodiy ijrochilik bilan bog’liq vazifalarini, yil, chorak mavzulari doirasida darsliklarga kiritilgan musiqa nazariyasi, tarixi, vokal, xor ijrochiligiga oid bilim, ko’nikma va malakalarni o’quvchilarda shakllantirish va mustahkamlashda, shuningdek, o’quvchilarni musiqiy-nazariy bilimlarini o’zlashtirishlari jarayonida boshqa fanlarga oid bilimlarga murojaat qilish, izlanishga undovchi metod xususiy metoddir. Aynan ta’kidlab o’tilgan metodlar orqali musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etishning turli shakl, usul va vositalarini qo’llash mumkin. Bir soatlik dars jarayonida ta’lim berishning bir necha xil usullarini qo’llash oqibatida o’quvchi hech bo’lmaganda biror bir faoliyatga va uslubga o’zini munosabatini bildiradi, qiziqishini namoyon qiladi yoki ayrim tushunmagan holatlarga oydinlik kiritish yuzasidan savollar bilan murajaat qilishi mumkin. Natijada o’quvchida darsga, yoki o’rganilayotgan mavzuga bo’lgan munosabat, o’rganish va bilish faoliyatiga xohish-istakkuchayadi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, agar o’quvchida musiqa san’atining biror-bir turiga qiziqish paydo bo’lsa, u darslarga ham o’zicha tayyorgarlik ko’ra boshlaydi, musiqa darslari bo’lishini kutadi, o’zini namoyon qilish, bilganlarini amalda ko’rsatish bilan ko’pchilik oldida g’ururlanish istagi bilan bog’liq kechinmalar paydo bo’ladi.
Dars davomida qo’llaniladigan metodlar mavzunini o’quvchilarga yetkazish maqsadiga yo’naltirilgan va turli manbalardan olingan dalillarga asoslangan bo’lishi darslarni fanlararo aloqadorlikda tashkil etishda ko’proq ta’sirchanlik kasb etadi Mana shunday metodlar jumlasiga kiruvchi bir qator metodlar haqida batafsilroq to’xtalib o’tamiz:
1. Hikoya qilish metodi. Bu metod musiqa o’qituvchisining musiqa asari haqidagi jonli, emotsional, yorqin hayotiy voqealar va aniq tarixiy dalillar, adabiybadiiy lavhalar asosiga qurilgan bayon bo’lib, uni qo’llashdan maqsad o’quvchilarni musiqa asari, janri, uning ijro uslubi bilan an’anaviylik jihatlari, badiiyg’oyaviy mazmuni, qanday holatda, kimlar tomonidan qanday tartibda ijro etilishi, mohir ijrochilari va mualliflari haqida chuqur va to’laqonli ma’lumotlar bilan tanishtirishni ko’zda tutadi. Hikoya metodi yordamida o’qituvchi o’zbek musiqa madaniyatining rivojlanishi va tarixiy ildizlari haqida boy tarixiy materiallarga tayangan holda muhim ma’lumotlarni berishi mumkin.
O’quvchilar O’rta Osiyo zaminida yetishib chiqqan va jahon fani, madaniyati, shu jumladan, musiqa san’ati, musiqa ilmi rivojiga ulkan hissa qo’shgan va xizmatlari butun dunyoda e’tirof etilgan buyuk ajdodlarimiz, alloma-olimlar haqida bilishlari shart. Shunday ekan, buyuk faylasuf, qomusiy olim, o’z navbatida musiqa ilmi rivojiga ulkan hissa qo’shgan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdulqodir Marog’iy, Az-Zamaxshariy, Darvish Ali Changiy, Abdurahmon Jomiy, Kavkabiy kabi mutafakkirlarning ilm fan sohasidagi buyuk xizmatlari bilan birga ularning musiqa nazariyasi, cholg’u sozlari, musiqiy tovushlar tuzilishi xususiyatlari haqidagi asarlari to’g’risidagi ma’lumotlarni tibbiyot, matematika, geografiya, adabiyot va boshqa fanlar sohasidagi kashfiyotlariga bog’lab tushuntirish yoki shu fanlar bo’yicha mavjud qo’shimcha materiallarga, ma’lumotlarga tayangan holda hikoya qilinishi mumkin.
Hikoyalar ayrim ijodkorlar hayoti va faoliyati haqida, o’zbek milliy musiqa madaniyatida alohida o’rin tutuvchi asarlar (ular zamonaviy asarlar yoki kompozitorlar ijodi haqida ham bo’lishi mumkin), dostonlar, maqom san’ati, folklor ijodiyoti haqida bo’lishi mumkin.
2. Suhbat metodi ham didaktikaning eng ta’sirchan uslublaridan hisoblanadi. Bu jarayon o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi dialog shakldagi faoliyatdan iborat bo’ladi. Musiqa asarining mavzusiga ko’ra darslikda berilgan o’quv materiali bilan birga uning boshqa fanlar bilan aloqador (masalan, tabiat, hayvonot olami, adabiyot, tarix, ekologiya, ona tili va hokazo) ma’lumotlarni misol keltirish, o’quvchilarga savollar bilan murojaat qilish, asarlarga tavsif berish, g’oyaviy badiiy mazmunini, nazariy jihatdan tuzilishi, janr xususiyatlarini tahlil qilish, ko’rgazmali vositalardan foydalanib, o’quvchilarni mustaqil fikrlashlariga qulay sharoit yaratiladi. O’quvchilar bu jarayonda faol qatnashadilar, o’z fikr mulohazalarini bildirishga harakat qilishadi. Masalan, o’qituvchi o’zbek musiqasining mahalliy uslublari bo’yicha o’quvchilar bilan suhbat o’tkazar ekan Buxoro-Samarqand, Farg’ona-Toshkent, Surxandaryo Qashqadaryo yoki Xorazm uslubini bir qator fanlarga oid o’rganilishi xususiyatlarini e’tiborga olishi kerak. Avvalo, ushbu hududlarda yashovchi xalq, elatlarni etnografiyasi, tili (shevasi), tarixi, kiyinish madaniyati, musiqa cholg’ulari, o’ziga xos raqs uslublari haqidagi ma’lumotlarga tayanishi zarur. Bu kabi mavzulardagi darslarni tashkil etishda musiqa tartixi, folklorshunoslik (dostonchilik, baxshichilik, xalq musiqasining ommaviy janrlari), adabiyotshunoslik, ona tili, geografiyaga oid materiallardan foydalanish yaxshi natija beradi.
3. Tushuntirish metodi. Bu asosan nazariy ma’lumotlarni berishda qo’llanadi. Musiqa savodi bo’yicha bilimlarni yetkazishda fizika (tovush va tovushning fizik xossalari, ovoz kuchi, tembri, tovush amplitudasi va hokazo) matematik o’lchovlar, notalar cho’zimlarini turkumlanishiga bog’lab tushuntirish ma’lumotlarni o’quvchilar tomonidan oson o’zlashtirilishiga yordam beradi. Musiqa alohida fan sifatida e’tirof etilguncha matematika ilmining tarkibiy qismi sifatida o’rganilganligi tarixdan ma’lum. Tarixning guvohlik berishicha buyuk allomalar Muso Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad al-Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, arab olimi Al Kindiylarning matematika, falsafa, falakiyotga oid asarlarida musiqaning nazariy tamoyillarini yoritish uchun maxsus bo’limlar ajratilgan. Masalaga mantiqan yondashganda ham musiqaning nazariy asosi bo’lgan tovushlar cho’zimi, ritmik tuzilishi, ton tuzilishi, o’lchamlari, hissalarni ijro etishdagi vaqt hajmi, barchasi aniq matematik hisoblarga asoslanadi. Shuningdek, intervallar o’lchamlari, dirijiyorlik o’lchovlari, hatto raqs harakatlari ham ma’lum matematik hisoblashlar orqali bajariladi.
Albatta, musiqa darslarida nazariy qoidalarni tushuntirishda mana shunday fizik va matematik qonuniyatlardan hamda shu fanlarga daxldor asboblardan (kamerton, metronom) foydalanish o’quvchilarda yaxshi taassurot qoldirish shubhasiz.
4. Ko’rgazmali o’qitish metodlari. Ma’lumki, musiqa harakatlanuvchi kuy va garmoniyalashgan tovushlar tizimidan iboratdir. Uni faqat eshitish a’zolari orqali tinglab idrok etish mumkin. Ko’rgazmali metodi nota yozuvlarini chiroyli yozishda (chiroyli yozuv, husnixat qoidalariga ko’ra) rasm, chizmachilik fanlariga oid bilimlarga tayangan holda ish tutish muhim ahamiyat kasb etadi. Dirijiorlik sxemalari, raqs harakatlarini chizma tasvirlarini doskada, plakatda namoyish etish, o’quvchilar tomonidan daftarlariga tushirish, asar obrazlari asosida ularning rasmlarini chizish kabi faoliyatlarda o’quvchilarni rasm, chizmachilik fanlari bo’yicha bilim va malakalari qo’l keladi. Bu o’rinda o’qituvchining pedagogikmahorati, notiqlik, rejissiorlik qobilyati muhim rol o’ynaydi.
5. Amaliy o’qitish metodlari o’qituvchi tomonidan, asosan, o’quvchilarni amaliy ijrochilik bilan bog’liq malaka va ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida qo’llaniladi. Bunda o’qituvchining “shaxsiy namunasi” ya’ni har bir amaliy harakatni o’zi ko’rsatib berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Vokal-xor malakalari (tovush hosil qilish, tovushni yo’llash, niqobdor kuylash, nafas olish, nafasni sarflash, soz, ansanbllik, diksiya, intonatsiya) ustida ishlash, musiqaga mos qadam tashlash va harakatlar bajarish (o’yin, raqs, gimnastika elementlari), bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish kabi faoliyatlar amaliy metodlar vositasida amalga oshiriladi. Bu faoliyatda o’quvchilarni induvidial, psixologik, fizologik xususiyatlari e’tiborga olinishi zarur.
6. O’yin metodi - asosan boshlang’ich sinflarda ko’proq qo’llaniladi va yaxshi natija beradi. Boshlang’ich sinf o’quv repurtuariga kiritilgan musiqa asarlari bolalarni yosh, psixologik xarakteriga ko’ra sho’x, raqsbop, o’yin-raqs harakatlari bilan ijro etiladigan namunalardan iborat bo’lib, ularni ijro etishda o’yin, raqs va uning elementlariga keng o’rin beriladi. Bunda o’qituvchining raqs san’ati, uning eng oddiy harakat elementlaridan xabardor bo’lishligi muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarni (asosan qizlarni) raqs tugaraklariga qatnashtirish va u yerda o’rganganlaridan dars jarayonida foydalanish, ayrim darslarni o’tishda raqs to’garagi rahbari, baletmesterlar xizmatidan foydalanish, birgalikda tayyorgarlik ko’rish va ularning tajribalaridan foydalanish mumkin. Bizga ma’lumki, o’zbek xalq musiqa folklori, xususan, bolalar folklori qo’shiqlari biror-bir o’yinni bajarish yoki o’yin xarakteridagi mashqlar, harakatlar orqali ijro etiladi va bu musiqa o’qituvchisidan shunday asarlar bilan ishlashda folklorshunoslikka oid manbalarga murojaat qilib ish tutishni talab qiladi.
7. Taqqoslash metodi. Bu metodni qo’llash orqali o’quvchilarning mavzu yuzasidan berilayotgan bilim, tushunchalar mohiyatini aniq idrok etishlariga erishish ko’zda tutiladi. Dars jarayonida musiqiy janrlarni bir-biriga o’xshash va farqli xususiyatlarini aniqlash, mahalliy uslublardagi o’ziga xoslik, an’anaviylik, ijrochilik yo’llarini farqli jihatlariniko’rsatib berish, shuningdek, qo’shiq bilan marsh, raqs musiqasini eshitib, tinglab aniqlash, taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Bunda o’qituvchining adabiyot (mumtoz ashulalarni mumtoz she’riyat bilan bog’liqligi), folklorshunoslik, ona tili, tarixiy dalillarga (tarixiy mavzudagi qo’shiqlar) musiqa asarlari tahlili faniga oid bilimlarga tayanib ish tutishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Taqqoslash davomida boshqa fanlarga oid dalillar o’quvchilarning bilim va tushunish musiqali ritmik harakatlar bajarish yoki marsh musiqasi sadolariga mos qadam tashlash jarayonida marsh musiqasini boshqa janrlardan nimasi bilan farq qilishi haqidagi tushunchalarga e’tibor qaratish, marsh musiqalari harbiy zarurat asosida bo’lganligi, u asosan Yevropada shakllanib, bizning musiqa madaniyatimizga XIX asr oxirlarida “duxovoy orkestr” ijrochiligi bilan kirib kelganligi haqida ma’lumot berish marsh musiqasi haqidagi tushunchalarni o’quvchilar xotirasida mustahkam o’rnashib qolishiga olib keladi.
Umuman olganda har bir fan ma’lum darajada boshqa fanlar bilan o’ziga xos tarzda va ko’rinishda bog’langan bo’ladiki, bu bog’lanish musiqaning nazariy va amaliy ijrochiulik bilan bog’liq o’qitish jarayonida ko’proq va yorqinroq namoyon bo’ladi. Shunday ekan, fanlar aloqadorligi va bog’liqligidan oqilona va o’rinli foydalanish musiqa o’qituvchisidan barcha fanlar bo’yicha keng bilimlarga hamda musiqa san’atining bir qancha yo’nalishlaridan yetarli darajada boxabar, nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishini talab qiladi. Musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etish, ilg’or innovatsion texnologiyalardan, ilg’or ish tajribalardan foydalanish, yangi va samarali ish usul va shakllarini ijod etish va qo’llash davr talabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. D. Soipova. Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi. -Toshkent, fan va texnologiyalar.2009-yil,
3. Qudratov I. Musiqa ta`limida fanlararo a`loqadorlik. Uslubiy qo`llanma, SamDU,2015-yil
4. Alibekova R.I. Metodicheskiye rekomendasii Russkaya slovestnost Ot slova k slovesnosti
5. Nematov, R. A., & Almanov’s, Q. O. (2022). THE ROLE OF HISTORICAL
SOURCES IN THE STUDY OF THE HISTORY OF THE TURKISH EMPIRE.
American Journal Of Social Sciences And Humanity Research, 2(10), 25-31.
6. Iskandar, O. (2023). The Organization of the Khorazm Soviet Republic. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(4), 794-798.
7. Ochilov, I. (2023). IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES
IN FORMING THINKING AND SKILLS IN HISTORY LESSONS. Science and
innovation, 2(B4), 481-484.
8. Неъматов, Р. (2023). Илк ўрта асрлар Хоразм тарихшунослигининг бугунги ҳолати. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 122-125.
9. Omongaldi o’g’li, O. I. (2023). QADIMGI DAVRLARDAGI
KO’CHMANCHI SAK, MASSAGET QABILALARI HAQIDA
MUSHOHADALAR. IQRO JURNALI, 2(2), 597-600.
10. Omongaldi o’g’li, O. I. (2022). QADIMGI XORAZM SIRLI QAL’ALARI.
PEDAGOGS jurnali, 10(4), 182-185.
11. Iskandar, O. (2022). XIVA TARIXI VA RIVOJLANISHIDA
TURIZMNING AHAMIYATI. PEDAGOG, 1(3), 327-329.
12. Сабирова, Н. Э. (2022). ПОСЛЕДОВАТЕЛЬНОСТЬ РАЗВИТИЯ
ИСКУССТВА БАХШИ ХОРЕЗМА. Universum: филология и искусствоведение, (4 (94)), 36-40.
13. Отажонова, М. (2016). ИЖОДКОР БАДИИЙ ТАФАККУРИДА
ВОҚЕЛИКНИНГ МИФОЛОГИЗАЦИЯЛАНИШИ. ВЕСТНИК
КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ
БЕРДАХА, 32(3), 127-129.
14. Tursunalievna, A. M., & Azizaxon, R. (2022). TILSHUNOSLIKDA
KOGNITIV YO'NALISHLAR. FAN, TA'LIM, MADANIYAT VA INNOVATSIYA,
1(2), 117-123.
15. Xolmanova, Z. (2022). Omonimlar–tafakkur omili. Uzbekistan: Language and Culture, 1(1).
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.