RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
Saidova Parvina Mirzo qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi
parimirzaevnadtpi@gmail.com
Abduhalimova Mahbuba Abdumalik qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
mahbubaabduhalimova@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogning kasbiy kompetentligi va uni rivojlantirish yo’llari, kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari, kompetensiya tushunchalarining o’zaro uzviy bog’liqligi va farqlari haqida keltirilgan.
Kalit so’zlar: qobiliyat, salohiyat, “o’qituvchi-o’quvchi” o’zaro aloqasi, o’z-o’zini rivojlantirish, rahbarlik, faoliyat, kasbiy kompetentlik, kompetensiya.
Kirish. Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi – jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o‘z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompetentlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanida psixologik-pedagogik kompetentlik tushunchasi pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega bo‘lish degan xulosaga kelinadi. “Kompetentlik” so‘zining ma’nosi xabardorlik, obro‘, o‘z sohasi bo‘yicha keng qamrovli tushuncha va tajribaga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Kompetensiya - shaxsiy sifat bo‘lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy hayotda ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va malaka hisoblanadi.
Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks etiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo, pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Shu nuqtai–nazardan Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Bizning fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak” deb ta’kidlaydi.
Asosiy qism. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish, har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi.
Kompetensiya inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa, “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli, kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Kompetentlik va kompetensiya inson umri davomida, faoliyatida u bilan hamohang yashaydigan tushunchalardan biri desak, mubolag’a bo’lmaydi. Kompetentlik - bilimdonlik, kasbga moslik, malakalilik, tajribalilik, rahbarlikni faoliyatiga sindirib borishdir. Kompetensiya esa bu - qobiliyat har qanday faoliyatda o’z qobiliyat va iqtidorlarini ko’rsata bilishdir.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
- murakkab jarayonlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda;
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis quyidagilarni o’zlashtirishi lozim:
1-rasm. Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassisning sifatlari.
o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
davr talablarini chuqur anglaydi;
yangi bilimlarni izlab topadi;
ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi;
Kompetentlikka yo‘naltirilgan ta’lim amerikalik tilshunos N.Xomskiy (1965 yil, Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan «kompetensiya» atamasining umumiy ma’nosida shakllandi. Yevropa Kengashi dasturi bo‘yicha Bern shahrida bo‘lib o‘tgan simpoziumda (1996 yil) «kompetensiya» tushunchasi «uquv», «kompetentlik», «qobiliyat», «mahorat» singari tushunchalar qatoriga kiritilgan. Yevropa davlatlarining ta’lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999 yil) ta’lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondoshuv e’tirof etildi.
Pedagogning kompetentligi – bilimdonlik, kasbiga moslik, malakalilik, tajribalilik, mas’uliyatlilikni rahbarlik faoliyatiga singdirib borish. O‘z sohasini, ishining ustasi bo‘lish, sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish demakdir.
Pedagogik kompetensiyaning shakllanish bosqichlari:
1. Qobiliyatni aniqlash
2. Tarbiyalash va shakllantirish
3. Chiniqtirish (kichik hajmdagi topshiriqlar berish)
4. Ishonch (mustaqil rahbarlik lavozimiga tayinlanish)
5. Rahbarlik cho‘qqisi
Kompetensiya tushunchasi haqida ko’p fikrlarini bildirganlar ichida o’zbeg pedagog olimlari ham bor. Bularda B. Xodjayev, A. Musurmanova, N. Saidahmedov, A. Muslimov, E. Yuzlikaeva, R.D. Risqulova, A.E. Kenjaboyevlar ilmiy tadqiqot ishlarida va amaliy metodik maqolalarida ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish uzluksiz ta’lim muassasi o’qituvchilarining kompetensiyasi va unga qo’yiladigan didaktik talablar ushbu atamasining mohiyatini, uning tarkibiy qismlari haqida o’z fikrlarini bayon qilgan.
Kompetensiya muammosi va uning turlari nafaqat bizda balki MDH mamlakatlati olimlarining ham tadqiqot mavzusi bo’lib kelmoqda. Kompetensiyaning turlarini tasniflanishiga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud. Jumladan, N.A. Muslimov va M.B. O’rozovalar kasbiy ta’lim nuqtai nazaridan kompetensiyalarni 5 turga ajratadi:
2-rasm. Kompetensiyaning turlari
Kasbiy kompetentlik deganda mutaxassis dunyoqarashining kengligi, uning ishbilarmonlik mahorati va shaxsiy sifatlari, bilim, ko’nikma hamda malakalariga suyangan holda to’g’ri qarorlar qabul qila olishi tushuniladi. Oliy ta’lim o’qituvchisining kasbiy kompetensiyasi takomillashuvida nazariy tayyorgarliklar bilan birga amaliy tayyorgarliklar uzviyligi ta’minlanishi kerak. Bolajak o’qituvchilarining nazariy va amaliy tayyorgarligi tashkiliy jihatdan qanday shakl va melodlarda bo’lmasin, quyidagi didaktik tamoyillarga asoslanadi:
1. Nazariy va amaliy bilimlar uzviyligi;
2. Kasbiy bilim va ko’nikmalarni tizimli tarzda takomillashtirib
borishi;
3. Bo’lajak kasbiy-pedagogik faoliyat bilan funksional bog’liqlik:
4. Talabalar amaliy faoliyatining ko’rgazmaliligi;
5. O’z kasbiy faoliyati yuzasidan bosqichma-bosqich mustaqil faoliyat yurgazishga intilish va mas’uliyal hissini shakllanishi;
6. Bo’lajak o’qituvchilarda nazariy va amaliy bilimlar hamda ko’nikmalarini takomillashishi natijasida kompetensiyani shakllanishi va rivojlanishi.
Bu tamoyillarining barchasi kelajakda o'qituvchi kasbiy-pedagogik kompetensiyasining nazariy-ilmiy, amaliy finksional, pedagogik-psixologik
Maxsus kompetensiya - yetarli yuqori darajada o’z kasbiy faoliyatini
egallash, keyingi kasbiy rivojlanishini loyihalash.
Ijtimoiy kompetensiya - kasbiy faoliyat, hamkaorlikni egallash, o’z mehnati
natijalariga ijtimoiy javobgarlik.
Shaxsiy kompetensiya - shaxshiy mustaqil aks etish va mustaqil rivojlanish
usullari, shaxsning kasbiy deformatsiyalarga qarshi turish vositalarini egallash.
Individual kompetensiya - kasb doirasida individuallikni mustaqil qo’llash va
rivojlantirish usullarini egallash, kasbiy-shaxsiy o’sish, mustaqil tashkil qilish va
mustqail reabilitatsiya qilishga tayyorlash.
Asosiy kompetensiyalar - moslashish va mahsuldor faoliyat uchun zarur bo’lgan
shaxsning madaniyatlar va sohalararo bilim, qobiliyat, ko’nikmalaridir. takomillashuvi omillaridan hisoblanadi. Bo’lajak kasb ta ’limi o ’qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllashtirish orqali ta’lim va tarbiya jarayonini zamon talabiga ko’tarishga xizmat qiladi.
Kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari quyidagicha:
• 1. O’z-o’zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
• 2. O’z-o’zini rivojlantirishni rejalashtirish, maqsad-vazifa belgilash;
• 3. O’z-o’zini namoyish etish va kamchiliklarni tuzatish;
Ta’lim sifatini o’zgartirishda o’qituvchi kompetentligining roli:
• Tashkilotchi ijtimoiy pedagog talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash;
• Fasilitator (guruh yetakchisi) guruhda ijobiy-psixologik muhit yaratadi;
• Metodist ta’lim jarayonida talabalarning muammoni yechimlariga yordam beradi va qo’llab-quvvatlaydi;
• Tadqiqotchi-novator yangilik yaratuvchi, muntazam ravishda o’z ustida ishlaydi, yangi g’oyalar yaratadi.
• O’zaro ta’sir ko’rsatuvchi jamoa bo’lib ishlay oladi va ishlashga o’rgatadi;
• Maslahatchi shaxsiy namunasini o’rgatadi;
Pedagogik kompetentlik – pedagog tomonidan pedagogik aoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi sanaladi. Ushbu kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va baholash orqali aniqlanadi.
O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir.
O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi.
O‘zini o‘zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishini ta’minlaydi.
Har qanday mutaxassisning vakolati bu o'zlarining kasbiy faoliyati davomida aks ettirilgan ijtimoiy ahamiyatga ega va shaxsan muhim vakolatlar tizimidir.
Kasbiy kompetentsiya mutaxassisning kasbiy faoliyatni amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi birligi bilan tavsiflanadi. Vakolat - bu mansabdor shaxsning shaxsiy qobiliyatlari, uning malakasi (bilim va tajriba), unga ma'lum bir bilim va ko'nikmalar mavjudligi sababli muayyan qarorlarni ishlab chiqishda ishtirok etish yoki muammolarni o'zi hal qilish imkonini beradi.
O‘z-o‘zini baholash darajasi shaxsning o‘z-o‘zidan qoniqishi yoki qoniqmasligini belgilab beradi. Bunda o‘z-o‘zini baholash ko‘rsatkichlari shaxs imkoniyatlariga mos kelishi zarur.
O‘z-o‘zini rivojlantirish – shaxsning o‘zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi
Bir qator tadqiqotlarda mutaxassis, shu jumladan, pedagogning o‘zo‘zini rivojlantirishida “Individual rivojlanish dasturi” qo‘l kelishi aytiladi.
Individual rivojlanish dasturi (IRD) – har bir shaxs yoki mutaxassisning o‘zida ma’lum sifat, BKM, kasbiy kompetentliknishakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dastur.
Ushbu dasturda kasbiy faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan BKM hamda kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish muddatlari belgilanadi.
Har qanday mutaxassis kabi pedagog ham o‘zi uchun shaxsiy-amaliy xarakterga ega “Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqa olishi, u asosida pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yishi zarur.
Pedagogning individual rivojlanish dasturi - mutaxassis sifatida pedagogning individual ravishda o‘zida u yoki bu kasbiy-pedagogik sifat, bilim, ko‘nikma, malakalar, kasbiy kompetentlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish ehtiyojlariga tayangan holda ishlab chiqqan shaxsiy-amaliy xarakterdagi dasturi hisoblanadi.
Xulosa. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi yuqori pedagogik mahorat va keng dunyoqarashga ega bo‘lishi kerak. Shundagina oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchi o‘z fanini chuqur bilishi, unga turdosh fanlar haqida ham tushunchaga ega bo‘lishi, o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarning bilim, kamolot darajasi va ruhiyatini hisobga olishi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini tasavvur eta olishi lozim. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsalarni o‘quvchilarga tushunilishi qiyin va mavhum bir narsa bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va shaklini alohida o‘ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.
O‘qituvchi o‘quvchining, ichki dunyosiga kira olishi, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilishi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvlar olib borishi kerak. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiyatiga ko‘z ilg‘amas o‘zgarishlarni ham tez fahmlab oladi.
O‘qituvchining yuqori kasbiy mahoratni egallashi bevosita uzluksiz ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimida asosiy o‘rin egallagan malaka oshirish o‘quvchi faoliyatini tahlil qilish va unga istiqbol yo‘nalishlar berishga imkon beradi.
Hozirgi davr o‘qituvchidan o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiya talablarini to‘g‘ri tushunish, tashabbuskorlik, o‘z fani bo‘yicha yangiliklardan xabardor bo‘lishi va darslariga joriy eta olishni talab etadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikni vujudga keltirish, do‘stona muhitni yaratish muammosining muvaffaqiyatli hal etilishi, fan o‘qituvchilari va maktab rahbariyatining egallagan bilim, ko‘nikma malakalari va shaxsiy insoniy fazilatlarini egallaganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31- dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son
2. Ochilov M. Muallim qalb me’mori “O`qituvchi” 2001 yil.
3. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. - T.: Nizomiy nomli TDPU, 2005,- 149 b.
4. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. Monografiya. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013.
5. Muslimov N.A. va boshqalar. Professionalnaya kompetentnost buduщego uchitelya: teoriya i texnologiya obucheniya Uchebnoe posobie . -T.: TDPU, 2014
6. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.
7. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari
//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т. 1.
– №. 5. – С. 186-190.
8. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.
9. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D. (2022).
IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS BY
DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL CRAFTS. Web of Scientist
International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.
10. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262.
11. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180.
12. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022).
TYPES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE
SPECIFICS OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF
STUDENTS.
13. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-
ЭСТЕТИК ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E
Conference Zone (pp. 110-115).
14. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА
УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ. Conferencea, 78-84.
15. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В
УЗБЕКИСТАНЕ. Энигма, (32), 86-93.
16. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION
MECHANISMS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.
17. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ
МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and
innovation, 1(B7), 815-821.
18. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42.
19. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ
ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В
УЗБЕКИСТАНЕ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86.
20. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^
УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.
21. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM
MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG
NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from
22. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.
(2022). IMPROVING VOCATIONAL EDUCATION IN PRIMARY SCHOOL
STUDENTS BY DEVELOPING PRIMARY MECHANISMS OF NATIONAL
CRAFTS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.
23. Абдуразаков, Ф. (2022). O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 16-22.
24. Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o‘g‘li. (2023). MILLIY
HUNARMANDCHILIKNING MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI
KASBIY TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH (1-4-sinflar misolida). Journal of Universal Science Research, 1(4), 507–514. Retrieved from
25. Xudayqulov, X., & Odinaboboev, F. (2022). ПЕДАГОГИК МОДУЛЛИ
ЎҚИТИШДА ИННОВАЦИОН ТАРАҚҚИЁТНИНГ УСТУВОР
ЙЎНАЛИШЛАР. Science and innovation, 1(B7), 960-967.
26. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from
27. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Jumanazarova Durdona Abduvohidovna. (2023). Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 101–109. Retrieved from
28. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.
(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING
BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from
29. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.
(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI
TA’LIMOTLARI . Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665
30. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY
QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/666
31. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Pardayeva Sevara Abdunosir qizi. (2023).
1-4-SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI
SHAKLLANTIRISH MAZMUNI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 363– 373. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/667
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.