TERMINLARNING STRUKTURAVIY XUSUSIYATLARI
Abdulvohidova Nafisa Serobjon qizi,
Magistrant, Termiz davlat pedagogika instituti
Abdulvohidovanafisa2508@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola leksikologiyaning birligi sanalmish terminlar tadqiqiga bag`ishlangan bo`lib, maqolada, asosan, o`zbek va ingliz tillaridagi aviatsiya sohasiga doir terminlar va ularning strukturaviy xususiyatlari haqida so’z boradi. Aviatsiya sohasida qo`llaniladigan so`z va atamalarni strukturaviy jihatdan o’rganish til sohiblarining so`z boyligini oshirishga va so`zlarni muloqot jarayonida to`g`ri qo`llash bilan bog`liq muammolarini bartaraf etishga imkon beradi.
Kalit so`zlar: termin, aviatsiya, struktura, sodda tub so`z, qo`shma so`z
Hozirgi kunda nafaqat O`zbekistonning, balki dunyo davlatlarining ham yuksak darajada rivojlanishiga ulkan hissa qo`shayotgan sohalardan biri bu – aviatsiyadir. Bugungi kunda fan va texnika taraqqiyoti, ularning alohida tarmoqlarining rivojlanishi barcha sohalar singari tilshunoslikda ham o‘z ifodasini topmoqda. So‘nggi yillarda ilm-fanning barcha sohalarida erishilgan sezilarli yutuqlar, ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar oqimining tobora ortib borishi sohalarga oid terminlar muammosi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar oldiga nazariy va amaliy jihatdan yangi vazifalarni qo‘ymoqda.
Bundan tashqari, boshqa sohalar kabi aviatsiya sanoatining ham rivojlanishi, aviatsiya texnologiyalari tizimlarining murakkablashuvi aviatsiya faoliyati sohasida terminlar tadqiqi muammosiga e'tiborni kuchaytirmoqda. Hech kimga sir emaski, aviatsiya texnologik jihatdan jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo'lib, uning samaradorligi aviatsiya tarmog`i doirasida faoliyat yuritadigan xodimlarining kasbiy mahorati va malakasiga bog'liq. Shu sababli ushbu keng qamrovli soha bilan o`z kelajagini barpo etmoqchi bo`lganlar va ayni shu jabhada faoliyat olib boruvchilar chuqur bilim va kasbiy mahoratga ega bo`lish bilan bir qatorda soha doirasida qo`llaniluvchi til xususiyatlari va unda qo`llaniluvchi so`zlardan nutqiy jarayonda to`g`ri foydalanish, ularning tarkibiy jihatdan qanday tuzilganligi va shu kabilarni ham batafsil o`rganmog`i ahamiyatli jihatlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqola ham aynan shu jihatlarni ochib berishga qaratiladi.
Mavzuga chuqurroq yondashishdan oldin termin atamasiga e`tibor qaratishni lozim topdik. Termin – bu ma`lum bir fan sohasi doirasida qo`llaniladigan maxsus tushunchalarni anglatuvchi so`z yoki so`zlar birikmasidir. Dunyo olimlarining ushbu atamaga doir fikr va qarashlarini ko`rib chiqamiz.
Reformatskiyning fikriga ko`ra, atamalar alohida o'ziga xos maqsadlar doirasida bo'lgan so'zlar hisoblanadi. Shuningdek, atamalar turli obyektlarni nomlashda noaniqlik va aniqlik sifatidagi xususiyat va hodisalarni ifodalaydigan so‘z va iboralardir.1 B. N. Golovin va R.Yu. Kobrin kabi tadqiqotchilarning ta’rif berishicha, termin professional tushunchani ifodalash va shakllantirish, ilmiy va kasbiy-texnik obyektlar va ular o`rtasidagi munosabatlar hamda ko'nikmalarni o'rganish va o'zlashtirish jarayonida qo'llaniladigan, o’zining maxsus ma’nosiga ega bo’lgan so`z yoki tobe so`z birikmasidir.2
Ilm-fan nuqtai nazaridan ma`lumki, tilshunoslik fani o`z ichiga turli vazifalarga asoslangan katta-kichik bo`limlar va yo`nalishlarni jamlagan. Ana shunday yo`nalishlardan bittasi bu strukturaviy tilshunoslikdir. Strukturaviy tilshunoslik — tilshunoslik yoʻnalishlaridan biri bo`lib, tilga nisbatan ilmiy qarashlar va uni tadqiq etish usullari majmuidir.
Tilni aniq, ajralib turadigan struktur (tarkibiy) elementlar (lisoniy birliklar, ularning turkumlari va boshqalar)ga ega boʻlgan belgilar tizimi tarzida tushunish va tilni qatʼiy (aniq fanlarga oʻxshatib) formal tavsiflashga intilish mazkur qarashlar va usullar asosini tashkil etadi. St. oʻz nomini til strukturasiga boʻlgan alohida eʼtibori tufayli olgan. Til strukturasi (tuzilishi) esa, odatda, lisoniy tizimning muayyan sathlar elementlari oʻrtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Tilni struktur jihatdan tavsiflash aniq bir matndan umumlashgan invariant (oʻzgarmas) birliklar (morfemalar, fonemalar)ni ajratish va ularni aniq, nutqiy boʻlaklar bilan munosabatini qatʼiy qoʻllanish qoidalari asosida aniqlashga imkon beruvchi tahlilni talab qiladi.3
Dunyo olimlari struktur tilshunoslik borasida turlicha qarash va nazariyalarni ilgari suradilar. Xususan, O. Leshka struktur tilshunoslikka burjua tilshunosligi deb nom bergan. Buning boisi shundaki, burjuaziya ishchilar sinfi ustidan g`alaba qozonishi 1 Реформатский А. А. Введение в языкознание. М., 2016. c 246. 2 Голованова Е. И. Введение в когнитивное терминоведение. М.: ФЛИНТА; Наука, 2011. С 5. 3 Засорина Л. Н.Основные направления структурализма. M., 1964. Praga tilshunoslik maktabining vujudga kelishi bilan uzviy bog`liq va shu maktab burjuaziyaning g`oyaviy jihatdan quroli bo`lgan deb topilgan.4 Fransuz olimi, struktur tilshunoslikning asoschilaridan biri F. de Sossyurning fikricha, til substansiya emas, balki shakldir va tilda sistema va shakl tushunchalari muhim ahamiyat kasb etadi. Uning lingvistik nazariyasi esa struktur tilshunoslikda turli xil yo`nalishlarning vujudga kelishiga sabab bo`ldi.5
O`tgan asrning tilshunos olimlari struktur tilshunoslikni nutqiy faoliyat, fonetika va fonologiya kabi yo`nalishlar bilan birgalikda talqin etishgan va o`rganishgan. Ammo bugungi kunga kelib, bu tushunchaning mohiyati yanada kengaydi va o`zgarishlar kiritildi. Bugungi kunga kelib struktura deganda so`zlarning fonetik tarkibi emas, balki ichki tuzilish jihatlari, ya`ni bir yoki ikki asosdan iboratligi, ularning tarkibida qo`shimchalar mavjudligi, tub yoki yasama ekanligi kabilar tushuniladi.
Aviatsiya keng tarmoqlarga soha bo`lganligi sababli unda ishlatiladigan har bir so`z grammatik yoki strukturaviy jihatdan o`z ichki tuzilishi va xususiyatlariga ega. So`zlarning tuzilishiga ko`ra 4 xil turi mavjud, ya`ni sodda, qo`shma, juft va takroriy so`zlar. Sodda so`zlar bir asosdan iborat so`zlar bo`lib, ular o`z o`rnida sodda tub va sodda yasama so`zlarga bo`linadi. Sodda tub so`zlarning tarkibi faqatgina bir o`zakdan tashkil topadi va ularga hech qanday yasovchi qo`shimchalar qo`shilmaydi. Sodda yasama so`zlarga kelsak, ular ham bir o`zakdan tashkil topadi, lekin undan so`ng -la, - a, -ma, -qi kabi so`z yasovchi qo`shimchalar qo`shiladi. Qo`shma so`zlar deganda ikki yoki undan ortiq mustaqil ma`no bildiruvchi asosdan iborat bo`lgan so`zlar tushuniladi. Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli ikki o’zakning juftlashuvidan tashkil topgan so’zlar juft so`zlar hisoblanadi. Aynan bir so`z yoki asosning chiziqcha bilan takror holda qo`llanilishi takroriy so`zlarni hosil qiladi.
Ushbu sohada qo`llaniladigan so`zlar ham bundan mustasno emas. Quyida keltirilgan misollar orqali so`zlarning strukturaviy jihatlarini tahlil qilamiz. O`zbek va ingliz tillarida bir xil ko`rinishda, ya`ni sodda tub (bir o`zakdan tashkil topgan) shaklda bo`lgan so`zlarga parvoz (asos) – flight (root (keying o`rinlarda r deb qisqartiriladi)), tormoz (asos) – brake (r), oyna (asos) – window (r), bort (asos) – board (r) kabilarni; o`zbekchada sodda tub, inglizchada esa sodda yasama (asos + so`z yasovchi qo`shimcha (keying o`rinlarda so`z yas. q. deb qisqartiriladi)) shaklda bo`lgan so`zlarga 4 Лешка O. К вопросу о структурализме. – ВЯ, 1963. с 88. 5 Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo`nalishlari. – T.: Ta`lim, 2009. 34-b. yo`lovchi (asos) – passenger (r + -er), qo`nish – landing (r + -ing), aloqa (asos) – relationship (r + -ship), bardosh – resistance (r + -ance) va boshqalarni misol keltirish mumkin. Ikki tilda ham bir xil, ya`ni sodda yasama (asos + so`z yas. q.) shaklda bo`lgan so`zlarga esa tasniflash (asos + -lash) – classification (r + -tion), tijoriy – commercial (r + -ial), boshqaruv (asos + -uv) – navigation (r + -ion) kabilarni misol qilib keltirish mumkin. O`zbek tilida sodda tub, ingliz tilida qo`shma so`z ko`rinishida bo`lgan so`zlarni quyida berilgan misollar orqali ko`rish mumkin: aeroport (asos) – airport(r + r), samolyot (asos) – airplane (r + r), ekipaj (asos) – aircrew (r + r); ingliz tilida tub so`z, o`zbek tilida esa qo`shma so`z (ikki va undan ortiq asosdan iborat) shaklida bo`lgan va ajratib yoziladigan so`zlar: appear (r) – paydo bo`lmoq (asos + asos), exist (r) + mavjud bo`lmoq (asos + asos), communicate (r) + aloqa qilmoq (asos + asos), combat (r) + qarshi jang qilmoq (asos + asos); ingliz va o`zbek tillarida bir xil qo`shma so`z shaklida, ya`ni ikki va undan ortiq asosdan iborat bo`lgan va ajratib yoziladigan so`zlar: aircraft capacity (r + r) – yo`lovchi sig`imi (asos + asos), light aircraft (r + r) – yengil samolyot (asos + asos); xuddi shu shaklda bo`lgan va qo`shib yoziladigan so`zlar: nosewheel (r + r) – shassi g`ildiragi (samolyotning old qismida joylashgan) (asos + asos), seaplane (r + r) – suv samolyoti (asos + asos);
Yuqorida keltirilgan misollar orqali xulosa qilish mumkinki, aviatsiya sohasi so`zlar va terminlarga juda boy, ular o`z o`rnida, turlicha tuzilishga ega. Shuning uchun har bir so`zning strukturaviy jihatlarini alohida va batafsil o`rganish, ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish nafaqat tilshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va izlanuvchilar, balki talabalar uchun ham juda ahamiyatli bo`lib, ularning mazkur soha to`g`risidagi nazariy va amaliy bilimlarni yanada oshirishga, sohada mavjud bo`lgan so`zlarning nutqiy jarayonlarda to`g`ri qo`llanilishiga, so`zlovchi va tinglovchilarga tushunarli bo`lishiga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Abdulvohidova N. S., Qodirova M. T. Aviatsiyaga oid terminlarning inglizcha-o‘zbekcha lug‘ati – T: 2022.
2. Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo`nalishlari. – T.: Ta`lim, 2009, 160 b.
3. Abdulvohidova N. S., Qodirova M. T. Aviatsiyaga oid terminlarning inglizcha-o‘zbekcha lug‘ati – T: 2022.
4. Голованова Е. И. Введение в когнитивное терминоведение. М.: ФЛИНТА; Наука, 2011. 224 с.
5. Засорина Л. Н. Основные направления структурализма, M., 1964.
6. Каримов Ш. Б. Автореферат: Структурно-семантический анализ авиационных терминов в таджикском и английском языках. Д.:2014. с 3.
7. Лешка O. К вопросу о структурализме. – ВЯ, 1963. N 5
8. Реформатский А. А. Введение в языкознание. М., 2016. 536 с.
9. Ф. де Соссюр. Kypc общей лингвистики. - M.: Прогресс, 1977.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.