ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi xususida

Özet

Mazkur maqolada O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi manbalar tahlili va  o’rganilgan arxeologik ma’lumotlar asosida ochib berilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy

madaniyatining o‘rganilishi tarixi xususida

Urgut tuman Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimiga qarashli 66-maktab

Tarix fani oʻqituvchisi

Mamatov Abloberdi Jumaboyevich

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston paleolit va mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatining o‘rganilishi tarixi manbalar tahlili va o’rganilgan arxeologik ma’lumotlar asosida ochib berilgan.

Аннотация: В данной статье на основе анализа источников и изученных археологических данных раскрывается история изучения материальной культуры палеолитических и мезолитических сообществ Центральной Азии, в частности, Узбекистана.

Abstract: In this article, the history of the study of the material culture of the Paleolithic and Mesolithic communities of Central Asia, in particular, Uzbekistan, is revealed on the basis of the analysis of sources and the studied archaeological data.

Kalit so’zlar:Poleolit,Mezolit, N.P.Xorlamov, M.V Voevodskiy va V.V.Shumov, Qayroqqum manzilgohi, Olmabuloq paleolit makoni, Omonqo’ton makoni.

Ключевые слова: палеолит, мезолит, Н. П. Хорламов, М. В. Воеводский, В. В. Шумов, стоянка Кайраккум, палеолитическая стоянка Олмабулок, стоянка Амонко'тон.

Key words: Paleolithic, Mesolithic, N.P. Khorlamov, M.V. Voevodsky and V.V. Shumov, Kayraqkum site, Olmabulok Paleolithic site, Amonko'ton site.

Farg‘ona vodiysida o‘tgan asr 50-yillari o‘rtasida A.P.Okladnikov tomonidan Sel-ungur g‘or makoni arxeologik xaritaga olingan bo‘lib, undan ilk paleolit davri madaniyat izlari borligi aniqlangan. O‘.Islomov 1985 yildan e’tiboran Sel-ungur g‘or makonida qayta qazilma ishlarini amalga oshirib, muhim ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Xususan, «Farg‘ona odami» topilmasini topdi.[Исламов,1996. Б.15.]. Zarafshon vohasi paleolit davri yodgorliklari borasidagi dastlabki ma’lumotlar o‘tgan asr 30- yillariga to‘g‘ri keladi. 1931 yili Samarqand shahri markazida sun’iy ko‘l qirg‘og‘ida dastlab N.P.Xorlamov, keyinchalik M.V Voevodskiy va V.V.Shumovlar tomonidan qidiruv shurfi qazilib qiziqarli tosh qurollari kolleksiyalari to‘plandiki, bu materiallar keyingi yillarda D.N.Lev, M.Jo‘raqulovlar tomonidan Samarqand makonining kashf etilishi va bu erda tadqiqotlar olib borilishiga zamin yaratgan. 1947 yildan boshlab SamDU ekspeditsiyasi ibtidoiy tarix soxasida muxim kashfiyotlarga erishdilar. Jumladan, Omonqo’ton, Takaliksoy paleolit makonlari, ayniqsa, 1958 yildan Samarqand makoni , 1968 yildan Siyobcha, Xo’jamazgil so’nggi paleolit davriga oid makonlarni ochilishi va tadqiqot etilishi e`tiborlidir. Bu davrda 1954 -1961 yillarida Qayroqqum manzilgohi, 1954 -1955 yillarida Xo’jagur makoni, 1957 – 1964 yillarida Qorabo’ri yodgorligi, 1958–1959 –yillarda Xo’jakent, 1961-1963 Jarqo’ton , 1971- 1972 yillarda Zirabuloq, 1971–1972 yillarda Qo’tirbuloq , 1962 -1970 yillarda Obirahmat, 1958-1972 yillarda Samarqand makoni kabi eng muhim yodgorliklarning tadqiq qilinishi bilan bog’liqdir. Bulardan tashqari keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar tufayli yana bir qancha yodgorliklar topilib o’rganildiki, ular O’rta Osiyo paleolit davri tarixini mazmunan ma`lum darajada boyitdi. O‘tgan asr 60-70-yillari Kranovodsk yarim oroli, Mang‘ishloq hududlarida V.P.Boriskovskiy tomonidan, UstYurt platosida esa E.Bijanov tomonidan ilk va o‘rta paleolit davriga oid Barsakelmas pastqamligining g‘arbiy va shimoliy qismi Esen qirliklarida Esen 1,2,4-6 tosh ustaxonalari, Qoraquduq, Shaxpaxti kabi yodgorliklar tadqiq etilgan. E.Bijanov shu yillar davomida Esen 3, CHuruk 12 kabi bir qator so‘nggi paleolit davri yodgorliklarini tadqiq etishga erishgan. Quyi Zarafshon vohasida A.V.Vinogradov tomonidan bir qator paleolit davri yodgorliklari aniqlanib, tadqiq etilgan. Xullas, paleolit davri yodgorliklari tadqiqotiga Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalari hududlaridan, O’zbekistonning Farg’ona, Ohangaron, Zarafshon, Surxandaryo vodiylaridan, keyingi yillarda esa Qoraqalpog’istonning UstYurt o’lkasidan topilgan materiallarni ko’rsatib o’tish mumkin[ Виноградов,1981. Б.78].

Olmabuloq paleolit makoni O’rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog’ massivi shimoliy yon bag’ridan voha tomon o’z suvini oqizib chiquvchi yirik soylardan biri bo’lgan Sazog’onsoy yon qayirida joylashgan (Nurobod tumani, Sazog’on qishlog’i markazidagi Olmabuloq chashmasi yonida). Olmabuloq makoni Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspedisiyasi xodimlari tomonidan 2000 yili kashf etilib, 2001 yili ham tadqiqoti davom ettirilgan yodgorlik hisoblanadi. Makon tadqiqoti jarayonida qiziqarli arxeologik manbalar to’plashga, shuningdek makon stratigrafik holati, madaniy qatlami xususiyatlari borasida ham qimmatli ma’lumotlar qo’lga kiritishga erishilgan. Xususan, tosh buyumlar kolleksiyasi levallua-mustye texnologik uslubi asosida ishlov berilgan tosh o’zaklari, qirg’ichlar, kertuv usuli bilan ishlov berilgan arxaik ko’rinishidagi paraqalar, pichoqsimon qurollar, uchburchaksimon paykon quroli, qayroqtosh qurollari bo’laklari, hamda ishlab chiqarish chiqindilaridan iborat. Bu mehnat vositalari turmushda bajargan o’z funksiyasi, yasalish shakli, ishlov berilishi uslublari jihatidan Qo’tirbuloq, Zirabuloq, Omonqo’ton kabi paleolit makonlari tosh qurollariga yaqin. Eng qizig’i ba’zi tosh qurollarda Samarqand so’ngi paleolit makoni tosh qurollariga xos texnologik uslub va xususiyatlar ham saqlanib qolinganligi holatlarini kuzatish mumkin. Bular Olmabuloq o’rta paleolit jamoalari moddiy madaniyatining o’ziga xos qirralarini belgilovchi omillar hisoblanadi.

Omonqo’ton makoni. Bu- g’or turidagi neondertal odamlarining makoni bo’lib, Urgut rayonining Omonqo’ton qishlog’i yaqinida joylashgan. Yodgorlik 1947 yili D.N. Lev raxbarligida SamDU ekspedisiyasi tomonidan kashf qilindi. Makon 1947-1957 yillarda qazib o’rganildi. Arxeologik qazish ishlarida tarix fakul’tetining studentlari faol qatnashdi. Bu yodgorlik Zarafshon voxasida mustye davriga oid birinchi bor topilib o’rganilgan makon hisoblanadi. [Толстов,1948.B.43]

Qo’tirbuloq Samarqand shahridan 100 km g’arbda, Zirabuloq tog’ tizmasining shu nom bilan Yuritiladigan chashma bo’yida joylashgan. Bu qarorgoh birinchi bor Arxeologiya institutining Yu.F Buryakov raxbarligidagi O’rta Zarafshon ekspedisiyasi tomonidan 1971 yilda ro’yxatga olingan bo’lib, keyinchalik arxeolog N. Toshkenboyev tomonidan tadqiq qilindi va natijada ko’plab tosh topilma ashyolari va hayvonot dunyosi qoldig’i to’plandi [Гулямов,1966.B.158].

50- 60 yillarda vohaning o’rta oqimi va tog’ bag’rlarida arxeologik qidiruv ishlari tufayli tosh asrining turli davrlariga oid, jumladan, o’rta paleolit topilmalari ham qo’lga kiritildi. Xususan, arxeolog M. R Qosimov Nurota tog’ tizmasiga kiruvchi Voush tog’i qirlaridan, Urgut qishlog’i atrofidan muster davri madaniyati izlari topilib, mingga yaqin tosh qurollar va boshqa buYumlar yig’ib olgan edi. Shu o’rinda Samarqand atrofida o’rganilgan paleolit makonlarining o’ziga hos xususiyatlari mavjudligini qayd etish lozim. Jumladan, bu xududning muster davriga doir yodgorliklarni Qo’tirbuloq hamda Samarqand so’ngi paleolit guruhlariga birlashtirish mumkin (Djuraqulov.1987. Toshkenboyev,Suleymahoy. 1980) Bu ikkala yodgorliklar O’rta Osiyo miqyosida tayanch makonlardan hisoblanib, avvalam bor ko’p qatlamli, arxeologik manbalarga nihoyatda serob, madan qatlamlar esa davrlari o’tishi bilan buzilmasdan saqlanganligidadir. Arxeologik manbalarning o’rganilishi esa, bu yerda so’ngi paleolit madaniyati Qo’tirbuloq va Zirabuloq muster madaniyati negizida shakllanishini etirof qilish mumkin. Binobarin, mehnat qurollarini ishlab chiqarishda qo’llanilgan texnologik uslublari va so’ngi paleolit madaniyatida kuzatilgan bu boradagi muster davridan boshlab bu xududda yashagan jamoalar qo’shni yoki tutash mintaqa jamoalari guruhlari bilan malum aloqalar o’rnatgan. Xususan, Qo’tirbuloq makoni industriyasi Surxandaryodagi Teshik- Tosh, Toshkent viloyatidagi Obiraxmat madaniyati hamda Qayroqqum topilmalariga yaqinligi borligini kuzatish mumkin. Zikr etilgan yodgorliklarning madan qatlamlaridan topilgan arxeologik industriyaning vaqt va zamonda ilk qatlamga nisbatan Yuqori qatlamlarda mehnat vositalarining tobora takomillashuvi jarayonini kuzatilishi muhim omillardan bo’lib, ularning yaratilishi jarayonlar kuzatilinib, bu omillar mehnat taqsimotining tabora rivojlanishini ham ifodalaydi.[ Толстов ,1948. Б.43]

Shunday qilib, Samarqand atrofida o’rganilgan paleolit davri madaniyatining vujudga kelishi va shakllanishini avvalombor joyli ilk va o’rta paleolit madaniyati negizida vujudga kelganligini etirof qilish mumkin. O’rta Osiyo paleolit madaniyati to’g’risida elon qilingan ko’psonli asarlarda madaniy aloqalarning bir- biriga tasiri haqida turli mulohazalar mavjud. Masalan, arxeolog D. N. Lev Samarqand paleolit madaniyatining ayrim xususiyatlarini Mo’g’il-Sibir o’lkalarida o’rganilgan paleolit yodgorliklari mavjudligini etirof qilib, ibtidoiy jamoalar madaniyati mamlakatimiz janubidan shimoliy sharqqa qarab tarqalganligiga shama qilinganligi fanda inkor qilinmaydi. Binobarin turli mintaqa va maqul ekologik burchak va vohalarda yashagan jamoalar turmush tarzida madaniy aloqalar konvergensiya, divergensiya, diffuziya, innovasiya jarayonlari asosida, vaqt va zamonda sodir bo’lganligini etirof qilish mumkin. Ammo, bu jamoalar, qanday sharoitda yashagan bo’lmasin, o’z madaniyatining avtoxtonligi, mahalliy hususiyatlarni malum darajada saqlab, ezozlab, avlodlardan- avlodlarga yetkazgan. Bu kabi jarayonni Samarqand atrofida o’rganilgan paleolit madaniyatida, serob manbalar asosida kuzatish mumkin bo’lib, o’tmish yani ajdodlarimizning Markaziy Osiyo madaniyati taraqqiyotida tutgan o’rnini aniqlashda muhim ahamiyatkasb etadi. Samarqand shahri hududi va uning atrofida muster davri yani o’rta paleolit jamoalarining vorislari, yashagan so’ngi paleolit izlari Samarqand, Siobcha va Xojamazgil makonlaridagina iborat bo’lmasdan bu davr jamoalari keng qamrov hududda yashaganligidan dalolat beruvchi malumotlar qo’lga kiritildi. Xususan Yuqorida eslatilgan Dahbet ko’chasi atrofida, Registon maydonida, Afrosiyobning shimoliy sharqiy hududlarida, 1966 yili Ohalik qo’rg’onlari atrofida, Sazag’on qishlog’i yaqinida va boshqa joylarda olib borilgan kuzatuv va tadqiqot davomida muster ashyolari bilan bir vaqtda so’ngi paleolit ashyolari topilganligi bu fikrlarni tasdiqlaydi.Samarqand makoni haqidagi dastlabki malumotlar 30- yillarning oxirlaridan ma’lum. 2- jahon urushi tashvishlari tufayli bu yodgorlik 1958- yilgacha o’rganilmasdan keldi. Ya.G’.G’ulomov hamda V.A.Shishkinlarning qo’llab – quvatlashi tufayli yodgorlikni o’rganilish ishlari dastlab D.N.Lev, so’ngra 1970 yilga qadar uning shogirdlari tomonidan mutassil amalga oshirildi. So’ngi yillardagi tadqiqot ishlarida N.X.Toshkenboyev, R.X.Sulaymonovlar ishtirok etdilar. Ko’p yillik tadqiqotlar tufayli makonning ko’p qatlamli va manbalarga boyligi, hamda uning asl madaniyati Yuksakligi aniqlandi. Makondan 8 minga yaqin chaqmoqtosh ashyolari topilib, aksariyati xilma- xil mehnat qurollaridan iboratdir. Bu yerda O’rta Osiyoda dastlab so’nggi paleolit odam qoldiqlari topib o’rganilgan. Topilgan, jumladan, suyakdan, dengiz chig’anoqlaridan, toshdan yasalgan ziynat buYumlari, taqinchoqlar, qiziqarli san’at asarlarini o’z ichiga oladi. Samarqand so’nggi paleolit makoni industriyasi birinchi marta instrumental taxlil qilindi. Uni analitik tadqiq qilishda yetakchi olimlardan G.F.Korobkova va V.M.Massonlar hamkorlik qilishib, makon jamoalarining davriga nisbatan Yuqori madaniyatga erishganligini va bu makonning Markaziy Osiyoda tayanch yodgorlik ekanligi haqida yangi xulosalar olindi. Samarqand makonining sanasi haqida fanda turli mulohazalar mavjud bo’lib, paleolit davrining eng so’nggi bosqichlariga doirligi e’tirof qilinadi. (Ranov, Nesmyanov,1973; Djurakulov, 1987, Djurakulov, Korobkova, 2000, b. 285-462). Yangi ilmiy texnologik asosda o’rganilish tufayli olingan ma’lumotlar yodgorlikning so’nggi paleolitning rivojlangan davriga doirligi va uning sanasi 35-25 ming yillarga tengligi haqida yangi xulosalar qilindi. Ko’p ma’dan qatlamlarga ega bo’lgan bu makon hududidan topilgan chaqmoqtosh ustahonasi xilma- xil tosh qurollar ona urug’i tizimi shakllanish taraqqiyoti darajasida turgan bu jamoalarda turmush bilan bog’liq mehnat taqsimotlarining bir muncha rivojlanganligini ko’rsatadi. Makon qatlamlarida topilgan gulxan, o’choq, kapa- chayla qoldiqlari, qizil bo’yoq kabilarning topilishi ham qiziqarlidir. Turmush tarzi ozuqabop terim- termachilik va ovchilikdan iborat bo’lgan bu jamoalar bug’u – yirik ot, tuya, to’ng’iz, buqa kabi yovvoyi jonivorlarni ov qilishgan ekan. Makondan topilgan mehnat qurollari majmuasi tarkibida xar – xil qirg’ichlar, randalar, pichoqsimon buYumlar, iskana, qayroq qurollar kabilar ko’p bo’lib, ularning yasalishida qo’llanilgan texnik uslub Yuqori bo’lishi bilan bir vaqtda mustye davri yodgorliklari bo’lgan Qo’tirbuloq, Teshik- Tosh, Zirabuloq madaniyati an’analarining ayrim xususiyatlarini eslatadi. Samaraqand paleolit makoni manbalarini o’rganish bilan mamlakatimiz sarhadlarida bundan 35-30 ming yillar avval yashagan jamoalarining turmush tarzi, aloqalari va ma’naviy madaniyati haqida analetik xulosalar qilishda bu manbalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qiziqarli va tayanch yodgorlik haqida maxsus asarlar e’lon qilingan.

1969- yilda Samarqand shaxrining g’arbiy qismidan o’tadigan Chashma- Siob daryochasining Siob bilan tutashgan qirg’og’idan paleolit davriga oid dastlabki topilmalar qo’lga kiritilgan edi. Keyinchalik arxeolog N.Toshkenboyev bu joyda tadqiqot ishlari olib borib so’ngi paleolit davriga oid makon mavjudligini aniqlab, tekshirish natijasida ko’plab arxeologik manbalarni qo’lga kiritishga erishdi. So’ngi yillarda qurilish bilan bog’liq ishlar davomida makonning bir qismi buzulganligi ma’lum bo’ldi. Makoning bir qismida saqlangan yer qatlamining 2,8–3 metr chuqurlikdagi yotqiziqda buzilmagan ma’dan qatlami o’rganildi. Topilgan mexnat qurollari xususan, qirg’ich, tosh pichoqlar, nayzasimon asboblar, randa va boshqa buYumlar xamda toshni parchalashda hosil bo’lgan o’zaklar, ular uchun ishlatilgan texnologik usullar esa Samarqand paleolit makoni madaniyatiga yaqinligidan guvohlik beradi. [Холматов,1991.Б.4-32]

Arxeologik qazishma ishlari jarayonida makonda ikkita madaniy qatlam borliligi aniqlanib, ulardan qiziqarli arxeologik manbalar topishga erishilgan. Xususan, tosh buumlarning tipologik tahlili natijasida tadqiqotchilar makonni mezolit jamoalariga tegishli ekanligidek xulosa chiqarishganlar.

Xulosa qiladigan b’lsak, Vatanimiz sarhadlari na faqat O’rta Osiyo, balki Butun Sharq dunyosida qadimgi, ko‘hna madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Buni tadqiq etilgan ko’p sonli tarixiy-madaniy yodgorliklar o’rganilishi jarayonida qo’lga kiritilgan arxeologik manbalar ko’rsatib turibdi.

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati

1. Исламов У.И. Проблемы происхождения человека в Средней Азии.// К истокам истории древнекаменного века Средней Азии.-Ташкент, 1996, с.15-22.

2. Виноградов А.В. Неолитические памятники Хорезма. – МЭХ, вып.8. – М.: Наука, 1967; Виноградов А.В. Кўрсатилган адабиёт. 1981. С.78-90.

3.Низовья Амударьи, Сарыкамыш, Узбой. История формирования и заселения. – МХЭ, вып.3. – М., 1960. С.34-36.

4.Толстов С.П. Древней Хорезм. – М.: Издательство МГУ, 1948

5.Гулямов Я.Г., Исламов У., Аскаров А. Первобытная культура и возникновение орошаемого земледелия в низовьях Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1966; Коробкова Г.Ф. Орудия труда и хозяйство неолитических племен Средней Азии. МИА, №158. – Л.: Наука, 1969.

6.Холматов Н.У. Новые неолитические памятники на староречьях Зеравшана. // Новые открытия в Приаралье, вып. 1, М., 1991. С.4-32; Холматов Н.У. К хронологии келтаминарских материалов староречий Зарафшана. ИМКУ, Вып.34, Самарканд, 2004. С.17-25.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.