ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

O‘ZBEK XALQ AMALIY SAN’ATI VA ULARNING O‘ZIGA XOS TOMONLARI

Özet

KIRISH: maqolada o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida shakllangan, boy va rangbarang madaniy merosimizning eng ulug‘vor va ommabop qismini tashkil etgan xalq amaliy san’ati turlari ko‘rib chiqiladi. Insoniyat paydo bo’lgan davrlardan boshlab mehnat qilib kun kechirib kelgan. Bunda kundalik yumushlarda foydalangan buyumlarga o’z avlodlari ya’ni farzandiga uni qanday buyumligini tushunturish uchun belgi qo’yib yasashga uringan va shu orqali ular belgi so’z va boshqa amallar orqali qabilaga oid mehnat turlari rivojlanib borgan. Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi. Amaliy sanʼatda bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy sanʼat qismlari keng qoʻllaniladi. Amaliy sanʼat asarining uygʻunligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bezakning oʻzaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon boʻladi. Amaliy sanʼat asarlari koʻz bilan koʻrish, his etish va anglashga moʻljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga taʼsir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati boʻlgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning goʻzalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining koʻpligi Amaliy sanʼatda estetik taʼsirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir. MAQSAD: mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Termiz, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik, xalq amaliy bezak san’ati yodgorliklari o‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaxo san’at asarlarining namunalari bo`lib, xalqimizning va shu bilan birga, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy madaniy merosni tashkil etadi. Ajdodlarimiz boy tajribalarini hozirda hunar o’rgatilayotgan joylarda chunonchi: oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus kasb hunar ta’lim muassasalarida, shaxsiy usta-shogird asosida o’rgatilayotgan ustaxonalarda, qo’shimcha ta’lim muassasalarida usta va shogirdni sharqona odobi to’liq o’rgatilmasligi o’quvchi yoshlarimizni ahloq-odobiga va bilim darajasiga, umuman ular ma’naviyatining shakllanishiga salbiy ta’sir ko’satatayotganligining guvohi bo’lamiz. Shuning uchun ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosidan to’g’ri va unumli foydalanish lozim. Yozma manbalarga koʻra XVIII asr zargarlari oltin va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, Qurollar, ot abzallari, zeb-ziynat buyumlari ishlagan. XIX asr zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi qimmatbaho toshlarni oltin va kumushga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari yaratishgan. Ularga bolgʻalab (zarb berib), hallab oʻyib, boʻrttirib naqsh yasab, bosib (siqib), qoliplash usullarida ishlov berilgan. Maqolada taniqli ustalarning ijodi haqida so'z boradi. MATERIAL VA METODLAR: amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli oddiy, joʻn buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzilishi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol oʻynaydi. Xom ashyoning goʻzalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining maromi buyumning taʼsirchan umumlashma qiyofasini ifodalovchi yagona vositalardir. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida shakllangan xalq amaliy bezak san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek diyorida vujudga kelib taraqqiy etgan san’ati turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoga mashxur. Tasviriy san’atga chuqur, falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stillashtirish, ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan. NATIJALAR VA MUHOKAMA: XIX-asr ikkinchi yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yogʻoch, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (boʻyash, oʻyib-kesib ishlash, quyish, kashta tikish, toʻqish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa oʻz navbatida buyumlarga ishlov berishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bogʻlanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi. Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va milliy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda boʻlgan uning moddiy madaniyatini ifoda etadi. Ushbu yillarda topligan adabiy manbalarda paleolit davrida amaliy-dekorativ san’at namunalari ham keng tarqala boshladi. Buyumlarni naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga, tumorlarga ehtiyoj paydo bo’lganligi arxeologlar tomonidan topilgan ashyoviy buyumlarda namoyon bo’lmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, XIX asrning boshlarida buyuk ganch o‘ymakorlaridan Abdurahim Hayotov, Usta Murod, Usta Fuzayl, Usta Hayot Nosirov, Usta Xoji Hofiz, Usta Nasrulloboy, Usta Abdujalil, Usta Azim, Usta Omonullo, Usta Ibroxim, Usta Savri, Usta Abdufattox va boshqalar faoliyat ko`rsatdilar. XULOSA: o‘zbek xalq amaliy san’atining o‘ziga xos tomonlari ustoz-shogird an’anasi: Hunarmandchilik sirlari avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Ramziylik (Simvolizm): Naqshlar (bodom, anor, ilon izi) faqat bezak emas, balki to‘kinlik, sog‘liq va himoya ma’nolarini anglatadi. Funktsionallik va go‘zallik: Buyumlar ham kundalik turmushda ishlatiladi, ham estetik zavq bag‘ishlaydi (masalan, gilamlar, zargarlik buyumlari). Hududiy xilma-xillik: farg‘ona kulolchiligi (ko‘k-yashil), Buxoro zargarligi va zardo‘zligi, Xiva yog‘och o‘ymakorligi kabi turlar o‘ziga xos uslubga ega. Ekologik tozalik: Tabiiy materiallar va bo‘yoqlardan foydalaniladi. Asrlar mobaynida ota-bobolarimiz tomonidan ko‘z qorachig‘idek asrab avaylab kelingan xalq amaliy bezak san’ati durdonasidir. Tarixda va ayni kunlarga qadar saqlab kelinayotgan bu amaliy san’at turlari kelgusida yanada qadrlanadi, ardoqlanadi.


INTRODUCTION: this article examines the historical development, artistic characteristics, and cultural significance of Uzbek folk applied arts. Over centuries, the Uzbek people have created a rich artistic heritage expressed through various forms of decorative and applied craftsmanship. These works combine aesthetic beauty with practical function, reflecting national identity, social structure, and spiritual values. The study analyzes major types of applied arts, including ceramics, wood carving, metalwork, jewelry, embroidery, and architectural decoration. Special attention is given to symbolic ornamentation, regional stylistic diversity, and the master–apprentice tradition that ensured the continuity of artistic knowledge. The article demonstrates that Uzbek folk applied arts represent not only a component of national culture but also a valuable contribution to world artistic heritage. AIM: the purpose of this study is to analyze the major forms of Uzbek folk decorative and applied arts and to demonstrate their historical, cultural, and artistic significance. The research highlights architectural monuments and traditional crafts in cities such as Samarkand, Bukhara, Khiva, Shakhrisabz, Termez, Tashkent, and Kokand as outstanding examples of artistic achievement created by past generations. The study also emphasizes the importance of preserving the master–apprentice tradition, which historically ensured the transmission of artistic skills, ethical norms, and professional values from one generation to another. MATERIALS AND METHODS: the research is based on historical sources, art historical literature, and analysis of material artifacts preserved in architectural monuments and museum collections. Works of applied art are examined according to: Material (wood, ceramics, plaster, stone, metal, bone, textiles); Technique (carving, painting, casting, embossing, embroidery, weaving); Form and structure (proportion, rhythm, composition); Symbolic ornamentation (stylization, abstraction, and conventional motifs). The artistic value of applied art objects is achieved in two principal ways: by decorating simple functional objects to enhance their aesthetic appeal; by refining and beautifying their form through proportion and structural harmony. RESULTS AND DISCUSSION: by the second half of the nineteenth century, scholars began classifying applied art according to raw materials and production techniques. This systematization contributed to the development of art industry and design theory. Archaeological evidence suggests that decorative traditions in Central Asia have ancient roots. The use of ornamentation and symbolic motifs can be traced back to early historical periods. Over time, these traditions evolved into refined artistic systems characterized by stylization and symbolic abstraction. In the eighteenth and nineteenth centuries, Uzbek jewelers created intricate ornaments using gold and silver inlaid with precious stones such as emeralds, rubies, turquoise, agate, and mother-ofpearl. Techniques included hammering, engraving, embossing, and casting. Jewelry items—crowns, belts, weapons, and horse harness decorations—demonstrated both technical mastery and symbolic meaning. Ganch carving and wood carving flourished particularly in the nineteenth century. Prominent masters such as Abdurakhim Khaetov, Usta Murod, Usta Fuzail, Usta Hayot Nosirov, and others significantly contributed to the development of ornamental architectural decoration. A distinctive feature of Uzbek folk applied art is the master–apprentice system. Artistic knowledge, technical skills, and ethical principles were transmitted directly from teacher to student, ensuring continuity and preservation of tradition. Regional Diversity Uzbek applied arts demonstrate strong regional characteristics: Fergana Valley ceramics are distinguished by blue-green color palettes and floral motifs. Bukhara jewelry is known for refined metalwork and gemstone inlay. Khiva wood carving features deep geometric and vegetal ornamentation. Ornamental motifs such as the almond (bodom), pomegranate, and snake-like patterns symbolize abundance, fertility, health, and protection. These symbols combine aesthetic and spiritual meanings. CONCLUSION: uzbek folk applied arts represent a harmonious synthesis of beauty and functionality. Crafted from natural materials and often using environmentally friendly techniques, these works reflect centuries of accumulated artistic experience. They embody national identity, regional diversity, and spiritual symbolism. Architectural decoration, ceramics, wood carving, jewelry, and other forms of craftsmanship are not merely historical artifacts but living elements of cultural heritage. Preserved through the master–apprentice tradition, these artistic practices continue to contribute to both national culture and global artistic history. The careful preservation and study of Uzbek folk applied arts remain essential for maintaining cultural continuity and fostering appreciation for traditional craftsmanship in contemporary society

Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

O‘ZBEK XALQ AMALIY SAN’ATI VA ULARNING O‘ZIGA XOS TOMONLARI

Azimova Muhayyo Barotovna, Buxoro davlat universiteti Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi dotsenti, Buxoro, O‘zbekiston

Annotatsiya

KIRISH

maqolada o‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida shakllangan, boy va rangbarang madaniy merosimizning eng ulug‘vor va ommabop qismini tashkil etgan xalq amaliy san’ati turlari ko‘rib chiqiladi. Insoniyat paydo bo’lgan davrlardan boshlab mehnat qilib kun kechirib kelgan. Bunda kundalik yumushlarda foydalangan buyumlarga o’z avlodlari ya’ni farzandiga uni qanday buyumligini tushunturish uchun belgi qo’yib yasashga uringan va shu orqali ular belgi so’z va boshqa amallar orqali qabilaga oid mehnat turlari rivojlanib borgan. Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi. Amaliy sanʼatda bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy sanʼat qismlari keng qoʻllaniladi. Amaliy sanʼat asarining uygʻunligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bezakning oʻzaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon boʻladi. Amaliy sanʼat asarlari koʻz bilan koʻrish, his etish va anglashga moʻljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini goʻzallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda oʻzining koʻrinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga taʼsir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati boʻlgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning goʻzalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining koʻpligi Amaliy sanʼatda estetik taʼsirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir.

MAQSAD

mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Termiz, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik, xalq amaliy bezak san’ati yodgorliklari o‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaxo san’at asarlarining namunalari bo`lib, xalqimizning va shu bilan birga, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy madaniy merosni tashkil etadi. Ajdodlarimiz boy tajribalarini hozirda hunar o’rgatilayotgan joylarda chunonchi: oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus kasb hunar ta’lim muassasalarida, shaxsiy usta-shogird asosida o’rgatilayotgan ustaxonalarda, qo’shimcha ta’lim muassasalarida usta va shogirdni sharqona odobi to’liq o’rgatilmasligi o’quvchi yoshlarimizni ahloq-odobiga va bilim darajasiga, umuman ular ma’naviyatining shakllanishiga salbiy ta’sir ko’satatayotganligining guvohi bo’lamiz. Shuning uchun ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosidan to’g’ri va unumli foydalanish lozim.

Yozma manbalarga koʻra XVIII asr zargarlari oltin va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, Qurollar, ot abzallari, zeb-ziynat buyumlari ishlagan. XIX asr zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi qimmatbaho toshlarni oltin va kumushga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari yaratishgan. Ularga bolgʻalab (zarb berib), hallab oʻyib, boʻrttirib naqsh yasab, bosib (siqib), qoliplash usullarida ishlov berilgan. Maqolada taniqli ustalarning ijodi haqida so'z boradi.

MATERIAL VA METODLAR

amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli oddiy, joʻn buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzilishi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol oʻynaydi. Xom ashyoning goʻzalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining maromi buyumning taʼsirchan umumlashma qiyofasini ifodalovchi yagona vositalardir. O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida shakllangan xalq amaliy bezak san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O‘zbek diyorida vujudga kelib taraqqiy etgan san’ati turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoga mashxur. Tasviriy san’atga chuqur, falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stillashtirish, ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

XIX-asr ikkinchi yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yogʻoch, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (boʻyash, oʻyib-kesib ishlash, quyish, kashta tikish, toʻqish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa oʻz navbatida buyumlarga ishlov berishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bogʻlanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi. Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va milliy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda boʻlgan uning moddiy madaniyatini ifoda etadi. Ushbu yillarda topligan adabiy manbalarda paleolit davrida amaliy-dekorativ san’at namunalari ham keng tarqala boshladi. Buyumlarni naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga, tumorlarga ehtiyoj paydo bo’lganligi arxeologlar tomonidan topilgan ashyoviy buyumlarda namoyon bo’lmoqda.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, XIX asrning boshlarida buyuk ganch Ibroxim, Usta Savri, Usta Abdufattox va boshqalar faoliyat ko`rsatdilar.

XULOSA

o‘zbek xalq amaliy san’atining o‘ziga xos tomonlari ustoz-shogird an’anasi: Hunarmandchilik sirlari avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Ramziylik (Simvolizm): Naqshlar (bodom, anor, ilon izi) faqat bezak emas, balki to‘kinlik, sog‘liq va himoya ma’nolarini anglatadi. Funktsionallik va go‘zallik: Buyumlar ham kundalik turmushda ishlatiladi, ham estetik zavq bag‘ishlaydi (masalan, gilamlar, zargarlik buyumlari).

Hududiy xilma-xillik: farg‘ona kulolchiligi (ko‘k-yashil), Buxoro zargarligi va zardo‘zligi, Xiva yog‘och o‘ymakorligi kabi turlar o‘ziga xos uslubga ega. Ekologik tozalik: Tabiiy materiallar va bo‘yoqlardan foydalaniladi. Asrlar mobaynida ota-bobolarimiz tomonidan ko‘z qorachig‘idek asrab avaylab kelingan xalq amaliy bezak san’ati durdonasidir. Tarixda va ayni kunlarga qadar saqlab

KALIT SO‘ZLAR: ijodkorlik, san’at, janr, koshin, naqqoshlik, xattotlik, ganch o‘ymakorlik san’ati, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik,me’morchilik, xalq amaliy bezak san’ati.

НАРОДНОЕ ПРИКЛАДНОЕ ИСКУССТВО УЗБЕКИСТАНА И ЕГО

ИНДИВИДУАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ

Азимова Мухайё Баротовна, Бухарский государственный университет Кафедра изобразительных и прикладных искусств доцент, Бухара, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

в статье рассматриваются виды народного прикладного искусства, сформировавшиеся за многовековую историю узбекского народа и составляющие самую славную и популярную часть нашего богатого и разнообразного культурного наследия. С заре человечества люди упорно трудились, чтобы заработать себе на жизнь.Таким образом, они пытались наносить знаки на предметы, используемые в повседневной работе, чтобы помочь своим потомкам, то есть детям, понять, что это за предмет, и посредством этого развивали племенные виды труда с помощью знаков и других действий. Произведения и предметы прикладного искусства служат для украшения и эстетического обогащения материальной среды человека.В прикладном искусстве узоры и элементы изобразительного искусства широко используются для создания декора. Гармония произведения прикладного искусства проявляется прежде всего в единстве художественной и практической функции произведения, во взаимодействии формы и декора, в образе и структуре произведения. Произведения прикладного искусства предназначены для того, чтобы их видели, чувствовали и понимали глазами. Произведения и предметы прикладного искусства служат для украшения и эстетического обогащения материального окружения человека, и в то же время своим внешним видом, структурой и свойствами они влияют на душевное состояние и настроение. Декорированные предметы ценятся не только за их практическое применение, но и за художественную ценность. Поэтому умение демонстрировать красоту и изящные свойства сырья, обилие навыков и методов его обработки являются важными активными средствами, усиливающими эстетический эффект в прикладном искусстве.

ЦЕЛЬ

главная цель данного исследования — показать, что памятники архитектуры и народного декоративно-прикладного искусства в Самарканде, Бухаре, Хиве, Шахрисабзе, Термезе, Ташкенте, Коканде и других городах являются примерами совершенных, уникальных и исторически бесценных произведений искусства, созданных нашими прошлыми поколениями, и составляют художественно-культурное наследие нашего народа, а также являются одним из шедевров мировой культуры. Мы видим, что богатый опыт наших предков в настоящее время применяется в местах обучения ремёслам, таких как: высшие учебные заведения, средние специализированные профессиональные учебные заведения, мастерские, где практикуется индивидуальное обучение мастеров и учеников, и учреждения дополнительного образования. Отсутствие полноценного обучения восточному этикету между мастером и учеником негативно сказывается на нравственности и уровне знаний наших молодых студентов, а также на формировании их духовности в целом.

Поэтому необходимо правильно и эффективно использовать духовное наследие, оставленное нашими предками. Согласно письменным источникам, ювелиры XVIII века использовали золото и серебро для инкрустации драгоценными камнями корон и поясов, оружия, конской упряжи и ювелирных изделий. Ювелиры XIX века использовали золото и серебро для инкрустации драгоценными камнями, такими как изумруды, рубины, бирюза, агат и перламутр, создавая элегантные и привлекательные украшения. Обработка камней осуществлялась путём ковки, резьбы, тиснения, прессования и формования.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в прикладном искусстве элегантность предметов достигается двумя способами: 1) путём украшения простых, незамысловатых предметов, повышения их художественной ценности; 2) путём придания красоты их форме. Структура предметов играет важную роль в воплощении художественных объектов. Красота исходного материала, пропорции частей, ритм структуры — единственные средства выражения впечатляющего общего облика объекта.Виды народного декоративно-прикладного искусства, сформировавшиеся за многовековую историю узбекского народа, составляют самую замечательную и популярную часть нашего богатого и разнообразного культурного наследия. Виды искусства, возникшие и развившиеся на узбекской земле, известны во всем мире своей уникальностью и неповторимостью. В результате глубокого, философского подхода к изобразительному искусству усилилось создание декоративных произведений, основанных на условностях, стилизации и символике. В статье рассматривается творчество известных мастеров.

РЕЗУЛЬТАТЫ И ОБСУЖДЕНИЕ

начиная со второй половины XIX века, в научной литературе произведения прикладного искусства различаются по используемым сырьевым материалам (дерево, керамика, гипс, камень, металл, кость) и способу исполнения (живопись, резьба, литье, вышивка, ткачество и др.). Это, в свою очередь, проложило путь к проектированию обработки предметов и их связи с их производством (художественная промышленность). Произведения прикладного искусства отражают местные и национальные особенности, соответствующие социальному слою периода их создания, и их материальную культуру, тесно связанную с социальными группами. В литературных источниках, собранных в эти годы, примеры прикладного и декоративного искусства также начали широко распространяться в палеолитический период. Потребность в украшении предметов узорами, различными орнаментами и амулетами отражена в артефактах, найденных археологами. Результаты исследования показали, что в начале XIX века работали следующие великие резчики по ганчу: Абдурахим Хаётов, Уста Мурод, Уста Фузайл, Уста Хаёт Носиров, Уста Ходжи Хафиз, Уста Насруллобой, Уста Абдужалил, Уста Азим, Уста Омонулло, Уста Иброксим, Уста Саври, Уста Абдуфаттох, другие.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

уникальной особенностью узбекского народного прикладного искусства является традиция «мастер-ученик»: секреты мастерства передаются из поколения в поколение. Символика: узоры (миндаль, гранат, змеиный принт) не только декоративны, но и символизируют изобилие, здоровье и защиту. Функциональность и красота: предметы используются как в повседневной жизни, так и для эстетического удовольствия (например, ковры, украшения). Региональное разнообразие: такие виды, как ферганская керамика (сине-зелёная), бухарские украшения и ювелирное дело, а также хивинская резьба по дереву, имеют свой неповторимый стиль. Экологическая чистота: используются натуральные материалы и краски.Это шедевр народного декоративно-прикладного искусства, бережно хранившийся нашими предками на протяжении веков. Подобные виды прикладного искусства, сохранившиеся на протяжении всей истории и до наших дней, будут ещё больше цениться и уважаться в будущем.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА

творчество, искусство, жанр, плитка, живопись, каллиграфия, резьба по дереву, плитка, живопись, каллиграфия, архитектура, народное декоративно-прикладное искусство.

FOLK APPLIED ART OF UZBEKISTAN AND ITS INDIVIDUAL ASPECTS

Azimova Mukhayo Barotovna, Bukhara State University, Department of Fine and Applied Arts Associate Professor

Annotation

INTRODUCTION

this article examines the historical development, artistic characteristics, and cultural significance of Uzbek folk applied arts. Over centuries, the Uzbek people have created a rich artistic heritage expressed through various forms of decorative and applied craftsmanship. These works combine aesthetic beauty with practical function, reflecting national identity, social structure, and spiritual values. The study analyzes major types of applied arts, including ceramics, wood carving, metalwork, jewelry, embroidery, and architectural decoration. Special attention is given to symbolic ornamentation, regional stylistic diversity, and the master–apprentice tradition that ensured the continuity of artistic knowledge. The article demonstrates that Uzbek folk applied arts represent not only a component of national culture but also a valuable contribution to world artistic heritage.

AIM

the purpose of this study is to analyze the major forms of Uzbek folk decorative and applied arts and to demonstrate their historical, cultural, and artistic significance. The research highlights architectural monuments and traditional crafts in cities such as Samarkand, Bukhara, Khiva, Shakhrisabz, Termez, Tashkent, and Kokand as outstanding examples of artistic achievement created by past generations.

The study also emphasizes the importance of preserving the master–apprentice tradition, which historically ensured the transmission of artistic skills, ethical norms, and professional values from one generation to another.

MATERIALS AND METHODS

the research is based on historical sources, art historical literature, and analysis of material artifacts preserved in architectural monuments and museum collections. Works of applied art are examined according to: Material (wood, ceramics, plaster, stone, metal, bone, textiles); Technique (carving, painting, casting, embossing, embroidery, weaving); Form and structure (proportion, rhythm, composition); Symbolic ornamentation (stylization, abstraction, and conventional motifs). The artistic value of applied art objects is achieved in two principal ways: by decorating simple functional objects to enhance their aesthetic appeal; by refining and beautifying their form through proportion and structural harmony.

RESULTS AND DISCUSSION

by the second half of the nineteenth century, scholars began classifying applied art according to raw materials and production techniques. This systematization contributed to the development of art industry and design theory. Archaeological evidence suggests that decorative traditions in Central Asia have ancient roots. The use of ornamentation and symbolic motifs can be traced back to early historical periods. Over time, these traditions evolved into refined artistic systems characterized by stylization and symbolic abstraction. In the eighteenth and nineteenth centuries, Uzbek jewelers created intricate ornaments using gold and silver inlaid with precious stones such as emeralds, rubies, turquoise, agate, and mother-ofpearl. Techniques included hammering, engraving, embossing, and casting. Jewelry items—crowns, belts, weapons, and horse harness decorations—demonstrated both technical mastery and symbolic meaning. Ganch carving and wood carving flourished particularly in the nineteenth century. Prominent masters such as Abdurakhim Khaetov, Usta Murod, Usta Fuzail, Usta Hayot Nosirov, and others significantly contributed to the development of ornamental architectural decoration. A distinctive feature of Uzbek folk applied art is the master–apprentice system. Artistic knowledge, technical skills, and ethical principles were transmitted directly from teacher to student, ensuring continuity and preservation of tradition. Regional Diversity Uzbek applied arts demonstrate strong regional characteristics: Fergana Valley ceramics are distinguished by blue-green color palettes and floral motifs. Bukhara jewelry is known for refined metalwork and gemstone inlay.

Khiva wood carving features deep geometric and vegetal ornamentation. Ornamental motifs such as the almond (bodom), pomegranate, and snake-like patterns symbolize abundance, fertility, health, and protection. These symbols combine aesthetic and spiritual meanings.

CONCLUSION

uzbek folk applied arts represent a harmonious synthesis of beauty and functionality. Crafted from natural materials and often using environmentally friendly techniques, these works reflect centuries of accumulated artistic experience. They embody national identity, regional diversity, and spiritual symbolism. Architectural decoration, ceramics, wood carving, jewelry, and other forms of craftsmanship are not merely historical artifacts but living elements of cultural heritage. Preserved through the master–apprentice tradition, these artistic practices continue to contribute to both national culture and global artistic history. The careful preservation and study of Uzbek folk applied arts remain essential for maintaining cultural continuity and fostering appreciation for traditional craftsmanship in contemporary society

KEYWORDS

folk art, applied arts, ornamentation, craftsmanship, wood carving, ceramics, jewelry, architecture, cultural heritage.

O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixida shakllangan xalq amaliy bezak san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Uning o‘zbek diyorida vujudga kelib taraqqiy etgan san’ati turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoga mashxur. Tasviriy san’atga chuqur, falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stillashtirish, ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o`zbek milliy bezak san’atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo`lgan, bu hozirda jahonga mashhur me’morchilik yodgorliklarimiz |ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, va boshqa turdagi san’atlar xalqimizning buyuk o‘tmishidan dalolatdir.

Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Termiz, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardagi me’morchilik, xalq amaliy bezak san’ati yodgorliklari o‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaxo san’at asarlarining namunalari bo`lib, xalqimizning va shu bilan birga, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy madaniy merosni tashkil etadi. XIX asrning boshlarida buyuk ganch Ibroxim, Usta Savri, Usta Abdufattox va boshqalar faoliyar ko`rsatdilar. 1913-1914 yillarda Buxoroda amir Axadxon tomonidan Sitorai Moxi-Xosa qurildi. U ganch o‘ymakorligi bilan bezatildi. Ayniqsa oq uy mexmonxonasini o‘sha davrdagi ganch o‘ymakorligining ajoyib namunasi deb hisoblasa bo‘ladi.

Bunda, ganch o‘ymakorligi oyna zaminida bajarilgan. U o‘zining nozikligi, jimjimador qilib bezatilishi bilan ajralib turadi. Makur saroyning bezak ishlarini Usta Shirin bajargan.

Xorazm o‘zining qadimiy yodgorliklari bilan jaxonga mashxurdir. Xorazmdagi Islomxo‘ja minorasi, Faxriddin Rizo maqbarasi, Juma machiti va boshqa tarixiy obidalar O‘rta asr Sharq me’morchilik san’atining namunalaridan biridir. Ular o‘zining soddaligi va naqsh motivlarining ulug‘vorligi bilan dunyoga dong taratgan. Xorazm arxitektura yodgorliklaridagi o‘yib, chizib, pishirib ishlangan naqshlarni ko‘rsat o‘ziga xos shakllardan iboratligi, naqshlarning o‘ziga xos aylanma spiralsimon kompozitsion tuzilishiga egaligi hamda novdalarning juda nozik chizilishi, o‘yilishi chiziqlari bir-biri bilan kesib o‘ttanligi jimjimadorligi bilan ajralib turadi.

Xorazm san’atida gullarni spiralsimon tuzilishi juda qadimdan ko‘llanib kelinganligini ko‘rish mumkin. Eramizdan oldingi III asrlarda qurilgan.

Tuproq qal’a saroyi xonalardagi bezaklarda ko‘rish mumkin. Ganch o‘ymakorligi san’ati hozirda o‘ziga xos uslublarda rivojlanib o‘sib bormoqda. Jumladan Samarqand ganch o‘ymakorlik san’ati ham hozirda o‘ziga xos uslublarda rivojlanib bormoqda. Samarqand ganch o‘ymakorligining namoyandalaridan Usta Anvar Quliyev, Usta Tursunboy Ismoilov, Shamsiddin G‘ofurov, Quli Jalilov va boshalarni aytib o‘tish lozim. Yog‘och o‘ymakorligi o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan bir turi. Bunda biror naqsh yoki tasvir taxta yoki yog‘och buyumlarga chizib, kesib, o‘yib, ishlanadi. Yog‘och o‘ymakorligi qadimdan rivojlanib, kishilarning uy-ro‘zg‘or buyumlarida qurilish arxitekturasida juda keng qo‘llangan.

Bu o‘ymakorlikdan qadimiy arxitekturaning eshik, darvoza, ustunlar, xar xil to‘sin, stol, xon- taxta, quticha, ramka, qalamdon va boshqa buyumlarni bezashda ishlatilib kelingan. Arxeolog olimlarimizning izlanishlaridan Markaziy Osiyo gorelefli, ya’ni juda bo‘rtiq (1 mm dan 20 mm gacha) releflar bilan xar xil narsalarni yog‘ochdan o‘yib ishlaganligi ma’lum bo‘ldi.

Xalq yaratgan asarlar o‘zining nafosati, murakkabligi, tabiiyligi bilan kishi aqlini lol koldiradi.

V-VI asrlarga oid yog`och o‘ymakorligi namunalari Surxondaryo voxasidagi Yumaloq tepa tubidan topilgan.

NATIJALAR

Olimlarimizning aniqlashicha, bundan 1-1,5 ming yil muqaddam mazkur joyda naqsh o‘ymakorligi san’ati mavjud bo‘lib, uning juda yaxshi rivojlanganligi isbotlangan. Bunday noyob topilmalar Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz va boshqa shaxarlardagi arxeologik qazilmalar natijasida ham topilmoqda.

VII asrning oxirigacha mahalliy o‘zbek xalqi ichida yog‘och o‘ymakorlik juda tez sur’atlar bilan rivojlangan edi.

XI-XII asrlarda xalq amaliy san’ati yanada gurkirab rivojlandi. Murakkab naqsh turi bo‘lgan geometrik naqsh, ya’ni girix naqshi bezakda yetakchi o‘rinni egalladi.

Arxitektura uy-ro‘zg‘or buyumlari yanada badiiy, nafis qilib bezatildi. Girix naqshi yanada rivojlandi Masalan, XII-asrga oid yog‘och o‘ymakorligi namunasi Samarqanddagi Shoxi-Zinda devorining orasidan topilgan bo‘lib, u o‘zining badiiy nafis va tabiiy ishlanganligi bilan kishini lol qoldiradi.

XIII- asr o‘rtalarida Shayx Sayfuddin Boxarziyning daxmasiga ishlangan yog‘och o‘ymakorligi naqshi topildi. San’atning ustki qismida o‘rnatilgan yog‘och taxtasidagi o‘ymalar shunday o‘yilganki, o‘yma naqshining nafisligi, uning murakkabligi, tabiiyligi bilan kishini hayratga soladi. O‘ymani bajargan ustaning naqadar nozik didlii kuchli nazariyotchi hamda amaliyotchi yetuk usta ekanligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Undagi naqshlarning erkin, nozik xarakati inson ruhini ko‘taradi. XIV-XVasrlarda yog‘och o‘ymakorligi tez ko‘lamda rivojlandi. Hattoki tirik mavjudotlar o‘yib tasvirlangan ishlarni xam ko‘rish mumkin edi. Samarqanddagi Ruxobod maqbarasining eshigida o‘yma naqsh bajarilgdn bo‘lib, baliqning stillashtirilgan tasvirini ko‘rish mumkin.

XIX va XX-asrlarda yog‘och o‘ymakorligi, misgarlik, naqqoshlik va san’atning boshqa turlari rivojlanib har bir shaharning o‘ziga xos yog‘och o‘ymakorligi paydo bo‘ldi. Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi, Toshkentdagi knyaz N.K.Romanovlarning Saroyi va A.A.Polovsev uyi, Quvadagi Zayniddinboyning uyi, Marg‘ilondagi Said Ahmadxo`ja madrasasi Buxorodagi Sitorai Moxi-Xosa va boshqalarda ajoyib yog‘och o‘ymakorligi namunalari yaratildi.

Bu esa o‘zbek yog‘och o‘makorligi san’atining bebaxo asaridir. Yog‘och o‘ymakorligining o‘ziga xos turli uslub va usullari bor.

Masalan, Xiva yog‘och o‘ymakorligi o‘ymasining monumentalligi, yog‘och tabiiy rangining saqlab qolinishi bilan boshqalardan farqlanadi. Buxoro yog‘och o‘ymakorligi esa o‘yma naqshning jozibadorligi, jimjima naqshlarni oltin, kumush suvi bilan bezatilishi, naqsh zaminida ranglardan foydalanishi bilan ajralib turadi. Marg‘ilon yog‘och o‘ymakorligi chuqur zaminli yassi o‘ymani qo‘llab kelganlar. Qo‘qon o‘ymakorligi esa kalta burtmali, yassi o‘yma ishlatganlar. Toshkentda esa naqsh bilan qoplangan yassi bo‘rtmali, zaminsiz chizma yog‘och o‘ymakorligi keng tarqalgan.

Yog‘och o‘ymakorligi maktablari taxminan 40-50 yillardan keyin paydo bo‘lgan. Toshkent ustalari relef yuzasiga ozgina rang berib, relefni o‘zi loklanadi.

Toshkent yog‘och o‘ymakorligi maktabi namoyandalaridan biri Sulaymon Xo‘jaev, u faqat pargori naqshni ishlagan.

Uning shogirdi Maqsud Qosimov birinchi bo‘lib pargoriy naqshni tekis yuzasi islimiy naqsh o‘ymaga kiritgan. Xiva yog‘och o‘ymakorligi maktabi boshqa maktablarga qaraganda o‘yma naqshlarning maydaligi, yuzaligi, zaminning kamligi, naqshlarning zichligi hamda badiiy tuzilishi jihatdan o‘ynoqligi harakatchanligi, dinamikaviyligi, ya’ni novdalarni spiralsimon ishlanib ajoyib shakllar xosil qilishi bilan farq qiladi.

Xiva o‘ymakorligi ustalari ko‘pincha qayrag‘och, terak va chinor yog‘ochlarini ko‘proq ishlatadilar. Ular yog‘och rangining tabiiyligini saqlagan xolda uning yuzasiga va zaminiga paxta, zig‘ir (Xorazmcha – oq yog‘) yog‘i beriladi. Xiva yog‘och o‘ymakorligi maktabi o‘zining monumentalligi bilan mashxurdir.

Xiva naqshining go‘zalligi, naqshlarning turli chuqurlikda o‘yilishi orqali katta aniqlikka va uyg‘unlikka erishishdadir. Ustalar yog‘ochning tabiiy ko‘rinishini saqlashga harakat qilib yangi o‘yma yuzasini silliqlash, bo‘yoq surtish ishlarini qo‘llaganlar.

Ota Polvonov, Sapo Bokbekov va boshqalar Xiva maktabi ustalaridandir. Samarqand yog‘och o‘ymakorligi maktabi boshqa maktablarga qaraganda o‘ymalarining juda mayda o‘yilishi, kompozitsiyasining murakkabligi bilan ajralib turadi. Gulli girix kompozitsiyalari hamma zamin va releflarni loklashdan boshlanadi. B unda asosan chinor, dub, buk va terak yog‘ochlari ishlatiladi. Qo‘qon ustalari quticha, kursi, rom va boshqalarda kalta bo‘rtmali yassi o‘ymani, ya’ni pargori uslubda ishlatib kelib, arxitektura eshik, ustunlarga yirik chuqur naqshlar o‘yib o‘zgacha maktab yaratdilar.

MUNOZARA. Bu maktablar o‘ymakorlarining monumentalligi, yirikligi, chuqurligi ko‘p quvvatliligi bilan farq qiladi. Qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi maktabini rivojlantirishda Qodirjon Haydarov va uning shogirdlari katta xissa qo‘shdilar. Ular terak, yong‘oq va buk yog‘och materiallaridan ko‘pincha foydalandilar. Ustalar o‘yilgan relefning faqat yuziga to‘qroq rang berib keyin loklaydilar. Tosh o‘ymakorligi xalq amaliy bezak san’atining noyob turlaridan biri.

Bu san’at kishidan iste’dod va intilishdan tashqari; mehnatsevarlik va g‘oyatda zo`r sabr-toqat talab kiladi. Bu san’atni toshtaroshlik yoki sangtaroshlik deb ham yuritiladi. Tosh o‘ymakorligi toshni o‘yib, yo‘nib, tirnab, naqsh yoki biror tasvir ishlash kasbidir. Toshni o‘yib ishlashning chiziqli o‘yma, zanjira, yassi o‘yma, chuqur o‘yma, panjarasimon o‘yma va hajmli o‘yma turlari bor. Tosh o‘ymakorligida ishlatiladigan materiallar o‘rni, maqsadi hamda vazifasiga qarab yumshoq, o‘rtacha qattiqlikdagi va qattik toshlar ishlatiladi. Yumshoq toshlarga gipstosh, talkoxlorit, ohaktoshsh o‘rtacha qattiqlikdagi toshlarga oniks, porfir, marmar va qattiq toshlarga lazurit, amozon, agat, malahit, jadent, nefrit, yashma va boshqalar kiradi.

Bu toshlardan kozon, ko‘za, lagan, piyola, xaykalcha va xaykallar tayyorlanadi.

Ko‘za, lagan, namoyon va boshqalarga toshni o‘yib, o‘simliksimon, geometrik ramziy naqshlar hamda syujetli rasmlar o‘yib ishlanadi. Tosh o‘ymakorligi juda qadimdan rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san’ati bo‘lib, toshni o‘yib naqsh yoki biror tasvir hosil qilishdir.

Respublikamizdagi vodiy va tog‘lar uzoq insoniyat taraqqiyotidagi uzoq o‘tmishda moddiy madaniyatning o‘chog‘i xisoblangan.

Qoyalarga tushirilgan rasmlar (petrogliflar) qadimiy yodgorliklar tarixidan dalolat berib turibdi. Odamlar toshning turli navlaridan qurol va asboblar, uy-ro‘g‘zor buyumlari va bezak ashyolari sifatida foydalanganlar. Qadimiy Markaziy Osiyoda odamlar qimmatbaxo toshlardan bezak buyumlari tayyorlashgan. I- III asrlarda O‘zbekistonning janubida binolarni ustunlari hamda poydevorlarni bezashda xarsangtosh, marmartosh va oxaktoshdan foydalanganlar. Fayoztepa, ayritom, Qoratepa kabi xarobalardan ko‘rinib turibdiki, marmar va xarsangtoshlardan bezash ishlarida keng foydalanilgan. Toshni kesish, unga badiiy ishlov berish sirlari to‘g‘risida Sharq mamlakatlarida risolalar yozib qoldirilgan. XV asrda O‘rta Osiyo ayniqsa toshtaroshlik rivojlandi va takomillashdi. Masalan, Amir Temur Ahmad Yassaviy maqbarasi, Bibixonim masjidi va boshqalar shu san`at bilan jozibador qilib bezatildi.

Amir maqbarasidagi tosh va marmar panjaralarda tosh o‘ymakorligining ajoyib namunalarini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, tosh va marmar o‘ymakorlik namunalari Xiva arxitektura yodgorliklarida ko‘p ishlatilgan. Chunonchi buerda poyustunlarni toshdan va marmardan o‘yib ishlangan ajoyib namunalari ko‘p.

Poyustun - aksariyat, maxalliy me’morchilikka xos arxitektura detali bo‘lib, ustun o‘rnatiladigan asos, tag kursi. U yog‘och ustunlarni chirishdan saqlaydi hamda ularning balandligini ta’minlaydi. Poyustun marmarni, toshni o‘yib ishlangan naqshlar islimiy, geometrik, chiroyli yozuvlar, naqsh-nigoralar bilan bezatilgan. Ayniqsa, Xivadagi Toshhovlida kishiga zavq bag‘ishlaydigan poyustunning ajoyib namunalari bor. Bu esa tosh o‘ymakorlik san’atining yuksak darajada rivojlanganligini namoyish etadi. Nurota va Sozg‘on qishloqlarida marmardan idishlar, ya’ni lagan, piyola va boshqalar tayyorlash avj oldi.

Suyak o‘ymakorligi O‘zbekistan xalq amaliy bezak san’ati ichida tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Suyak o‘ymakorligi O‘zbekistonda san’atning eng yosh turidir. IIming yillikka oid pichoq namunalari topilgan.

Bolaliktepa, Afrosiyob, Varaxsha devorlariga ishlangan rasmlardan ma’lum bo‘ladiki, pichoq, uy-ro‘g‘zordan tashqari harbiy qurol sifatida ishlatilgan VI - XII asrlarda qurol sifatida rivojlanib uni bezash texnologiyalari o‘zgargan. XV-XVII asrlarda yonga osib yuriladigan pichoqlarning turli xillari paydo bo‘ldi. Buni Navoiy, Bobur asarlarida ishlangan miniatyuralardan ko‘rish mumkin. Keyinchalik pichokchilikning uziga xos maktablari paydo bo‘ldi.

Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo‘lib, ular o‘zining ishlash texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan. O‘rta Osiyoda qadimdan metallni qayta ishlash, ya’ni hunarmandchilik qurollari ishlab chiqarish uchun sharoit deyarli mavjud edi. Misning tabiiy zapaslari, kumush, qo‘rg‘oshin, alyuminiy kabi materiallar juda ko‘p edi. Respublikamizda yigirmaga yaqin pichoqchilik markazlari bo‘lib, ular yasalish usuliga ko‘ra Chust pichog‘i, Poytut pichog‘i, Qo‘qon pichog‘i, Qorasuv pichog‘i, Shaxrixon pichog‘i, kabilarga bo‘linadi.

Chust pichoqchilik maktabi. Chust ustalari yasagan pichoqlar boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi. Pichoqning dasta hamda tig‘i uzunroq, tig‘ining uchi tashqariga, dastasining uchi ichkariga tomon qayrilgan bo‘ladi. Chust shaharlarida hali ham pichoqchilik o‘z an’analarini davom ettirib kelmoqda. Chust pichoqlari qatiyligi, shaklini soddaligi xamda silliqligi bilan mashxur. Xivalik ustalarning XIX - XX asrlarda ishlangan pichoqali jumxuriyatimizning turli muzeylarida doimiy ekspozitsiyaga aylanib kolgan. Ular pichoqlarning tig‘i yuzining nozik islimiy naqshlar bilan bezatilganligini, "qinbog‘i" ning metalldan yasalib badiiy naqshlar bilan bezatilganligini ko‘rish mumkin. O‘zbek milliy kashtachiligi (kashtado‘zlik) amaliy san’atining eng qadimiy turlaridan bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go‘zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan.

XULOSA

O‘zbek xalq ustalari qo‘llari bilan tikilgan kirpich, so`zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab kabilar Germaniya, Belgiya, Amerika, Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy, shuningdek, malakatimizning Farg‘ona vodiysida faqat xonadonlarda, balki muzeylarda doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. Hozirgacha buyumlar o‘ziga xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni hayratga solib kelmoqda. Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va yozma manbalar isbotlab bermoqda. O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bog‘liq holda barcha kasb-hunarlari bilan birgalikda rivoj topgan. XIV- XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko‘rish mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur saroyida o‘zbek milliy kashta bezaklarini ko‘rganini kundaligida yozib qoldirgan. 1467 yili Kamoliddin Behzod "Zafarnoma" ga ishlagan "Temur taxtda" miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan. XIX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga asos soldi.

Qadimiy an’analarga ko‘ra, o‘zbek qizlari - bo‘lajak kelinchaklar seplari - har xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlashlari lozim edi. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo`lsa, qayliq shunchalik yuqori baxolanar edi. Qizlar 7-9 yoshlaridan boshlab kashta tikishga o‘rgatilardi. Ular uch, to‘rt yildan keyin mustaqil kashta tika boshlardilar. Yetishib chiqqan kashtachilar o‘zining san’ati va tabiatiga ko‘ra go‘zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar.

Do‘ppi O‘zbekistonda keng tarqalgan bosh kiyim. Do‘ppi kiyish dastlab Eronda va turkiy xalqlar o‘rtasida, Rossiyada esa XIII-asrda rusm bo`lgar. Asrlar davomida do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga, sidirga shoyiga ip, ipak va zar bilan do‘ppi gullari tikilgan. O‘zbekistonda Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, Shaxrisabz do‘ppilari mashxur bo‘lib, ular o‘ziga xosdir. Palak devorlarga ilinadigan eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridanbiri. Palakda osmon va to‘lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki mala bo‘zga kashta tikib tayyorlangan. So‘zanadan gullarining yirikligi, zaminiga ham qoplanishi bilan farq qiladi. Palakni o‘rtasida yirik oy tasviri qizil qirmizi, pushti ipak bilan kashtalanadi va atrofiga juda chiroyli qilib o‘simliksimon naqshlar tikiladi. Naqshlar ichida ko‘pincha bodom, qalampir elementlari qo‘llaniladi. Palakda qirqtacha oyni tasvirlash ham mumkin, shuning uchun oyning soniga karab olti oylik palak, hattoki katta uylar uchun qirq oylik palak tikilgani bizga ma’lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan.

Mashhur kashtado‘zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, o‘z mahoratlarini namoyon etganlar. Agar oyni ichi sidirg`i rangda ifodalangan bo`lsa, uni oypalak, agar naqshli bo‘lsa gulpalak va hokazo nomlar bilan yuritiladi. So‘zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo‘lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo‘yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga kashta tikib tayyorlanadi. Palak naqsh turi bo‘lgan islomiy juda ko‘p ishlatilgan. Klassik an’anaviy "islimiy" naqshlarning islimi bargak, islimi gulzor, islimi madoxil, islimi qo‘shbarg, islimi qo`shband va boshqa turlari bor. Farg‘ona vodiysi klassik naqshlarining o‘ziga xosligi shundaki, unda gul, barg, tanob, bandni uyg‘unlashib bir butun ajoyib san’at asarini yaratadi. Kompozitsion tomondan qaraganda naqshlar keng va tik, tor, yonga ketgan xoshiyali yo‘llardan iborat bo`ladi. O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati ham san’at, ham hunar. U asrlar mobaynida ota-bobolarimiz tomonidan ko‘z qorachig‘idek asrab avaylab kelingan xalq amaliy bezak san’ati durdonasidir. Tarixda va ayni kunlarga qadar saqlab

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ REFERENCES

1. Сулаймонова, М. Б., Азимов, Б. Б., Азимова, М. Б., & Тухсанова, В. Р. (2021).

ДОСТИЖЕНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ И НРАВСТВЕННОЙ ЗРЕЛОСТИ

ОБУЧАЮЩИХСЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ ИСКУССТВУ. European science, (3 (59)),

53-56. 2. Азимов, Б. Б., Азимова, М. Б., Тухсанова, В. Р., & Сулаймонова, М. Б. (2021).

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ, ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ И МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ

ПРОВЕДЕНИЯ БЕСЕД ОБ ИСКУССТВЕ. European science, (2 (58)), 38-40. 3. Азимова, М. Б., & Ибадуллаева, Ш. И. (2017). XIX аср охири-XX аср бошларида Бухоро аҳоли турар жойлариинтерьер безаги (Файзулла Хўжаев уй-музейи мисолида). Евразийский научный журнал, (2), 379-383. 4. Ибадуллаева, Ш. И., & Амонова, Р. Ж. К. (2022). Коммуникативные Основы Художественной Культуры. Miasto Przyszłości, 28, 169-173. 5. Азимова Мухайё, Жумаев Корёгди «ТРАДИЦИОННАЯ ВЫШИВКА БУХАРЫ» ХIX в начало-XX веков МОНОГРАФИЯ

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.