Surxondaryo viloyati qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan foydalanish
samaradorligi holatining tahlili
Nasriddinov Qobilbek Qurbonbekovich
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti stajyor o’qituvchisi
qobilspeaker@gmail.com
Pirimova Feruza Abubakirovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi:
abubakirovnaferuza005@gmail.com Annotatsiya:So’nggi bir necha o’n yilliklarda Surxondaryo viloyati aholisining soni jadal suratlarda oshib bormoqda va bugungi kunda butun Respublika miqyosida tug’ilish darajasi bo’yicha Statistika Qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra tug’ilish darajasi bo’yicha 2022-yil 1-yanvaridan 1-apreligacha bo’lgan davrda 18,421 ta tug’ilish holati bilan 5- o’rinni egallayapti. Aholi sonining oshishi munosabati bilan butun Surxondaryo viloyati miqyosida aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida jadal sur’atlarda uy-joylar qurilmoqda. Birgina 2016-2020 yillar oralig’ida Surxondaryo viloyati miqyosida uy-joylar qurilishi 1,6 barobarga ortdi, ya’ni 2020-yilda Surxondaryo viloyatida uy-joylar soni 475 mingtani tashkil etgan bo’lsa, 2016-yilda uy-joylar soni 301,083 ta bo’lgan. Kalit so’z: Yer,Yer samaradorligi,hududlar kesimi,maydon Ushbu uy-joylarning ko’pi ekin ekib yaxshigina hosil olinishi mumkin bo’lgan maydonlar hisobiga ham qurilayotganligi sababli Surxondaryo viloyatining ekin maydoni 2004-yildagi 284.3 ming gektardan 2021-yilga kelib 231,428 ga1 gacha qisqargani hozirgi aholi soni oshayotgan hamda global iqlim isishi xavf solayotgan bir paytda , qishloq xo’jaligi yerlarini ko’paytirish butun Respublikamiz oldidagi dolzarb masala bo’lmoqda. Shuning uchun viloyatning ekin ekish maydonlarini kengaytirish 1 https://www.agro.uz/ maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-apreldagi PQ-5742 sonli “Surxondaryo viloyatda 2019-yildan 2030-yilga qadar bosqichma bosqich foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarini o’zlashtirilishi to’g’risida”2 qaroriga asosan butun viloyat bo’yicha 66,680 gektar yer maydoni qishloq xo’jaligi maqsadida qayta ishga tushirilishi rejalashtirilgan va shundan ushbu yerlarning tumanlar bo’yicha taqsimlanishi (2.2.1-jadval). 2.2.1-jadval Viloyat bo’yicha 66,680 gektar yer maydoni qishloq xo’jaligi maqsadida qayta ishga tushirilishi rejalashtirilgan va shundan ushbu yerlarning tumanlar bo’yicha taqsimlanishi.
№ Tumanlar
nomi
2019-2030 yillar
davomida
o’zlashtiriladigan
yerlar miqdori, ga
№ Tumanlar
nomi
2019-2030 yillar
davomida
o’zlashtiriladigan yerlar
miqdori, ga
1 Angor 756 8 Muzrabot 1330
2 Bandixon 2007 9 Oltinsoy 3089
3 Boysun 24101 10 Sariosiyo 9678
4 Denov 2859 11 Termiz 706
5 Jarqo’rg’on 1328 12 Uzun 7743
6 Qiziriq 1160 13 Sherobad 9188
7 Qumqo’rg’on 1857 14 Sho’rchi 878 2.2.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra eng ko’p o’zlashtirilishi rejalashtirilgan yer maydoni Boysun tumaniga to’gri keladi va barcha qishloq xo’jaligi maqsadida o’zlashtirilishi rejalashtirilgan 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-apreldagi PQ-5742 sonli qarori yer maydonining 36.1 foizini tashkil etadi. Eng kam miqdor Termiz tumaniga to’g’ri kelishi bilan atigi 1 foizni tashkil etadi. 2.2.2-jadval 2020-yilda yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan o’zlashtirilib bo’lingan yer maydonlari miqdori keltirilgan3.
1 Angor 702 8 Muzrabot 1409
2 Bandixon 570 9 Oltinsoy 129
3 Boysun 176 10 Sariosiyo _
4 Denov _ 11 Termiz 997
5 Jarqo’rg’on 558 12 Uzun 371
6 Qiziriq 1619 13 Sherobad 710
7 Qumqo’rg’on 832 14 Sho’rchi 81
Jami: 8155 2.2.2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra eng ko’p o’zlashtirilgan yer maydoni Qiziriq tumaniga to’g’ri keladi va barcha o’zlashtirilgan maydon (8155 gektar) ning 19.8 foizini tashkil etgan bo’lsa boshqa tomondan Denov va Sariosiyo tumanlarida haligacha hech qanday miqdor qayd etilmagan. Umumiy hisobda ikki yil ichida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-apreldagi PQ5742 sonli “Surxondaryo viloyatda 2019-yildan 2030-yilga qadar bosqichma bosqich foydalanishdan 3 Surxondaryo viloyati Qishloq Xo'jaligi Boshqarmasi ma'lumotlari asosida olingan chiqib ketgan yer maydonlarini o’zlashtirilishi to’g’risida” farmoniga asosan butun viloyat bo’yicha 66,680 gektar yer maydonining 12.2 foizini o’zlashtirilishi amalga oshirilgan. 2.2.3-jadval Surxondaryo viloyati miqyosida 2021-yilda o’zlashtirilgan yer maydonlari miqdori quyida keltirilgan4.
1 Angor 1426 8 Muzrabot 4100
2 Bandixon 2007 9 Oltinsoy 423
3 Boysun 1562 10 Sariosiyo 936
4 Denov 1170 11 Termiz 1044
5 Jarqo’rg’on 1500 12 Uzun 1597
6 Qiziriq 2112 13 Sherabod 1447
7 Qumqo’rg’on 1624 14 Sho’rchi 1522
Jami: 22 470 Keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra 2021-yilda o’zlashtirilgan yer maydoni “Surxondaryo viloyatida 2019-yildan 2030-yilga qadar bosqichma bosqich foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarini o’zlashtirilishi to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan butun viloyat bo’yicha 66,680 gektar yer maydonining 33.69 foizini tashkil etishi, viloyat miqyosida qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yer kapitali o’zlashtirilishining jadal suratlarda olib borilayotganidan dalolat beradi. 2021-yil uchun qishloq xo’jaligi maqsadlariga o’zlashtirilgan lozim bo’lgan yer 4 Surxondaryo viloyati Qishloq Xo'jaligi Boshqarmasi ma'lumotlari asosida olingan kapitali eng ko’p miqdor Muzrabot tumaniga to’g’ri kelib 4,100 gektar yer maydonini tashkil etib 2021-yilda butun viloyat miqyosida o’zlashtiriladigan yerlarning 18.24 foizini tashkil etadi. Shuningdek, eng kam miqdor Oltinsoy tumanidagi yerlarni o’zlashtirish bo’lib, butun tuman bo’yicha 423 gektar yer maydonini o’zlashtirish ko’zda tutilgan va butun viloyat miqyosida 2021-yilda o’zlashtirilishi ko’zda tutilgan yerlarning atigi 1.88 foizini tashkil etadi (2.2.3-jadval). Surxondaryo viloyati O’zbekistonning aholi soni jadal suratlarda oshayotgan viloyatlaridan biri bo’lib, ularni bir tomondan uy-joy bilan ta’minlash bir dolzarb masala bo’layotgan bo’lsa, boshqa tomondan ularning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ikkinchi dolzarb masala bo’layotgani sir emas. Aholini uy-joy bilan ta’minlashda 2016-2020 yillar oralig’ida 1,6 barobar ko’p uy-joylar qurildi, ya’ni 2016-yilda jami uy-joylar soni 301,083 tani tashkil etgan bo’lsa 2020-yilga kelib bu ko’rsatgich 479,000 taga yetdi. Uy-joylar qurilishida bilasizki eng asosiy kapital - bu yer kapitalidir. Quyida uyjoylar qurilishi qancha miqdorda yer kapitali evaziga amalga oshirilganini yillar kesimida ko’rish mumkin5. Uy-joylar qurilishi qancha miqdorda yer kapitali evaziga amalga oshirilganini yillar kesimida.
Yillar Mavjud uy-joylar, dona Umumiy maydon, m²
2016 301 083 22 609 828
2017 323 340 24 281 217
2018 366 294 27 506 848
2019 424 048 31 843 885
2020 479 000 35 824 765 5 Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot Boshqarmasi ma'lumotlari asosida olingan Ushbu keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra uy-joylar qurilishi yiliga o’rtacha 12.23 foizga oshgan bo’lib bu ko’rsatgich 2016-2020 yillarda uy-joy qurilishi jadal suratlarda amalga oshirilganidan dalolat beradi. Berilgan vaqt davomida Surxondaryo viloyatida qancha miqdorda yer kapitali evaziga uyjoylar qurilishi amalgaoshirilganligiga e’tibor beradigan bo’lsak, ko’rsatgich boshida 22,609,828 m² (2,260.98 gektar) ni tashkil etgan bo’lsa 2020-yilga borib 13,214,937 m² (1,321.49 gektar) yer maydoni uy-joy qurilishi maqsadiga yo’naltirildi. Yer kapitalidan 2016-2020 yillar oralig’ida uyjoylar qurilishida yiliga o’rtacha hisobda 3,303,734.25 m² (330.37 gektar) dan qo’shib borilgan bo’lib yerdan uy-joylar qurilishida foydalanish yiliga o’rtacha hisobda 12.23 foizdan ortib borgan. Qurilgan uy-joylar ham yakka tartibdagi uy-joylar va ham ko’p qavatli uy-joylar shaklida qurilgan bo’lib ularning butun viloyat bo’ylab 2016-2020 yillar opalig’idagi soni quyidagi jadvalda keltirilgan (2.2.5-jadval)6. 2.2.5-jadval 2016-2020 yillar opalig’idagi qurilgan yakka tartibdagi uy-joylar va ham ko’p qavatli uy-joylar soni.
Yillar Yakka tartibdagi
uy-joylar soni
Umumiy
maydon, m²
Ko’p qavatli uy-
joylar soni
Umumiy
maydon, m²
2016 280 007 21 840 561 21 076 769 267
2017 300 706 23 455 084 22 634 826 134
2018 340 653 26 570 967 25 641 935 881
2019 394 365 30 760 442 29 683 1 083 443
2020 443 937 34 522 561 35 063 1 302 204 Ushbu berilgan ma’lumotlarga ko’ra yakka tartibdagi uy-joylar va ko’p qavatli uy-joylar soni sezilarli darajada oshib brogan, hattoki uy-joylar qurilishi oshish foizi ham yildan yilga oshganini ko’rishingiz mumkin. 2016-2020 yillar davomida yakka tartibdagi uy-joylarning har biri o’rtacha hisobda 78 m² dan to’g’ri kelsa ko’p qavatli uy-joylarning har biri 36.6 m² dan to’g’ri keladi. Berilgan miqdorga ko’ra yakka tatibdagi uy-joylarni har birining yer maydoniga ikki va undan ortiq ko’p qavatli uyjoylar qurilishi mumkin. 2016-2020 yillar orasida mavjud bo’lgan ko’p qavatli uy-joylarning ko’pi 3- 4 qavatli binolar bo’lib, agar ular 6-8 qavatli uylar bo’lganida yer resursidan yakka tartibdagi uyjoylaga nisbatan 4-5 barobar kamroq foydalanilgan bo’lar edi. 2016-2020 yillar davomida mavjud bo’lgan yakka tartibdagi uy-joylar o’rniga o’rtacha hisobda 3-4 qavatli uy-joylar bo’lganida yakka tartibda qurilgan uy-joy yer kapitalining 53 foizi (1,831.14 gektar yer maydoni), 6-8 qavatli uy-joylar bo’lgan taqdirda esa yakka tartibda qurilgan uy-joy yer kapitalining 77 foizi (2,662.28 gektar yer maydoni) iqtisod qilingan bo’lar edi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, uy-joy qurilishi 2016-2020 yillardagi kabi o’sadigan bo’lsa yaqin kelajakda uy-joylar soni va uning uchun kerak bo’ladigan yer kapitali quyidagicha miqdorda bo’lishini prognoz qilishimiz mumkin: Kelajakda uy-joylar soni va uning uchun kerak bo’ladigan yer kapitali.
Yillar Uy-joylar soni Uy-joy uchun maydon, m²
2021 537 581.7 40 206 133.7
2022 603 327.9 45 123 343.9
2023 677 114.9 50 641 928.8
2024 759 926.1 56 835 436.7
2025 852 865 63 786 410.6
2026 957 170.4 71 587 488.7
2027 1 074 232.4 80 342 638.5
2028 1 205 611 90 168 543.3
2029 1 353 057.2 101 196 156.1
2030 1 518 536.1 113 572 446 2.2.4-jadvaldan ko’rinib turibdiki agar qurilish ishlari 2016-2020 yillardagi me’yorda davom etadigan bo’lsa 2020-yilgacha bo’lgan vaqtdagi yer maydonidan 3.17 barobar ziyod yer maydoni kerak bo’ladi va natijada 2030-yilga borib uy-joy qurilishida 11,357.24 gektar yer band qilingan bo’ladi. Agar ushbu uy-joylarning barchasi o’rtacha hisobda 3-4 qavatli binolar bo’ladigan bo’lsa, 3,937 gektar yer maydoni iqtisod qilingan bo’ladi, uy-joylar 6-8 qavatli binolar bo’ladigan bo’lsa 5,872.34 gektar, 12- 16 qavatli binolar qad ko’taradigan bo’lsa 6,823.52 gektar yer maydoni uy-joy qurilishiga ortiqcha sarflanmasdan iqtisod qilingan bo’ladi. Shu o’rinda aytish joizki, agar kelgusida quriladigan uyjoylarning hammasi 12-16 qavatli bo’ladigan bo’lsa 2016-2020 yillar oralig’idagi qurilish me’yoridan 87.76 foizga yer kapitali iqtisod qilinadi. Bundan xulosa qilish mumkinki ko’p qavatli uy-joylar qancha ko’p bo’lsa, hamda qancha uning qavati ko’p bo’lsa shuncha yer kapitalidan kamroq foydalaniladi va hozirgi aholi soni jadal suratlarda oshayotgan, hamda iqlim o’zgarishi sezilarli darajada bo’lishi kutilayotgan bir paytda yerdan qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalanib Surxondaryo voha aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Shuni ta’kidlash joizki, qurilayotgan uy-joylarning ko’pi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ekib yaxshigina hosil olish mumkin bo’lgan yer kapitali hisoblanadi. Shuning uchun, aholi uchun uy-joylarni boniteti past bo’lgan yerlarda qurilishi maqsadga muvofiq ham bo’lardi. Agar ushbu taklifning ham iqtisodiy va ham ijtimoiy kamchiliklari ko’p bo’ladigan taqdirda bundan buyon yakka tartibdagi uy-joylar sonini keskin kamaytirilishi, hamda ko’p qavatli binolarni jahon standartlaridan kelib chiqqan holda puxta qurilish rejalari asosida osmono’par binolar qurilishi chora-tadbirlarini mutasaddi tashkilotlar yaxshilab o’rganib chiqib uni amaliyotga tadbiq etishlari zarur hisoblanadi. Ushbu yo’l orqali viloyat miqyosidagi yer kapitalini ham hozirgi va ham kelasi avlod uchun uy-joy qurilishida kamroq sarflangan bo’ladi va qancha ekin maydonlari ko’p bo’lsa kelgusida shuncha viloyat aholisining oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlangan va iqtisodiyot tarmog’i uchun samarali istiqbol bo’lishi muqarrar. Surxondaryo viloyatida yer osti suvlaridan foydalanish oxirgi yillarda ko’proq tashkil etilib sug’orilishi qiyin bo’lgan yer maydonlariga suv chiqarilib sug’oriladigan ekin maydonlari kengaymoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-son 27.06.2017- yil ” Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”7gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida quyida Surxondaryo viloyatida suv ta’minoti og’ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo’jaligida foydalanilmayotyan yer maydonlarini sug’orish uchun 2021-yildagi vertikal sug’orish quduqlarini burg’ulash haqida ma’lumot ( 2.2.7-jadval)da berilgan8: 2.2.7-jadval 2021-yildagi vertikal sug’orish quduqlarini burg’ulash haqida ma’lumot.
№ Tumanlar Loyiha
ishtirokchilari
ning soni
Qazilgan
quduqlar
Sarflangan
mablag’
(mln.so’m)
Sug’orilishi
mumkin bo’lgan
1 Angor 282 10 1 000 26,7
2 Boysun 379 12 1 320 64,2
3 Denov 877 8 960 75
4 Jarqo’rg’on 300 6 720 141
5 Qumqo’rg’on 1780 20 2 400 204,08 7 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-son qarori, 27.06.2017- yil 8Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot Boshqarmasi ma'lumotlari asosida olingan.
6 Muzrabot 312 8 960 82,3
7 Oltinsoy 2075 10 1 200 127,1
8 Sariosiyo 1194 31 3 720 194,5
9 Termiz 296 5 600 24
10 Uzun 313 9 1 080 50,7
11 Sherobad 665 18 2 160 142,8
12 Sho’rchi 2286 34 3 600 726,6
Jami viloyat
bo’yicha
10759 171 19 720 1 858,7 Ushbu 2.2.7-jadvalda berilganidek, Sho’rchi va Qumqo’rg’on tumanlaridagi aholi tomorqalari va qishloq xo’jaliklarini ko’proq suvga bo’lgan talablarini qondirish hamda bo’sh yer maydonlarida sug’orish ishlarini amalga oshirish maqsadida birgina 2021-yilning o’zida ikkita tumanning jami 347.6 gektar yer maydoniga yetadigan 54 ta vertikal sug’orish quduqlarini qazish 6 milliard so’m mablag’ evaziga amalga oshirilgan bo’lib butun viloyat miqyosida esa 1 858.7gektar yer maydonini sug’orish uchun jami 19.72 milliard so’m mablag’ evaziga 171 ta quduqlar qazilgan. Garchi ushbu quduqlar qazilishi 19.72 milliard so’m evaziga amalga oshirilgan bo’lsada 2021-yilgi suv resursining oldingi yillaraga nisbatan 25-30 foizga kam bo’lishiga qaramasdan aholini yetarlicha suv bilan ta’minlashda alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Sug’orish maydoniga aylantirilgan 1 858.7 gektar yer maydonida eng so’nggi yomg'irlatib sug'orish va mexanizatsiyalashtirish tizimini joriy etish orqali “Agrover” agrosanoat kartoshkachilik klasteri9 faoliyati namunasi asosida kartoshka ekiladigan bo’lsa har bir gektar maydondan 50 tonnagacha hosil olish mumkin bo’ladi va natijada 1 858.7 gektar maydondan 92 935 tonna kartochka hosili olish 9 https://yuz.uz/ mumkin bo’lad. 2021-yilda Statistika Qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra10 O’zbekiston kartoshka importi hajmi 516,2 ming tonnani tashkil etgan. 1 858.7 gektardan hosil bo’lishi mumkin bo’lgan 92 935 tonna kartoshka yetishtirish orqali O’zbekistonning kartochka importini 18 foizga kamaytirish hamda butun Surxondaryo viloyati aholisi (2,7 mln nafar)11 ning 38.24 foiz kartoshkaga bo’lgan talabini qondirish mumkin bo’ladi (“East fruit” kompaniyasi tahlilicha 2000-yildan 2020-yilga qadar aholi jon boshiga kartoshka yetishtirishning yillik hajmi 29,5 kilogrammdan 91 kilogrammgacha, ya'ni 3 baravardan ko'proq o'sgan). Statistika qo’mitasining 2022-yil aprel oyidagi ma’lumotlariga ko’ra kartoshkaning bozordagi minimal narxi 2500 bo’lib 92 935 tonna kartoshkadan Surxondaryo viloyatining 2020-yilgi YaHMning qarib 1 foizga teng daromad olish mumkin bo’ladi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, har bir gektar yerdan 50 tonna hosil olish uchun barcha eng so’nggi yomg’irlatib sug’orish texnologiyalaridan hamda biologik va ham kimiyoviy o’g’itlardan oqilona foydalanish talab etiladi. Butun jahon miqyosidagi kundan kunga sodir bo’lishi muqarrarligi o’z isbotini topayotgan isish barchani xavotirga solmoqda. Shuning uchun oziq-ovqat xavfsizligi masalasi eng ko’p xavotirlarga sabab bo’lmoqda. Chunki iqlim isigani sayin butun jahonda 690 million kishi to’yib ovqatlanmayotgan bir paytda muammo ustiga muammo bo’lishi muqarrar. Havo harorati isigani sayin suv resurlari kamayadi, hamda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan suvlarning bug’lanish jarayoni ancha tezlashadi va natijada suvga bo’lgan talab miqdori sezilarli darajada oshadi. Birgina 2021- yilning o’zida O’zbekiston hududiga suv manbayi 25-30 foizga kamaygani kuzatildi. Garchi 2022- yilda respublika suv omborlarida jami 9.46 milliard³ suv yig’ilgan bo’lib 2021-yil bilan solishtiradigan bo’lsak 663 million³ ga ko’p bo’lsada o’rtacha uch yillikka nisbatan 520 million³ ga kam. “O’zgidromet” ma’lumotlariga ko’ra , Amudaryo havzasida suv sezilarli darajada kam bo’ladi, Surxondaryoda 65-70 foiz, Qashqadaryoda 55-65 foiz bo’lishi bashorat qilinyapti12. Shuning uchun hozirgi suv resurslaridagi holat hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni hisobga olgan holda suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi oshirish yo’llarini hayotga tadbiq etish zarur hisoblanadi. Hozirgi suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalasi to’g’ri 10 www.stat.uz 11 https://www.gazeta.uz 12 Respublika Suv-xojaligi-vazirligi ma'lumotlari asosida olingan. idrok etilib bir qator qarorlar qabul qilindi. Ulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2019 yildagi PQ-4499-son “Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”13 gi qarori bo’lib unga ko’ra mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda14. Surxondaryo viloyatida 2019-2020 yillarda bog’, sabzavot, paxta maydonlarida tomchilatib sug’orish texnologiyasini joriy etilishi buning yaqqol misoli bo’lishi mumkin (2.2.8-jadval). 2.2.8-jadval Surxondaryo viloyatida 2019-2020 yillarda bog’, sabzavot, paxta maydonlarida tomchilatib sug’orish texnologiyasini joriy etilishi15.
№ Tumanlar nomi 2019-2020 yillarda
jami suv tejovchi
texnologiyalar joriy
qilingan maydon, ga
Shundan
2019-yil 2020-yil
1 Angor 417 200 217
2 Bandixon 20 - 20
3 Boysun 5 - 5
4 Denov 2 305 1 970 335
5 Jarqo’rg’on 3 966 1 860 2 106
6 Qiziriq 8 - 8 13 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2019 yildagi PQ-4499-son qarori. 14 https://lex.uz/ 15 Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot Boshqarmasi ma'lumotlari asosida olingan.
7 Qumqo’rg’on 135 50 85
8 Muzrabot 6 - 6
9 Oltinsoy 150 - 150
10 Sariosiyo 197 - 197
11 Termiz 670 38 632
12 Uzun 52 - 52
13 Sherobod 113 110 3
14 Sho’rchi 49 45 4
Jami: 8 092 4 273 3 820 Yuqoridagi 2.2.8-jadvalda berilganidek, 2019-yilda eng ko’p suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydon Denov tumanida amalga oshirilgan bo’lib 1970 gektar maydonni tashkil etilishi bilan 2019-yilda Surxondaryo viloyatida joriy etilgan jami suv tejovchi texnologiyalarning 46.1 foizini tashkil etadi. 2019-yilda Surxondayo viloyatida ikkinchi eng ko’p suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan tuman Jarqo’rg’on tumani bo’lib uning hissasi 43.5 foiz (1860 gektar) ni tashkil etadi. 2020- yilda esa eng ko’p suv tejovchi texnologiyalar Jarqo’rg’on tumanida 2 106 gektar yer maydoniga joriy etilgan bo’lib butun Surxondaryo vohasida joriy etilgan suv tejovchi texnologiyalarning 55.1 foizini tashkil etgan. Garchi ba’zi tumanlar ( Bandixon, Boysun, Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun) da suv tejovchi texnologiyalar umuman joriy qilinmagan bo’lsada 2020-yilda Bandixon tumanida 20 gektar yer maydonida, Boysun tumanida 5 gektar yer maydonida, Qiziriq tumanida 8 gektar yer maydonida, Muzrabot tumanida 6 gektar yer maydonida, Oltinsoy tumanida 150 gektar yer maydonida, Sariosiyo tumanida esa 197 gektar yer maydonida va Uzun tumanida 52 gektar yer maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan. Surxondaryo viloyatida 2019-yilda 4 273 gektar yer maydonida 2020-yilda esa 3 820 gektar yer maydonida va ikki yil davomida jami 8 092 gektar yer maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan bo’lib butun Surxondaryo viloyati sug’oriladigan ekin maydonining qarib 3.5 foizini tashkil etsada suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun sa’y-harakatlar boshlanganidan dalolat beradi. Hozirgi iqlim isishi kundan kunga kuchayotgan bir paytda ekin maydonlarida ekin hosildorligini oshirish hamda suvdan unumli foydalanish zarurligini anglagan holda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishni yuksaltirish maqsadida 2021-yilda oldingi ikki yildan qarib uch barobar ko’p maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish amalga oshirilgan bo’lib quyidagi 2.2.9-jadvalda o’z aksini topgan16: 2.2.9-jadval 2021-yillarda jami suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydon.
№ Tumanlar nomi 2021-yillarda jami
suv tejovchi
texnologiyalar
joriy qilingan
Shundan,
Tomchilatib
sug’orish, ga Yomg’irlati
b sug’orish,
ga
Lazerli yer
tekislash,
ga
1 Angor 1 434 692 - 742
2 Bandixon 1 473 1 132 - 341
3 Boysun 79 67 12 -
4 Denov 1 577 589 - 988
5 Jarqo’rg’on 2 938 1 870 - 1 068
6 Qiziriq 5 254 3 781 - 1 473 16 Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot Boshqarmasi ma'lumotlari asosida olingan.
7 Qumqo’rg’on 2 992 1 951 - 1 041
8 Muzrabot 1 862 895 - 967
9 Oltinsoy 1 563 1 185 10 368
10 Sariosiyo 1 202 801 50 351
11 Termiz 1 529 1 194 - 335
12 Uzun 886 496 20 370
13 Sherobod 3 448 2 497 20 931
14 Sho’rchi 1 384 876 - 508
Jami: 27 622 18 027 112 9 483 Yuqoridagi 2.2.9-jadvalda berilganidek, 2021-yilda qishloq xo’jaligida suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirishda olib borilgan ishlar jadal suratlarda olib borilgan bo’lib butun Surxondaryo viloyati miqyosida jami 27,622 gektar yer maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan bo’lib, shundan 18,027 gektar yer maydonida tomchilatib sug’orish texnologiyalari joriy etilgan bo’lsa, 112 gektarida yomg’irlatib sug’orish texnologiyalari va 9,483 gektar yer maydonida lazerli yer tekislash ishlari amalga oshirilgani 2021-yildagi butun Respublika miqyosida suv resurslarining o’rtacha 25-30 foizga kamaygan bir paytda suvga bo’lgan talabni yetarlicha qondira olish imkoniyatini berishga sezilarli darajada o’z hissasini qo’shgani ahamiyatga molik. 2021-yilda eng ko’p suv tejovchi texnologiyalar Qiziriq tumanida joriy etilgan bo’lib umumiy hisobda tumanda 5,254 gektar yer maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan bo’lib, shundan 3,781 gektar yer maydonida tomchilatib sug’orish texnologiyalari kiritilgan bo’lsa, 1,473 gektar yer maydonida lazerli yer tekislash hisobiga suv tejash amalga oshirildi va Qiziriq tumanida 2021-yilda suvni tejash maqsadida amalga oshirilgan ishlar butun viloyatda joriy etilgan suv tejovchi texnologiyalarning 19 foizini tashkil etadi. 2021-yilda ekin maydonlarida ham eng kam suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan tuman - Boysun tumani bo’lib unda jami 79 gektar ekin maydoniga suv tejovchi texnologiyalar joriy etilib, shundan 67 gektar yer maydonida tomchilatib sug’orish, 12 gektar ekin maydoniga yomg’irlatib sug’orish texnologiyalari kiritilgan. Suv tejovchi texnologiyalardan eng ko’pi tomchilatib sug’orish texnologiyalarini tashkil qilsa, yomg’irlatib sug’orish eng kam joriy etilgan suvni tejovchi usul bo’lib faqatgina Boysun tumanida 12 gektar, Oltinsoy tumanida 10 gektar, Sariosiyo tumanida 50 gektar, Uzun va Sherobod tumanlarida 20 gektardan yer maydonlariga yomg’irlatib sug’orish texnologiyalari joriy etildi. Garchi hozirgi kunga qadar butun Surxondaryo viloyatidagi sug’oriladigan ekin maydonlarining 15.4 foizida suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan bo’lsada bu miqdor yetarli hisoblanmaydi va kelgusi yillarda viloyatning barcha ekin ekiladigan maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi davr talabi hisoblanadi. Xulosalar Ushbu maqolada qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan foydalanish holati va samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi va ularni aniqlash tartibi hamda Surxondaryo viloyati qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligi holatining tahlili o’rganildi. Surxondaryo viloyati mamlakatimizning qishloq xo’jaligi sohasidagi muhim viloyati bo’lib, uning issiq iqlimi tufayli yer va suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida ko’plab chora va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.11.2016 yildagi 378-son. Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.10.2019 yildagi PF-5853-son. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. 3. Nurmatov N.J., Ro‘ziyev O.A., Gulmatov J.Q., Berdiyev 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-apreldagi PQ-5742 sonli qarori S.R. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti - (O‘quv qo‘llanma), Toshkent, 2011, 304 bet. 5. https://www.agro.uz/
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.