Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda tijorat logistikasini samarali tashkil
etish.
Boltayeva.Sh.B – BuxDu,
Yashil iqtisodiyot va Agrobiznes katta o’qtuvchisi.
Raxmonqulova Sarvinoz Asrorovna – Buxoro Davlat Universteti talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqola qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tijorat logistikasining ahamiyati va uning samarali tashkil etilishiga bo‘lgan talablar va bu jarayonlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorga yetkazib berishdagi roli haqida fikr yuritilgan.. Maqolada logistika jarayonlarining optimallashtirilishi orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini saqlash, xarajatlarni minimallashtirish va raqobatbardoshligini oshirish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, texnologik yangilanishlar, kadrlar malakasi va saqlash-sharoitlari haqida ham so‘z boradi.
Kalit so'zlar: qishloq xo‘jaligi, tijorat logistikasi, mahsulot saqlash, transportirovka, bozor talabi, logistika tizimi, raqobatbardoshlik, texnologik yangilanishlar, kadrlar malakasi, eksport, agrosanoat mahsulotlari, logistika infratuzilmasi, samarali boshqaruv, xarajatlarni kamaytirish.
Kirish. Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, nafaqat mahsulotning sifatini oshirish, balki uni bozor talablariga mos ravishda yetkazib berish va raqobatbardoshligini ta'minlashni o‘z ichiga oladi. Bunda tijorat logistikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Tijorat logistikasining samarali ishlashi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining saqlanishi, transportirovka qilinishi va taqsimlanishini optimallashtirishga yordam beradi. Ushbu maqolada, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tijorat logistikasining o‘rni, uning ahamiyati va samarali tashkil etilishi bo‘yicha asosiy jihatlari tahlil qilinadi. Logistika – bu mahsulotlarning ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo‘lgan yo‘lni saqlashni ya’ni tashishni va tarqatishni boshqarish jarayonidir. Tijorat logistikasi esa aynan bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotni xaridorga etkazib berish uchun zarur bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonlar ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o‘rtasidagi aloqalarni samarali tashkil etish, xarajatlarni optimallashtirish, mahsulotning sifatini nazorat qilish va bozor talablariga moslashishni o‘z ichiga oladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ayniqsa, tez buziladigan yoki maxsus sharoitlarda saqlanishi kerak bo‘lgan mahsulotlar bo‘lganligi sababli, ularni logistika tizimi orqali samarali yetkazib berish juda muhim ahamiyatga ega. Murakkab tarzda tashkil etilgan logistika tizimi nafaqat mahsulotning iste'molchiga yetkazilish vaqtini qisqartiradi, balki ishlab chiqarish va saqlash xarajatlarini ham kamaytiradi. Logistika jarayonlarining optimallashtirilishi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish va saqlash-sharoitlarini yaxshilash orqali qishloq xo‘jaligi sohasida tijorat logistikasi tizimining samaradorligini yanada oshirish mumkin. Shuningdek, iqlim sharoitlari va mavsumiy omillarni hisobga olish, tashish va saqlash sharoitlarini mukammal boshqarish zarurati ta'kidlanadi. O‘zgarmaydigan vaqtda yuqori sifatli mahsulotlarni vaqti-vaqti bilan yetkazib berish, iste'molchilar ishonchini qozonish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun logistik tizimlar doimiy ravishda yangilanib borishi zarur. Tijorat logistikasini samarali tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, bozorning o‘zgaruvchan talablariga moslashishga va global miqyosda raqobatni oshirishga xizmat qiladi. Bularning barchasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yangi imkoniyatlarni yaratib beradi va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
1.Lambert D.M. "Supply Chain Management: Processes, Partnerships, Performance". Bu kitob ta'minot zanjiri boshqaruvi (Supply Chain Management, SCM) va uning turli jarayonlarini batafsil tahlil qiladi. Lambert kitobida ta'minot zanjirining rejalashtirish, boshqarish, hamkorlik va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha asosiy nazariyalarni keltiradi. U ta'minot zanjiri boshqaruvi o‘rtasidagi jarayonlar, xususan, ishlab chiqarish, inventarizatsiya boshqaruvi, yetkazib beruvchilar bilan aloqalar, logistika va tarqatish kabi sohalarga e'tibor qaratadi. Kitobda jarayonlar va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik va muvaffaqiyatli ta'minot zanjiri uchun kerakli bo‘lgan asosiy omillar ham yoritiladi. - Supply chain management jarayonlari: bu jarayonlar ta'minot zanjirining muvaffaqiyatli ishlashini ta'minlash uchun juda muhimdir. Kitobda bu jarayonlar qanday amalga oshirilishi kerakligi haqida batafsil tushuncha beriladi. - Ta'minot zanjiri bo‘yicha hamkorlik va sherikliklar: samarali ta'minot zanjiri yaratishda ta'minotchi va distribyutorlar o‘rtasidagi hamkorlik zarur. - Performance (Samaradorlik): ta'minot zanjirining samaradorligini oshirish uchun qanday o‘lchovlar va strategiyalarni qo‘llash kerakligi haqida fikr yuritiladi.
2. Christopher M. "Logistics & Supply Chain Management". Christopher M. asari logistika va ta'minot zanjiri boshqaruvi sohalarida muhim rol o‘ynaydigan zamonaviy fikrlarni yoritadi. Bu kitobda logistika tizimining muhim jihatlari, jumladan, ta'minot zanjirida raqobatbardoshlikni oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar va strategiyalar taqdim etiladi. Kitobda ta'minot zanjirining komponentlari va ularning muvaffaqiyatli boshqarilishi haqida so‘z boradi. Asar logistika tizimini qanday rejalashtirish, uni boshqarish va bozorda raqobatbardoshlikni qanday oshirish mumkinligini ko‘rsatadi. - Raqobatbardoshlikni oshirish: Kitobda ta'minot zanjirini samarali boshqarish va optimallashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirishning asosiy yo‘llari ko‘rsatilgan. Raqobatbardoshlikni oshirish uchun logistik tizimni qanday yaxshilash kerakligi yoritiladi. - Integratsiya: Logistika va ta'minot zanjirini samarali boshqarish uchun integratsiya (ya’ni, butun zanjir bo‘ylab o‘zaro aloqalar va hamkorlik) muhim rol o‘ynaydi. - Bozor talabiga moslashish: Kitobda bozordagi o‘zgarishlarga tezkor moslashish va resurslarni samarali taqsimlash bo‘yicha strategiyalar ham tavsiya etilgan.
3. Kotler P. "Marketing Management". Kotlerning "Marketing Management" asari marketingni boshqarish va bozordagi talabga moslashtirishni o‘rganadi. Kitobda bozor talabiga mos logistikani rejalashtirish tamoyillari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Kotler, asosan, marketingning asosiy tushunchalarini, bozorda o‘z pozitsiyasini mustahkamlash va iste'molchi talablariga mos ravishda mahsulot yoki xizmatlarni taklif qilishni qanday amalga oshirish kerakligini ta'kidlaydi. Kitobda logistikani marketing bilan qanday integratsiya qilish va bozordagi talabni qondirish uchun qanday rejalashtirish kerakligi haqida ham batafsil fikrlar keltirilgan.
- Marketing va logistikaning o‘zaro aloqasi: Kotler marketingni boshqarishda logistikadan qanday foydalanishni tushuntiradi. Marketing rejalashtirish va logistika boshqaruvi o‘rtasidagi aloqalarni yoritadi. - Bozor talabiga moslashtirish. Bozorni tahlil qilish, ehtiyojlarni tushunish va logistika tizimlari yordamida bu talablarni samarali ravishda qondirish tamoyillari muhokama qilinadi.
- Marketingni rejalashtirish tamoyillari: Logistikani marketing rejalari bilan qanday uyg‘unlashtirish kerakligi haqida fikrlar keltirilgan.
4. Toshmurodov A. "Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti".Toshmurodov A. "Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti" asarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini va logistikaning o‘rni yoritilgan. Kitobda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish, resurslarni boshqarish, mahsulotni saqlash, qayta ishlash va tarqatishning iqtisodiy jihatlari o‘rganiladi. Ushbu asar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda logistikaning o‘rni va ahamiyatini ta'kidlaydi.
- Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlari: Kitobda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari tahlil qilingan bo‘lib, logistikaning bu jarayonlardagi roli va ahamiyati ko‘rsatilgan. - Logistika va ta'minot zanjiri:Toshmurodov asarida qishloq xo‘jaligida ta'minot zanjirini boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va samarali logistika tizimini tashkil etish uchun zaruriy tamoyillar ham ko‘rsatiladi. - O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyoti: O‘zbekistonning qishloq xo‘jalik tizimi va uning rivojlanishida logistikaning o‘rni, shuningdek, muammolar va imkoniyatlar ko‘rsatilgan. Ushbu kitoblar ta'minot zanjiri va logistika sohasida turli yo‘nalishlarni o‘rganishga yordam beradi. Kitoblar raqobatbardoshlikni oshirish, samarali boshqaruv jarayonlarini tashkil etish, bozor talablariga moslashish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarida logistikaning o‘rni haqida chuqur bilimlarni taqdim etadi. Tahlil va natijalar. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tijorat logistikasining asosiy vazifalari:
1.Mahsulotlarning saqlanishi va transporti: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘pi tez buziladigan bo‘lganligi sababli, ularni saqlash va transportirovka qilishda maxsus sharoitlar talab etiladi. Mahsulotlarni tegishli haroratda saqlash, transport vositalarining to‘g‘ri tanlanishi va o’z vaqtida yetkazib berilishi ularning sifati va qiymatini ta'minlashda juda muhim rol o‘ynaydi.
2.Bozor talabi va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvofiqlik: Tijorat logistikasi bozordagi talabni tahlil qilish orqali ishlab chiqarishni va taqsimotni rejalashtirish imkonini beradi. Bu ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun juda muhimdir, chunki mavsumiy omillar, iqlim sharoitlari va bozor talabining o‘zgarishi ishlab chiqarishning samaradorligini juda katta ta'sir qiladi.
3. Tarmoqni optimallashtirish: Logistik tizimda yetkazib berish tarmog‘i, transport vositalari, omborlar va boshqa infratuzilma elementlarini optimal joylashtirish va boshqarish kerak. Bu shuningdek, masofalar, transport xarajatlari vas hu bilan birga vaqtni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
4. Xarajatlarni minimallashtirish: Logistika jarayonlarini samarali boshqarish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish va taqsimot xarajatlarini kamaytirish mumkin. Masalan, mahsulotlarni omborlarda uzoq vaqt saqlash, ortiqcha transport xarajatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Samarali logistika bu kabi qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Keyingi yillаrdа mаmlakаtimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini tаkomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jаligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qаyta ishlаvchi va sotuvchi subyektlar o‘rtаsidagi munosаbatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohаga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hаmda qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligini rivоjlantirish bо‘yicha uzоq muddatga mo‘ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning yuqori daromad оlishiga va mahsulоtlar raqоbatbardoshligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munоsabatlarini takоmillashtirish, qulay agrоbiznes muhitini va yuqоri qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kооperаtsiya munоsabatlarini rivоjlantirishni qo‘llab-quvvatlash, sоhaga bоzоr mexаnizmlarini, axbоrоt-kоmmunikatsiya texnоlоgiyalarini keng jоriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali fоydalanish hamda kadrlar salоhiyatini оshirish mаqsаdida.
Qishloq xo‘jaligi logistikasining samarali tashkil etilishi uchun zarur shartlar.
1. Texnologik yangilanishlar: Logistik tizimning samarali ishlashi uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kerak. Kompyuterlashtirilgan tizimlar, raqamli monitoring, GPS tracking va boshqa zamonaviy usullar mahsulotlar harakatini aniq kuzatishga, omborlarda va transportda o‘zgarishlarga tezkor javob berishga imkon beradi.
2. Tashish vositalari va saqlash sharoitlari: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun maxsus transport vositalari va saqlash sharoitlari kerak. Masalan, issiqxonalar, sovutgichli transport vositalari, omborlar va boshqa infratuzilma elementlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini saqlash va yetkazib berish jarayonini samarali tashkil etishda yordam beradi.
3.Mavsumiy va iqlim o‘zgarishlari: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pincha mavsumiy va iqlimga bog‘liq bo‘lganligi sababli, logistika jarayonlarini shu sharoitlarni hisobga olgan holda rejalashtirish kerak. Masalan, ayrim mahsulotlar faqat ma'lum bir davrda hosil bo‘ladi va ularni saqlash va yetkazib berish tizimi mos ravishda tashkil etilishi zarur.
4. Kadrlar malakasi va treninglar: Logistika sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar yuqori malakaga ega bo‘lishi shu bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashish va saqlash bo‘yicha maxsus treninglardan o‘tgan bo‘lishi lozim. Bu nafaqat mahsulotning sifatini saqlash, balki tizimni samarali boshqarish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tijorat logistikasi orqali raqobatbardoshlikni oshirish.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali logistik tizimlar orqali bozorga olib chiqish, raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi. Raqobatbardoshlik nafaqat mahsulotning sifatiga, balki ularning vaqti-vaqti bilan yetkazib berilishiga ham bog‘liq. Misol uchun, agrosanoat mahsulotlarini bozorga tezda yetkazib berish, iste'molchilar orasida ishonch hosil qilish va brendni mustahkamlashda muhim omil bo’lib hisoblanadi.Tijorat logistikasining yaxshi tashkil etilishi shuningdek, tashqi bozorlarga eksport qilish imkoniyatlarini ham oshiradi. Agrosanoat mahsulotlari eksporti uchun to‘g‘ri logistika zanjirini yaratish, mahsulotlarning eksport bozorlariga oson va tez yetib borishini ta'minlashni o‘z ichiga oladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini samarali logistika orqali tashish va tarqatish, yo‘qotishlarni kamaytirish hamda daromadni oshirish uchun juda muhimdir. Ammo bu sohada muammolar ham mavjud. Misol uchun, mahsulotlarning tez buzilishi. Mevasabzavot, sut mahsulotlari va go‘sht tez ayniydi. Logistikada kechikishlar buzilishga va moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.Bunga yechim sifatida esa, sovuq zanjir logistikasi (muzlatilgan transport va omborlar) rivojlantirish zarur. Mahsulotlarning yaroqlilik muddatini uzaytirish uchun zamonaviy qadoqlash texnologiyalaridan foydalanish. Haroratni kuzatish tizimlarini joriy etish. Bu amallar bilan yo’qotishlarni kamaytirish va daromadni oshirishga ancha yordam beradi. Keyingi o’rinda infratuzilma muammolari ham ancha dolzarbdir. Ko‘plab qishloq hududlarida yo‘llar, omborxonalar va transport tarmoqlari yetarli darajada rivojlanmagan.Bunga yechim sifatida esa yo‘llar va ombor infratuzilmasiga investitsiya kiritish orqali muammoni hal qilish mumkin. Yo‘lovchi va yuk tashishda ko‘p tarmoqli transport tizimidan (avtomobil, temir yo‘l, dengiz) foydalanish. Mahalliy omborlar yaratish orqali transport vaqtini qisqartirish. Transport xarajatlari esa yoqilg‘iga bog‘liqlik. Yo‘lovchi va yuk tashish narxlari, ayniqsa, uzoq masofalar uchun, sezilarli darajada yuqori bo‘lishi mumkin. Yechim sifatida esa GPS va logistika dasturlaridan foydalanib transport marshrutlarini optimallashtirish. Ekologik toza transport vositalari (elektr yoki bioyoqilg‘ida ishlaydigan avtomobillar) joriy etish. Fermerlar uchun qo‘shma transport tizimlarini ishlab chiqish.
Tijorat logistikasini samarali tashkil etish bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan davlatlarning tajribalari:
Hindistonda – sovuq zanjir logistikasi joriy etilishi. Hindistonda yiliga 30-40% meva-sabzavot nobud bo‘lar edi, chunki sovutish tizimi va tezkor logistika yetarlicha rivojlanmagan edi. Hukumat va xususiy sektor tomonidan sovuq omborlar va transport tizimiga sarmoya kiritildi. Ninjacart va WayCool kabi kompaniyalar fermerlarni xaridorlar bilan bog‘laydigan raqamli platformalarni ishlab chiqdi.Bu harakatlardan keyin hindiston bir muncha yo’qotishlarni oldini oldi.Yo‘qotishlar hajmi 30% dan 10% gacha kamaydi. Fermerlar yuqori foyda ko‘ra boshladi, chunki vositachilar kamaydi. Mahsulotlar iste’molchilarga tez yetkazib berilishi ta’minlandi.
Niderlandiya esa – yuqori texnologiyali logistikasi rivojlangan. Niderlandiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, lekin ularning yerlari kichik va logistika samaradorligini oshirish zarur edi.Bu muammolarni hal qilish maqsadida aqlli issiqxonalar va avtomatlashtirilgan logistika tizimlari joriy etildi. Rotterdam porti orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish optimallashtirildi. Blokcheyn va IoT texnologiyalari yordamida ta’minot zanjiri real vaqt rejimida kuzatiladigan bo‘ldi.Natijada esa logistika xarajatlari 30% ga kamaydi. Eksport mahsulotlari yetkazib berish vaqti qisqardi. Ekologik toza transport vositalari va energiya tejovchi texnologiyalar joriy etildi.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tijorat logistikasining samarali tashkil etilishi, mahsulotlarning sifatini saqlash, transport xarajatlarini kamaytirish va bozor talablariga tez va to‘g‘ri javob berish imkonini beradi. Tijorat logistikasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o‘rtasidagi aloqalarni optimallashtiradi, bu esa mahsulotlarning bozorga yetkazilishi, saqlanishi va taqsimlanishini samarali boshqarish imkonini yaratadi. Samarali logistika tizimi orqali nafaqat iqtisodiy samaradorlik oshadi, balki eksport salohiyati ham rivojlanadi, chunki to‘g‘ri rejalashtirilgan logistika zanjiri mahsulotlarning eksport bozorlariga tez va sifatli yetkazib berilishiga imkon beradi. Tijorat logistikasini samarali tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga, bozorning o‘zgaruvchan talablariga moslashishga va global miqyosda raqobatni oshirishga xizmat qiladi. Bularning barchasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratib, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. O’zbekiston hududida qishloq xo‘jaligi logistikasini samarali tashkil etish uchun: Sovuq zanjir logistikasini rivojlantirish (masalan, Hindistondagi kabi). Sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish (Niderlandiya tajribasi). To‘g‘ridan-to‘g‘ri bozorga chiqish tizimlarini yo‘lga qo‘yish.Transport xarajatlarini optimallashtirish va infratuzilmani yaxshilash zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Abduvahobov, T. (2020). Qishloq xo‘jaligi logistikasining iqtisodiy jihatlari va rivojlanish tendensiyalari. Tashkent: Iqtisodiyot va tarmoq ma'muriyati nashriyoti.
2. Berkov, A. (2019). Logistika va ta'minot zanjiri boshqaruvi. Moskva: Yekaterinburg, Ekonomika.
3. Davronov, N.(2018). Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining saqlanishi va transportirovkasi. Tashkent: O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi Akademiyasi nashriyoti.
4.AO Axmedov. ZAMONAVIY IQTISODIYOTNING YASHIL
RIVOJLANISHINI BOSHQARISH TAMOYILLARI VA MEXANIZMLARINI
O'RGANISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI. Inter education & global study, 171-178
5. AO Axmedov. YASHIL IQTISODIYOT FANINI O'QITISH
KONTEKSTIDA YASHIL IQTISODIYOTNING ZAMONAVIY AMALIYOTLARI
VA TEXNOLOGIYALARINI TAHLIL QILISH. Inter education & global study, 96-
6. Кайимова З. Туробова Х (2022). Ўзбекистонда биоиқтисодиётни ривожлантириш омиллари. Iqtisodiyot: tahlillar va prognozlar. 1(17).
7. Туробова, Хулкар. "Особенности развития агробизнеса." Экономика и инновационные технологии 3 (2021): 126-134.
8. BBS Maraljan Matyakubovna Kadirova. THE CULTURE OF USING THE INTERNET BY CHILDREN. ResearchBib Impact Factor: 8.848 / 1 (VOLUME-3,
ISSUE-3), 365-368
9. ММ Кадирова. ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
ВОСИТАЛАРИ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРДА ИҚТИСОДИЙ КЎНИКМАЛАРНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ МОДЕЛИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION
AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL
10. Джураева Д. Д., Джураева Л. Р., Ниязов Л. Н. Мотивация как фактор развития потенциала учащихся в высших технических учебных заведениях //Актуальные проблемы социологии молодежи, культуры, образования и управления. Т. 3.—Екатеринбург, 2014. – 2014.
11. Джураева Д. Д. К., Бердиева З. М. Культурное наследие как фактор развития человеческого потенциала (на примере Узбекистан) //Ученый XXI века. – 2016. – Т. 25.
12. Saidova, F. K. (2022, October). Factors that ensure the successful implementation of the system of key performance indicators. In Formation of psychology and pedagogy as interdisciplinary sciences: a collection scientific works of the International scientific conference.–2022.–Is (Vol. 12, pp. 43-47).
13. Saidova, F. K. (2017). Modern trends in the development of international tourism. Modern trends and current issues in the development of tourism and the hotel business in Russia, 108-113.
14. Туробова, Хулкар. "Агротуризмни ривожлантиришнинг ўзига хос хусусиятлари." Экономика и инновационные технологии 6 (2019): 166-172.
15. Turobova, Hulkar, Feruza Axmedova, and Malika Buranova. "Foreign experiences in organizing cooperation relations in Uzbekistan." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.3 (2021): 2397-2400.
16. Turobova, H. (2021). ЎЗБЕКИСТОНДА АГРОБИЗНЕСНИ
РИВОЖЛАНТИРИШ ИМКОНИЯТЛАРИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu.Uz), 4(4). извлечено от
17. Turobova, Hulkar. "ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ КООПЕРАТИВЛАРИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ МУАММОЛАР." ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 36.36 (2023).
18. KM Matyakubovna. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ УСОВЕРШЕНСТВОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКИХ
КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ. ВЕСТНИК НУУз 1 (5), 100-104
19. Bebudovna, Boltayeva Shaxnoz. "ATROF-MUHITNING IFLOSLANISHI
VA INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI." SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS
IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 2.17 (2024): 10-12.
20. Bebudovna, Boltayeva Shaxnoz, Abduhakimov Nurbekjon Nuriddin o‘g‘li, and Xo‘jaqulov Ramozon Saloxiddinovich. "OZBEKISTONDA AGROTURIZMNI
RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI." INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND
RESEARCH IN EDUCATION 3.25 (2024): 172-175.
21. Kayumovich, K. O., & Kamalovna, S. F. (2019). Social media-marketing-a forceful tool for tourism industry. European science, (7 (49)), 41-43.
22. SAIDOVA, F. (2021). ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ РЫНКА
УСЛУГ В БУХАРЕ ФК Саидова, преподаватель, Бухарский государственный университет, Бухара МА Ражабова, преподаватель, Бухарский государственный университет, Бухара. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.