ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

SAYYOHLIK INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Özet

         Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada mavjud muammolar tahlil qilinib, infratuzilmaviy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari – transport, mehmonxona xo‘jaligi, raqamli xizmatlar, ekologik turizm, xavfsizlik va axborot tizimlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida sayyohlar uchun qulay muhit yaratish va hududiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha strategik yondashuvlar tavsiya etilgan. Metodologik jihatdan tahliliy va tavsifiy yondashuvlar asosida natijalar ishlab chiqilgan. Maqola yakunida turizm infratuzilmasini barqaror rivojlantirish uchun kompleks choralar zarurligi ta’kidlanadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

SAYYOHLIK INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Amrilloyeva Sevinch Axmadjonovna

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, TOUP: 702U-guruh talabasi

Ilmiy rahbar: Yo`ldoshev Abdumalik Ilxomovich

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada mavjud muammolar tahlil qilinib, infratuzilmaviy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari – transport, mehmonxona xo‘jaligi, raqamli xizmatlar, ekologik turizm, xavfsizlik va axborot tizimlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida sayyohlar uchun qulay muhit yaratish va hududiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha strategik yondashuvlar tavsiya etilgan. Metodologik jihatdan tahliliy va tavsifiy yondashuvlar asosida natijalar ishlab chiqilgan. Maqola yakunida turizm infratuzilmasini barqaror rivojlantirish uchun kompleks choralar zarurligi ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar: sayyohlik infratuzilmasi, turizm rivoji, raqamli xizmatlar, ekologik turizm, mehmonxona xo‘jaligi, xavfsizlik, hududiy turizm, barqarorlik, innovatsiya.

Abstract

This article discusses the improvement of tourism infrastructure in the Republic of Uzbekistan. It analyzes the current challenges and proposes key directions for infrastructure development, including transport, hospitality, digital services, ecological tourism, safety, and information systems. Based on international best practices, the paper presents strategic approaches to creating a tourist-friendly environment and fostering regional tourism. Methodologically, the article relies on analytical and descriptive approaches to reach its conclusions. In conclusion, it emphasizes the necessity of a comprehensive and sustainable development strategy for tourism infrastructure.

Key words: tourism infrastructure, tourism development, digital services, ecological tourism, hospitality industry, safety, regional tourism, sustainability, innovation.

KIRISH

Bugungi globallashuv sharoitida turizm sohasi har bir davlat iqtisodiyotining strategik yo‘nalishiga aylanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi boy tarixiy meros, tabiiy manzaralar va milliy qadriyatlar bilan boyitilgan yurtlar uchun turizm nafaqat iqtisodiy o‘sish manbai, balki madaniy diplomatiya vositasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq sayyohlik imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun muhim bo‘lgan infratuzilmani takomillashtirish dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur maqolada aynan sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish yo‘llari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilinadi. Sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bir vaqtning o‘zida turizm sanoatining ichki va tashqi omillariga moslashuvchanlikni oshirishni, mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni va ularning O‘zbekiston haqida ijobiy taassurotga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Bugungi kunda sayohatchilar turli xil ehtiyojlarga ega – ba’zilar tarixiy obidalarni ziyorat qilishni maqsad qilsa, boshqalar ekologik tozalikka, dam olish joylarining shinamligi va xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratadi. Shunday ekan, infratuzilmani takomillashtirish deganda faqatgina binoinshootlar yoki yo‘llarni yangilash emas, balki butun tizimni sayyohlar uchun qulay va jozibador holatga keltirish tushuniladi. Sayyohlar oqimining ortishi, eng avvalo, ularni qabul qiladigan muhitga bog‘liq. Turistik hududlarda toza va qulay yo‘llar, zamonaviy tibbiy xizmatlar, xavfsizlik choralarining kuchaytirilganligi, yoritilgan va yo‘lko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan ko‘chalar – bularning barchasi mehmonlar tajribasini yaxshilashda muhim omillardir. Bu borada raqamli texnologiyalarning o‘rni beqiyos. Mobil ilovalar orqali sayyohlar joylashuvni aniqlay oladi, yaqin atrofdagi diqqatga sazovor joylar, restoranlar, tibbiy yordam punktlari yoki jamoat transporti haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Aynan shu yerda aqlli turizm konsepsiyasi – smart turizm g‘oyasi o‘z samarasini ko‘rsatadi. Bunday texnologiyalar turistlarga mustaqil sayohat qilish imkoniyatini yaratadi va bu orqali ularda O‘zbekiston haqida ijobiy taassurot shakllanadi.

Bundan tashqari, mehmonxona va turar joylar infratuzilmasi ham zamon talablariga mos ravishda rivojlanishi kerak. Nafaqat yirik mehmonxonalar, balki kichik oilaviy mehmon uylari, milliy uslubdagi turar joylar, ekologik xostellar sayyohlar uchun o‘ziga xos tajriba bo‘lishi mumkin. Xususan, homestay tizimining rivoji mahalliy aholining turizm sohasidan daromad topishiga zamin yaratadi. Shu orqali infratuzilma nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki ijtimoiy-iqtisodiy mazmunda ham boyitiladi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida xorijiy tillarda muloqot qila oladigan, mehmonlar bilan madaniyatli muomala qila oladigan kadrlarning tayyorlanishi zarur. Bu o‘z navbatida xizmatlar sifati va sayyohlar mamnunligini oshiradi. Turizmning ekologik yo‘nalishini rivojlantirish esa alohida e’tiborga loyiq. Ekoturizm va qishloq turizmi orqali sayyohlar O‘zbekistonning tabiiy go‘zalliklari bilan tanishish, an’anaviy hayot tarzini bevosita ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu esa nafaqat yangi tajriba, balki madaniyatlararo muloqotga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, tabiatni asrab-avaylash, ekologik muvozanatni saqlash va yashil infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish turizmning barqarorligiga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish masalasi xalqaro va mahalliy miqyosda keng o‘rganilayotgan mavzulardan biridir. Mazkur maqolani tayyorlash jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan e’lon qilingan strategik hujjatlar, jumladan “2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish strategiyasi”, Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) tavsiyalari hamda so‘nggi yillarda nashr etilgan ilmiy maqolalar va statistik ma’lumotlarga tayanildi. Shu bilan birga, ilg‘or xorijiy tajriba, jumladan Turkiya, Malayziya, Gruziya va BAA kabi davlatlarning infratuzilmaviy rivojlanish modellari tahlil qilindi. Adabiy manbalarni tahlil qilish jarayonida asosan quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi: sayyohlik transport tizimi, mehmonxona xo‘jaligi, raqamli infratuzilma, xavfsizlik va ekologik turizmni rivojlantirish tajribalari. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli turizm infratuzilmasi yaratish uchun faqat moddiy texnik baza emas, balki axborot texnologiyalari, inson kapitali va boshqaruv mexanizmlari ham muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, tahlil qilingan adabiyotlarda davlat-xususiy sheriklik modeli, mahalliy aholining turizmda ishtirokini kengaytirish va ekologik barqarorlik tamoyillariga asoslangan infratuzilmaviy loyihalar samarali ekani alohida ta’kidlangan. Metodologik jihatdan maqola analitik va tavsifiy tadqiqot usullariga asoslandi. Dastlab mavjud vaziyat o‘rganildi, so‘ngra taklif va xulosalar zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida ishlab chiqildi. Mahalliy va xalqaro statistik ma’lumotlar tahlili orqali muammolar aniqlanib, ularga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning samaradorligi baholandi. Tavsiyalarni ishlab chiqishda holatli yondashuv (case-study) usuli ham qo‘llanilib, turli hududlarda amalga oshirilgan amaliy tajribalar o‘rganildi.

NATIJALAR

O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar sayyohlik infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlarini qayta shakllantirish va modernizatsiya qilish imkonini berdi. Xususan, mamlakatda 2016–2024 yillar oralig‘ida mehmonxona va boshqa turar joylar soni 3 barobarga yaqin oshdi, xalqaro aeroportlar soni ko‘paytirildi va ularning texnik bazasi sezilarli darajada yangilandi. Ushbu o‘zgarishlar natijasida 2023 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 6,6 milliondan oshdi, bu esa pandemiyadan keyingi tiklanish sur’atlarining yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Ammo mavjud infratuzilmaning hududlar bo‘yicha nomutanosibligi, logistika va xizmat ko‘rsatish sohasidagi muammolar hamon saqlanib qolmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ayrim viloyatlarda turizm uchun mo‘ljallangan yo‘llarning sifati past, axborot tizimlari va yo‘lko‘rsatkichlar yetarli emas, tibbiy va xavfsizlik infratuzilmasi cheklangan. Shu sababli, turizm oqimi asosan yirik shaharlar va tarixiy markazlarda to‘plangan, bu esa mintaqaviy rivojlanishda tafovutlar yuzaga kelishiga olib kelmoqda. Sayyohlik infratuzilmasining hozirgi holati So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish borasida muhim qadamlar tashlandi. Jumladan:

• Yangi mehmonxonalar, xostellar, karvonsaroylar va boshqa turar joylar soni oshdi.

• Transport-logistika tizimi yaxshilanmoqda: yo‘lovchi poyezdlar, tezkor avtobus

yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

• Turistik zonalar (masalan, Zomin, Charvak, Buxoro tarixiy hududi) rekonstruksiya

qilinmoqda. Biroq, mavjud infratuzilma sayyohlarning talab va ehtiyojlarini to‘liq qondira olmayapti. Ayrim hududlarda yo‘llar sifatsiz, axborot xizmatlari kam, tibbiy yordam yoki favqulodda holat xizmatlari esa cheklangan. Takomillashtirish yo‘llari 1. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish Bugungi kunda turistlar internet orqali xizmatlardan foydalanishni afzal ko‘radi. Shuning uchun:

• Har bir turistik hududda bepul Wi-Fi zonalari tashkil etilishi lozim.

• Mobil ilovalar orqali gidlik, xarita, xizmatlar haqida ma’lumot beruvchi

platformalarni yaratish zarur.

• “Smart Tourism” (aqlli turizm) konsepsiyasini joriy etish foydali bo‘ladi. 2. Transport tizimini modernizatsiya qilish Sayyohlar uchun qulay, xavfsiz va arzon transport vositalari zarur:

• Ichki reyslar sonini oshirish va chiptalar narxini maqbullashtirish.

• Elektr avtobuslar, ekologik transport vositalarini jalb qilish.

• Turistik yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus marshrutli transportlarni yo‘lga qo‘yish. 3. Mehmonxona va turar joylar sifatini oshirish Sayyohlar soni ortgani sari mehmonxonalar sifati va qulayligi ham muhim bo‘lmoqda:

• 3-4 yulduzli byudjet mehmonxonalarni ko‘paytirish.

• O‘zbek milliy uslubidagi “homestay” tizimini rivojlantirish.

• Xizmat ko‘rsatish xodimlarini xorijiy tillarda muloqot qila oladigan darajada

tayyorlash. 4. Ekoturizm va qishloq turizmini rivojlantirish Turistlar shahar tashqarisidagi tabiiy go‘zalliklarga ham katta qiziqish bildiradi:

• Qishloq xo‘jaligi faoliyatida ishtirok etish imkonini beruvchi dasturlar.

• Mahalliy aholiga turizm orqali daromad manbai yaratish.

• Tabiiy landshaftni asrash bilan birga ekoturizmni targ‘ib qilish. 5. Xavfsizlik va tibbiy xizmatlar tizimini takomillashtirish Sayyohlar uchun xavfsizlik kafolatli bo‘lishi zarur:

• Har bir turistik hududda 24/7 xizmat ko‘rsatuvchi tibbiy punktlar.

• Politsiya, yong‘in va favqulodda xizmatlar bilan tezkor aloqa imkoniyati. QR-kodli yo‘lko‘rsatkichlar, favqulodda aloqa tizimi.

Shuningdek, xorijiy tajriba tahlili O‘zbekistonda ekoturizm, qishloq turizmi va aqlli infratuzilmalar (smart tourism) borasida hali katta salohiyat mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan, Gruziya, Vyetnam yoki Sloveniya kabi davlatlarda kichik qishloqlarni sayyohlik markazlariga aylantirish orqali nafaqat sayyohlar oqimi, balki mahalliy aholining daromad darajasi ham oshgan. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda dastlabki qadmlar qo‘yilgan bo‘lsa-da, tizimli yondashuv yetishmayapti. Shu asosda maqolada ilgari surilgan takliflar – raqamli infratuzilmani kengaytirish, ekologik transport vositalarini joriy etish, xorijiy tillarni biladigan xodimlar sonini ko‘paytirish, turar joylarning xilmaxilligini oshirish, qishloq va ekoturizm imkoniyatlarini to‘liq ishga solish – amaliy natijadorlikni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Bu chora-tadbirlar nafaqat sayyohlar uchun qulaylik yaratadi, balki O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasini mustahkamlashga, hamda turizm eksport salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, mavjud natijalar ijobiy bo‘lsa-da, barqaror va uzoq muddatli rivojlanish uchun infratuzilmani har tomonlama takomillashtirish, innovatsion va mintaqaviy yondashuvlarni keng qo‘llash dolzarb vazifadir. Aynan shunday strategik harakatlar O‘zbekistonni mintaqadagi yetakchi sayyohlik markaziga aylantiradi. Xulosa

Sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish – bu murakkab, biroq strategik ahamiyatga ega jarayondir. U nafaqat iqtisodiy foyda, balki O‘zbekistonning xalqaro imijini mustahkamlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik, innovatsion yondashuvlar, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali biz mamlakatimizni Markaziy Osiyodagi yetakchi turistik markazga aylantirishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish – bu faqat muhandislik yoki qurilish masalasi emas, balki keng qamrovli, tizimli va barqaror yondashuvni talab qiladigan jarayondir. Bu yo‘lda davlat siyosati, xususiy sektor ishtiroki, mahalliy aholi faolligi va innovatsion texnologiyalarning uyg‘unlashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Faqatgina shunday yondashuv orqali O‘zbekiston nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro darajada ham sayyohlar uchun qiziqarli va raqobatbardosh maskan sifatida shakllanishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va milliy qadriyatlar targ‘ibotiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdukarimov, A. (2020). O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish

istiqbollari. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.

2. Bobojonov, B. (2019). Ekoturizm asoslari va uning infratuzilmasi. Samarqand:

Zarafshon.

3. G‘aniyev, S. (2021). Hududiy turizm va logistika tizimi. Farg‘ona: Ilm ziyo.

4. Islomova, D. (2023). Sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish sifati: zamonaviy

yondashuvlar. Toshkent: Fan va taraqqiyot.

5. Karimova, Z. (2022). Raqamli texnologiyalar va turizm infratuzilmasi. Nukus:

Qoraqalpoq universiteti nashriyoti.

6. Komilov, M. (2020). Mehmonxona xo‘jaligi boshqaruvi va xizmatlar sifati.

Toshkent: Turon-Iqtisod.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli

farmoni. 2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha

strategiya.

8. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi (2023).

O‘zbekistonda turizm statistik ma’lumotlari. Rasmiy hisobot.

9. UNWTO (2021). Tourism and Sustainable Infrastructure Development. BMT

Jahon Turizm Tashkiloti hisobotidan tarjima.

10.Yusupov, R. (2018). Xalqaro tajriba asosida turizm infratuzilmasini

modernizatsiya qilish. Buxoro: BuxDU nashriyoti.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.