ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

SURUNKALI OSTRUKTIV BRONXITNING IMMUNKORREKSIYALOVCHI TERAPIYA DINAMIKASIDA IMMUN HIMOYANING XARAKTERI

Özet

 Surunkali obstruktiv bronxit tarqalganligi va tez-tez qaytalanib turishi tufayli boshqa kasalliklardan aloxida farq qiladi va dolzarb ahamiyatga ega.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

HIMOYANING XARAKTERI

Toshniyazova G , SamDTU,

davolash fakulteti 406-gurux

Ilmiy raxbar: 4-ichki kasalliklar kafedrasi,

dotsent, Xoljigitova M.B. Kirish. Surunkali obstruktiv bronxit tarqalganligi va tez-tez qaytalanib turishi tufayli boshqa kasalliklardan aloxida farq qiladi va dolzarb ahamiyatga ega. Tadqiqot maqsadi: Surunkali obstruktiv bronxitni davolashda standart-kompleks davolash bilan birga immunomodulyator kversetinni qo’shib tavsiya qilish va dinamikada immun tizim holatini baholash. Materiallar va usullar. Shahar tibbiyot birlashmasida statsionar va ambulator davolangan, MKB 10 bo’yicha surunkali obstruktiv bronxit tashxisi qo‘yilgan 43 ta bemor, 21 ta sog‘lom guruxdagilar tanlab olingan. Bemorlar 117erme 11-30 yoshni tashkil qildi (o‘rtacha yosh 18,3). Ular 28 ta erkak va 15ta ayollardan iborat. Kasallik anamnezining o‘rtacha davomiyligi 5,5 +-0,45-yil. Nazorat guruxi 21ta sog‘lomlar, jumladan 15ta erkak va 6ta ayol, o‘rtacha 117erme 16,3. Tashqi nafas funksiyasini aniqlash «SPIROSIFT-5000» apparati bilan o‘tkazildi. Tekshirilganlarda 117ermen tizim holatini o‘rganish maqsadida 117ermen statusning asosiy miqdoriy ko‘rsatkichlarini baholash uchun qon zardobida umumiy limfotsitlar, leykotsitlar va T-limfotsitlar subpopulyatsiyasi asosiy tarkibini: CD4+,CD8+,CD16 va CD23+,CD25 miqdori davolashgacha va davolashdan keyin aniqlandi. Qon zardobida limfotsitlarning subpopulyatsion tarkibini aniqlash usullari immunkompenet hujayralar fenotipi 117ermentati antitelolar yordamida aniqlandi. Immun tizimi holati CD-differensiallanuvchi va faollashgan antigenlar ekspressiyasi bo‘yicha baholandi. («Sorbent», Moskva, RF mahsuloti) orqali Samarqand 117ermen skrining markazida o‘tkazildi. 20 ta 1gurux bemor standart davolash va 2 gurux 23ta bemor standart davolash bilan birga kversetin tavsiya qilindi. 2 ta guruxda xam 117ermen tizim holati o’rganildi. Tadqiqot natijalari. Bemorlarda klinik belgilar quyidagicha: yo‘tal 100%, balg‘am ajralishi ko‘p 93%, balg‘am ajralishi kam 75,83, havo yetishmasligi 100%, intoksikatsiya belgilari 56,66%, xansirash 40,83% holatda kuzatildi. Surunkali obstruktiv bronxitda kversetin bilan immunokorreksiyalashdan keyingi klinikimmunologik siljishlar dinamikasi ko‘rsatkichlari samadorligini o’rgandik. Kversetin paketchada dozalangan preparat, 20 ta kasalga tavsiya qilindi. Preparat immunokorrigirlovchi, antioksidant ta’sir ko‘rsatadi. Bir paketchadan ikki mahal o‘n kun davomida berildi. Ikki xaftadan keyin yana qayta tekshirildi. Davolashdan oldin taqqoslash guruxi bilan solishtirganda xujayra immuniteti o‘zgarishlari o‘rtasida yaqqol farq borligini ko‘rish mumkin. Limfoid hujayralarning subpopulyatsion tarkibini o‘rganishda o‘ziga xos faollik va pasayishi va davolashdan keyin natijalarini ko‘rish mumkin. Yallig‘lanishda birinchi o‘rinda leykotsitlar oshishi ma’lumki, taqqoslash guruxiga 6,69±2,0 qaraganda davolashgacha bo‘lgan bemorlarda 8,9±1,2 balandligi va davolashdan keyin 6,8±1,8 samarali p<0,02 pasayganligini aytish mumkin. Cd3,+% normada 51,6±1,1, davolashgacha 44,22±0.5, davolashdan keyin 45,3±0,9 (p<0,05). Cd4,+%. Normada 28±1,2, davolashgacha 22±0,9, davolashdan keyin 25±1,9 (p<0,05). Cd8,+% normada 22±0,9, davolashgacha 18±0,6, davolashdan keyin 21±0,8 (p<0,05). Cd16,+% normada 18±1,3, davolashgacha 16,6±0,7, davolashdan keyin 19±0,9 (p<0,05). Qolgan subpopulyatsiyalarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi. Kompleks davolashdan keyin hujayra immuniteti xalqasida ijobiy tomonga samaradorlik ko’rsatkichlari aniqlandi. An’anaviy davolangan bemorlarda obstruksiya belgilari 9-10 kun davomida bartaraf etildi. Kompleks davolashda bu belgilar 6-7 kunlari yo‘qoldi. Xulosalar. Korreksiyalashdan kutilayotgan natijalar: yuqori samaradorlik, bemorlarning kasalxonada davolanish kuni qisqarishi, bemor ahvolining tez yaxshilanishi, o‘pka fizikal o‘zgarishlarining joyiga kelishi, bronxoobstruktiv sindromning bartaraf etilishi 14,3-54,8% ko‘tarilishiga olib keladi.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.