ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

SOGʻLOM OVQATLANISHNING BOLALAR SALOMATLIGIGA TAʼSIRI

Özet

Mazkur maqolada ovqatlanish madaniyati, ovqatlanish, ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik, davlatlar misolida, COVID-19 pandemiyasi, ovqatdan zaharlanish kabi maʼlumotlar berilgan


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 345 ⊰⊰--

SOGʻLOM OVQATLANISHNING BOLALAR SALOMATLIGIGA TAʼSIRI

Sh.M.Roʻziyeva

“Maktabgacha va inklyuziv taʼlim

metodikasi” kafedrasi dosenti

Kalit soʻzlar

Ovqatlanish, madaniyati, ovqatlanish, ochlik, toʻyib ovqatlanmaslik, , COVID-19 pandemiyasi, ovqatdan zaharlanish, konsepsiya, biologik, ochlik.

Annotatsiya

Mazkur maqolada ovqatlanish madaniyati, ovqatlanish, ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik, davlatlar misolida, COVID-19 pandemiyasi, ovqatdan zaharlanish kabi maʼlumotlar berilgan.

Ovqatlanish madaniyati, oziq-ovqat turlari va rasioni insoniyat evolyusiyasi va taraqqiyoti bilan birgalikda uzlyuksiz, muttassil rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Yaʼni insoniyat tarixi oʻz navbatida taomlar, oziq-ovqat mahsulotlari tarixidir. Bugungi zamonaviy dunyoda ovqatlanish nafaqat insonning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini belgilaydigan, balki uning tom maʼnoda biologik mavjudot sifatidagi salomatligi muhofaza qilishning muhim sharti sifatida har galgidan koʻproq eʼtirof etilmoqda.

Ochlik va toʻyib ovqatlanmaslik insonlar mehnat qobiliyatini pasayishi va kasalliklarga chalinuvchanligining oshishiga, oxir-oqibatda esa turmush sifatini yomonlashuviga olib kelib, dunyo iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga toʻsiq boʻlib qolmokda. Ochlikka barham berish iqtisodiyot, sogʻliqni saqlash va taʼlim olishga ham ijobiy taʼsir koʻrsatib, tenglik va ijtimoiy taraqqiyotga katta hissa qoʻshishi mumkin. Bu esa insoniyat uchun yaxshi kelajak qurishning muhim shartidir. Hisobkitoblarga koʻra, 2030 yilga qadar ochlikni bartaraf etish uchun har yili oʻrtacha 267 milliard dollar mikdorida qoʻshimcha mablagʻ kerak boʻladi.

Rivojlangan davlatlar misolida olganda, AQSH ning Aholini tadqiq qilish byurosi maʼlmuotlariga koʻra, 1960 va 1975 yillar oraligʻida mamlakatda umr koʻrish yoshining 75 yoshdan 70 yoshgacha pasayganligi aniqlangan, bunda esa oʻlim sabablarining yarmidan koʻprogʻi notoʻgʻri ovqatlanish va nosogʻlom hayot tarziga toʻgʻri kelgan. Shuningdek, irsiy kasalliklar bilan tugʻilish 13,2% ga oshgan, aholining semirib ketish kuzatilgan. Shundan keyin 20 yillik aholini sifatli ovqatlantirish dasturi joriy etilgan va natijada yuqumli boʻlmagan kasalliklarni 50%ga kamaytirishga erishilgan va aholining oʻrtacha umr koʻrish yoshi uzayib 1963 yilgi darajaga yetgan.

Davrimizga kelib dunyo boʻylab tarqalgan COVID-19 pandemiyasi sogʻlom ovqatlanish masalasining dolzarbligini yanada oshirdi. Yaʼni “Global iqlim oʻzgarishlari, iqtisodiyot globallashuvi sharoitida yuqori daromad olish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarida inson salomatligiga zararli turli antibiotik, gormonlar va shu kabi komponent va qoʻshimchalar keng miqyosda qoʻllanishi natijasida dunyo bozorida xavfli mahsulotlar hajmlari oʻsib borishi, oʻsimliklar zararkunandalari hamda turli xavfli viOʻzbeklar tarqalishi qayd etilgan muammolarni yanada keskinlashtirmoqda. Jumladan, 2020 yildan boshlab epideomologik xavfxatarlar kuchaygan, yaʼni COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq sharoitda aholi isteʼmoli uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hamda yetkazib berish masalalari dunyo miqyosida eng dolzarb vazifa sanalmoqda”.

--⊱⊱ 346 ⊰⊰--

Garchi faqatgina ovqatlanish insoniyatni yuqumli kasalliklardan toʻliq himoyalay olmasada, yuqumli kasalliklarga chalingan paytda va undan keyin, ayniqsa, har qanday davrda immun tizimini mustahkamlab borish uchun sogʻlom ovqatlanish zarurligi jahon miqyosida eʼtirof etilmoqda. “Toʻlaqonli ovqatlanish–bizning kasalliklardan himoyalanish va hayotiy energiyamiz va faolligimizning manbaidir. Notoʻgʻri ratsion bilan bogʻliq ovqatlanish muammosi turli xil boʻlgani holda, ayniqsa yosh avlodga bogʻliq holda olib qaraganda ularga taʼlim-tarbiya berishning pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Demak uning taqdiriga taʼsir qiladi, kambagʻallik va toʻyib ovqatlanmaslik zanjirini uzish imkoniyatlarini pasaytiriradi, oʻz navbatida fuqarolar va davlatlar uchun ham jiddiy oqibatlar keltirib chiqaradi” deyiladi BMTning Oziq –ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bayonotida.

“Sogʻlom ovqatlanish butun hayot davomida notoʻgʻri ovqatlanishning barcha shakllari va qator yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olishda va salomatlikning buzilishining oldini olishga zamin yaratgan”, deya taʼkidlaydi Jahon salomatlik tashkiloti.

Oʻzbekistonda keyingi yillarda aholi salomatligini mustahkamlash, har tomonlama sogʻlom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish, kambagʻallikni qisqartirish, xususan, aholi va bolalarni sogʻlom ovqatlanish masalasiga davlat tomonidan doimiy eʼtibor berib kelinmoqda. Davlatning bu boradagi faol sayʼi harakatlari xalqaro tashkilotlari va jahon hamjamiyati tomonidan chuqur eʼtirof etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Yangi Oʻzbekiston strategiyasi nomli kitobida Farzandlarimiz tarbiyasi eng asosiy boʻgʻin hisoblangan maktabgacha taʼlim tizimining jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyatini hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydi. Bu yoʻnalishni tizimli rivojlantirish boʻyicha aniq davlat dasturlari qabul qilinadi. Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi 2 barobarga oshirilib, 100 foizga yetkaziladi.

Bu vazifa nafaqat zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, balki oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rivojlantirish orqali ham hal etiladi.

“Maktabgacha taʼlim tizimini yaxlit uzliksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ3955-sonli “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-son qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» da “Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlimtarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta koʻrib chiqishni hamda maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qilishi” taʼkidlanib, “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni sogʻlom va balanslashtirilgan oziq-ovqat, sifatli tibbiy parvarish bilan taʼminlash” maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi va “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini moddiy resurslar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash normativlarini tasdiqlash” bilan bogʻliq vazifalar belgilandi.

--⊱⊱ 347 ⊰⊰--

Shuningdek, “MTTda boʻlgan paytda bolalarning ovqatdan zaharlanishi va jarohat olishi hollari soni” “Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli ijro etish boʻyicha vakolatli organlarning faoliyatini baholash indikatorlari sarasiga kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabagcha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida” gi Qonunida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning sogʻligʻini saqlash vazifalari sarasiga kiritildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.Yusupov. Global inqiroz va pandemiya sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning dolzarb masalalari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” Ilmiy elektron jurnali. № 2, martaprel, 2020 yil 2/2020 (№ 00046)

2. M. Sharipov. Rasionalnoye pitaniye naseleniya kak komponent kachestva yego jizni v usloviyax rыnochnoy ekonomiki. Avtoreferat dissertasii kandidata sosiologicheskix nauk. Kazan, 2010 g. str. 6.

3. Saidaxmedova Nodira Ilxomovna. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning nazariy jihatlari va ustuvor yoʻnalishlari. Iqtisodiyot fanlari doktori (dsc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent – 2020 yil. 5-bet.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeyoning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi https://president.uz/uz/lists/view/4057

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.