ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

QASHQADARYOLIK OLIMA YULDUZ ALIMOVNA ERGASHEVANING ILMIY FAOLIYATI VA O‘ZBEKISTON RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI

Özet

Ushbu maqolada tarix fanlari doktori, professor Yulduz Alimovna Ergashevaning 1991-2023-yillar oralig‘ida O‘zbekiston ilm-fani va madaniy rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Maqolada olimaning ilmiy faoliyati, tadqiqot yo‘nalishlari va ularning mamlakatimiz taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

ILMIY FAOLIYATI VA O‘ZBEKISTON RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI

Alisherova Nigora

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada tarix fanlari doktori, professor Yulduz Alimovna Ergashevaning 1991-2023-yillar oralig‘ida O‘zbekiston ilm-fani va madaniy rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Maqolada olimaning ilmiy faoliyati, tadqiqot yo‘nalishlari va ularning mamlakatimiz taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi.

Kalit so’zlar: Yulduz Ergasheva, tarix fanlari doktori, O‘zbekiston tarixi, madaniy meros, ilmiy faoliyat.

KIRISH

Yu.Ergasheva 1963-yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan. U 1985yilda Toshkent davlat universitetini tarix va jamiyatshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. U 1990-yilda O‘zbekistonda ikkinchi jahon urushi yillarida xalq ta’limini rivojlanishi mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi, 1998yilda O‘zbekiston madaniyati: holati, rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. (5060 yillari) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Umumiy mehnat staji - 38 yil. Respublika “Ma’rifat” targʻibotchilari jamiyati a’zosi, “Yurt kelajagi” va Zulfiya nomli davlat mukofoti tanlovining viloyat hakamlar hay’ati a’zosi, 2012 yildan Qashqadaryo “Olima” uyushmasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

ASOSIY QISM

Yulduz Ergashevaning xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi, institut rahbariyati, Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan bir necha bor Faxriy Yorliqlar bilan taqdirlangan. 1999-yili Oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni, 2016-yil O‘zbekiston Respublikasi 25 yilligi, 2017-yilda O‘zbekiston Konstitutsiyasi 25 yilligi ko‘krak nishonlari, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi 30 yilligi, 2022-yilda O‘zbekiston Konstitutsiyasi 30 yilligi ko‘krak nishonlari hamda 2020-yil “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Yu.Ergasheva 1985-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali (Hozirda Qarshi muhandislikiqtisodiyot instituti) “O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi” kafedrasi oʻqituvchi lavozimida boshladi. U 1992-1993-yillari Qarshi agrariqtisodiyot instituti O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi assistenti, 1993-1995 yillari O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi dotsenti, 1995-1997-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarix instituti doktoranti, 1997-2000-yillari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti O‘zbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi dotsenti, 2000-yildan O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Yu.Ergasheva yurtimizning taniqli va obro‘li tarixchi olimalaridan biridir. U O‘zbekiston tarixi va madaniyati sohasida 320 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan: 3 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 16 ta monografiya, 7 ta risola, 2 ta ma’ruzalar matni, 17 ta o‘quv, o‘quvuslubiy qo‘llanma, ko‘rsatmalar, 26 ta xalqaro anjuman maruzasi, 3 ta grant (loyiha) muallifi. Monografiyalari Angliya va Hindistonda, 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Xitoy, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Bolgariya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Qozogiston, Qirgiziston ilmiy jurnallarida chop etilgan. So‘nggi uch yil ichida Yu.Ergasheva tomonidan 3 darslik, 6 ta o‘quv va 4 ta uslubiy qo‘llanma, 3 risola, 6 ta monografiya, 80 dan ortiq ilmiy maqola, jumladan 27 ta maqola xorijiy nashrlarda chop qilgan. Shu jumladan, Forobiy nomli Qozog‘iston Milliy Universiteti professori bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoning buyuk diniy allomalari (Velikiye religiozniye deyateli Sentralnoy Azii) mavzusida o‘quv qo‘llanma chop ettirilib, ikki mamlakat o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda.

Yu. Ergasheva Qashqadaryo viloyatida birinchi fan doktori, professor ayoldir. Olima ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘quv jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq holda olib borishga qaratadi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Har yili kafedrada uning rahbarligi ostida O‘zbekiston tarixining muammolari bo‘yicha ilmiy konferensiyalar o‘tkaziladi. Jumladan, u 12 ta respublika ilmiy konferensiyasi, 3 ta xalqaro ilmiy konferensiya va 1 ta xalqaro ilmiy seminar hamda 2 ta mintaqaviy ilmiy seminarlarga tashkilotchilik qildi va 16 ta ilmiy to‘plamlarni chop ettirishga muvaffaq boldi. So‘nggi uch yil ichida 3 ta xalqaro ilmiy konferensiya, xususan 2020 va 2021-yillarda Koronavirus pandemiyasi sharoitida xalqaro onlayn konferensiyalar (7 ta Yevropa va MDH davlatlaridan olimlar ishtirok etdi), 2022-yilda esa xalqaro konferensiya onlayn va oflayn shaklda tashkil etdi. Uning rahbarligida O‘zbek davlatchiligi, shaharsozligi va madaniyati tarixida Qarshi shahrining o‘rni mavzusida amaliy loyiha (umumiy qiymati 22,0 mln. som), XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi mavzusida fundamental tadqiqot loyiha (umumiy qiymati 39,0 mln. som), Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti mavzusidagi O‘zR FA FTQF (umumiy qiymati 4,0 mln. som) loyihalari bajarilgan. 2017-yil sentabr oyida Globalistika-2017 xalqaro Kongress doirasida tashkil etilgan YUNESKO maktabida Ijtimoiy fanlardan malaka oshirib, Sertifikat bilan taqdirlangan. Olima viloyat OTMlarni ilmiy salohiyatini oshirishda o‘zining munosib xissasini qo‘shmoqda. Uning ilmiy rahbarligi ostida 2 fan doktori (DSc), 18 ta fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), 4 ta magistr tayyorlandi.

MUHOKAMA

Professor Yulduz Alimovna Ergashevaning ilmiy faoliyati O‘zbekiston tarixshunosligi va madaniy merosni o‘rganish sohasida muhim o‘rin tutadi. Uning asarlari Qashqadaryo viloyatining tarixiy yodgorliklari, ziyorat turizmi va madaniy merosni asrash masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, bu tadqiqotlar nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy nuqtayi nazardan ham katta ahamiyatga ega. Olimaning ilmiy tadqiqotlarida turizmning rivojlanishi, davlat va din munosabatlari hamda madaniy merosni asrash masalalariga urg‘u berilgan. Masalan, uning "The Importance of Kashkadarya Region in the Development of Pilgrimage Tourism" nomli maqolasi ziyorat turizmining O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi o‘rnini ochib beradi.

Bundan tashqari, u O‘zbekistonning mustaqillik yillarida olib borgan madaniy siyosatini tahlil qilib, “Cultural Revolution Policy in Uzbekistan and Methods of Its Implementation” nomli tadqiqotida madaniy merosni saqlash va rivojlantirish usullarini tahlil qilgan.

Muhokamalar davomida olimaning ilmiy ishlari zamonaviy tadqiqotlar bilan qanchalik uyg‘un ekani, ularning kelajak avlod tarixshunoslari va turizm sohasi mutaxassislari uchun qanday ahamiyatga ega ekani baholanadi. Uning ilmiy merosi shuni ko‘rsatadiki, tarix va madaniy merosni saqlash masalalari bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

NATIJA

Professor Yulduz Alimovna Ergashevaning ilmiy tadqiqotlari O‘zbekiston tarixshunosligi, madaniy merosni asrash va turizm sohasida muhim natijalarga olib keldi. 1991-2023-yillar davomida olib borgan izlanishlari quyidagi natijalarni ko‘rsatadi:

1. Ziyorat turizmi va madaniy merosni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi Uning ilmiy ishlari Qashqadaryo viloyatidagi ziyorat turizmi potensialini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu sohani rivojlantirish bo‘yicha muhim ilmiy xulosalar berdi. Ziyorat turizmining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati bo‘yicha qimmatli tavsiyalar ishlab chiqildi.

2. O‘zbekiston davlat va din munosabatlari bo‘yicha tadqiqotlari Ergashevaning ishlari mustaqillikdan keyin davlat-din munosabatlarining rivojlanishi va huquqiy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ushbu tadqiqotlar asosida O‘zbekistonda konfessiyalararo bag‘rikenglik siyosatini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berildi.

3. Madaniy merosni saqlash va madaniy siyosatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi Olimaning “madaniy inqilob” siyosati haqidagi tadqiqotlari madaniy merosni asrash va tiklashga oid yangi yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim manba bo‘ldi. O‘zbekistonda madaniy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taklif etildi.

4. Ilmiy maktab va ta’lim sohasiga qo‘shgan hissasi Yulduz Ergasheva tarix fani bo‘yicha qator yosh tadqiqotchilarni tarbiyalagan va ilmiy maktab yaratishga hissa qo‘shgan. Uning darslik va monografiyalari bugungi kunda ham tarix va turizm sohasidagi mutaxassislar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. Umuman olganda, professor Yulduz Ergashevaning ilmiy faoliyati nafaqat Qashqadaryo viloyatining, balki butun O‘zbekistonning tarixiy-madaniy merosini chuqur o‘rganish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Uning tadqiqotlari mamlakatimizning tarixiy yodgorliklarini asrash, turizmni rivojlantirish hamda tarixiy jarayonlarni tahlil qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

XULOSA

Professor Yulduz Alimovna Ergasheva mustaqillik yillarida O‘zbekiston ilm-fani, madaniy merosi va turizm sohasiga sezilarli hissa qo‘shgan olimalardan biri hisoblanadi. Uning ilmiy faoliyati Qashqadaryo viloyati tarixiy yodgorliklari, ziyorat turizmi, davlat va din munosabatlari hamda madaniy siyosat masalalarini chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, olimaning ishlari nafaqat tarixiy merosni o‘rganish, balki uning kelajak avlodlar uchun saqlab qolish strategiyalarini ishlab chiqishga ham xizmat qilmoqda.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR

1. Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent:

Science and Innovation, 2023 — 383-bet.

2. ↑ „Эргашева, Юлдуз Алимовна. Деятельность компартии Узбекистана в

области народного образования в годы Великой Отечественной войны (1941-

1945 гг. )“.

3. ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллиги

муносабати билан фан, таълим, адабиёт, маданият, санъат ва оммавий

ахборот воситалари соҳалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш

тўғрисида“ (2020-yil 27-avgust). 2023-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan.

Qaraldi: 2023-yil 19-avgust.

4. ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 29 йиллиги муносабати

билан Давлат мукофотлари билан тақдирланган 28 нафар қашқадарёликлар“.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.