ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

QADRIYATLAR NAZARIYALARI ASOSIDA TALABALARNI MA'NAVIY AXLOQIY TARBIYALASHNING AMALIYOTDAGI HOLATI

Özet

Ushbu maqolada talaba yoshlarning ma'naviy axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashivini ta'minlash, farovonlikka intilish omilining kuchayishi, pedagogik faoliyatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash kõlamini kengaytirish usullari, sharq xalqlari tafakkuri, milliy qadriyatlarimiz, õrta asrlardagi siyosiy qadriyatlar keng maʼnoda yoritilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

AXLOQIY TARBIYALASHNING AMALIYOTDAGI HOLATI.

Otaqulova Sitora Erkin qizi

Termiz davlat pedagogika instituti maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti

maktabgacha taʼlim yõnalishi talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada talaba yoshlarning ma'naviy axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashivini ta'minlash, farovonlikka intilish omilining kuchayishi, pedagogik faoliyatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash kõlamini kengaytirish usullari, sharq xalqlari tafakkuri, milliy qadriyatlarimiz, õrta asrlardagi siyosiy qadriyatlar keng maʼnoda yoritilgan. Kalit soʻzlar: Respublika, qadriyat, axloq-odob, faoliyat, ta'limiy- tarbiyaviy usullar, mutafakkirlar, maʼnaviyat, madaniya, tadqiqot, maqsad.

Keyingi yillarda yurtimizda ta`lim tizimining barcha bõğinlarida jumladan umumiy o`rta ta`lim maktablari talabalarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar nazariyalari asosida ularda ma`naviy axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirishning ijtimoiy shart-sharoitlarini vujudga keltirish, xususan umumiy o`rta ta`lim maktablari talabalarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalash xususida koʻplab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Chunki, hech kimga sir emas, globalizatsiya jarayonlari avj olgan bugungi kunda talaba-yoshlar oʻrtasida manaviy-axloqiy qadriyatlarni oʻzlashtirishga qiziqishning susayishi, va, aksincha, moddiy farovonlikka intilish omilining kuchayishi kuzatilmoqda. Mazkur oʻzgarishlar talabalarda pedagogik faoliyatga aksiologik munosabatni tarkib toptirishda oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda hamda egallangan mutaxassislikka doir kasbiy faoliyat bilan shugʻullanmaslikning ommalashuviga olib kelmoqda. Ushbu mamlakatimiz pedagogika oliy oʻquv yurtlaridagi bu sohadagi mavjud muammolar nuqtai nazaridan atroflicha yoritish ehtiyoji bu xususda yangicha yondashuvlar asosida tadqiqotlar olib borish zaruratini hamda mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Talaba-yoshlarining ma`naviy axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, ularning muvaffaqiyatli shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuvni taminlash uchun umumiy o`rta ta`lim maktablari talabalarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashning samarali texnologiyalari, ko'makchi-kompyuterli tizim hamda pedagogik mexanizmlarini ishlab chiqish hozirgi zamonaviy jahon ijtimoiy pedagogika fanining eng samarali usullaridan ekanligi maʼlum. Shu tufayli talabalarda ma`naviy ma`rifiy jarayonga aksiologik munosabatni qaror toptirish, ma`naviy axloqiy kompetentlikning aksiologik komponentini takomillashtirish, o`z - oʻzini nazorat qilish, o`z - oʻzini tahlil qilish, o`z - oʻzini baholash ko`nikmalarini shakllantirish asosida talabalarda faoliyatining sifat koʻrsatkichlarini oshirish hamda bu yo'nalishlardagi ilgʻor jahon tajribasini tadqiqotlarda samarali qoʻllash ehtiyoji mavjuddir.

Respublikamizda uzluksiz ta`lim tizimining barcha bõg`inlari jumladan, umumiy o`rta ta`lim maktablari talabalarida aksiologik munosabatni tarkib toptirish, ma`naviy axloqiy tarbiyalash, bilimlarini yuksaltirishga doir faoliyat bilan shugʻullanmaslikning oldini olish boʻyicha salmoqli tadqiqotlar amalga oshirildi. Shunday boʻlsa-da, milliy pedagogika fani oldida talim tizimining barcha bõg`inlari jumladan, umumiy o`rta ta`lim makatablari talabalarida qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashni, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimi va faoliyat motivlari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashning aksiologik komponentiga doir mezon va koʻrsatkichlarni aniqlashtirish, aksiologik yondashuv asosida talabalarda badiiy adabiyotlarni oʻqishga yo'naltirilish, talabalarda qadriyatlar nazariyalari asosida ma`naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, refleksiv ta'sir koʻrsatish asosida talabalarda ma`naviy axloqiy tarbiyalashning kreativ texnologiyalarini ishlab chiqish kabi dolzarb muammolar turgani sir emas. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun moʻljallangan eng muhim ustuvor vazifalar toʻgʻrisidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham birinchi navbatda amalga oshirilishi lozim bolgan ustuvor vazifalar qatorida ilm-fan va taʼlim, taʼlim va ijtimoiy-iqtisodiy hayot munosabatlariga alohida urgʻu berilganligi bejiz emas. Modomiki, taʼlim tizimining markazida inson kapitali, undan samarali foydalanish va maqsadli yoʻnaltirish turar ekan, bunda umumiy o`rta ta`lim maktablarining barcha manfaatdor tomonlari, taʼlim jarayonining barcha subektlari bilan yaxlit bir butunlikda bugungi kun talablari asosida tashkil etish hamda qadriyatlar nazariyalari asosida talabalarni ma`naviy axloqiy tarbiyalashga erishish oldimizda turgan muhim vazifalardandir.

Bugungi kunda mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, uni innovatsion asosda rivojlantirish, oʻz oldimizga qoʻygan koʻp qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirish maqsadida biz zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham masuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir bolgan, gʻayrat shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida muhim vazifalarni ishonib topshirmoqdamiz.Haqiqatdan ham O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan munosib oʻrin olishi va jamiyatdagi maʼlum muammolarga yechim topish albatta oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini ta'lim-tarbiyasiga har jihatdan bogʻliq ekanligini taʼkidlaydi. Jumladan: farzandlarimizni qobilyatini roʻyobga chiqarishga bolalikdan eʼtibor berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yanada koplab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugbeklar yetishib chiqadi. Men bunga ishonaman..deb yurtimiz yoshlariga yuksak ishonch bildiradi davlatimiz rahbari oʻz nutqlarida.

Oliy talim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash kõlamini kengaytirish - eng muhim masalalardan biridir. Oliy oʻquv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat talim maskanlari sonini koʻpaytirib, yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish lozim. Chunki jamiyatimizda oliy malumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha koʻp boʻlsa, rivojlanish shuncha tez va samarali boladi.

Qadriyatlar toʻgʻrisidagi fan Aksiologiya (aksio qadriyat, logos fan, ta`limot ma`nosini anglatadi) falsafaning shu masalani oʻrganadigan va u bilan shugʻullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu tõğrisida nihoyatda kam ma`lumotlar bor edi. Oʻzbekistonda qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi Aksiologiyaning koʻpdan-koʻp mavzulari mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlarida oʻziga xos oʻrintutmoqda. «Moziyga qaytib ish koʻrmoq hayrlidir», deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «Õtgan kunlar» romanida. Huddi shunday, «Qadriyat oʻzi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa boʻlsa-da, oʻrganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib boʻlmaydi.

Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq oʻtmishga ega. Gʻarb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va gʻoyalariga tayanadilar, koʻplab allomalarning nomlarini tilga oladilar. Garbda qadriyatlar bilan shugʻullanadigan falsafiy soha Aksiologiya (aksio qadriyat, logos ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos boʻladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Hegellar katta e`tibor bergan bu mavzuning Gʻarb falsafasida oʻz tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz.

Ammo ushbu mavzu koʻhna va navqiron Sharq, xususan Oʻzbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini faqat Gʻarbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan holi boʻlmasa kerak. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga abadiy bitilgan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulugbek, Navoiy, Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, zamona realliklari nuqtai nazaridan holisona talqin qilishdadir. Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tarixi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, ya`ni xalq ogʻzaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, Muqanna va Jaloliddin Manguberdi tõğrisidagi asarlarda, Alpomish, Toʻmaris va Shiroq tõğrisidagi afsona va dostonlarda vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi koʻplab umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Shu bilan birga, pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida ijtimoiy hamkorlik, ota-onalar va jamiyat bilan aloqalar mustahkamlanishi kerak. Talabalar faqat o'quv yurtida emas, balki jamiyatda ham ta'limiy qadriyatlarni o'zlashtirishi kerak. Bu orqali ularda umumbashariy qadriyatlar, mas'uliyat, vatanparvarlik va inson huquqlari haqida chuqur tushuncha shakllanadi.

Xulosa qilib aytganda, talabalarni ta'limiy qadriyatlar asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish, nafaqat pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish, balki ularning ma'naviy va axloqiy rivojlanishiga ham yordam berishi zarur. Buning uchun ta'lim jarayonida ilm-fan, amaliyot va axloqiy qadriyatlar o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash lozim. Faqat shunda biz kuchli, ma'naviy barkamol va ijtimoiy mas'uliyatli pedagoglarni tarbiyalashga erishishimiz mumkin.

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati: 1.Choriyevna C. S. Education and Education of Pre-School Children on the Basis of Steam Educational Technology. – 2023. 2.Choriyevna C. S. Main Directions of Teacher Training and Improving Their Quality for the Preschool Education System //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 51-54. 3.Choriyevna C. S. Ways to Develop Mental Abilities in Preschool Children //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2022. – Т. 15. – С. 174-177.

4.Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA

PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISHNING MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN TAHLILI

//Educational Research in Universal Sciences.

5.Choriyevna C. S. et al. A MODEL FOR IMPROVING THE SYSTEM OF

PREPARING STUDENTS FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY ON THE BASE OF

EDUCATIONAL VALUES //Multidisciplinary Journal of Science and Technology. –

2023. – Т. 3. – №. 6 (INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCHER). – С. 283-285.

– 2023. – Т. 2. – №. 9 SPECIAL. – С. 99-102.

6.Чориева С. Ч. и др. ИГРА КАК ВЕДУЩАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ РЕБЕНКА

ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 138- 140.

7.Чориева С. Ч. УМЕНИЕ УЧИТЕЛЯ ИСПОЛЬЗОВАТЬ СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРИ ПОДГОТОВКЕ УЧАЩИХСЯ К

ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ОСНОВЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

ЦЕННОСТЕЙ //Экономика и социум. – 2024. – №. 10-2 (125). – С. 998-1001.

8.Choriyeva S. C. TALABALARNI TA’LIMIY QADRIYATLAR ASOSIDA

PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHNI RIVOJLANTIRISH TIZIMI

//Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 4 SPECIAL. – С. 1177-1181.

9.Choriyeva S. MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM

SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING MUAMMO VA YECHIMLARI //Физико-

технологического образование. – 2022. – №. 4.

10.Choriyeva S. DIDACTIC OPPORTUNITIES OF THE NATIONAL CURRICULUM

FOR MOTHER TONGUE AND READING LITERACY IN PRIMARY SCHOOLS

//Conferencea. – 2022. – С. 527-529.

( II Shõba).

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.