ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Özet

This article notes the childhood of Maqsud Shaykhzoda, an Azerbaijani artist, who has a special place in Uzbek literature, not only as a poet, but also as a strong playwright, literary scholar and educator. It is about the artist’s love of literature, his first poem and his student years. His pedagogical activity, modern works, the artist's attitude to the time are reflected.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

SHAYXZODA HAQIDA

Toshkent davlat transport universiteti “ETKM” fakulteti

EE-7 guruh talabasi Urinboyev Farrux Farxod o‘g‘li

+998939017478

urinbayevfarid@gmail.com

Toshkent davlat transport universiteti katta o‘qituvchisi

Tillaboyeva Osiyobegim Bekpo‘latovna

Annotation: This article notes the childhood of Maqsud Shaykhzoda, an Azerbaijani artist, who has a special place in Uzbek literature, not only as a poet, but also as a strong playwright, literary scholar and educator. It is about the artist’s love of literature, his first poem and his student years. His pedagogical activity, modern works, the artist's attitude to the time are reflected.

Keywords: Creator, work, poetry, pedagogy, nation, biography, requirements of the time, worldview, Uzbek literature, political and social activity.

Аnnotatsiya: Ushbu maqolada ozarboyjonlik ijodkor, o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘ringa ega, nafaqat shoir, balki kuchli dramaturg, adabiyotshunos olim, pedagog Maqsud Shayxzodaning bolaligi haqida qaydlar keltiriladi. Ijodkorning adabiyotga muhabbati, ilk sheʼri va talabalik yillari to‘g‘risida soʼz boradi. Pedagogik faoliyati, zamona zayli bois yaratilgan asarlari, ijodkorning davrga munosabati aks ettiriladi.

Kalit soʼzlar: Ijodkor, asar, sheʼriyat, pedagogika, millat, siyrat, davr taqozosi, dunyoqarash, oʼzbek adabiyoti, siyosiy-ijtimoiy faoliyat.

Kirish.

Maqsud Shayxzoda 1908-yilda Ozarbayjonning Oqtosh shahrida tavallud topib, Bokudagi oliy pedagogika institutida o‘qigan, ijodga va adabiyotga bag‘ishlagan umrining asosiy qismini esa O‘zbekiston diyorida – Toshkentda o‘tkazgan ijodkor haqida ko‘plab yozuvchilarimizning asarlarida juda iliq fikrlar yozib qoldirilgan.

Eng e’tiborli jihati, u o‘zi ozarbayjon millatiga mansub bo‘lsa-da, o‘zbek tilida ijod qilib, shu til rivojiga hissa qo‘shgan. O‘zini Ozarbayjon va O‘zbekiston farzandi deb his qilish baxti, ikki el nazariga ham tushishdek ulkan sharaf uninggina peshonasiga yozilgan bo‘lsa kerak. Ha, bu siz va biz yoshligimizdan adabiyot orqali yaxshi tanigan «Jaloliddin Manguberdi» dramasi, “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi, “Toshkentnoma” dostoni muallifi Maqsud Shayxzodadir.

Muhokama va natijalar:

Inson tasavvuriga sig‘ishi qiyin bo‘lgan fikrlar tuyg‘usi, har qanday insonga hos boʼlmagan, o‘ziga xos, ilohiy tuyg‘u. Аna shunday tuyg‘ular silsilasini kuzatamiz shoir ijodida. “Yer”ning yurak urishini “Oy” qadar qulog‘i bilan shoirning o‘zidan bo‘lak, boshqa insonlar ham seza olishi mumkinmikan, aslida. Ushbu satrlar shoirning mushohadaga boy, betakror xayolot odami va cheksiz tasavvur egasi ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekona satrlarni o‘qiganimiz sari shoirning haqiqiy o‘zbek shoiri ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Ijodkor tunni kuzatar ekan, tunning qaroligini o‘ziga xos o‘lchovlar bilan aniqlashga intiladi va shunday satrlarda o‘ziga xos yo‘sinda ifodalaydi: “Shuncha quyuq edi tungi qorong‘u, Hovuchlab kaft ichra siqqilik goyo”.

Maqsud Shayxzoda o‘zbek shoirlaridan Oybek va G‘ofur G‘ulomlar bilan do‘stlashdi. Ular bilan doimiy muloqotda bo‘ldi. Ular Maqsud Shayxzoda bilan nafaqat adabiyotga bo‘lgan qiziqish va badiiy ijod bilan bog‘liq masalalarda, balki hayotda ham yaqin do‘st va maslakdosh boʼlib qoldilar. Shoirning eng og‘ir paytlarida ham, har qanday holatda qo‘llovchi boʼldilar, undan voz kechmadilar. Аyniqsa, serqirra isteʼdod sohibi bo‘lgan ijodkor, sheʼrlar, dostonlar bilan birga yuksak baddiy mahorat bilan dramalar yarata oldi. To‘g‘ri, shoir umrining oxirgi paytlarida yozishga kirishgan, baxtga qarshi, tugallanmay qolgan asarlari ham bo‘ldi. Biroq, uning “Mirzo Ulugʼbek”, “Jaloliddin Manguberdi” kabi sheʼriy dramalari bilan bir qatorda, doston va sheʼriy to‘plamlari, o‘zbek millatining o‘lmas maʼnaviy merosiga aylanib qolganligi mubolag‘a emasdir. Shuni ham aytish mumkinki, Oybek va akademik shoir Gʼofur Gʼulom, o‘z vaqtida, “Jaloliddin Manguberdi” (1944) tarixiy dramasiga yuksak baho berar ekanlar, ijodkor oʼz asarida yurt ozodlgi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan Xorazm shohining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashi tarixini aniq va badiiy obrazlarda haqqoniy tasvirlab berganligini taʼkidlaganlar:

“Tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki maʼnosini” ochib bergan, “Kompozitsiyasi pishiq, dramatik toʼqnashuvlarga boy bir asar. Voqealari jonli va shiddatli ravishda bayon etiladi. Intriga kuchli, oʼtkir va original. Drama fikr va hikmatga boy, baland ruhli, baquvvat sheʼr bilan yozilgan”, -[2. 184.] degan edilar. 1945-yilda Hamza nomidagi oʼzbek davlat drama teatrida sahna yuzini koʼrdi. 1946- yillarda ushbu dramadan ayrim parchalar “Аrmug‘on” toʼplamida bosmadan chiqarilgan. Ko‘p o‘tmay asar sahnadan olinib, Maqsud Shayxzoda esa qamaladi. Uning ushbu asariga o‘tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo‘yiladi va mol-mulki musodara etiladi. Buyumlar orasida ushbu tarixiy dramaning qo‘lyozmasi ham bor edi. Qamoqdan oqlanib qaytgandan soʼng muallif o‘zi yozgan asar qo‘lyozmasini ancha vaqt qidirib sarson bo‘ldi va nihoyat, asarning bir nusxasini topishga muyassar bo‘ldi. Аsarning to‘la matni shoir vafotidan so‘ng ilk bor uning vatani-Bokuda ozarbayjon tilida nashrdan chiqadi. 1988-yilda esa “Boqiy dunyo” kitobida o‘zbek tilida nashr etiladi. XX asrning 60-yillarida yozilgan tarixiy asarlar biron-bir rasmiy tashkilotlar tomonidan e‘tirof etilmay turgan bir paytda Maqsud Shayxzoda hech bir ikkilanmay yana bir tarixiy asarga qo‘l uradi. U buyuk shaxs, shoh va olim, yulduzlar ilmi muhandisi Mirzo Ulug‘bek haqidagi sheʼriy dramasini yozishga kirishdi.

Xulosa:

Maqsud Shayxzoda o‘z asarida buyuk ajdodimizning hayotini bor haqiqatlari bilan ochib berishni o‘z oldiga maqsad qilib oladi. U Mirzo Ulugʼbekning fojeaviy hayoti, ilm yoʼlidagi intilishlari, maʼshum davrdagi ijtimoiy hayotning zulmkorligi va qancha-qancha ulug‘beklarning uning qurboniga aylanganligini yorqin obrazlari orqali koʼrsatib bera oldi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Zokirov M. Maqsud Shayxzoda. Adabiy tanqidiy ocherk, T., 1969 y.

2. Yusuf Shomansur. Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972 y. - 179 b. GOSPODARKA I INNOWACJE Laboratorium WIEDZY Artur Borcuch 2021/22

3. Gʻafurov I., Oʻrtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975 y. - 215 b.

4. Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983 y.

5. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1999 y. – 25 b.

6. Shayxzoda Maksud. Shoir qalbi dunyoni tinglar (Tanlangan asarlar) // Toshkent, „Nihol“, 2008. - 28 b.

7. Abdujalilova M. Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodining o`zbek milliy adabiyotidagi tutgan o`rni T., 2022 y. - 1198 b. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784.

8. Abdujalilova M. Maqsud Shayxzoda - Ikki xalq dilbandi, T., 2022 y. – 284 b. Academic Research in Educational Sciences Volume 3. Multidisciplinary Scientific Journal October, 2022.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.