ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

OILADA AXLOQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY FALSAFIY OMILLARI

Özet

Ushbu maqolada oila - har bir inson ongining boshqa ma’naviyaxloqiy qadriyat yо‘nalishlari orasida an’anaviy ravishda yetakchi о‘rinni egallagan ijtimoiy makon ekanligiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, shaxsiy farovonlik bilan bog‘liq bо‘lgan oila axloqiy madaniyatining rivojlanganlik darajasiga asoslangan jarayon hisoblananganligi ko‘rsatilgan


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

OILADA AXLOQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-

FALSAFIY OMILLARI

Rо‘zimurodov Siroj Madatovich

Zarmed universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti

Annotatsiya. Ushbu maqolada oila - har bir inson ongining boshqa ma’naviyaxloqiy qadriyat yо‘nalishlari orasida an’anaviy ravishda yetakchi о‘rinni egallagan ijtimoiy makon ekanligiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, shaxsiy farovonlik bilan bog‘liq bо‘lgan oila axloqiy madaniyatining rivojlanganlik darajasiga asoslangan jarayon hisoblananganligi ko‘rsatilgan.

Kalit so‘zlar: mahalla, oila, oila axloqi, majburiyat, burch, ta’lim, javobgarlik, oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar.

Аннотация. В данной статье акцентируется внимание на том, что семья - это социальное пространство, которое традиционно занимает ведущее место среди других духовно-нравственных ценностных направлений сознания каждого человека. Также показано, что это процесс, основанный на уровне развития нравственной культуры семьи, связанной с личным благополучием.

Ключевые слова: махалля, семья, семейная этика, обязанность, долг, образование, ответственность, духовно-нравственные ценности в семье.

Annotation. This article emphasizes that the family is a social space that traditionally occupies a leading position among other spiritual and moral value directions of each person's consciousness. It is also shown that family is a process based on the level of development of moral culture associated with personal well-being.

Key words: neighborhood, family, family ethics, obligation, duty, education, responsibility, spiritual and moral values in the family.

Oilada axloqiy madaniyati tushunchasining mazmun-mohiyati, oila axloqiy madaniyati rivojining tarixiy-falsafiy ildizlariga doir konseptual qarashlar tahlili, zamonaviy oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish: muammoning nazariy va uslubiy tahliliga oid bilimlar uyg‘unlikda tadqiq qilish maqsadag maofiqdir. Shu o‘rinda oila, inson hayotining ilk tarbiya va ta’lim maskani bo‘lib, uning axloqiy qadriyatlari va madaniyati jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Mahalla esa, oila va jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi, bu makon umumiy axloqiy qadriyatlarni tarqatish va saqlashda asosiy omil hisoblanadi. Shu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashicha, “Mahalla - bebaho qadriyatlarimiz beshigi, mehr - oqibat, ahillik va totuvlik maskani. Bir - biriga elkadosh bo‘lish, ehtiyojmand, muhtoj insonlarga ko‘mak berish kabi ko‘pdan - ko‘p ezgu odat va an'analarimiz aynan mahallada yaqqol namoyon bo‘ladi.”1 Shuningdek, jamiyatimizda oila va mahalla axloqi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Oila a’zolari bir-biriga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi, shu bilan birga, mahalladagi ijtimoiy aloqalar va munosabatlar ham oilaning axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Oila ichida tarbiyalanadigan axloqiy asoslar, mahallada uning davomida qadrlanadi va namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, oila va mahalla axloqiy madaniyatini yuksaltirishda har ikkisi o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash zarur. Oilada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni o‘ziga xos xususiyatlarini quydagilardan iborat:

Ota-onalar farzandlariga axloqiy qadriyatlarni singdirishlari kerak. Jamiyat tomonidan qabul qilinmagan axloqsiz xatti-harakatlardan uzoq bo‘lishi lozim. Bu g‘iybat, ikkiyuzlamachilik, yolg‘on, hasad va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Oilada kattalarga hurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini shakllantirish ham ma’naviyaxloqiy qadriyatlarni yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Har bir ota-ona bu histuyg‘ularini o‘z xatti-harakatlari orqali farzandiga ko‘rsatishi kerak. Chunki, farzandlar bo‘lajak oila boshliqlaridir. Shu o‘rinda to‘g‘ri fikrli va to‘g‘ri so‘zli oila bilan do‘stlashish, qarindosh bo‘lish azaldan kishilarimizning tilagi bo‘lib kelgan. Yusuf xos Hojib yozadi: “kishi uchun kerakli ikki a’zo bor: biri til, boshqasi yurak. Til so‘z uchun, yurak, ko‘ngil esa shu so‘zdan lazzatlanish uchun berilgan. Shu tufayli, to‘g‘ri, rost so‘zni so‘zlash uchun tilni tebratmoq, ya’ni harakatlantirmoq kerak. Egri, yaroqsiz so‘zlarni tashqariga chiqargandan ko‘ra tilning harakatsiz qolgani ma’qul”2. Oila a’zolarining to‘g‘ri so‘zligi ular yuragi va tilagining tozaligidan darak beradi. Bunday oilani jamiyat ilg‘amasligi va e’zozlamasligi mumkin emas. O‘zbek oilasida farzand mehr-muhabbati, ehtimol, shunchalik kuchliki, uni dunyoning hech bir xalqi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bizningcha, bu o‘zbek oilasi uzoq umr ko‘rishining asosiy sabablaridan biridir. Oilaning yashashi uchun iqtisodiy barqarorlik muhim bo‘lsa-da, uning mavjudligi uchun faqat pul, mavqe, obro kabi omillar nisbatan kamroq rol o‘ynaydi. Moddiy elementlarning hech biri doimiy emasligi bois, oila haqiqiy oila 1 Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2024. – B-414 2 Юсуф Хос Ҳожиб. Қудатғу билиг. - Тошкент: Шарқ, 1990. 31 б. bo‘lishi uchun ma’naviy qadriyatlar ustun bo‘lishi kerak.

Islom dinida oilaga katta ahamiyat beradi. Bu borada Islom dini nikoh kabi ulug‘ ahddan boshlanadi. Oila qurishning eng muhim va birinchi bosqichi to‘g‘ri niyat va maqsadli qadamdir. Oila qurish masalasida Qur’oni karimda shunday oyat keltirilgan. “U Zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishdir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir”3. Mazkur oyatda oilaviy hayotning insoniyat uchun naqadar zaruriyligini anglatish barobarida ikki begona odam turmush qurgach o‘zaro mehr-muhabbat paydo bo‘lishi ham Yaratganning mo‘jizalaridan biridir. Binobarin, muqaddas oila poydevorini barpo etmoqchi bo‘lganlar ixlos va sadoqat yo‘lidan borishlari, eng muhimi, oila hayotining barcha bosqichlarida bo‘lgani kabi ilohiy ixloslarida ham Allohning roziligidan boshqa umid bo‘lmasligi kerak. Boshqa tomondan, barpo etiladigan oila milliy-ma’naviy, diniy-axloqiy omillarga asoslanishi kerak. Inson oila qurishda uning naqadar mas'uliyatli ekanini anglab, qanday inson bilan oila qurishni o‘zi hal qilishi kerak deb ta’kidlaydi.

Mahalladagi madaniy tadbirlar va faoliyatlar orqali ham axloqiy madaniyatni yuksaltirish mumkin. Mahallalarda madaniy voqealar, sport musobaqalari, ilmiy va ijodiy tadbirlar orqali, yoshlarni axloqiy shaxs sifatida shakllanishiga ko‘mak berish mumkin. Bu tadbirlar orqali yoshlar o‘zaro mehr-muhabbat, hamkorlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyatini sezadilar, shu bilan birga, o‘z madaniyatining muhimligini tushunadilar. Ota-onalar, bolalariga axloqiy, miiliy qadriyatlarni tushuntirishda, ular uchun yaxshi namuna bo‘lishlari zarur. Shuningdek, oila muhitida ichki muammolarni ochiq muhokama qilib, o‘zaro muvozanatni saqlash yondashuvi, bolalarda mustaqil fikrlash va o‘z axloqiy qarorlarini qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishi kerak.

Oilaviy munosabatlar, birinchi navbatda, bolalarning his-tuyg‘ulariga ta’sir qiladi. Oilaviy tarbiyaning juda muhim xususiyati mavjud: ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar shaxsiy-emosional xususiyatga ega. Ona bola bilan histuyg‘ular tilida gaplashadi. Ota mehri ham farzandlar qalbini isitadi. Oilaviy tarbiyaning ustunligi, nafisligi mana shu erda. Ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalarning o‘rni katta bo‘lsada, o‘qituvchi ham yoshlar ongi shakllanishi, jamiyatdagi o‘rni uchun ko‘p mehnat qiladi. Shuning uchun eng buyuk daholar ham qo‘lga kiritgan har bir 3 Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. 4 қайта нашр. –Тошкент.: “Шарқ”

НМАК, 2012.

yutug‘i uchun ustozga minnatdorchiligini bildirgan.

Oilada farzand tarbiyasini zamonaviy usullarini ilmiy asoslab o‘tgan.

1. Avtoritar tarbiya usuli - bu tarbiya uslubida ota-onalar, birinchi navbatda, barcha qarorlarni qabul qiladilar. Ularning fikricha, bolalar hamma narsada otaonalarning xohishlariga bo‘ysunishlari kerak. Shuning uchun oilada bolalarning erkinligi cheklangan. Ota-onalar o‘z qarorlarini oqlashni muhim deb hisoblamaydilar. Ular o‘z farzandlariga nisbatan qattiq cheklovlar qo‘yadilar, hatto ularga nisbatan jismoniy jazo qo‘llaniladi. Avtoritar tarbiya uslubi oilaviy munosabatlardagi samimiylikni yo‘q qiladi.

2. Demokratik tarbiya uslubi - ota-onalar farzandining shaxsiy mas'uliyati va erkinligini ta’minlaydi, uni rag‘batlantiradi. Demokratik tarbiya uslubi hukm surgan oilalarda oila muammolarini muhokama qilishda bolalar ham qatnashadi.

3. Liberal tarbiya uslubi - bu tarbiya uslubida bolalar ota-onalari tomonidan boshqarilmaydi. Amalda esa ular ota-onasi tomonidan yo hech qanday taqiq yoki cheklovga ega emas, yoki ota-ona topshiriqlarini bajarmaydi.

4. Tartibsiz tarbiya uslubi - bu uslub tarbiyaga yagona yondashuvning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Bunday tarbiya uslubi bolaga yondashuvda aniq va talablar yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Ota-ona reaktsiyalarining oldindan aytib bo‘lmasligi bolani barqarorlik tuyg‘usidan mahrum qiladi va uni yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ishonchsizlik, qiyin vaziyatlarda tajovuzkorlik va moslashuvga olib keladi. Bunday tarbiya usulida o‘z-o‘zini nazorat qilish va mas'uliyat hissi shakllanmaydi, o‘zini o‘zi qadrlashning pastligi, mulohaza yuritishda etuklik kuzatiladi.

5. Himoyachi tarbiya uslubi - bu uslubi bola bilan doimo birga bo‘lish tendentsiyasining mavjudligini va ota-onaning bolaning o‘rniga muammolarni hal qilishini anglatadi.

O‘zbek oilasining aksiologiyasining ma’naviy-axloqiy jihatlari o‘rganilgan. Shuningdek ushbu bobda zamonaviy o‘zbek oilasining ijtimoiy institut sifatidagi asosiy vazifalari hamda jamiyatning inqiroz davridagi o‘zbek oilasi: hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari o‘rganilgan.

Oila tarbiyasining mazmuni tarbiyaning barcha jabhalarini o‘z ichiga oladi. Bolalarning jismoniy, estetik, mehnat, aqliy va ma’naviy tarbiyasi oilada amalga oshiriladi va u ham yoshga qarab o‘zgaradi. Oilalar va oila a’zolari imkon qadar bolalarga tabiat, jamiyat, texnika haqida bilim beradi, ularda ijodiy faollik va tajriba, ayrim intellektual odatlarni shakllantiradi, nihoyat, hayot, dunyo, odamlar, kasb-hunar haqida ma’lumot beradi. O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilish uchun mukammal Qonunchilik bazasi yaratilgan. Bularning barchasi o‘zbek xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshiradi, jamiyat taraqqiyoti, davlat qurilishi jarayonlaridagi rolini kuchaytiradi. Shuni tan olishimiz kerakki, o‘tish davrining ayrim ijtimoiyma’naviy va psixologik qiyinchiliklari milliy oila institutining avvalgi maqomiga ta’sir qilmadi. Ijtimoiy taraqqiyotda tafakkurda zamonaviylikning, dinimizning ijobiy ta’siri bilan bir qatorda ma’lum muammolar ham yuzaga keladi. Davlat miqyosida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarga qaramay, yangi tashkil etilgan oilalarning qariyb 20 foizining umri uzoq davom etmayapti deb ta’kidlaydi.

Zamonaviy o‘zbek oilasining muammolaridan biri mamlakatdagi demografik vaziyat bilan bog‘liq. Bu muammoning sabablaridan biri O‘zbekistonda erkaklarning mamlakatni tark etishidir. “O‘zbekistonda oilalarga berilayotgan e’tibor, ularning qo‘llab-quvvatlanishi davlatimiz siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanganligi, oilalarda ota-onalarning shukronalik ruhiyatining mavjudligi”4 yoshlarimiz uchun asosiy kuch-qudrat manbaidir. Natijada turmushga chiqishi kerak bo‘lgan turmushga chiqqan qizlarning oila qurish imkoniyati kamaymoqda.

Xulosa qilib aytganda mahalla va oila axloqiy madaniyatini yuksaltirish ijtimoiyfalsafiy omillarga, tarbiyaning ahamiyatiga va madaniy tadbirlarga bog‘liq unda jamiyat tomonidan oila va mahalla tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi axloqiy standartlar ishlab chiqish zarur. Bu jarayonlar sog‘lom, mas’uliyatli va hayotga ko‘proq ijobiy yondashadigan avlodlarni shakllantiradi asosiy vazifani bajaradi. Shuningdek, ularning barchasi samarali amalga oshirilganda, jamiyatda axloqiy madaniyatlilik, did va madaniyat rivoji, shuningdek, har bir insonning shaxsiy salomatligi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Insonlarning bir-biriga hurmati va mehr-muhabbati, jamiyat rivojlanishining asosiy poydevori bo‘lib, bu orqali har bir shaxs o‘z o‘rnini topadi va haqiqiy baxt-saodatga erishadi.

Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mirziyoyev Sh.M. Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2024. – B-414 2. Юсуф Хос Ҳожиб. Қудатғу билиг. - Тошкент: Шарқ, 1990. 31 б. 3. Абдулазиз Мансур. Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. 4 қайта нашр. –Тошкент.: “Шарқ” НМАК, 2012. 4. Мусурмонова О. Шарқ мутафаккирларининг ёшлар соғлом турмуш тарзи ҳақидаги қарашлари. – Тошкент.: “Зарварақ”, 2022. – Б.3. 4 Отамуротов С. Ёшлар сиёсий маданиятини ривожлантириш омиллари. –Тошкент: O’zbekiston, 2015. –Б. 92. 5. Сайфназаров И., Сайфназарова Ф., “Ёшлар ва оила- Ватан таянчи” Т- 2018 «Ta’lim nashriyot»-Б.23 6. Отамуротов С. Ёшлар сиёсий маданиятини ривожлантириш омиллари. – Тошкент: O’zbekiston, 2015. –Б. 92. 7. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси. – Т.: Ўбекистон, 2022. -Б.72 8. Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6. 9. Rо‘zimurodov S. M., Abdualiov M. S. YOSHLARDA OMMAVIY

MADANIYATGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH

MEXANIZMLARI //Journal of marketing, business and management. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 416-418. 10. Madatovich R. S., Maxamadiyevna S. D. The Role Of The System Of Education And Family Education In Forming Youth's World View //European Journal of Humanities and Educational Advancements. – Т. 4. – №. 4. – С. 128-130.

11. АЗИЗКУЛОВ А. А., РУЗИМУРОДОВ С. М. ФИЛОСОФСКОЕ НАСЛЕДИЕ

ИБН СИНЫ В ТРАКТОВКЕ ЗАРУБЕЖНЫХ УЧЕНЫХ //К ЧИТАТЕЛЯМ. – С.

40. 12. Ruzimurodov S. M. Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of The Formation Of A Healthy Lifestyle In Society //The American Journal of Social Science and Education Innovations. – 2021. – Т. 3. – №. 05. – С. 188-194. 13. Азизкулов А. А., Рузимуродов С. М. БЫЛ ЛИ АЛЬ-ГАЗАЛИ

ИРРАЦИОНАЛИСТОМ-МИСТИКОМ?(ИЛИ РАЦИОНАЛИСТИЧЕСКИЙ

ПОДХОД В ТЕОЛОГИИ ИСЛАМА) //ФИЛОСОФИЯ В СОВРЕМЕННОМ

МИРЕ. – 2017. – С. 12-17.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.