ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

O’SMIRLAR PSIXOLOGIYASI: MUHIM O’ZGARISHLAR VA RIVOJLANISHLAR

Özet

ushbu maqolada o’smir yoshdagi bolalar organizmida kevhadigan jarayonlar, xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik o’zgarishlari va hamda ota-onalar uchun tavsiyalar bayon etilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

RIVOJLANISHLAR

Sobirova Lobar Raximovna

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi

“Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada o’smir yoshdagi bolalar organizmida kevhadigan jarayonlar, xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik o’zgarishlari va hamda ota-onalar uchun tavsiyalar bayon etilgan. Kalit so’zlar: o’smirlik, o’spirinlik, psixologik, ijtimoiy, kognitiv rivojlanish, noverbal aloqa, ijtimoiy media, inqiroz, balog’at, kechinmalar, psixologik tuzilmalar

O'smirlik davri - bu muhim o'zgarishlar va rivojlanish davri. O’smirik yillari – otaonalar uchun ham, bolalar uchun ham murakkab davr. Bu yoshda farzandllar ham o’z fikrini to’g’ri deb hisoblashadi. Ota-onalar ham kichkintoy deb hisoblab yurgan bolasining endi o’z fikrlari, o’z qarashlari, o’z qadriyatlarini bayon qilishlarini qabul qilishlari qiyin bo’ladi. O’tish davri yoki o’smirlik bu – bolaning katta insonga aylanishining uzoq va qiyin bosqichi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti o’smirlarni 10 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan bolalar va yoshlar deb belgilaydi. Bu davrda inson nafaqat jismonan, balki psixologik jihatdan ham o’sadi.

O’spirinlik davri- bu shaxsning qaramlik darajasini shakllantirishi mumkin bo’lgan davr bo’lib, turli madaniy nuqtayi nazarlarga ko’ra turli yo’llar bilan belgilanishi mumkin. Shaxsiy tajriba insonning madaniy me’yorlari yoki urf odatlari bilan belgilanadi, yoshlarning qaramlik darajasi esa oilasiga hissiy va iqtisodiy jihatdan qanchalik tayanishini anglatadi. Bu davrda o’smirda turli psixologik o’zgarishlar bo’ladi. O'smirlar rivojlanishining asosiy xususiyatlari

- Jismoniy Rivojlanish O'smirlik davri - bu tez sur'atlar bilan jismoniy o'sish davri. Balandlik va vaznning keskin o'sishi kuzatiladi.

- Kognitiv Rivojlanish O'smirlar abstrakt fikrlash, muammolarni hal qilish va mulohaza yuritish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

- Ijtimoiy-Emotsional Rivojlanish Shaxsning o'z-o'zini anglashi, ijtimoiy munosabatlar va o'ziga xos qadriyatlar shakllanadi. O'smirlik davrida shaxsning ijtimoiy-psixologik o'zgarishlari

1. Mustaqillikka intilish O'smirlar o'zlarining mustaqilligini va o'ziga xosligini

namoyon qilishni istaydi.

2. O'ziga xos qadriyatlarni shakllantirish Ular o'zlarining qadriyatlari va e'tiqodlarini

shakllantiradi, ularni oila va jamiyatdan farqlash mumkin.

3. Ijtimoiy aloqalar O'smirlar o'z tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlarni muhim deb

hisoblaydi va guruhlarga qo'shiladilar.

O'smirlik davrida o'z-o'zini anglashning o'zgarishi

1. Kimman ? Ular o'zlarini kim deb hisoblaydi? Qiziqishlar, qobiliyatlar va

e'tiqodlarni aniqlash.

2. Nima? Ular nimaga qiziqishadi? O'ziga xos qiziqishlar, hobbi va martaba tanlovlari

3. Qayerda? Ular o'zlarini qayerga tegishli deb hisoblaydi? Jamiyatdagi o'rni va

guruhlar.

4. Qanday? Ular qanday odam bo'lishni istaydi? Shaxsning qadriyatlari va maqsadlari.

O'smirlik davrida kommunikativ xususiyatlar, quyidagilar:

Til

O'smirlar o'zlarining tengdoshlari bilan muloqot qilish uchun o'ziga xos til va

slenglardan foydalanadilar.

Ijtimoiy Media

Ular ijtimoiy media orqali muloqot qilish, g'oyalarni almashish va o'zlarini ifoda

etish uchun keng imkoniyatlarga ega.

Noverbal Aloqa

O'smirlar his-tuyg'ularini ifoda etishda tanadagi imo-ishora

va yuz ifodalari muhim rol o'ynaydi.

Psixolog L.S.Vigotskiy o’smir yoshi psixologiyasini,,psixik rivojlanishdagi inqiroz’’ deb nomlagan. O’smirlik davridagi inqiroz-o’smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o’zgarishi, buzilishidir. U 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keying davrlar ota-onalar va o’qituvchilar tomonidan subektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi.

Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun taxminlarni yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J. Piajening ta’kidlashicha “Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri –til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi. Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. O’smir farzand tarbiya qilayotgan yoki bo’lajak ota-onalar uchun tavsiyalar:

- Bunday davrda o’smir bilan qanday muoloqot qilish kerak Balog’at davrini hech kim chetlab o’tolmaydi. Farzandlaringiz ulg’aymoqda, sizdan uzoqlashmoqda va bu normal holat. O’smirning o’zini topishi va mustaqil bo’lishiga urunishlarini rag’batlantirib, uni asta sekin qo’yib yuborishga tayyor bo’ling.

- Bu yoshdagi o’zingizni eslang Albatta, siz ham farishta bo’lmagansiz, siz ham ota-onangizni asablarini buzgansiz. Agar o’zingizni o’smirdek his qilsangiz, gormonlar va tengdoshlarining fikri bilan boshqariladigan bolangiz bilan gaplashish osonroq bo’ladi.

- Farzandlaringizning sevimli mashg’ulotlarini qo’llab quvvatlang Agar farzandingiz o’zini qiziqtirgan narsa haqida siz bilan gaplashishga tayyor bo’lsa ajoyib. Bu shuni anglatadiki, gormonal bo’ronlarga qaramay, orangizdagi aloqa saqlanib qolgan. Bunday paytda uning tanlovi va samimiy qiziqishiga hurmat ko’rsatish kifoya.

- Unga yangi tanasi bilan kelishishiga yordam bering O’smirlar uchun juda tez o’zgarib turadigan yangi tanasi bilan kurashish oson emas. Hech qachon uning tashqi ko’rinishini tanqid qilmang. Aksincha, unga o’zining yangi shaxsini qabul qilishiga va sevishiga yordam bering. Uning o’z-o’zini qadrlashini qo’llabquvvatlang, boshqa odamlar bilan solishtirmang. Sportga rag’batlantiring, birga stadionga yoki sport zaliga olib boring.

- Savollar va maslahatlar bilan bosim o’tkazmang O’smirlar ko’pincha haddan tashqari g’amxo’rlik,maslahatlar va so’roqlarga o’xshash suhbatlardan jahli chiqadi. Agar bola istaklarsiz javob bersa, taktikani o’zgartiring.Kamroq gapiring, ko’proq tinglang va unga gapirish imkoniyatini bering. U bilan kattalar kabi suhbat quring.

- Xato qilishiga ruxsat bering Farzandingizni qattiq nazorat ostida ushlamang, uning uchun hamma narsani hal qilishni to’xtating. Siz maslahat berishingiz, noto’g’ri qadamning mumkin bo’lgan oqibatlari haqida gapirishingiz mumkin, lekin o’smirga muommoga duch kelishiga imkon bering. Aksariyat hollarda u bundan saboq oladi. Shunchaki uni: “Men senga aytgandim” degan jumla bilan boshlamang

- Ko’proq quchoqlang O’smir qanchalik qaysar va asabiy bo’lib ko’rinmasin, u vaqti-vaqti bilan ota-onasining mehriga muhtoj. Bag’riga bosish-g’amxo’rlik va xavfsizlik belgisi. Muhimi, uni omma ko’z o’ngiga, tengdoshlari oldida erkalab, quchoqlamang.

- Farzandingizni qanday bo’lsa shunday qabul qiling Aslida bu qoida nafaqat o’smir bilan, balki har qanday odam bilan muloqot qilish uchun qo’llaniladi. Farzandingizni o’z munosabatingiz va qarashlaringizga muvofiq qayta yasashga urinmang. U qanday bo’lishidan qat’iy nazar mehr berish kerak bo’lgan alohida odam. Xulosa va tavsiyalar O'smirlik davri - bu o'zgarishlar va rivojlanish davri. O'smirlarga tushunish, qo'llabquvvatlash va muvaffaqiyatli rivojlanish uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimdir. Ushbu ma'lumotlar o'smirlarning muvaffaqiyatli kelajagini shakllantirishga yordam beradi. Ta’lim muassasalarida pedagoglar o’smirlarga ta’lim berishda quyidagilarga e’tibor berishlari muhim: - o’smirning darsdagi faoliyati - maktab jamoasiga munosabati - tengdoshlar bilan hamfikrlilikning yo’lga qo’yilganligi - o’quv jarayonidagi o’quvchilarning qiziqish va e’htiyojlariga e’tiborli bo’lishi -mustaqil fikrlashlari uchun o’zlarini qiziqtirgan soha bo’yicha faoliyat olib borishlari uchun sharoit yaratilishiga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya.- T.:TDPU, 2014 y. 2. Karimova V.M., Akramova F.A. "Psixologiya". 1-qism. Ma'ruzalar matni. -T.: TDIU, 2005. - 208 b. 3. E.G'oziev. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent. "O'qituvchi". 1990. 4. Umumiy psixologiya. A.V.Petrovskiy tahriri ostida. "O'qituvchi", T., 1992.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.