SAVOD OʻRGATISH METODLARIGA QIYOSIY-TANQIDIY TAHLIL
Atamurodova Qunduzoy G‘aniyevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim metodikasi kefedrasi
o‘qituvchisi
atamurodovaqunduzoy@gamil.com
Sattorova Fazilat Xolmurod qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
2-bosqich talabasi
fazilatsattorova54@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada savod o’rgatish, uning vazifalari, savod o’rgatish
metodlari, o’zbek tilining tovush tuzilishi va grafikasi, oʻqish va yozishga o’rgatishning
o’ziga xos xususiyatlari ahamiyati haqida fikrlar bildirilgan.
Kalit so`zlar: o’qish, bo’g’in-tovush tahlili, tovush-harf tahlili, bo’g’inlab o’qish
tamoyili, bo’g’inga bo’lish, o’qish, yozish, savod o’rgatish, metod, alifbe, bo’g’in, hijo
usuli, harfiy metod, abjad, tovush metodi, madrasa, anlitik-sintetik tovush metodi.
Savod oʻrgatish deganda biz, maktabga ilk qadam qoʻygan, hali yozishni,
oʻqishni bilmaydigan oʻquvchilarga harf tanish, oʻqitish va yozishni oʻrgatishni
tushunamiz.
Oʻquvchilarga savod oʻrgatish oʻz oldiga bir necha vazifalarni qoʻyadi:
Yozish koʻnikmasini hosil qilish uchun bolalarda partada toʻgʻri oʻtirish,
ruchkani toʻgʻri ushlash, daftarni qiyalikda qoʻyish kabi faoliyat turlari ham oʻrgatiladi.
Milliy o‘quv dasturida har bir sinf bitiruvchiligini hisobga oladigan bo‘lsak, unda 1-
sinf o‘quvchilariga quyidagicha talab qo‘yiladi:
Og‘zaki nutq OTMT.1.NK.ON.1 unli va undosh tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilish; OTMT.1.NK.ON.2 x va h, oʻ va u tovushlarini og‘zaki nutqda farqlash
(dasturda berilgan matnlar asosida);
OTMT.1.NK.ON.3
tengdoshlari va kattalar bilan suhbatga kirisha olish,
suhbatlashish odobiga rioya qilish (bir-birini hurmat qilish,
soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan soʻrash, mavzu yoki
matn yuzasidan navbat bilan gapirish); OTMT.1.NK.ON.4 rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlash; OTMT.1.NK.ON.5 oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gapira olish; OTMT.1.NK.ON.6 matnni qayta bayon qila olish.
Savod chiqarish va yozma nutq OTMT.1.NK.YN.1 fikr ifodalashda bir-biriga oʻxshash (satr osti, satr usti
harflari) harflarni farqlab yozish; OTMT.1.NK.YN.2 yozma nutqda x va h harflarini to‘g‘ri qo‘llash; OTMT.1.NK.YN.3 boʻg‘in koʻchirish qoidаsigа rioya qilish; OTMT.1.NK.YN.4 husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qilgan holda
15– 20ta so‘zdan iborat diktant yozish; OTMT.1.NK.YN.5 yil davomida o‘rganilgan fanlarga oid atamalarni farqlash va
ularni toʻgʻri yoza olish; OTMT.1.NK.YN.6 berilgan rasm asosida, odam yoki ma’lum voqeani tasvirlab,
2–3ta gap tuzib yoza olish; OTMT.1.NK.YN.7 turli mavzularda tabriknoma yoza olish.
Anglash
Oʻqish va tushunish OTMT.1.NK.A.OʻT.1 harflarning bosma va yozma shakllari muvofiqligi va farqlarini
ajratgan holda o‘qish va tushunish; OTMT.1.NK.A.OʻT.2 oʻquv dasturida tavsiya qilingan matnlardagi soʻz va
birikmalarning ma’nosini anglash; OTMT.1.NK.A.OʻT.3 darslikda berilgan lugʻatdan foydalana olish; OTMT.1.NK.A.OʻT.4 matn yuzasidan savollar bera olish;
OTMT.1.NK.A.OʻT.5
matn tafsilotlarini aniqlashtirish uchun savollarga javob bera
olish (Kim? Nima? Qayerda? Qachon? Nima uchun? Qanday
qilib? kabi); OTMT.1.NK.A.OʻT.6 o‘qilgan ertaklarning xulosasini ayta olish.
Tinglab tushunish OTMT.1.NK.A.TT.1 tinglangan tovushlarni o‘zaro farqlash va harflarga moslashtira
olish; OTMT.1.NK.A.TT.2 suhbatlashish qoidalariga rioya qilish (bir-birini hurmat qilish,
soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan soʻrash); OTMT.1.NK.A.TT.3 xabar, buyruq, soʻroq ohanglarini farqlash; OTMT.1.NK.A.TT.4 berilgan savolni tushunish va tartibli javob bera olish; OTMT.1.NK.A.TT.5 jonli nutq, audiomatn shaklidagi matnlarning xulosasi va
gʻoyasini ayta olish.
Ushbu talablarni bajarish uchun savod oʻrgatishda tovush-harf bilan tanishtirish
unlilardan boshlanadi. Oʻzbek tilida 6ta unli fonema bor: a, e, i, o, u, oʻ. Bu jarayonda
har bir unli harf yozilishi, talaffuzi, xususiyatlari oʻquvchilarga oʻrgatiladi. Unlilardan
keyin undosh tovushlar tanishtiriladi. Oʻzbek tilida 24ta undosh tovushi bor. Yozuvda
esa 23ta harf bilan ifodalanadi: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (joʻja), k, l, m, n, p, q, r, s, t, v,
x, y, z, gʻ, sh, ch, ng. Shulardan 3tasi harf birikmasi (sh, ch, ng), 21tasi yakka harf
hisoblanadi. Unlilarni ham, undoshlarni ham oʻrgatishda muayyan tartibga va talabga
asoslanadi.
Eski maktablarda oʻqish va yozish bir vaqtda oʻrgatilmagan. Avval oʻqishni oʻzi
oʻrgatilgan. Oʻqish hijo yaʼni boʻgʻin usuli bilan oʻrgatilgan. Hijo usulida oʻqishga
oʻrgatishni 3bosqichda amalga oshirish mumkin:
1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish. Bu bosqichni “harfiy metod” ham
deyish mumkin. Avval yangi kelgan bolalarga kichik-kichik suralar ogʻzaki
yodlatilgan. Bolalar suralarning maʼnolarini tushunmay yod olishgan. Kichik suralar
yodlatilgandan soʻng, arab alifbosi yodlatilgan.
2-bosqich. Boʻgʻin hosil qilish (zer-u zabardan boʻgʻin hosil qilish). Harflar nomi
yodlangach, boʻgʻin hosil qilishga, yaʼni “zer-u zabar” ni oʻrgatishga oʻtilgan. Zabar
(fatha) — undoshga a tovushini qoʻshib oʻqish kerakligini bildiradi, u harf ustiga
chiziqcha shaklida yoziladi. Zer (kasra) — undoshga i tovushini qoʻshib oʻqish
kerakligini bildiradi, u harf ostiga chiziqcha shaklida yoziladi. Pesh (zamma) —
undoshga u tovushini qoʻshib oʻqish kerakligini bildiradi, u undosh harf ustiga
qoʻyiladigan undov belgiga oʻxshab yoziladi.
3-bosqich. Boʻgʻinlarni qoʻshish. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga 28harf
jamlangan 8ta soʻzni yozib beradi. Masalan, abjad ( ْ اَبْجَد) soʻzida alifga zabar qoʻyib ( َا),
bega urushtirilsa ( ْ اَب), jimga zabar qoʻyib ( َ ج), dolga urushtirilsa jad ( ْ جَد) hosil boʻladi.
Bularni ikkisini qoʻshsa, abjad ( ْ اَبْجَد) soʻzi hosil boʻladi.
“Turkistonda taxminan XIX asrning ikkinchi yarmida ochilgan rus-tuzem
maktablari savod oʻrgatishda maʼlum darajada ijobiy natijaga erishdi. 1902-yilda
Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbosi —
“Ustodi avval” nashr etildi.
“Ustodi avval” qoʻllanmasi 3boʻlimdan iborat. Ular:
1-boʻlim: Alifbe boʻlimi. Muallif bu boʻlimda arab alfavitidagi harflarni alfavit
tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini,
harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini eʼtiborga olgan holdatizib chiqqan.
2-boʻlim: Alifbedan keyingi davr. Bu boʻlimda hikoya, masal va 50maqola
berilgan. Ularning ayrimlarida bilim olish targʻib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy
mazmunda boʻlgan.
3-boʻlimi: “Alifboi Qurʼon” deb atalgan. Mazkur boʻlimda bolalarga islom
dinining muqaddas kitobi “Qurʼon Karim”ni tushunib oʻqishga oʻrgatishni maqsad
qilib qoʻygan.”1
Savod oʻrgatishning analitik-sintetik tovush metodiga rus pedagogi K. D.
Ushinskiy asos solgan. Analitikda yaxlitdan maydaga, sintetikda maydadan yaxlitga
oʻtiladi. Analitik mashqda nutq gaplarga, gap soʻzlarga, soʻz boʻgʻinlarga, boʻgʻin
tovushlarga boʻlinadi: gap — soʻz — boʻgʻin — tovush. Sintetik mashqda tovushlardan
boʻgʻin, boʻgʻinlardan soʻz, soʻzlardan gap, gaplardan bogʻlanishli nutq hosil qilish
haqida tushuncha beriladi.
Xulosa qilib aytganda, savod oʻrgatish jarayonida analitik-sintetik metodi
oʻquvchilarni faol mustaqil fikrlashga undaydi, oʻquvchilarda kuzatuvchanlikni
oshiradi, ziyraklikni oʻstiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. Ibragimova F.E., Farsaxonova D.R., Shukurova H.S. Mamayusupova
S.M., Xolsaidov F.B. BOSHLANG`ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH
METODIKASI 5111700 – Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish bakalavriat
ta’lim yo’nalishidagi talabalar uchun darslik Toshkent 2019
2. Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida Gʻulomova, Sharofat
Yoʻldosheva, Sharafjon Sariyev Ona tili oʻqitish metodikasi Toshkent “ Noshir”
nashriyoti 2009.
3. “Ona tili” Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi. Respublika
ta’lim markazi 2022.
1 Karima Qosimova ,Safo Matchonov, Xolida Gʻulomova, Sharofat Yoʻldosheva,Sharafjon Sariyev Ona tili oʻqitish
metodikasi Toshkent “ Noshir” nashriyoti 2009. 26-bet.
4. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the
10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. –
№. 8. – С. 160-167.
5. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari
//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т. 1.
– №. 5. – С. 186-190.
6. Rustam o‘g A. T. et al. Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni
//Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 88-93.
7. Rustam o‘g A. T. et al. XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA
O‘QUVCHILARNING BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI //Journal of
Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 94-100.
8. Rustam o‘g A. T. et al. Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish
//Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 101-109.
9. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.
(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING
BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science
Research, 1(5), 94–100. Retrieved from
10. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Abdullayeva Xumora O‘tkirbekovna.
(2023). TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. Journal of Universal Science
Research, 1(5), 503–508. Retrieved from
11. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Choriyeva Diyora Muhiddinovna.
(2023). Boshlang‘ich ta’limda tarbiya metodlari. Journal of Universal Science
Research, 1(5), 509–512. Retrieved from
12. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.
(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI
TA’LIMOTLARI . Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved
from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665
13. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY
QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved
from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/666
14. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Pardayeva Sevara Abdunosir qizi. (2023).
1-4-SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI
SHAKLLANTIRISH MAZMUNI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 363–
373. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/667
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.