ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

RAQAMLI IQTISODIYOT VA XALQARO BOZOR MUNOSABATLARINING YANGI PARADIGMALARI

Özet

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va xalqaro bozor munosabatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar xalqaro savdo, investitsiyalar va moliya tizimlarini o‘zgartirib, yangi imkoniyatlar va muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, maqolada raqamli iqtisodiyotning ekologik sohaga ta’siri, uglerod neytralligi va “yashil” texnologiyalarning ahamiyati ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari raqamli iqtisodiyotning barqaror rivojlanish va global iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ko‘rsatadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

MUNOSABATLARINING YANGI PARADIGMALARI

Giyazova Nozima Bayazovna

Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot kafedrasi

dotsenti, i.f.f.d (PhD)

Muxamedova Sevara Azamatovna

Buxoro davlat universitet Iqtisodiyot va turizm fakulteti 3-bosqich talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va xalqaro bozor munosabatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar xalqaro savdo, investitsiyalar va moliya tizimlarini o‘zgartirib, yangi imkoniyatlar va muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shuningdek, maqolada raqamli iqtisodiyotning ekologik sohaga ta’siri, uglerod neytralligi va “yashil” texnologiyalarning ahamiyati ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari raqamli iqtisodiyotning barqaror rivojlanish va global iqtisodiy o‘sishga ta’sirini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, xalqaro bozor, elektron tijorat, ekologik barqarorlik, innovatsion texnologiyalar, raqamli transformatsiya, uglerod neytralligi, “yashil” iqtisodiyot, global savdo tarmog‘i Аннотация: В данной статье анализируются тенденции развития цифровой экономики и ее влияние на международные рыночные отношения. Цифровые технологии трансформируют международные торговые, инвестиционные и финансовые системы, создавая новые возможности и вызовы. В статье также освещается влияние цифровой экономики на экологический сектор, углеродная нейтральность и важность “зеленых” технологий. Результаты исследования показывают влияние цифровой экономики на устойчивое развитие и глобальный экономический рост. Ключевые слова: цифровая экономика, международный рынок, электронная коммерция, экологическая устойчивость, инновационные технологии, цифровая трансформация, углеродная нейтральность, зеленая экономика, глобальная торговая сеть Abstract: This article analyzes the development trends of the digital economy and its impact on international market relations. Digital technologies are transforming international trade, investment and financial systems, creating new opportunities and challenges. The article also covers the impact of the digital economy on the environmental sector, carbon neutrality and the importance of “green” technologies. The results of the study show the impact of the digital economy on sustainable development and global economic growth. Keywords: digital economy, international market, e-commerce, environmental sustainability, innovative technologies, digital transformation, carbon neutrality, green economy, global trade network

So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyot jahon iqtisodiyotining ajralmas qismiga aylanib, innovatsion texnologiyalar va global integratsiya jarayonlari orqali xalqaro bozor munosabatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) rivojlanishi natijasida iqtisodiy faoliyatning asosiy omili bo‘lib ma’lumot va raqamli texnologiyalar xizmat qilmoqda. Ushbu jarayon ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, moliyaviy tranzaksiyalar va xalqaro savdoda tub o‘zgarishlarni keltirib chiqarib, yangi biznes modellarni shakllantirmoqda.

Raqamli iqtisodiyotning xalqaro bozorga ta’siri bir qator omillar bilan bog‘liq. Birinchidan, transchegaraviy elektron tijoratning o‘sishi global savdo jarayonlarini tezlashtirib, an’anaviy iqtisodiy mexanizmlarning samaradorligini oshirmoqda. Ikkinchidan, sun’iy intellekt, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili va blokcheyn texnologiyalari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shaffofligini oshirib, yangi iqtisodiy paradigma shakllanishiga xizmat qilmoqda. Uchinchidan, raqamli iqtisodiyotning ekologik sohaga ta’siri ham tobora dolzarb masalaga aylanib, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim omil sifatida qaralmoqda.

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va uning xalqaro bozor munosabatlariga ko‘rsatgan ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Shuningdek, ekologik omillar va kiberxavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, raqamli iqtisodiy modelning afzalliklari va muammolari yoritiladi.

Raqamli iqtisodiyot zamonaviy iqtisodiy jarayonlarning transformatsiyasiga olib kelayotgan asosiy omillardan biri bo‘lib, bu jarayon iqtisodiy samaradorlik, ishbilarmonlik muhiti va bozor munosabatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. AKTning rivojlanishi natijasida an’anaviy iqtisodiy tizimdan raqamli iqtisodiy modelga o‘tish tendensiyasi kuzatilmoqda. Raqamli iqtisodiyotning asosiy jihatlaridan biri shundaki, unda ma’lumotlar iqtisodiy faoliyatning asosiy resursiga aylanmoqda va tahlil, prognozlash hamda avtomatlashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Raqamli iqtisodiyot global bozorlarning integratsiyasini kuchaytirib, korxonalarga milliy chegaralardan chiqib, xalqaro raqamli platformalar orqali faoliyat yuritish imkoniyatini yaratmoqda. Ayniqsa, elektron tijorat, sun’iy intellekt asosida boshqariladigan tizimlar va avtomatlashtirilgan biznes jarayonlari an’anaviy iqtisodiyot shakllariga sezilarli darajada ta’sir qilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar ham bu tendensiyalardan chetda qolmay, raqamli infratuzilmalarni joriy etish orqali xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga harakat qilmoqda.

So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari sifatida raqamli to‘lov tizimlari, blokcheyn texnologiyalari, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt va aqlli avtomatlashtirish kabi yo‘nalishlar ajralib turmoqda. Ushbu texnologiyalar sanoat tarmoqlarini o‘zgartirib, global iqtisodiy o‘sishga va samaradorlikning oshishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot an’anaviy sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va yangi biznes modellarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

1-rasm. Raqamli iqtisodiyotning xalqaro bozorga ta’sir qilish yo‘nalishlari

1-rasmda raqamli iqtisodiyotning xalqaro bozorga ko‘rsatadigan ta’siri to‘rtta asosiy yo‘nalish orqali tasvirlangan: elektron tijorat, mehnat bozori, ekologiya va kiberxavfsizlik. Raqamli iqtisodiyot va xalqaro bozor munosabatlari

Raqamli iqtisodiyotning eng sezilarli ta’sirlaridan biri global savdo jarayonlarida kuzatilmoqda. Elektron tijorat (e-commerce) bozori tez sur’atlarda kengayib, an’anaviy chakana savdo modelini o‘zgartirmoqda. Elektron tijorat va transchegaraviy savdo - Elektron tijorat bugungi kunda xalqaro bozorlarning ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ushbu soha raqamli iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri hisoblanadi. PayPal, Apple Pay, WeChat Pay kabi raqamli to‘lov tizimlari savdo jarayonlarini soddalashtirib, xalqaro tranzaksiyalar hajmini oshirdi. Do‘konlar va brendlar o‘z faoliyatini onlayn platformalarga ko‘chirish orqali yangi bozorlarga chiqmoqda.

Raqamli

iqtisodiyot

Elektron

tijorat

Mehnat

bozori Ekologiya Kiberxavfsizl

ik

2-rasm. Global elektron tijorat daromadi ( 2017-2026 yillar, trln $)1

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, global elektron tijorat daromadi yildan yilga barqaror o‘sib bormoqda. 2017-yilda daromad 2,38 trln $, 2020-yilda 4,25 trln $ ga yetib, o‘sish davom etgan, 2023-yilda 5,82 trln $, 2026-yilga kelib esa 7,41 trln $ ga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu ma’lumotlar global elektron tijorat bozorining har yili o‘rtacha 10–15% ga o‘sayotganini ko‘rsatadi. O‘sishning asosiy omillari – raqamli to‘lov tizimlarining rivojlanishi, elektron savdoning qulayligi va iste’molchilarning onlayn xarid qilishga bo‘lgan talabining ortishi. Kelgusi yillarda ham bu tendensiya davom etishi kutilmoqda.

Transchegaraviy savdoning o‘sishi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratib, ularga global bozorda raqobatbardoshlikni oshirish imkonini bermoqda. Amazon, Alibaba, eBay kabi yirik elektron tijorat platformalari xalqaro biznes operatsiyalarini soddalashtirish bilan birga, foydalanuvchilarga real vaqt rejimida tranzaksiyalarni amalga oshirish imkoniyatini ham taqdim etmoqda.

Raqamli iqtisodiyot, shuningdek, savdo logistikasining optimallashtirilishiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili asosida shakllangan avtomatlashtirilgan ta’minot zanjirlari yuk tashish va yetkazib berish jarayonlarining samaradorligini oshirmoqda. Dunyo bo‘yicha elektron tijorat bozori hajmi 2026-yilga borib 8 trillion dollarga yetishi kutilmoqda, bu esa xalqaro bozor munosabatlarining qanchalik tez rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Raqamli iqtisodiyot va ishchi kuchining transformatsiyasi

Raqamli iqtisodiyot mehnat bozorida tub o‘zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Raqamli iqtisodiyot ish o‘rinlarini yaratish va yo‘q qilish bilan bog‘liq yangi tendensiyalarni yuzaga keltirdi. Bir tomondan, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt asosidagi tizimlar ba’zi an’anaviy kasblarning yo‘q bo‘lishiga olib kelayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan, yangi ish o‘rinlari va mutaxassisliklarni yaratmoqda. Masalan, 1 https://capitaloneshopping.com/research/ecommerce-statistics/

2017; 2,382018; 2,98

2019; 3,35

2020; 4,25

2021; 4,98

2022; 5,29

2023; 5,82

2024; 6,33

2025; 6,86

2026; 7,41 robototexnika, ma’lumotlar tahlili, sun’iy intellekt muhandisligi kabi sohalar bo‘yicha mutaxassislarga talab ortib bormoqda.

Shu bilan birga, masofaviy ish formati va freelancing bozorining kengayishi xalqaro mehnat bozorida yangi tendensiyalarni yuzaga keltirdi. Upwork, Fiverr kabi platformalar orqali mutaxassislar dunyoning istalgan nuqtasidan turib xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Bu esa mehnat bozori segmentatsiyasiga olib kelib, an’anaviy ish modellari va kasb-hunar tizimlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqamli iqtisodiyotning ekologik sohaga ta’siri

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ekologik muammolar bilan ham bog‘liq bo‘lib, bu sohadagi o‘zgarishlar ikki tomonlama ta’sirga ega. Bir tomondan, texnologik innovatsiyalar ekologik barqarorlikni oshirishga yordam berishi mumkin, masalan, aqlli energiya tizimlari, uglerod emissiyasini kamaytiruvchi sun’iy intellekt tizimlari va ekologik kuzatuvga asoslangan blokcheyn texnologiyalar.

Biroq, boshqa tomondan, ma’lumot markazlarining jadal rivojlanishi va raqamli xizmatlarning kengayishi energiya iste’moli va ekologik yuklamani oshirmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, 2030-yilga borib jahon bo‘ylab ma’lumot markazlari elektr energiyasining 8% ini iste’mol qilishi mumkin. Shuning uchun, energiya tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqish va uglerod neytrallik strategiyalarini joriy etish muhim masalaga aylanmoqda.

Quyida raqamli iqtisodiyotning ekologiyaga ta’siri ilmiy asosda keng yoritiladi:

1-jadval

Raqamli iqtisodiyotning ekologiyaga ta’siri

Ijobiy ta’sir Salbiy ta’sir Qog‘oz sarfini kamaytirish va yashil iqtisodiyotga o‘tish - raqamli texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi tizimlari qog‘oz sarfini sezilarli darajada kamaytiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyalarning raqamli tizimlarga o‘tishi natijasida qog‘oz iste’moli 50–70% ga qisqarishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida daraxtlarning kesilishining oldini oladi va o‘rmonlarni saqlab qolishga hissa qo‘shadi.

Data-markazlarning energiya sarfi va

uglerod chiqindilari - Bulutli

texnologiyalar va raqamli xizmatlarga

bo‘lgan talab ortishi bilan data-markazlar

(ma’lumotlar markazlari) ning energiya

iste’moli ham ortib bormoqda.

Tadqiqotlarga ko‘ra: Dunyo bo‘ylab

data-markazlar global elektr

energiyasining taxminan 1–2% ini

iste’mol qiladi. Bu markazlarning

uglerod chiqindilari ba’zi

mamlakatlarning butun elektr energiya

iste’moliga teng keladi. Masalan, Google

va Amazon kabi yirik kompaniyalar o‘z

serverlarini qayta tiklanuvchi energiyaga

o‘tkazishga harakat qilmoqda, ammo hali

ham bu muammo to‘liq hal etilmagan. Masofaviy ish tizimining rivojlanishi va uglerod izining kamayishi - raqamli iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri masofaviy ish va onlayn xizmatlar sektorining kengayishidir. Ishchilarning ofisga borish zarurati kamayishi natijasida: transportdan foydalanish darajasi pasayadi; yoqilg‘i sarfi kamayadi; atmosferaga chiqindi gazlar chiqarilishi qisqaradi.

Elektron chiqindilarning ko‘payishi -

Raqamli qurilmalar, kompyuterlar va

smartfonlarning ko‘payishi natijasida

elektron chiqindilar (e-waste) hajmi

keskin ortmoqda. Jahon iqtisodiyotida

har yili 50 million tonnadan ortiq

elektron chiqindi hosil bo‘ladi va bu

ko‘rsatkich yildan yilga oshmoqda. Bu

chiqindilar: atrof-muhitni ifloslantiradi;

yer osti suvlari va tuproq tarkibini

buzadi; Aqlli texnologiyalar va energiya samaradorligi - raqamli iqtisodiyot aqlli texnologiyalarni joriy etish orqali energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, aqlli shaharlar (smart cities) konsepsiyasi doirasida raqamli monitoring tizimlari elektr energiyasining ortiqcha sarfini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, blokcheyn va IoT (Internet of Things) texnologiyalari orqali ishlab chiqarish jarayonlarida energiya tejamkorligiga erishish mumkin.

Raqamli iste’molning ortishi va

ekologik yuklama - raqamli

xizmatlarning, jumladan, video striming

platformalarining keng tarqalishi ham

ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Netflix, YouTube va boshqa raqamli

xizmatlar ma’lumotlarni saqlash uchun

katta hajmdagi serverlardan foydalanadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, bir kishi kuniga 1

soat video tomosha qilganda 400

grammdan ortiq CO₂ ajralib chiqadi. Manba: muallif tomonidan ishlangan

Raqamli iqtisodiyotning ekologiyaga ta’siri ikki tomonlama: u yashil iqtisodiyotni rivojlantirishi mumkin, ammo shu bilan birga atrof-muhitga yuklamani oshiruvchi omillarni ham yuzaga keltiradi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun barqaror texnologiyalarni joriy etish, elektron chiqindilarni qayta ishlash, va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar zarur. Kiberxavfsizlik va Raqamli Suverenitet

Raqamli iqtisodiyotning kengayishi kiberxavfsizlik tahdidlarini ham oshirmoqda. Xalqaro miqyosda ma’lumotlarning maxfiyligi, kiberhujumlar va firibgarlikka qarshi kurash asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 2021-yilda kiberjinoyatchilik oqibatida global iqtisodiy zarar 6 trillion dollarga yetgan, bu esa kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish zaruratini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, davlatlar o‘z raqamli suverenitetini mustahkamlash uchun milliy texnologik infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Bu esa xalqaro bozor munosabatlarida axborot xavfsizligi va texnologik mustaqillik masalalarini dolzarb qiladi.

Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda global iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biriga aylanib, xalqaro bozor munosabatlarida yangi paradigmalarni shakllantirmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar iqtisodiy jarayonlarning samaradorligini oshirib, transchegaraviy savdoni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Elektron tijorat, sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalari orqali xalqaro biznes jarayonlari soddalashtirilib, xarajatlar kamaytirilmoqda.

Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot ekologik jihatdan ham ijobiy va salbiy ta’sirlarga ega. Bir tomondan, aqlli energiya tizimlari va uglerod neytrallik strategiyalarining rivojlanishi ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Boshqa tomondan esa, raqamli infratuzilmaning rivojlanishi energiya iste’molining ortishiga va atrof-muhitga bo‘lgan yuklamaning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli, kelajakda “yashil” raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini ilgari surish va ekologik barqaror texnologiyalarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, raqamli iqtisodiyotning xalqaro bozorga integratsiyalashuvi mamlakatlarning innovatsion rivojlanish darajasiga, raqamli infratuzilmalarining rivojlanganligiga va xalqaro hamkorlik siyosatiga bog‘liq. Kelajakda raqamli iqtisodiyotning samarali rivojlanishini ta’minlash uchun davlatlar raqamli suverenitet, kiberxavfsizlik va texnologik mustaqillik masalalariga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar tomonidan raqamli iqtisodiyotga oid qonunchilik va tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish global iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Abdulloev, A. J. (2023). THE ROLE AND IMPORTANCE OF STRATEGIC

PLANNING IN MARKETING.

2. Abdullayeva, H. N., & Sardor, M. (2024). RAQAMLASHTIRISH-MAMLAKAT

TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI. INTELLECTUAL EDUCATION

TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS, 3(27),

113-121.

3. Abdullayeva, H. (2024). KORXONA FAOLIYATIDA INNOVATSION

MARKETINGDAN FOYDALANISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКATSIЙ (buxdu.

uz), 49(49). 4. Axrorovna, B. M. (2022). The Importance of Digitizing the Tax System. European Journal Of Business Startups And Open Society, 2(11), 1-5.

5. Giyazova, N.B. (2024). INCREAZING THE EFFICIENCY OF WASTE

RECYCLING IN THE ECONOMY OF OUR COUNTRY. MODELS AND

METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH,

3(34), 455-461.

6. Giyazova, N.B., & Sh,B.S. (2024). ZАMONАVIY RАQАMLI IQTISODIYOTDАGI

MUАMMOLАR VА CHORА-TАDBIRLАR. Science and innovation, 3(Special Issue 42), 482-489. 7. Shukhratovna, U. M., & Bayazovna, G. N. (2025). FOREIGN EXPERIENCE IN THE

DEVELOPMENT OF MOBILE INTERNET. INNOVATION IN THE MODERN

EDUCATION SYSTEM, 6(49), 250-256.

8. Rustam o‘g‘li, R. J., & Bayazovna, G. N. (2025). MOBIL TO ‘LOVLAR VA

ULARNING IQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI. THE THEORY OF RECENT

SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 3(30), 193-197.

9. Таирова, М. М., & Зойитов, Д. (2024). ЗНАЧЕНИЕ МАРКЕТИНГОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ. Science and innovation, 3(Special Issue 42), 371-376. 10. Таирова, М. М., & Рахматуллаева, Ф. М. (2015). Условия формирования инновatsiонной экономики. Наука 21 века: вопросы, гипотезы, ответы, (1), 115- 118. 11. Hakimovna, U. M., & Muhammedrisaevna, T. M. S. (2022). The role of banking and accounting in the development of small business and entrepreneurship. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE &

INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036, 11, 136-

143. 12. Sayfullayeva, M. (2023). Establishment Of Agritourism Clusters In Uzbekistan Based On The Principles Of Sustainable Tourism. Центр Научных Публикatsiй (Buxdu. Uz), 35(35).

13. Raxmatullayeva, F. M. (2024). MINTAQALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI

OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI. Indexing,

1(1).

14. Turobova, H. (2021). ЎЗБЕКИСТОНДА АГРОБИЗНЕСНИ РИВОЖЛАНТИРИШ

ИМКОНИЯТЛАРИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz), 4(4).

извлечено от https://journal.buxdu.uz/index.php/journals_buxdu/article/view/210 15. Raxmatullayeva, F. M., & Shaxzod, J. (2024). RAQAMLI IQTISODIYOTNING

RESURSLAR ISTE'MOLIGA TA'SIRI. MODELS AND METHODS FOR

INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH, 3(34), 496-502.

16. Turobova, H., & Amonov, S. (2024). THE SIGNIFICANCE OF DEVELOPMENT OF

ECO-BUSINESS IN AGRICULTURE. Science and innovation, 3(Special Issue 42), 639-648. 17. Turobova, H., & Eshbekov, M. (2023). Development of Entrepreneurial Skills of Farmers. Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 2, 13-17.

18. Mubinovna, R. F. (2025). RAQAMLI IQTISODIYOTDA PLATFORMALAR

AHAMIYATI. THE THEORY OF RECENT SCIENTIFIC RESEARCH IN THE

FIELD OF PEDAGOGY, 3(30), 220-225.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.