Practice of Language Aspects
Özet
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 60110900 - Foreign Language and Literature (English) ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Til aspektlari amaliyoti” fani bo‘lajak mutaxassislarga ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy, tizimli va metodik jihatdan puxta ishlab chiqilgan manba hisoblanadi. O‘quv qo‘llanma zamonaviy lingvistika yutuqlariga asoslangan integrativ va ilmiy yondashuv asosida tuzilgan hamda so‘z boyligini o‘rganish strategiyalari, leksik munosabatlar, so‘z yasalishi jarayonlari, akademik va kasbiy leksika, shuningdek, raqamli va sun’iy intellekt asosidagi o‘qitish vositalari yoritilgan. Shu bilan birga, tilning madaniy va kontekstual jihatlari ham qamrab olingan. O‘quv qo‘llanma nafaqat talabalar, balki o‘qituvchilar va tilshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotchilar uchun ham foydali metodik manba bo‘lib xizmat qiladi.