TARTIBGA SОLISH MASALALARI
Rahmonov Ruslan
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti 1-kurs tarix yo’nalishi magistranti
Annotatsiya: O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga solish masalalari mamlakatdagi demokratik jarayonlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu maqola O‘zbekiston siyosiy partiyalarining huquqiy asoslari, ularning tashkil etilishi, faoliyat yuritishi va saylov jarayonlaridagi ishtirokini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada, O‘zbekistonning mustaqillikka erishganidan so‘ng siyosiy partiyalar tizimining rivojlanishi, huquqiy va siyosiy islohotlar, shuningdek, partiyalarning saylovlarga tayyorlanishi va ularning parlamentdagi ishtiroki kabi masalalar yoritilgan. Siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy tartibga solinishi O‘zbekistonning konstitutsiyasi, saylov kodeksi va boshqa huquqiy normalar bilan belgilangan. Bu huquqiy asoslar partiyalarning faoliyatini qonuniylashtirish, ularning saylovda ishtirokini ta’minlash va fuqarolarning siyosiy huquqlarini amalga oshirishga imkon yaratadi. Maqolada, shuningdek, siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki, ularning dasturlari va mamlakatning siyosiy tizimida tutgan o‘rni tahlil etilgan. O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy tartibga solinishi, shuningdek, siyosiy pluralizmning rivojlanishi va davlatning demokratiya yo‘lida ilg‘or qadamlar tashlashi uchun muhim omil sifatida qaraladi. Ushbu maqola siyosiy partiyalarni tartibga solish borasida amalga oshirilgan islohotlar, ular bilan bog‘liq qonunlarni va partiyalar o‘rtasidagi raqobatning huquqiy me’yorlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratadi. Kalit so’zlar: Siyosiy partiyalar, Huquqiy tartibga solish, Demokratiya, Siyosiy pluralism, Saylov kodeksi, Konstitutsiya, Siyosiy tizim
KIRISH
Siyosiy partiyalarning faoliyati qanday tartibga asoslanib tashkil etilishi hamda qanday printsiplarga tayanib ish olib borishi aksariyat davlatlarda o'xshash, shuningdek, bir vaqtning o'zida turli xil ko'rinishlarga ega. Buning bir necha sabablari va omillari mavjud. Bular siyosiy partiyani tuzishdan kelib chiqadigan maqsad va vazifalarga bog'liqdir. Ya'ni, barcha partiyalar oldiga konstitutsiyaviy normalarga qat'iy rioya qilish va partiyaning ichki hayotida demokratik tartibni o'rnatish talablari qo'yiladi. Siyosiy partiyani tuzishda konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati katta. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga ko'ra, "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo'li bilan amalga oshiriladi." 34-moddasiga asosan, "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida o'zshilikni tashkil etuvchi muxolifatdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadrqimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas." 43-moddasida esa "Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi" kabi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning demokratik qadriyatlari va tamoyillari shakllanishini ta'minlaydigan qonun va qoidalar kiritilishi O'zbekiston jamiyatining kelajak maqsadlarini belgilab berganligining huquqiy kafolatidir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarga birlashish huquqi konstitutsiyaviy maqomga ega. Asosiy qism
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jami 12 ta (10, 32, 34, 56, 57, 60, 62, 77, 106, 108, 112, 120) moddalarida aynan siyosiy partiyalar haqidagi qoidalar kiritilgan bo'lib, davlat va jamiyat tizimida siyosiy partiyalarning o'rni konstitutsiyaviy normalar orqali aniq belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi «Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi Qonunining 3, 4, 6, 7, 8, 9, 12-moddalarida bevosita siyosiy partiyani tuzish bilan bog'liq harakatlar hamda printsiplar o'z ishiga qamrab olgan. Xususan, Qonunning 3-moddasida siyosiy partiyani tuzishga qo'yilgan printsiplar mustahkamlangan bo'lib, ular:
• Xohish-irodani erkin bildirish;
• Partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish;
• A'zolarning teng huquqliligi;
• O'zini o'zi boshqarish;
• Qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko'rsatadi, kabilardan iborat.
O'zbekiston Respublikasi «Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi Qonunning 6-moddasi mazmuniga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida siyosiy partiya tuzish uchun quyidagi talablar qo'yiladi: Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy sub'ektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo'lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo'lishi talab etiladi. Siyosiy partiya tuzilishi uchun kamida sakkizta hududiy sub'ekt (viloyat), shu jumladan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri – hududiy tsenz sifatida berilganligi, shuningdek, partiyaga birlashish istagida bo'lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo'lishi talab etilishi O'zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faqat umumdavlat miqyosida tuzilishi mumkinligini anglatadi. Hududiy va hududlararo partiyalar tuzish to'g'risida qonun hujjatlarida normalar berilmagan. Xorijiy davlatlar siyosiy amaliyotida ham siyosiy partiyalar asosan umumdavlat miqyosida tuzilishi hamda faoliyat olib borishi kuzatiladi. Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo'lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish hamda ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasini chaqirish bo'yicha tashkiliy qo'mitani tuzishlari lozim; Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo'lishi kerakligi tashkiliy qo'mita tuzish bo'yicha amalga oshiriladigan xatti-harakatlar hajmiga kelib chiqib belgilangan, degan mulohazaga borish mumkin. Sababi, partiyani tashkil etishga bog'liq hujjatlarni tayyorlash, partiyaga a’zolar jalb qilish ko'plab odamlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar sirasiga kiradi. Tashkiliy qo'mita o'zi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik muddatdan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o'z tashabbusi, qo'mitaning tarkibi, rahbari (etakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar qilishi lozim; Tashkiliy qo'mita o'zi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik muddatdan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o'z tashabbusi, qo'mitaning tarkibi, rahbari (etakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar qilishi lozimligi to'g'risidagi norma nafaqat partiya tuzilishi va uni ro'yxatdan o’tkazish jarayonini, balki partiya tashkil topishiga tayyorgarlik jarayonini ham qonun bilan tartibga solmoqda. Yetti kunlik muddat masalasi esa, turli davlatlarda har xil belgilanadi, ba'zilarida bu tashkiliy qo'mitaning vakolat muddatiga havola qilinadi.
XULOSA
Ko'ppartiyaviylik tizimining mavjud bo'lishi va uning ijtimoiy voqelikni to'la aks ettirgan holda faoliyat yuritishi – demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidir. Partiyalarning demokratiyani shakllantirishdagi bevosita ta’siri ularning jamoat tashkiloti ekanliklaridan kelib chiqadi, ya’ni siyosiy partiya xalq hokimiyatshiligini amalga oshirish maqsadida aholi ijtimoiy fikrini ifodalovchi yirik tashkilot sifatida namoyon bo'ladi.
Bu borada Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Partiya degani – bu mansab uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g'oya uchun, uning jamiyatda ustuvor bo'lishi va ro’yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma’nosini mana shu nuqtai nazardan tushunarsak, qancha partiya bo'lsa bo'laversin, ularning faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi." O'z navbatida, jamiyat siyosiy maydonida turli xil partiyalarning mavjud bo'lishi siyosiy fikrlar hamda qarashlarning xilma-xilligi sharoitini yuzaga keltiradi. Oxirgi yillarda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri bu siyosiy partiyalarning roli va ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan.
ADABIYOTLAR
1. Беков И., Аббосхўжаев Ш. Сиёсий партиялар ва Ўзбекистон Республикаси
Президенти сайлови. Т. “Ўзбекистон”, 2007 й.
2. Беков И., Ҳамидова К. Сайлов ва сиёсий партиялар. Т. “Ўзбекистон”, 2014 й.
3. Мирзо –Улуғбек Абдусаломов. Эркин ва демократик сайловларни ўтказишни
таъминлаш. Демократлаштириш ва инсон ҳуқуқлари. 2014 й. 3-сон.
4. Мирзо-Улуғбек Абдусаломов. Очиқ ва эркин сайловлар-демократия асоси.
Туркистон, 2014 й. 27 сентябр.
5. Мирзо-Улуғбек Абдусаломов. Президент сайлови-эл юртимиз фаровон
келажагини таъминлашнинг муҳим омили. Халқ сўзи. 2015 й. 19 феврал.
6. Саифназаров И. Сиёсий партиялар ва давлат бошқаруви органлари
ҳамкорлиги. Фуқаролик жамияти. 2007 й. 2 сон.
7. Қосимов Р. Сиёсий партия ва ижроия ҳокимият органларининг
мустаҳкамланиши. Фуқаролик жамияти. 2007 й. 2 сон.
8. Раҳимова М. Президент сайлови: Миллий ва хорижий тажриба. Т.
“Ўзбекистон”, 2015 й.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.