ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Olmon tilidagi anglisizmlar va neologizmlar

Özet

Maqolada olmon tiliga anglisizmlar va neologizmlarni ta`siri, anglisizmlarni olmon tiliga kirib kelishi va o`rni tahlil qilingan


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

Olmon tilidagi anglisizmlar va neologizmlar

Djumaniyazova Gulnoza Shuxratovna

UrDU, Xorijiy filologiya fakulteti,

„Roman-german filologiyasi” kafedrasi o`qituvchisi

Annotasiya. Maqolada olmon tiliga anglisizmlar va neologizmlarni ta`siri, anglisizmlarni olmon tiliga kirib kelishi va o`rni tahlil qilingan.

Kalit so`zlar. Leksik lug`at, anglisizm, internasionalizm, o`zlashma so`zlar, neologizmlar, halqaro til

Neologizmlar paydo bo‘lishining asosiy omili ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyotdir: turli ijtimoiy-iqtisodiy realiyalarning paydo bo‘lishi, fan va texnika sohasidagi innovatsiyalar, madaniyat sohasida qo‘lga kiritilgan salmoqli yutuqlar va h.k. Neologizmning yaqqol ko‘zga tashlanadigan xususiyati so‘z yoki tushunchaning til egalari ma’lum bir guruhi uchun mutlaq yangiligidir. Yuqorida ta’kidlanganidek, so‘z ma’lum muddat neologizmlik xususiyatini saqlab turadi. Yangi so‘z til egalarining faol lug‘at zahirasidan mustahkam o‘rin olishi bilan yangilik xususiyatini yo‘qotadi va umumqo‘llanish kasb etadi. Bugungi kunga kelib, industrializatsiya, dasturlash, aerodrom va h.k. so‘zlar neologizmlik xususiyatini yo‘qotgan. Yuqoridagi so‘zlar o‘z davrida neologizm hisoblangan, til egalarining kundalik hayotida yangidan kirib kelgan va jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir davriga xos bo‘lgan tushunchalarni ifodalagan. Bugungi kunda bu so‘zlar til egalari tomonidan yangi sifatida qaralmaydi, ma’nosi ma’lum va tushunarli hamda umumqo‘llanish xususiyatiga ega.

Neologizm muayyan tilda avvaldan mavjud materiallar asosida, ilgari mavjud bo‘lmagan yoki noma’lum bo‘lgan tushuncha, predmet, fan tarmog‘i, mashg‘ulot turi yoki kasb-korni ifodalovchi so‘z va so‘z birikmalari modellari bilan mos ravishda yangidan yasaladi. Masalan:

Freelancer - a person who works as a writer, designer, performer, or like selling work or services by the hour, day, job, rather than working on a regular salary basis for one employer1.

Workaholic - a person who works a lot of the time and finds it difficult not towork2. 1 www.Business dictionary.com. 2 www.dictionary.cambridge.org.

Oxbridge - the universalities of Oxford and Cambridge, considered as a unit separate from other universities in Britain3.

Oxirgi misolimiz academia so‘ziga sinonim bo‘lsa-da, yangi semantik ottenkaga ega. Shu bilan birga, paydo bo‘lish sababi, tilda barqaror qo‘llanish kasb etishi, qo‘llanish chastotasi, keyingi taraqqiyotiga ko‘ra bu neologizmlarning tarkibida ayrim nomutanosibliklar mavjudligi, vaqt o‘tishi bilan ulardan biri til tizimidan mustahkam o‘rin olishi, boshqasi esa qo‘llanish doirasi torayib, ma’lum muddat o‘tgach iste’moldan chiqib ketishi mumkinligini ham qayd etish o‘rinlidir.

«Neologizatsiya jarayonini» shartli ravishda quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:

I. Yangi so‘z yaratuvchi shaxs (originator)

II. So‘zning ijtimoiylashuvi (til jamoasi tomonidan qabul qilinishi)

III. So‘zning lug‘at tarkibidan joy olishi (til leksik tizimiga qabul qilinishi)

So‘zning ijtimoiylashuv va lug‘at tarkibidan joy olish jarayoni vositachilarning (o‘qituvchi, jurnalist, aktyor, OAV orqali) birgalikdagi harakati natijasida kechadi4.

O`zlashgan so`zlar boshqa tilga til, madaniy va iqtisodiy aloqalar tufayli kirib keladi. Tilning leksik lug`ati, shuningdek, tildan tashqaridagi o`zgarishlar (ayniqsa, texnika, fan, siyosat boshqa jabhalarda) orqali shakllanadi. Ko`pgina xorijiy so`zlar ular belgilagan atama yoki narsaga kiritilgan, masalan pazandachilik atamalarini olaylik: Hamburger, Cheeseburger, foundue, fast food, drive-in-restaurant. O`zlashgan so`zlarni ayrimlari tilde uzoq vaqt qo`llanilsa, ayrimlari iste`moldan tez chiqib ketadi.

Xalqaro miqyosda ishlatiladigan tillarda ingliz tili birinchi o'rinda turadi, shu sababli nemis tilida ishlatiladigan ko'plab xorijiy so'zlar ingliz yoki amerikaliklardan keladi. Ushbu inglizcha xorijiy so'zlar anglisizm deb ataladi. Xalqaro miqyosda qo'llaniladigan xorijiy so'zlar internasionalizm deb ataladi. B. OITS, kompyuterlar, pitssa va boshqalar.

Ko`pgina yangi kash qilingan yangiliklarni, masalan texnologiya va ommaviy axborot vositalaridagi so`zlar to`g`ridan to`g`ri ingliz tilidan kirib keladi: Computer, E-commerce, E-book, Internet, Wi-Fi, Soapopera, Ticket va h.

Dunyoda 100 milliondan ortiq kishi olmon tilida gaplashadi. Olmon tili dunyodagi eng muhim tillardan biri hisoblanadi, ammo bugungi kunda ingliz tili 3 www. macmillandictionary.com. 4 Смирницкий А.И. Лексикология английского языка [Текст] / А.И.Смирницкий - 1956. – С.214. iqtisodiy, tijorat va muloqat tili ingliz tili halqaro ahamiyatga egadir. Bugungi kunda olmon tili uchun yangi bo`lgan xorijiy so`zlarining aksariyai anglisizm ekanligi bilan izohlanadi.

Ingliz tili german tillar oilasiga mansub. Ingliz tili taxminan 340 million kishining birinchi tili bo'lib, jami 510 million kishi ingliz tilida gaplashadi. Angliyaamerika ta'siri II- jahon urushidan beri sezilib turdi va ayniqsa lug'at boyligi, iboralar va ba'zi fe'llarning valentligida namoyon bo'ldi.

XVIII asrdayoq bir qancha inglizcha so'zlar va so'z shakllari nemis tiliga, asosan ingliz adabiyoti tarjimalari (Humor, Blankvers, Pudding), ingliz siyosati (Opposition, Parlament) va iqtisodiyot (Budget, Banknote) orqalita`sir qilibkirib kelgan. Bu ta'sir XIX asrda kuchaygan. Buning sabablari II-jahon urushidan keyin Qo'shma Shtatlarning siyosiy ustunligi, iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi xalqaro aloqalar, ingliz tilidan mutaxassis matnlarining tarjimalari va axborot agentliklarining kommunikatsiyalari, maktablarda ingliz tili o'qitilishi va boshqa sabablar bo`lgan. Inglizcha so'zlar musiqa (breakdance), moda va ijtimoiy hayot (Leggins, Piercing, Smoking, Klub, toasten, Roastbeef), siyosat va fan (Streik, Lokomotive, Partner) sohasida ham uchraydi. 19-asrda sportning yangi texnik tili rivojlandi (Sport, Match, Trainer, Hockey, Green, Advantage). Ba'zi ingliz so`zlar olmonlashtirildi: Fußball- football

Strafstoß -penalty kick

Texnologik taraqqiyot har doim yangi so'zlarni olib keladi. Anglisizmlarni kirib kelishi globallashuv zaruriyati bilan bog`liqdir. Anglisizmlar ayniqsa zamonaviy, texnik yoki ijtimoiy tendentsiyalarni ta'kidlaydi (masalan, Internet, Jobsharing, surfen, Last-Minute-Reise va h).

Quyida olmon tilida uchraydigan anglisizmlar olmoncha izohi bilan keltirilgan:

r Hamburger - ham =Schinken, burger =eine Art Brötchens,

r Hot-dog - s Würstchen im Hörnchen

Hyper- r Hypermarkt - ein großes Geschäft

s Junkfood - ungesunde Ernährung

r Lunch - s Mittagessen

light - leicht (z. B. Cola light)

on the rocks - ein Getränk mit Eiswürfeln

s Picknick - Essen im Grass

r Pie - e Torte

r Shop - s Geschäft,

Shopping - e Einkäufe,

shoppen – einkaufen

r Snack - r Imbiss,

e Snackbar - e Imbissstube

r Toaster - ein Gerät

Adabiyotlar ro`yhati:

1. Jumaniyozov A. O‘zbek tilidagi german tillari o’zlashmalari. Toshkent, Fan, 1987, 82 b.

2. Karimov Sh., Ismoilov Y. O’zbekcha-nemischa lug’at. – Toshkent: Nihol nashriyoti, 2011. 252 b.

3. Mahmudov A. Nemischa-o’zbekcha tematik lug’at. – Toshkent: Art Flex nashriyoti, 2013 eil. 232 b.

4. Саломов Ғ. Тил ва таржима. – Тошкент: Фан, 1966. – 280б.

5. Eisenberg, Peter (2011): Das Fremdwort im Deutschen. Berlin.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.