AHAMIYATI
Yu. X. Nishonova, N. A. Toshboyeva
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Dolzarbligi: Sut bezi saratoni (SBS) erta tashxislashda rentgenmammografiya asosiy ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda sut bezi saratonini rentgenmmaografiya usuli aniqlay olmaydi yoki ko’rinmaydi, bunda UTT usuli qollanishi kerak. Tadqiqot maqsadi: rentgenegativ o‘smalarni aniqlashda exografik tasvirlani ahmiyatini organish Tadqiqot materiali va usullari: 2025 yil aprel oyida skrining o‘tkazilgan davrda natijalar tahlil qilindi. Bunda ayollar yosh diapozoni 45 dan 65 yoshgacha tashkil etdi. Ko‘krak bezi saratonini tashxislashda rengenmammografiya va multiparametrik ultratovush, gistologik tekshiruv va imminogistoximiya o‘tkazildi. Rentgenmammografiya Fujfilm S aparatida, UTT Mindray DC8 aparatida o‘tkazildi.
BIRADS 0 - 37(3.7%) BIRADS1-601 (60.1%) BIRADS 2-337 (33.7%) BIRADS 4-
20 (2%) BIRADS 5 -5(0.5%)
Tadqiqot natijalari. Skrining otkazilgan 1000 nafar ayollarda rentgenmammografiya, va (%) ultratovush tekshiruvi o‘tkazildi. Gistologik jihatdan ulardan 30 (3%) tasi SBS, 101 (10.1%) tasi fibroadenoma (FA) hamda lipoma 71 (7.1%) , ateroma 32 (3.2%) va kista 90 (9%) aniqlandi. Rentgenmammografiyada o‘smalar shakli notekis 15 (1.5%), yulduzsimon 5 (0.5%), dumaloq-ovalsimon 170 (%). Chegaralari notekis 25 (2.5%), yulduzsimon 6 (0.6%), egri-bugri 50 (5%), tekis 90 (9%) ni tashkil etdi. UTT o‘smalar shakli notekis 17 (1.7%), yulduzsimon 8 (0.8%), dumaloq-ovalsimon 172 (17.2%). Chegaralari notekis 28 (2.8%), yulduzsimon yulduzsimon 8(0.8%), egri-bugri 50 (5%), tekis 93 (9.3%) ni tashkil etdi. bilan olingan bemorlar quyidagicha raqamlarni tashkil etdi. SBSni erta aniqlashda mammografiya tekshiruvi o‘rni yuqori bo‘lib ushbu tekshiruv usuli saraton kasalligida 80% to‘g’ri ma’lumot berishi aniqlandi.Ushbu tekshiruv usuli nafaqat saraton kasalligi balki saratonoldi kasalliklarini ham erta aniqlash va oldini olishda ahamiyati katta ekanligi aniqlandi. Xulosa.Rengenonegativ sut bezi saratonida tashxislashda multiparametrik UTT usullari diagnostika aniqligini oshiradi va bemorlarga erta bosqichda Samarali davolanish imkonini beradi usullarni amaliyotga keng joriy etish orqali sut bezi saratonidan o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish mumkun.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.