BANKLARINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Aliyarov Olim Abdug‘aparovich
Termiz davlat universiteti Iqtisod va turizm fakulteti o‘qituvchisi
oaliyarov@umail.uz
Annotatsiya: Mamlakatimizda samarali pul-kredit siyosatini olib borishda rivojlangan davlatlarda qoʻllaniladigan tizimlarni tanishtirish va ularning amaliy ahamiyatini asoslashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalarni shakllantirish zarur boʻlib qoladi. Ushbu tadqiqotda samarali pul-kredit siyosatini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar ilmiy asosga ega.
Kalit so‘zlar: pul-kredit siyosati, milliy valyuta, inflyatsiya, valyuta kursi, qayta moliyalashtirish stavkasi, talab qilinadigan rezerv nisbati, ochiq bozor siyosati , markaziy bank stavkalari.
MONETARY CREDIT POLICY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN,
PURPOSES AND DUTIES OF COMMERCIAL BANKS
Abstract: In order to conduct an effective monetary policy in our country, it is necessary to introduce the systems used in developed countries and to formulate scientific and practical conclusions and recommendations that serve to justify their practical importance. In this study, measures to study effective monetary policy have a scientific basis. Key words: monetary policy, national currency, inflation, exchange rate, refinancing rate, required reserve ratio, open market policy, central bank rates.
Key words: monetary policy, national currency, inflation, exchange rate, refinancing rate, required reserve ratio, open market policy, central bank rates.
ДЕНЕЖНО-КРЕДИТНАЯ ПОЛИТИКА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН,
ЦЕЛИ И ОБЯЗАННОСТИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Аннотация: Для проведения эффективной денежно-кредитной политики в нашей стране необходимо внедрить системы, используемые в развитых странах, и сформулировать научно-практические выводы и рекомендации, служащие обоснованию их практической значимости. В данном исследовании меры по изучению эффективной денежно-кредитной политики имеют научную основу.
Ключевые слова: денежно-кредитная политика, национальная валюта, инфляция, обменный курс, ставка рефинансирования, норма обязательных резервов, политика открытого рынка, ставки центрального банка.
KIRISH
“Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichi banklar tomonidan turli yoshdagi odamlarning paydo bo‘ladigan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xizmatlar ko‘lamining har tomonlama kengayishi bilan tavsiflanadi”. Ular orasida jismoniy shaxslarga kredit berish alohida ahamiyatga ega.Kredit operatsiyalari bank faoliyatining eng jadal rivojlanayotgan yo'nalishlaridan biri bo'lib, ular daromadlarining katta qismini keltiradi. Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga kredit berish aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi va barqaror rivojlanish bilan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlariga hissa qo'shadigan milliy iqtisodiyotning o'ta muhim elementi hisoblanadi. “Bozor munosabatlari kredit munosabatlarining rivojlanishiga yordam beradi, chunki kredit berish va aholining xarid qobiliyatini rag‘batlantirish uy-joy qurilishi yoki ishlab chiqarish, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida iqtisodiyfaollikni tezlashtiruvchi omillardan biridir. Aholining ehtiyojlarini qondirish uchun kredit tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan vaqtinchalik imtiyozlarga qaramasdan, to'lanmagan qarzlarning mavjudligi har doim fuqarolarning moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun xavf hisoblanadi”. Bank faoliyatini takomillashtirish, bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash masalalari bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining markazida turibdi. Bank tizimi milliy iqtisodiyot tizimining eng muhim elementidir. Banklar kredit vositachisi sifatida pul oqimlarini to'plash va ularni hududiy va tarmoq jihatlarida iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasida qayta taqsimlash qobiliyatidan iborat bo'lgan aniq funktsiyalarni bajaradilar. Ushbu funktsiyalarni amalga oshirish orqali banklar barqaror iqtisodiy o'sishni rag'batlantiradi.
Markaziy bank boshqaruvi 2024-yil 25-apreldagi yigʻilishida iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlarga fundamental monetar omillar taʼsiri bosqichma-bosqich kamayib borayotgani va shu bilan birga ayrim tartibga solinadigan tariflarning erkinlashtirilishi umumiy inflyatsiyaga bir martalik taʼsir koʻrsatishini inobatga olib, asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi. Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayishda davom etib, mart oyida yillik 8 foizni tashkil etdi. Bunda, oziqovqat tovarlari inflyatsiyasida sezilarli pasayish kuzatildi. Tashqi oziq-ovqat bozorlaridagi narxlar dinamikasi import inflyatsiyasiga pasaytiruvchi taʼsir koʻrsatdi.
Iqtisodiyotda yuqori talabning saqlanib qolayotgani hamda ayrim tartibga solinadigan narxlar va tariflarning oshirilishi sharoitida xizmatlar inflyatsiyasi soʻnggi oylar davomida barqaror oʻsib bormoqda. Bazaviy inflyatsiya sezilarli sekinlashib, mart oyida yillik 7,6 foiz va yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasidan pastroq shakllandi. Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari inflyatsiyaning joriy va prognoz darajasidan yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, tartibga solinadigan narxlarning toʻgʻrilanishi va aprel oyidan bir qator tovar va xizmatlarga QQS joriy etilishi taʼsirida inflyatsion kutilmalar dinamikasi yuqorilashi mumkin. Yuqoridagi omillarni hisobga olib, yangilangan makroiqtisodiy prognozlarga koʻra, asosiy ssenariy boʻyicha 2024-yilda umumiy inflyatsiya prognozi 9-11 foizgacha oshirildi. Prognoz koridorining nisbatan kengligi tariflar oshirilishi munosabati bilan aholiga taqdim etiladigan bir martalik toʻlovlar, ijtimoiy norma va ikki oylik imtiyozli davr mazkur oʻzgarishlar taʼsirini yumshatish imkonini berishi hamda hozirgi paytda ushbu oʻzgarishlarning aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalariga taʼsirini baholash murakkabligi bilan izohlanadi. Inflyatsiya prognozining yuqori chegaralarida ham taʼminlanayotgan pul-kredit sharoitlarining inflyatsiyaga monetar omillar taʼsirini cheklovchi va milliy valyutada jamgʻarishni ragʻbatlantiruvchi xususiyatlari saqlanib qoladi.
Pul-kredit sohasida amalga oshirilgan islohotlar jarayonida asosiy e'tibor quyidagi jihatlarga qaratildi:
valyuta siyosatini erkinlashtirish;
bank xizmatlari ommabopligini oshirish;
inflyatsion targetlash tartibiga bosqichma-bosqich o‘tish;
bank sektorini erkinlashtirish.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning I choragida iqtisodiyotning oʻsish surʼati 6,2 foizgacha tezlashdi. Xizmat koʻrsatish, chakana savdo aylanmasi va qurilish sohalaridagi yuqori oʻsish surʼatlari, shuningdek, ishlab chiqarish va togʻ-kon sanoati sohalarida investitsion faollikning oshishi kuzatildi. Mehnat bozorida ishchi kuchiga boʻlgan talab sezilarli darajada oshib bormoqda. Biroq ishchi kuchi taklifida maʼlum segmentatsiya mavjud boʻlib, yuqori malakali sohalarda talabning toʻliq qondirilmayotganligi kuzatilmoqda. Bu esa tegishli sohalarda ish haqlarining yuqoriroq oʻsishiga olib kelmoqda. Soʻmning real almashuv kursi dinamikasi yil boshidan 0,9 foizga qadrsizlanib, uzoq muddatli trendi doirasida shakllandi. Tashqi savdo hamkorlar milliy valyutalari kurslari va inflyatsiyalari boʻyicha prognozlarni inobatga olganda real almashuv kursiga nisbatan bosimlar kuzatilmayapti. Yangilangan prognozlarga koʻra, YaIM oʻsishi yil yakuniga 5,2-5,7 foiz oraligʻida boʻlishi kutilmoqda. Tashqi savdo. Joriy yilning I choragi yakunlariga koʻra, eksport (oltinsiz) oʻsish dinamikasi asosiy ssenariy prognozlari doirasida shakllanib keldi. Shu bilan birga, geosiyosiy vaziyatdagi noaniqliklarning davom etishi, joriy yil oxiriga qadar yetakchi markaziy banklar tomonidan pul-kredit sharoitlarining yumshatish sikli boshlanishi haqidagi taxminlar va oltinga boʻlgan talabning oshib borishi, oʻz navbatida, oltin narxi oshishining asosiy omillaridan boʻlmoqda. Shuningdek, jahonda atom energetikasining roli ortib borayotganligi sababli uran qimmatlashishi va Xitoy ishlab chiqarish sektoridagi ijobiy tendensiyalar tufayli mis narxining oʻsishi joriy yilda oltinsiz eksport dinamikasini qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Mehnat bozoridagi faollik yanada kengayib, xizmatlar va savdo sohalari bozordagi faollikni qoʻllab-quvvatlovchi asosiy tarmoqlardan boʻlib qoladi. Biroq, ishchi kuchi taklifining hali ham talabga nisbatan tarkibiy jihatdan muvozanatsiz boʻlib qolishi, iqtisodiyotda sohalar kesimida ish haqining oʻsish surʼatlarida farqlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi va Jahon banki tomonidan yangilangan prognozlarga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsishi mos ravishda 5,2 va 5,3 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda (1.1.2-rasm).
Iqtisodiy oʻsishning yanvar oyidagi prognozlarga nisbatan biroz (0,2-0,3 foiz bandga) pasaytirilishi global talabning qisqarishi fonida fiskal konsolidatsiya jarayonlari va savdo-hamkor davlatlarga eskport oʻsishining maʼlum darajada kamayishi bilan izohlangan.
Soʻnggi choraklarda umumiy va bazaviy inflyatsiya darajalari barqaror pasayishda davom etdi. Bu iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlarga fundamental monetar omillar va tashqi sharoitlar taʼsiri kamayib borayotgani bilan izohlanadi. Shu bilan birga, ayrim tartibga solinadigan narxlarning bosqichma-bosqich oshirilishi kelgusida inflyatsiyaga oshiruvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin. Oxirgi 12 oy davomida inflyatsiya darajasi pasayib borishi bilan pul-kredit sharoitlarining qatʼiylik darajasi saqlab qolinmoqda. Bundan tashqari, ichki valyuta bozoridagi oldi-sotdi amaliyotlari bo‘yicha hisobkitoblar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan valyuta interventsiyalari strategiyasi” tasdiqlandi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, Markaziy bank pul-kredit siyosati mexanizmlarini inflyatsion targetlash rejimiga muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlarni faol davom ettirib kelmoqda. Asosiy maqsad esa, ta'sirchan pul-kredit siyosatini yuritish orqali o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta'minlash va inflyatsiya darajasini maqsadli ko‘rsatkichga qadar pasaytirishdan iborat. Bunda, albatta pul-kredit siyosatining mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyati ham ortib boradi.Ushbu rejalarni amalga oshirish doirasida moliya sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish va kichik biznesni moliyalashtirish ekotizimini rivojlantirishga ham asosiy e'tibor qaratiish kerak.
ADABIYOTLAR
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020–2025 yillargamo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilishstrategiyasi to’g’risida” gi Farmoni. PF-5992-son. 12.05.2020 y.
2. https://cbu.uz/uz/monetary-policy/reviews/1687916/
3. http://www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bazasi sayti20.https://www.imv.uz
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi sayti.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi sayti http://www.soliq.uz
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi sayti - http://www.stat.uz
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.