TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
Maraimova Dilnoza Askarovna
Yangiyo‘l shahar 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining musiqa madaniyati
fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada musiqa madaniyati darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida fikrlar berilgan. Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari, oliy ta’limda mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar, mustaqil izlanuvchilar uchun tavsiya etiladi.
Kalit so‘zlar: Musiqa madaniyati, pedagogik texnologiya, metod, uslub, o‘quvchi
Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir.
Shayx Sa’diy
Madaniy hayotimizda musiqa katta ahamiyatga ega. Chunki musiqa orqali qalb nofasati tarbiyalanadi, ma’naviy dunyoqarashi shakllanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Biz ona allasi orqali musiqa bilan tanishamiz unga mehr qo‘yamiz, zavqlanamiz. Musiqa bilan ulg‘ayamiz. 1-sinfga kelganimizda musiqa bilan fan sifatida tanishamiz. Musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi o‘z darslarida o‘quvchilarning musiqa san’atiga muhabbatini oshirish, badiiy ijodkorlikni shakllantirish, axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashdek vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Shu sababli pedagog o‘z kasbini sevishi, bolalarga mehribon, madaniyatli bo‘lmog‘i hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana olishi lozim. Pedagogik texnologiya - bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ulaming o‘zaro ta’sirini inobatga olib o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo‘llashning tizimli metodidir.1 Dars musiqa tarbiyasi tizimida yetakchi omil hisoblanadi. Chunki, musiqa darsida bolalar yalpi tarzda qamrab olinadi. Musiqa bolalarni aqliy hamda axloqiy rivojlanishida katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, musiqa darslari, eng avvalo, tarbiya darsi deyiladi.2 Boshlang‘ich sinflarda musiqa madaniyati fani katta ahamiyatiga ega. Musiqa orqali go‘zallikni his qilish, ona Vatanga bo‘lgan muhabbatni qo‘shiq orqali ifoda etishni 1 T.Ortiqov. Musiqa o‘qitish metodikasi.T.: Muharrir nashriyoti, 2011. 2 G.Sharipova, Z.Xodjayeva. Musiqa o‘qitish metodikasi/darslik/Toshkent-“NIF MSH” - 2020 o‘rgatish mumkin. Ijodkorlik bilan tashkil etilgan darslarda birgina o‘qituvchi mashg‘ulotning ssenariysini muallifi, ijrochisi va rejissyori bo‘la oladi. Nazariy va amaliy jihatdan ilmga ega bo‘lgan o‘qituvchigina darsda bilim beribgina qolamay cholg‘uchi, xonanda, xor dirijyori vazifalarini ham bajara oladi. Musiqa madaniyati darslarida davlat ta’lim standartalari va dasturlari, darsliklar, metodik hamda o‘quv qo‘llanmalarni zamonaviy mezonlar asosida takomillashtirish ishlari doimiy amalga oshirilib kelinmoqda. Zero, musiqiy ta’limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok eta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat o‘z milliy an’analarini balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an’anana, madaniyatlarni hurmat qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir3. Musiqa darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu asosida mantiqan o‘zaro bog‘lanadi, natijada darsning pirovard bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida ahamiyatga egadir. Dars jarayonida o‘quvchilarga musiqa haqida beriladigan barcha bilim va tushunchalar musiqa savodi doirasiga kiradi. Unga musiqaning o‘ziga xos xususiyatlari ya’ni san’at sifatida hayotning aks ettirilishi, ifoda vositalari ya’ni tili, nutqi; janr turlari, tuzilishi, ijro uslublari, ijrochilari, cholg‘u asboblari turlari va boshqalar kiradi.4
Musiqa savodini oshirish va darslarning samaradorligi fan o‘qituvchisining bilimi, qobilyati, tashabbuskorligiga bog‘liq. Dars davomida qo‘llaniladigan o‘quv materiallar bolalarning bilimiga va tajribasiga mos kelishi kerak. Quyida biz turli darslik va qo‘llanmalar orqali tanish bo‘lgan bir necha metodlarni tavsiya qilamiz.
Rolli o‘yinlar deganda musiqiy asar mavzusiga xos vaziyatni sahnalashtirish, rollarga bo‘lib ijro etish tushuniladi. Misol uchun ertak qahramonlari ishtirok etgan musiqiy parcha tayyorlash mumkin. Musiqiy diktantlar. Musiqiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘quvchi bilimini baholashning joriy nazorat shakllaridan biri. Yozilishi murakkab bo‘lgan so‘zlarni daftarga yozish orqali savodxonlikni oshirish mumkin. Misol uchun kompozitor, doyra, klavish, major, tovushqator, piano, forte, laparchi so‘zlaridan foydalanish mumkin.
“Moychechak” metodidan o‘zbek milliy cholg‘ulari haqidagi bilimlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin. Moychechak gulining har bir yaprog‘i bilan 3 B.Boltayev, J.A.Xodjayev. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa tarbiyasi. Darslik. – S.:SamDU nashriyoti, 2021 4 T.Ortiqov. Musiqa o‘qitish metodikasi.T.: Muharrir nashriyoti, 2011. biror o‘zbek milliy cholg‘usi belgilanadi. Yaproqlardan birini tanlagan bola belgilangan xalq cholg‘usining nomi, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot beradi.
Musiqa madaniyati darslarida ko‘rgazma sifatida texnik vositalar, multimedialar, ko‘rgazmali kartochkalar, rasmlar, nota yozuvlaridan foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda bugungi kun ta’lim jarayonida interaktiv metodlarga, innovatsion va axborot texnologiyalarga, multimedialarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ulardan dars jarayonida foydalanish fanga bo‘lgan qiziqishni ortishiga va ta’lim samaradorligiga sabab bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sharipova, Z.Xodjayeva. Musiqa o‘qitish metodikasi/darslik/Toshkent-“NIF
MSH” - 2020
2. B.Boltayev, J.A.Xodjayev. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa tarbiyasi. Darslik. – S.:SamDU nashriyoti, 2021
3. T.Ortiqov. Musiqa o‘qitish metodikasi.T.: Muharrir nashriyoti, 2011.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.