Qaraqalpog‘iston sharoitida yeryong‘oq o‘simligning jahon kolleksiyasini
namunalarni o‘rganish
Jumaboyeva Ozodaxon Muratboyevna
O‘simchunoslik (Ekinlar guruhi bo‘yicha)
2-kurs magistr
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Annotatsiya: Dukkakdoshlar orasida qisman yarim buta, buta va ko‘p yillik uchraydi. Bu oila vakillarining ildizi oq ildiz va ildiz meva. Ildizida tugunaklar deb nomlanadigan o‘simtalar hosil bo‘ladi. Tugunaklar shu o‘simliklar ildizida yashaydigan va havodagi erkin azotni o‘zlashtiradigan bakteriyalarning faoliyati natijasida hosil bo‘ladi. Poyalari tik o‘suvchi, ilashuvchi, o‘raluvchi yoki yotib o‘suvchi bo‘ladi. Barglari kopincha murakkab (uch bargchali,patsimon yoki panjasimon) ba‘zan oddiy yoki yonbargli, poyada ketma-ket ornashgan.
Ka‘lit so‘zlar: Barg, murakkab, o‘suvchi, poya, namuna
Dukkakdoshlar oilasi yer sharining deyarli barcha qismida tarqalgan 400 turkumga oid 12000ga yaqin tur o‘simlik kiradi. Respublikamizda Dukkakdoshlarga oid 57 turkumga mansub 470 dan ortiq tur o‘simlik o‘sadi. Bu oila vakillarining ko‘pchiligi bir, eki va ko‘p yillik o‘tlardan iborat. Dukkakdoshlar orasida qisman yarim buta, but ava daraxat uchraydi. Bu oila vakillarining ildizi oqildiz va ildizmeva. Ildizida tugunaklar deb nomlanadigan o‘simtalar hosil bo‘ladi. Tugunaklar shu o‘simliklar ildizida yashaydigan va havodagi erkin azotni o‘zlashtiradigan bakteriyalarning faoliyati natijasida hosil bo‘ladi. Poyalari tik o‘suvchi, ilashuvchi, o‘raluvchi, yoki yotib o‘suvchi bo‘ladi. Barglari kopincha murakkab (uch yaproqchali,pasimon yoki panjasimon) ba’zan oddiy,hamisha yonbargli, poyada ketma-ket ornashgan. Gullari yondosh-bargchali,qiyshiq va eki jinisli bo‘lib, shingil, kallakcha yoki boshoq xilidagi to‘pgulga joylashgan, bazan guli yakka-yakka holda barglarning qo‘ltig‘ida o‘rnashadi. Gullari hashorat yordamida changlanadi. Gulqorg‘oni murakkab. Kosachasi yarmigacha bir-biri bilan qo‘shilgan 5 ta kosacha bargdan tashkil topgan.Toji kapalak shaklida bo‘lib, 5ta uch xil shakldagi tojbargdan hosil bo‘lgan. Ulardan eng ustungisi boshqalariga nisbatan ancha yirik. U yelkan yoki bayroqcha deb ataladi; ikki yoniga joylashgan bir xil shakldagi ikki tojbarg qanotcha yoki eshkak deyiladi. Bir-biri bilan qo‘shilgan bir juft oski tojbarg va qayiqcha deyiladi.Changchilari 10 dona, ulardan 9 tasining iplari bir-biri bilan qo‘shilib ketgan, o‘ninchisi esa erkin,urug‘chisi bitta, bitta urug‘chi bargdan hosil bo‘lgan. Mevasi dukkak, bitta urug‘chi bargdan hosil bo‘lgan: bir uyli, ko‘p urug‘li, ko‘pincha qorin va orqa choklaridan pallaga bo‘linib ochiladi: ba‘zan ochilmasdan bo‘laklarga bo‘linadi yoki bo‘linmaydigan bir urug‘li, yong‘oqsimon, moyli yoki quruq meva.(1) Dukkakdoshlarga mansub, Respublikamizdagi o‘simliklardan biri yer yong‘oq (Arachis hypogaeae L.)dir.Yeryong’oq (Arachis hypogaea L.) Fabaceae oilasiga mansub bo’lib, bu oila o‘z navbatida 70 dan ortiq turlarni o‘z ichiga oladi. Shundan faqat bitta turi Arachis hypogaea L. madaniylashtirilgan bo‘lib, xalq xo‘jaligida keng foydalaniladi. Madaniy yeryong‘oqning ikkita (Hypogaea va Fastirgiata kenja turlari bo‘lib, ular o‘z navbatida Hypogaea (hypogaea hirsuta), fastirgiata (fastirgiata, vulgaris, peruviana, aequatoriana) botanik nav guruhlariga bo’linadi.Yeryongʻoq issiqsevar, namsevar, yorugʻsevar va qisqa kun oʻsimligi [6]. Yeryong‘oqning ildizi oʻq ildiz,tuproqqa chuqur kirib boradi, azot to’plovchi tugunaklar hosil qiladi. (2, 5) Poyasi o‘tsimon, balandligi 50-60sm, shoxlangan,tik,yon shoxlari yer bag‘irlab o’sadi. Baʼzi turlarida (asosan tik o’suvchanlarda) antotsian (siyohrang) rang beruvchi moddasi bor.Antotsianli bo‘lganlarning poyalari boshqalarnikiga nisbatan yog’ochsimon. Bu o’simliklarda turlarga ko’ra yon poyalar yoyiq, qiya vatik shaklda o’sishi mumkin. Yeryong’oq poyalari endi o’sayotgan paytida burchakliva yassidir, rivojlanganida esa poyalar yumaloqlashadi. Poya rangi, yashil va to’q yashil orasida o’zgarib turadi, ammo ba‘zi turlarida tuk mavjud. Bargi murakkab, juft patsimon,yoki teskari tuxumsimon shaklda har bir barg qo‘ltig‘ida gul to’plam(shingil) joylashgan. Barglar, yorug’likka va qurg‘oqchilikka qarshi chidamli hisoblanib, kechqurunlari va qurg‘oqchilik paytida qarama-qarshi shaklda yopiladi. Barglarning shakllari uzun-ovalsimon. Barg ranglari poyalari kabi turiga bog‘liq bo‘lib, och yashil rangdan to’q yashil rangga o‘zgaradi. Urug’ida moy miqdori ko‘p bo’lib, o‘simlik moyi olish uchun parvarishlangan turlarga mansub navlarda barglar yirik va och yashil rangda bo‘lishi bilan urug‘idan oziqovqat sanoatida foydalaniladigan navlardan farqlanadi. Gullari ikki jinsli,rangi sariq, zarg‘aldoq.Yertagidagi gullari ochilmaydi, o’zidan changlanadi.Yer ustidagi gullari esa chetdan changlanadi. Guli changlangandan keyin tugunchasi avval tik, so‘ng pastga qarab o‘sadi, 8-10 sm chuqurlikda tuproqqa kirib boradi va meva (dukkak) tugadi [2]. Ginafor, yeryong‘oqga xos bo‘lib, tuproq ichida dukkak hosil qiluvchi yosh o‘simtalardir.Uning guli boshqa o‘simliklardan ajratadigan o‘ziga xos qismi hisoblanadi. Gullar urug‘langandan so‘ng gultojbarglari to‘kiladi va harbir gulning urug‘lanishidan 10-12 kundan so’ng, tuxumdonning ostidagi to‘qima tezda ko‘payadi va vaqti bilan tuxumdonni o‘ra bolgan to‘qima bilan birlashib kengaytma hosil qiladi va bu kengaytmaga ginafor deyiladi. Yer yong’oq, begona o‘tlardan toza, ma‘lum miqdorda mineral o‘g‘it solingan dalalarga ekilsa yaxshi rivojlanadi. Toza shudgorga ekish ham yaxshi natija beradi. Ammo yeryong‘oqni o‘zidan keyin takror ekish uning kasalliklari va hashorotlarning ko‘payishiga olib keladi. Yeryong‘oq ekiladigan yerlarni chuqur shudgor qilish tuproqning fizik-kimyoviy xossalarining yaxshilanishiga, tuproqdagi azotli moddalarning faol xarakatiga olib keladi. Natijada o‘simlikning baqavvat rivojlanib, yuqori hosil berishga olib keladi. Yeryong‘oq ekiladigan maydonlar kuzda 29-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Shudgor paytida har gektar maydonga imkoni bor qadar 10-15 t dan go‘ng solish zarur. Solinadigan go‘ng yaxshi chirigan 2-3 yillik bo‘lishi shart. Yangi chirimagan go‘ngda begona o’tlar urug‘i ko‘p bo‘lib dalani ifloslantirib yuboradi. Erta bahorda yeryong‘oq ekiladigan yerlarga borona va mola bosiladi, 1-2 marta kultivatsiya qilinadi. Natijada yerni o‘sib kelayotgan begona o‘tlardan tozalab, namni saqlab qolishga yordam beradi. Gullash fazasiga 1-2 marta azot va fosforli o‘g‘itlarni qator orasini ishlaganda berish lozim. Bo‘z tuproqlarda mineral o‘g‘itlarning samarasi tez seziladi. Beriladigan o‘g‘it normasi gektariga 60-90 kg azot, 15-16 kg fosfor. Bu norma tuproqning kimyoviy tarkibiga qarab o‘g‘itni juda ko‘p berish ham yaramaydi, chunki azotli o‘g‘itlarning ko‘p bo‘lishi tuganak bakteriyalarning xarakatini susaytiradi. Bahorda tuproqni yaxshilab ishlab, begona o’tlardan tozalanadi, yerning namligi va g‘ovakligining saqlab bekishga kirishiladi. Tuproq xarorati 14-16°C bo’lgandan keyin ekishga kirishiladi. O‘tqazilgan qator tajribalar shuni ko’rsatadiki, ekiladigan urug’ning unuvchanligi 97% va 1000 dona urug‘ining og‘irligi 270 g bo‘lganda hosildorlik yuqori bo‘larkan. Yeryong’oq dukkaklarini butunlay ekilsa, u holda siyrak ekish kerak aks holda o‘simlik oralari zich bo‘ladi. Urug‘larni bo’lakka ajratib ham ekish mumkin. Urug’ po‘stini avval maxsus tozalanadi. Po‘sti archilgan urug‘larini uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. X.N.Atabaeva, J.B. Xudoyqulov O’simlikshunoslik Toshkent (2018 yil)
2. X.Atabaeva, O.Qodirxo‘jaev O‘simlikshunoslik (T.Yangi asr avlodi). (2006- yil)
3. Zakirov, D. Madaminova. 2020-yil. Biologiya va ekologiya bilimini rivojlantirish.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.