--⊱⊱ 347 ⊰⊰--
TAʼLIM TIZIMINI JORIY ETISHDA XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH
Abdumalikova Gulxayo Zokirjon Qizi
Fargʻona viloyati Quva tumani
57-Son DMTT direktori
Annotatsiya. Maqolada inklyuziv taʼlim rasmiy taʼlimda tushunchasi ancha kengroq. Bu taʼlimda koʻproq oʻqishda, oʻrganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi. Inklyuziv taʼlimni chet el tajribasi asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish imkoniyatlarini taʼminlash koʻzda tutildi.
Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim, deklaratsiya, uydagi taʼlim, imkoniyati cheklanganlar, integratsion taʼlim, imkoniyatlar, maktabgacha taʼlim, jismoniy rivojlanish.
Аннотatsiя. Абстрактный. В статье понятие инклюзивного образования в формальном образовании гораздо шире. Это образование в основном работает с детьми с ограниченными возможностями обучения. Предусматривалось предоставить возможности для создания условий для всестороннего интеллектуального, нравственного, эстетического и физического развития детей дошкольного возраста на основе зарубежного опыта инклюзивного образования.
Ключевые слова: инклюзивное образование, декларatsiя, домашнее образование, инвалидность, интегрированное образование, возможности, дошкольное образование, физическое развитие.
Abstract. In the article, the concept of inclusive education in formal education is much broader. This education mainly works with children with learning disabilities. It was envisaged to provide opportunities to create conditions for all-round intellectual, moral, aesthetic and physical development of preschool children based on foreign experience of inclusive education.
Key words: inclusive education, declaration, home education, disabled, integrated education, opportunities, preschool education, physical development.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida, eng avvalo, kelajak avlodning barkamol boʻlib ulgʻayishi, hech kimdan kam boʻlmay dunyo arenalarini zabt etishga qodir farzandlar boʻlib yetishishi kabi dolzarb masalalarni hal etish turadi. Ayniqsa, yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan, nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning ijtimoiy himoyasi hamisha davlat va jamiyatning ustuvor vazifasi hisoblangan. Ushbu vazifani amalga oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasida rivojlanishida nuqsoni boʻlgan kishilarning huquq va erkinliklarini, teng imkoniyatlarini taʼminlash, turmush faoliyatidagi cheklanish, chegaralarni bartaraf etish, taʼlimni tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuv, uning sifati va samaradorligini oshirish, jamiyatda aholining turli qatlamlari uchun taʼlimning uzviylik va uzluksizligini taʼminlash borasida talaygina ishlar amalga oshirib borilmoqda.Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim tizimida inklyuziv yondashuvni joriy etish yangi va murakkab vazifa boʻlib, bunda rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasidan oʻrganish va undan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega.
Xorijiy mamlakatlarning uzoq yillik tajribasi shuni koʻrsatadiki, inklyuziv taʼlim nafaqat nogironligi boʻlgan bolalarga, balki butun jamiyatga foyda keltiradi. Bu barcha bolalarga inson xilmaxilligini erta yoshdan tushunish, hamdardlik va jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirish imkoniyatini beradi. Oʻzbekiston uchun maktabgacha taʼlimda inklyuziv tizimni joriy etish – bu
--⊱⊱ 348 ⊰⊰-- murakkab, ammo juda muhim va istiqbolli vazifa. Buning uchun murakkab yondashuv talab etiladi: qonuniy, iqtisodiy, kadrlar va maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning uygʻunligi. Xalqaro tajribani oʻrganish va uni mahalliy anʼanalar bilan uygʻunlashtirish orqali Oʻzbekiston har bir bolaning eng yaxshi hayotga ega boʻlishi uchun zarur boʻlgan teng imkoniyatlar va barkamol shaxs boʻlib yetishishiga hissa qoʻsha oladi.
Inklyuziv taʼlimga kiritishning asosiy tamoyillari va ularning mazmuni Taʼlim tizimini joriy etish har doim maʼlum bir qonun qoidalarga, tamoyillarga asoslanishni talab etadi. Inklyuziv taʼlim tizimini joriy qilishda esa quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
Inklyuziv taʼlimning eʼtirof etilishi.
Inklyuziv taʼlimning barcha uchun ochiq boʻlishi tamoyili.
Bogʻlanishning mavjud boʻlishi tamoyili.
Markazlashtirilmagan boʻlishi tamoyili.
Inklyuziv taʼlimda kompleks yondashishi tamoyili.
Inklyuziv taʼlimda moslashuvchanlik tamoyili.
Malakaviylik tamoyili.
Skandinaviya davlatlarida maxsus ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun turli qoʻllab-quvvatlash xizmatlari va resurslar mavjud, bu esa oʻquvchilarning taʼlimda muvaffaqiyatini taʼminlashga yordam beradi. Inklyuziv taʼlim nafaqat taʼlim jarayonini yaxshilash, balki ijtimoiy adolatni taʼminlash va iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish uchun ham muhimdir. Tadqiqot natijalariga koʻra, inklyuziv taʼlim nafaqat alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanishiga xizmat qiladi, balki jamiyatda oʻzaro hurmat, hamjihatlik va barqaror ijtimoiy aloqalarni yaratadi. Chet elda, inklyuziv taʼlim tizimi jamiyatda tenglikni taʼminlash va ijtimoiy integratsiyani kuchaytirishda muhim rol oʻynaydi.
Qirgʻizistonda- inklyuziv taʼlimni rivojlantirish tanlab olingan davlat maktablari va xususiy oʻquv muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislar guruhi ommaviy maktablarda taʼlim olish uchun imkoniyati cheklangan bolalarni tanlab oladi. Ularning bazasida oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalliy hokimiyat vakillari uchun uchta seminar, Taʼlim Vazirligi va mahalliy taʼlim departament vakillari uchun respublika miqyosidagi konferensiya ham oʻtkazilgan. Qozogʻistonda 2003 yil «Maxsus ehtiyojli bolalarni korreksion ijtimoiy va tibbiy-pedagogik qoʻllab-quvvatlash haqidagi» Qonun qabul qilindi. Bu qonun asosida maxsus ehtiyojli bolalarni umumtaʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya berish, korreksion pedagogik ish olib borish maqsadida reabilitatsion markazlar, psixologikpedagogik korreksiya xonalari, maxsus maktab va maktabgacha taʼlim tashkilot qoshida qisqa muddatli guruhlar tashkil etildi. Inklyuziv taʼlimga kadrlarni tayyorlash uchun oliy taʼlimda «Maxsus pedagogika», «Maxsus psixologiya» va «Maxsus metodikalar» kurslari kiritildi.
AQShda inklyuziv taʼlim tajribasi -AQShda nogironlarga boʻlgan eʼtibor faqat taʼlim tizimida emas. Bu yerda barcha jamoat binolari, yoʻllar, transport vositalari va boshqa jamoatchilik inshootlari nogironlar foydalana olishi uchun maxsus vosita va sharoitlar bilan taʼminlangan. Masalan, har bir
jamoat avtobusida nogiron aravachalari turishi uchun
maxsus joy ajratilgan. Ularning avtobusga chiqishi va
tushishini taʼminlash uchun ham transport maxsus
texnologiya bilan jihozlangan. Bu kabi sharoitlarni
binolarda va boshqa transport vositalarida ham koʻrish
mumkin. Bularning barchasi mamlakatdagi nogironlarning
jamiyatda barcha qatori teng huquqli yashashlarini
taʼminlash maqsadida federal qonunlar bilan amalga
--⊱⊱ 349 ⊰⊰-- oshiriladi.Biz bu maqolada nogironlarga boʻlgan eʼtibor mavzusining taʼlim tizimidagi tadrijiy rivoji haqida qisqacha maʼlumot berdik. AQSh taʼlim tizimida umumiy taʼlimdan farqli shu kabi boshqa maxsus taʼlim turlariga ham ruxsat va imkoniyatlar berilgan. Masalan, amerikaliklar, agar xohlasa, farzandlarini umuman maktablarga bermasdan, ularga oʻzlari uyda taʼlim berishlari mumkin. Qonunan ruxsat berilgan va tan olingan bu taʼlim turi “Uy maktabi” deya ataladi. Bu haqda batafsil kelgusida bayon qilamiz.
Fransiyada inklyuziv taʼlim tajribasi –Fransiya Integratsiyalashgan tarbiyalanuvchi bilan ishlayotib, tarbiyalanuvchi psixologlari va maxsus pedagoglarni oʻz ichiga olgan ixtisoslashtirilgan yordamchi tuzilmalarga yordam soʻrab murojaat qilishlari mumkin.Jalb qilinayotgan xodimlar oʻziga xos sohada yoki ozining butun maktablarda esa faoliyatida vaqtincha yoki doimiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan oquvchilar hamda oddiy sinflarga integratsiyalashgan, rivojlanishda nuqsonlari mavjud bolalarga yordam koʻrsatishlari lozim. Mutaxassislar turli departamentlardan (sogʻliqni saqlash, ijtimoiy masalalar, taʼlim) jalb qilinishi mumkin. Ulardan har biri qisqa yoki uzoq muddatda tarbiyalanuvchiga yordamlashadi hamda maktabgacha taʼlim xodimlariga koʻmaklashadi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Oʻzbekiston uchun asosiy saboq shundan iboratki, inklyuziv taʼlimni alohida "loyiha" sifatida emas, balki butun maktabgacha taʼlim tizimining ajralmas va tabiiy qismi sifatida qarash zarur. Xalqaro tajribani mahalliy sharoit va madaniyatga moslashtirib, izchil va tizimli islohotlar olib borish orqali Oʻzbekiston har bir bolaning salohiyatini roʻyobga chiqarishga yoʻl ochadi. maktabgacha taʼlim tizimida inklyuziv taʼlimning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sogʻlom bolalar qatoriga qoʻshib sifatli taʼlim olishini taʼminlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va harakatlarini rivojlantirishdir. Nuqsoni bor bolalarni har tomonlama tarbiyalash orqali ularni ona-Vatanga, tabiatga nisbatan goʻzallikni his etishga, tafakkurini rivojlantirishga, bolalarning talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2022). Nutq ustida ishlashning tizimli yondashuvlari orqali eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarni inklyuziv taʼlimga tayyorlash. Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri, 1(1), 350-352.
2. Ibadullayeva, S. N., Masaliyeva, S. (2022). Inklyuziv taʼlim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirish omillari. Inklyuziv taʼlim, 1(2), 111-113.
3. Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2021). Nogironligi boʻlgan ota-ona qaramogʻida boʻlgan yetim bolalarni ijtimoiylashtirishning metodik klasteri. Taʼlim va innovatsion tadqiqotlar, 6(1), 280-286.
4. Sh.N.Ibadullayeva magistrlik dissertatsiya “ Taʼlim klasteri asosida inklyuziv taʼlim samaradorligini oshirishning samarali omillarini aniqlash”2022 y.
5. D.S.Qaxarova “Inklyuziv taʼlim texnologiyasi” oʻquv va metodik qoʻllanma 2014-yil.
6. Eshmuratova Dildor “Chet elda alohida yordamga muhtoj bolalarning inklyuziv taʼlimi” SYNAPSES: Insights Across the Disciplines Volume 2, Issue 4
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.