ICHKI AUDIT XIZMATINING TAKOMILLASHTRISH
Asrayeva Munisa
International school of finance and technology institute magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy nazoratida ichki audit xizmatining takomillashtirilishi masalasi yoritilgan. Maqolada ichki auditning davlat boshqaruv tizimidagi ahamiyati, uning moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda o‘rni va davlat budjetining to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlashdagi roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ichki audit xizmatining zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tajriba va standartlarga mos ravishda uning faoliyatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqola ichki auditni samarali tashkil etish uchun tavsiyalar va amaliy yo‘riqnomalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlarga to‘xtaladi. Mazkur izlanish ichki audit tizimining kuchaytirilishi va uning davlat boshqaruvida yangi yuksakliklarga erishishidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: audit; ichki audit; rivojlanish; mexanizm, moliyaviy nazorat, tashqi audit, ichki audit, ichki audit xizmati bo‘limi yig‘ma hisoboti, ichki audit natijalari, ustav, kuzatuv kengashi, bo‘lim boshlig‘i, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati tizimi mamlakat iqtisodiyoti va davlat boshqaruvining samarali ishlashi uchun alohida ahamiyatga ega. Davlat byudjeti va moliyaviy resurslarning to‘g‘ri va samarali ishlatilishi, davlat xizmatlarining sifatli ko‘rsatilishi, shuningdek, moliyaviy va iqtisodiy xavf-xatarlarni minimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tizimning samarali ishlashi uchun ichki audit xizmati katta ahamiyat kasb etadi. Ichki auditning asosiy vazifalari moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi va aniqligini ta'minlash, moliyaviy resurslarning samarali va maqsadga muvofiq ishlatilishini nazorat qilish, tashkilotning ichki nazorat tizimini mustahkamlashni asosiy vazifa sifatida belgilaydi.
Biroq, global iqtisodiy o‘zgarishlar, yangi texnologiyalar, xalqaro moliyaviy standartlar va audit usullarining rivojlanishi bilan ichki audit xizmati ham doimiy ravishda takomillashtirishni talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ichki audit tizimining samaradorligini oshirish, uning xalqaro tajribalarga asoslangan ilg‘or usullardan foydalanishini ta'minlash zarurati mavjud. Bu, ayniqsa, davlat byudjeti va moliyaviy resurslarining to‘g‘ri boshqarilishini kafolatlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda, shuningdek, davlat organlarining faoliyatini shaffofligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Ichki audit xizmatining bugungi holati, uning mamlakat iqtisodiyoti va davlat boshqaruvida o‘rni, hamda tizimdagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ichki auditni takomillashtirishning zamonaviy usullari, xalqaro tajribadan foydalanish va audit faoliyatini samarali tashkil etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola ichki auditning samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar, amaliy yondashuvlar va texnologik yangiliklarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli tahlilni taqdim etadi. Ushbu izlanish ichki audit xizmati tizimining mustahkamlanishi va uning davlat moliyaviy nazoratida yangi yuksakliklarga erishishidagi ahamiyatini izohlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611 qarori yurtimizda hisob siyosatida yangi sahifa ochildi. Bu jarayonlar O‘zbekiston korporatsiyalari faoliyati ustidan ichki nazoratni tashkil etishda muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lib, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishning boshqa talablarini ilgari suradi.
Mamlakatdagi korxonalar ichki auditi tizimining asosiy vazifasi –maxsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va tan narxini pasaytirish yo‘llarini izlab topishdir. Ichki auditor yana korxonaning mehnat unumdorligini va samaradorligini oshirish bo‘yicha maslaxatlar berishi kerak. Iqtisodiy tizimning buzilishini tekshirish ko‘p mehnat talab qiladigan auditdir. Bunda korxona moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari o‘rganiladi. Ichki auditor korxonada u yoki bu rivojlanish yo‘nalishini ma’qullashi yoki ma’qullamasligi mumkin. Ichki audit maqsadi korxona xodimlarining qonun hujjatlariga, me’yoriy hujjatlarga va kasb faoliyati standartlariga rioya etishini nazorat qilish, tamonlar manfaatlari o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish, korxona amalga oshirayotgan operatsiyalarning xususiyatlari va ko‘lamlariga mos ishonchlilikni ta’minlash xamda korxona faoliyatidagi xatarlarni kamaytirish yo‘llaridan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit qonun va me’yoriy hujjatlarga asosan tashkil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 27 sentyabrdagi PQ-475-son qaroriga, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash choratadbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga muvofiq aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarda ichki auditni tashkil etishga qo‘yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslarini belgilash maqsadida «Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizom» qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu Nizom xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil qilish tartibi ko‘rsatilgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.
1-rasm. Mikrodarajadagi nazorat tizimi
Ichki audit bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik Nizomi va vazirlikning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu bo‘lim korxonaning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va o‘z vakolati doirasidagi masalalar yuzasidan korxona rahbariga bo‘ysunadi va hisobot beradi. Shuningdek, bo‘lim korxonada ichki auditorlik nazoratini o‘tkazish, shuningdek, korxona ichki nazorat tekshiruvlari rejalari va ichki audit natijalari bo‘yicha hisobotlarini mustaqil ravishda
Mamlakatning ichki auditi tayyorlaydi. Bizningcha, korxonalar ichki audit xizmati bo‘limining asosiy vazifalari, funksiyalari va huquqlari quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
1-jadval
Ichki audit bo‘limining asosiy vazifa va funksiyalari hamda huquqlari
Bo‘limning asosiy
vazifalari
Bo‘limning asosiy
funksiyalari
Bo‘limning asosiy
huquqlari I.Korxona kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki auditorlik tekshiruvlari natijalari bo‘yicha kompaniya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. II.Korxonada o‘tkazilgan ichki audit tekshiruvlari jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ularni bartaraf etish ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha kompaniya boshqaruv organlariga tavsiyalar III.Kuzatuv kengashi va ijro etuvchi organni kompaniya faoliyatida aniqlangan firibgarlik va qonun buzilish holatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida
I.Korxonaning kuzatuv
kengashi tomonidan har
yili tasdiqlanadigan
rejaga muvofiq ichki
nazorat tekshirishlarini
amalga oshirish.
II.Korxonaning tarkibiy
bo‘linmalariga
buxgalteriya hisobini
yuritish va moliyaviy
hisobotlarni tuzishda
uslubiy yordam
ko‘rsatish, ularga
moliyaviy, soliq, bank va
boshqa qonunchilik
masalalari bo‘yicha
maslahat berish.
III.Korxona kuzatuv
kengashiga tashqi
auditorlik tashkilotlarini
xizmatini tanlash uchun
texnik topshiriqlarni
ishlab chiqishda, ularning
takliflarini baholashda
ko‘maklashish,
shuningdek auditorlik
I.Korxona hujjatlarini
olish (buyruqlar,
farmoyishlar, boshqaruv
organlarining qarorlari,
ma’lumotnomalar, hisob-
kitoblar, zarur
hujjatlarning tasdiqlangan
nusxalari va boshqa
hujjatlar), ichki auditni
amalga oshirish
jarayonida yuzaga
keladigan masalalar
bo‘yicha kompaniyaning
mansabdor va mas’ul
shaxslaridan og‘zaki va
yozma tushuntirishlar
olish; Ichki auditni
o‘tkazishda yordam
berish uchun korxonaning
tegishli mutaxassislarini
jalb qilish.
II. Ichki audit
xizmatining joriy davr va
istiqboldagi asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha
korxona kuzatuv xabardor qilish, shuningdek, korxona boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish.
tekshiruvini o‘tkazish
uchun tashqi auditorlik
tashkilotini tanlashda
tavsiyalar tayyorlash.
kengashiga takliflar
III. Kuzatuv kengashi
qarorlari, korxona ijro
etuvchi organining
buyruqlari va boshqa
qarorlari, korxona tashqi
auditorining tavsiyalari
va ko‘rsatmalarining
bajarilishini nazorat
qilish.
Korxonalarda ichki audit faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan tekshirishlar va monitoring o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda korxonaning tasdiqlangan biznes-rejasining bajarilish holati, korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilinishi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot holati, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligi, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya qilish, aktivlar holati, ichki nazorat holati o‘rganiladi. O‘tkazilgan ichki audit tekshiruvlari natijalari bo‘yicha ichki auditning yig‘ma hisoboti tayyorlanadi. Mazkur yig‘ma hisobotda biznes-reja bajarilishining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari tahlili, biznes-rejaning bajarilmasligiga aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar to‘g‘risida ma’lumot va rejaning bajarilmaslik sabablari, korxonaning boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning natijadorligi tahlili, korxona ustav(nizomi) talablariga rioya etilishi va korporativ boshqaruv sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik holatlarining tavsifi (korxona boshqaruv organlarining umumiy yig‘ilishlari va majlislarini o‘tkazilishi va boshqalar) ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha, ichki audit natijalari bo‘yicha yig‘ma hisobotda yuqoridagilar bilan birga korxonaning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish natijalari, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi hamda korxona ichki nazorat holatini tekshirish natijalari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar kiritilishi zarur. (2-chizma)
2-rasm. Ichki audit natijalari bo‘yicha yig‘ma hisobotda aks ettiriladigan
ma’lumotlar.
Buxgalteriya
hisobi va
moliyaviy
hisobotni
tekshirish
natijalari
bo‘yicha
ma’lumotlar
Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishning
belgilangan tartibiga rioya etilishini baholash
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha
belgilangan tartib-qoidalarning aniqlangan buzilishlarining tavsifi
Soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni
hisoblash va to‘lashning belgilangan
tartibini buzish
holatlari va soliq
solinadigan bazani
aniqlashda me’yordan
og‘ishishlar
Tegishli organlarga tuzilgan va taqdim etilgan soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarning to‘g‘riligini baholash
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning
belgilangan tartibini buzish holatlari va soliq solinadigan bazani
aniqlashda me’yordan og‘ishishlar
Moliya-xo‘jalik
operatsiyalarini amalga oshirishda
qonunchilikka
rioya etilishi
bo‘yicha
ma’lumotlar
Amalga oshirilgan moliya-xo‘jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga
muvofiqligini baholash
Ichki audit davomida aniqlangan qonunbuzilish va moliyaviy hisobotni
buzib ko‘rsatish holatlari tavsifi
Korxona ichki
nazorat
holatini
tekshirish
natijalari
bo‘yicha
ma’lumotlar
Ichki nazorat tizimi va uning faoliyatidagi mavjud kamchiliklar tavsifi
Korxona tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomining holati va ijro intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Korxonaning mavjud mulki va mablag‘larining holatini tekshirish natijalari inventarizatsiya natijalariga asoslanishi va ular harakati, mavjudligi va saqlash holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim. Ichki auditning yig‘ma hisobotida korxona tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini baholash, aniqlangan me’yordan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar hamda tekshiruvni amalga oshirgan ichki auditor fikrini asoslovchi dalillar nusxalari kiritilishi shart. Ichki audit natijalari bo‘yicha yig‘ma hisobot ichki audit xizmati rahbari tomonidan tuzilib, ushbu hisobot kirish, analitik qism, oxirgi qism va to‘plangan dalil hujjatlari to‘plamidan iborat bo‘lmog‘i lozim. Mazkur ichki auditning yig‘ma hisoboti ichki auditorlik tekshiruvlari tugaganidan so‘ng o‘n kun ichida tayyorlanishi hamda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonaning kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Hisobotlar nusxalari tasdiqlanganidan keyin korxona rahbari (o‘rinbosari)ga taqdim etiladi. Shuningdek, korxona kuzatuv kengashi yoki rahbari ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi hamda ko‘rilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishi ichki auditorlar tomonidan nazorat qilinishi maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Arens A., Lobbek Dj. Audit. /Per. s angl. pod red. Ya.V. Sokolova. – Moskva: Finansы i statistika, 2023. – 560 s. 2. Axmedjanov K.B. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ichki auditning uslubiy usullari, tekshiruv ob’ektini tanlashning aniqlash masalalari. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 2024. – № 4, iyul-avgust. 3. Axmedjanov K.B. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit metodologiyasini takomillashtirish: iqd.f.nom. diss.avtoref. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi bankmoliya akademiyasi, 2022. – 76 b. 4. Dusmuratov R.D. Audit asoslari: darslik. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2023. – 612 b. 5. Meliev I.I. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uslubiyati: muammo va yechimlar: monografiya. – Toshkent: VNEShINVESTPROM, 2024. – 191 b. 6. https://www.imv.uz. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sayti
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.