JARAYONLARDA MA'NAVIY ISHLARINI TASHKIL ETISH
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi
oʻqituvchisi
Jumayeva Zoxidaxon Muhammadjonovna
Bobonazarova Durdona Shuhratovna
Murodova Mahbuba Farhodovna
Annotatsiya: ushbu maqolada o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va nazorat qilish, darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va tarbiyaviy jarayonlarni olib borishdan iborat.
Kalit so'z: mustaqil ish, darsdan tashqari ishlar, tarbiyaviy jarayon.
ORGANIZING INDEPENDENT WORK OF STUDENTS. ORGANIZING THE
SPIRITUAL WORK OF STUDENTS IN EDUCATIONAL PROCESSES
OUTSIDE THE CLASSROOM
Abstract: this article deals with the organization and control of students' independent work, the organization of extracurricular and extracurricular activities, and the conduct of educational processes.
Key word: independent work, extracurricular activities, educational process.
ОРГАНИЗАЦИЯ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ СТУДЕНТОВ.
ОРГАНИЗАЦИЯ ДУХОВНОЙ РАБОТЫ ОБУЧАЮЩИХСЯ В УЧЕБНОМ
ПРОЦЕССЕ ВНЕ КЛАССА
Аннотация: в данной статье речь идет об организации и контроле самостоятельной работы студентов, организации внеклассной и внеклассной деятельности, ведении учебных процессов.
Ключевые слова: самостоятельная работа, внеклассная работа, учебный процесс.
Kirish. Hozirgi jadal o'sib rivojlanib borayotgan ayni davrda yashab turgan ekanmiz, eng avvalo, yoshlarimizni ilm-fan bilan mashg'ul qilishimiz, har tomonlama yetuk, barkamol, komil shaxs qilib tarbiyalash biz pedagog, ota-onalarning, jamiyatning o'rni beqiyosdir. O'quvchilarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni qarovsiz, yolg'iz qoldirmaslik uchun o'quvchilarga dars davomida va darsdan tashqari ham ishlar tashkil etilgan. Bu esa o'quvchi vaqtini bema'ni narsalarga jalb qilmaslik, har bir vaqtdan unumli foydalanishlari uchun lozim. Mustaqil ta'limni tashkil etishda o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga zamin tayyorlab, bu jarayonda tanqidiy va ijodiy fikr yuritishni shakllantirish ustuvor yo'nalish sanaladi. O'zbekistonda oliy ta'lim tizimini takomillashtirish asosi O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risidagi” qonuni hamda "Milliy o'quv dasturi" hisoblanadi. Ular yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo'lgan, ijodiy va ijtimoiy faol, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil holda harakat qila oladigan, kelajakka qaratilgan vazifalarni qo'ya olish va ularni yechishga qodir bo'lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgan. Har qanday jamiyatda bo'lganidek, respublikamizning taraqqiyotida bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero jamiyat taraqqiyotida mutaxassis kadrlar omilining muhimligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va samaradorligini oshirish borasida ham so'nggi yillarda keng ko'lamli ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi xislatlarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilmoqda. Oliy ta'lim tizimidagi pedagogik faoliyatimiz va hozirgi zamon o'qituvchilarning ijodiy ish faoliyatini o'rganish va tahlil qilish asosida ularning amaliy-ijodiy tayyorgarlik mazmuni va o'qitish metodlarini takomillashtirishga bag'ishlangan maqsadli izlanishlar tasdiqlanmoqdaki, bugungi kunda oliy malakali o'qituvchilar tayyorlashda bir qancha nomuvofiqliklar va ziddiyatlar mavjud. O'quvchilarga mustaqil ta'limni bajarish yuzasidan fan o'qituvchilari tomonidan metodik tavsiyalar beriladi.
Asosiy qism. Sinfdan tashqari darslarda tarbiyaviy ishlar nafaqat pedagog o'qituvchi tomonidan balki, ota-ona bilan ham hamkorlikda tashkil etiladi. Bizning muhitda, bizning sharoitda, bizning mamlakatimizda ta'lim va tarbiya teng olib boriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta'lim turlari – rang-barang va turli elektron ko'rinishlari – fan o'qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi. O'quvchilar sinf xonalarida o'qituvchilarning ma'ruzasini tinglaydilar. Sinfxonasidan tashqarida o'quvchi darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifasi sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o'rganish maqsadida qo'shimcha adabiyotlarni o'qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo'yicha testlar yechadi. Mustaqil ta'lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. O'quvchilarning o'quv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik yoki umumkasbiy o'quv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo'lishda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarining shakllanganligi asosiy rol o'ynaydi. O'quvchilarda ijodiy tayyorgarlik jarayonida mustaqil ta'limni tashkil etish uzluksiz va uzviy amalga oshiradi. O'quvchi elektron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlay oladi. Mustaqil ta'limni tashkil etish orqali, har nomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fikrlay oladigan, izlanuvchan avlodni shakillantiramiz. Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin1.
1 D.Ro‟ ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova-Interfaolmetodlar; mohiyati va
Xulosa. O'quvchilarning o'quv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik yoki umumkasbiy o'quv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo'lishda mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarining shakllanganligi asosiy rol o'ynaydi. O'quvchilarda ijodiy tayyorgarlik jarayonida mustaqil ta'limni tashkil etish uzluksiz va uzviy amalga oshiradi. O'quvchi elektron o'quv adabiyotlar va ma'lumotlar banki bilan ishlay oladi. Mustaqil ta'limni tashkil etish orqali, har nomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fikrlay oladigan, izlanuvchan avlodni shakllantiramiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. D.Ro‟ziyeva, M.Usmonboyeva, Z.Xoliqova-Interfaolmetodlar; mohiyati va
2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. Учебные методы организаци спортивно оздоровительных мероприятий в образовательных учреждениях // ВЕСТНИК
НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38-41
3. Khamraev, A. R. (2019). Modeling Teacher's Activity in Designing Students’ Creative Activities. Eastern European Scientific Journal, (1).
4. Hamroev, A. R. (2019). Modeling activities of teachers when designing creative activities of students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 2019.
5. Kamroev, A. (2019). STUDENTS’CREATIVE ACTIVITIES IN
DESIGNING MOTHER TONGUE EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(7), 285-296.
6. Хамраев, А. (2018). Моделирование деятельности учителя при проектировании творческой деятельности учащихся. Педагогічні інновації: ідеї, реалії, перспективи, (2), 23-26.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.