ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

SANOATIDA EKOLOGIK MUAMMOLAR: CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA QAYTA ISHLASH

Özet

Farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilar tarkibida turli kimyoviy birikmalar, organik erituvchilar, antibiotiklar va biologik faol moddalar mavjud. Ularning atrof-muhitga chiqishi tuproq, suv va havoning ifloslanishiga, shuningdek, mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini oshishiga sabab bo‘ladi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

VA QAYTA ISHLASH

Bobonazarova N.A. Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiyot fakulteti talabasi,

Buxoro shahri, O‘zbekiston. Dolzarbligi: Ushbu tezisda farmatsevtik ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarning ekologik muhitga ta’siri va ularni kamaytirish masalalari tahlil qilingan. So‘nggi yillarda dorivor preparatlar ishlab chiqarish hajmining ortishi tabiiy muhitga zarar yetkazuvchi kimyoviy moddalarning ko‘payishiga olib kelmoqda. Shuning uchun farmatsevtik chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish, saralash va qayta ishlash ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.[1] Tadqiqot natijalari chiqindilarni biotexnologik va fizik-kimyoviy usullar orqali zararsizlantirish samaradorligini ko‘rsatadi. Ushbu yo‘nalishda zamonaviy ekologik standartlarni joriy etish atrof-muhitni muhofaza qilishda muhim omil hisoblanadi.[2] Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri chiqindilarni ekologiyani zararlashidir.Hozirgi kunda chiqindilarning 800dan ortiq turi mavjud. Bularning deyarli 40foizini tibbiyot chiqindilari tashkil etadi.Hozir atrof-muhitga nafaqat maishiy, balki tibbiyot chiqindilarining xavfi ham ortib bormoqda. Ularning ta'sirida suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi aholi orasida infektsion va noinfektsion kasalliklarning tarqalishiga omil bo'ladi.[3] Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi sabab dunyo davlatlarida tibbiyot chiqindilari hosil bo'lishi ortgan. Mamlakatimizda ham hech qachon bu qadar ko'p doka niqoblar, rezina qo'lqoplar, himoya vositalari ishlatilmagan. Modomiki, ularni ishlatishga talab bor ekan, foydalanib bo'lgach, maishiy chiqindilarga aralashtirmaslik muhim.[4] Tibbiyot klinikalari va davlat shifoxonalaridan chiqadigan chiqindilarni esa mufelni pechda 1200 gradus issiqlikda qizdirib, to'liq zararsizlantirish zarur. Ko’rsatkichlar bo’yicha bu chiqindilarning 85foizini qayta ishlash mumligini ko’rsatmoqda. Tadqiqotning maqsadi: Farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilar tarkibida turli kimyoviy birikmalar, organik erituvchilar, antibiotiklar va biologik faol moddalar mavjud. Ularning atrof-muhitga chiqishi tuproq, suv va havoning ifloslanishiga, shuningdek, mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligini oshishiga sabab bo‘ladi.[5.6] Usul va uslublar: Ushbu muammoni chuqur o‘rganish maqsadida SWOT-tahlil usulidan foydalanildi. Tahlil natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Kuchli tomonlar (S)

Farmatsevtika sanoatida chiqindilarni qayta

ishlanishi uchun texnologik baza mavjud; chiqindilar

tarkibi nazorat qilinadi; ba'zi korxonolarda

filtratsiya tizimlari joriy qilingan.

Zaif tomonlar (W)

Ko'p korxonolarda ekologik monitoring

sust yo'lga qo'yilgan;

chiqindilarni saralash tizimi to'liq

ishlamaydi; ayrim

dorivor moddalar biologik parchalanmaydi.

Imkoniyatlar (O) Biotehnologik usullarni joriy etish; chiqindilarni

qayta ishlagan orqali iqlimchi xomashyoni olish;

“FARMAKOLOGIYA, FARMATSEVTIKA VA XALQ TABOBATI

DOLZARB MUAMMOLAR VA INNOVATSIYALAR”

ekologik standartlarni xalqaro talablar bilan

moslashtirish imkoniyati mavjud.

Tahdidlar (T)

Kimyoviy moddalarning tuproq va suv tizimga

kirib borishi; bioxilma-xillikka salbiy ta'sir;

ekologik qonunchilik talablarining buzilishi xavfi. Natijalar: SWOT-tahlil natijasida aniqlanishicha, farmatsevtik chiqindilar bilan bog‘liq asosiy muammo — ularning biologik parchalanmasligi va noto‘g‘ri utilizatsiya qilinishidir. Shu bois chiqindilarni biotexnologik (mikroorganizmlar yordamida parchalanish) va fizik-kimyoviy (adsorbsiya, neytrallash) usullar orqali qayta ishlash eng samarali yo‘l hisoblanadi. Xulosalar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, chiqindilarning 60–70 foizini biotexnologik usullar bilan zararsizlantirish mumkinligi aniqlangan. Bu esa ekologik xavfni sezilarli darajada kamaytiradi va farmatsevtik ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi, "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonun, 1992-yil

(ixtibos: "Ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun chiqindilarni boshqarish tizimlari

joriy etilishi lozim" — 15-modda). 2. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO), "Farmatsevtik chiqindilar va ekologik

ta’sir" hisoboti, 2020-yil (ixtibos: "Tibbiyot chiqindilarining 40 foizga yaqini

ekologik muhitni ifloslantiradi" — 23-bet). 3. SO 14001:2015, "Ekologik boshqaruv tizimlari — Talablar bilan yo‘naltirish",

Xalqaro standart (ixtibos: "Ekologik standartlarni joriy etish atrof-muhitni muhofaza

qilishda muhimdir" — 5-bo‘lim). 4. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, "Ekologik monitoring va barqaror rivojlanish"

jurnali, 2022-yil, 3-son (ixtibos: "Chiqindilarning 85 foizi qayta ishlanishi mumkin"

— 45-bet) 5. https://search.app/FpkKjKwq6bEuN5UP7 6. Rasulov B. “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” — Toshkent: Fan, 2021.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.