ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

SURXONDARYO VILOYATINING BANDIXON VA SARIOSIYO TUMANLARIDA NUSH PIYOZ YETISHTIRISH

Özet

Mаqolаdа piyoz urug’larini ekib nush piyoz yetishtirib olishda tuproqqа ishlov bеrish, kunlik ob-havo ko’rsatkichlarini kuzatib borish urug’ va nush piyozlarni еkishgа tаyyorlаshning сhorа-tаdbirlаri kеltirilgаn.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

TUMANLARIDA NUSH PIYOZ YETISHTIRISH

Bo’riyev Abror Nortajiyevich

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik

ilmiy tadqiqot instituti

2-bosqish tayanch doktoranti

Аnnotаtsiyа: Mаqolаdа piyoz urug’larini ekib nush piyoz yetishtirib olishda tuproqqа ishlov bеrish, kunlik ob-havo ko’rsatkichlarini kuzatib borish urug’ va nush piyozlarni еkishgа tаyyorlаshning сhorа-tаdbirlаri kеltirilgаn.

Kаlit so’zlаr: yer, urug’lik, nush piyoz, harorat

Аннотация: В статье представлены способы подготовки семян и лука к посеву, наблюдения за суточными погодными условиями, обработки почвы, выращивания семян лука.

Ключевые слова: земля, семена, лук, температура.

Annotation: The article presents the methods of preparing the seeds and onions for sowing, monitoring the daily weather conditions, soil cultivation, and the cultivation of onion seeds.

Key words: land, seed, onion, temperature

KIRISH

Piyoz Alliaceae familyasiga oid bir tur (Allium cepa L.) bo’lib, ovqat xazm qilish sistemasini yaxshilashda, birinchi darajali kuyishlarda va nafas olishdagi qiyinchiliklarga qarshi dori sifatida foydalanib kelinmoqda. Kelib chiqishi uzoq yillarga borib qadaladigan piyoz Misr piramidalarida ham joyini olgan. Quron va Injilda piyozdan so’z yuritilganligi esa piyozning avvalgi zamonlardan bu kunlargacha insonlar hayotida muhim bir o’rin olganligining dalilidir.

Piyoz ikki yillik o’simlik bo’lib birinchi yili piyozbosh ikkinchi yili esa urug’ hosil qiladi. 100 gr piyoz tarkibida 1,2 gr oqsil, 0,1 gr yog’, 8,9 gr shakarli moddalar, 8 gr suv, 12 gr quruq modda, 30 mg kalsiy va 42 kaloriya mavjuddir.

Mamlakatimizda boshpiyoz maydoni va hosili jihatidan pomidordan keyingi o’rinda turadi. Uning sabzavot ekinlari orasidagi ulushi 23-24%, yalpi mahsulot bo’yicha 18-19% va hosildorliliga o’rtacha gektaridan 50-60 tonnani tashkil qiladi.

Piyoz qisqa yorug’ (10-12 soat) kunda yaxshi o’sadi, ammo bunday sharoitda oziq moddalari zaxiraga o’tmaydi (aylanmaydi), piyozbosh shakillanmaydi, o’simlik tinim davriga kirmaydi, piyoz yo’g’on soxta poya xolatida qoladi. Piyozni kun uzunligiga bo’lgan bu xususiyatini bilish navini tanlash va agrotexnik tadbirlarni sifatli o’tkazishda muhim ahamiyatga ega.

Hindistonning Raguri stansiyasida yaratilgan piyozning yangi Phule safed navi, katta maydonlarda yetishtirilayotgan ommabop N-257-9-1 navidan yuqori hosildorligi (24,59 va 25,75 t/ga), mavjud navdan 7,29 va 5,71 t/ga yuqori mahsulot bergan.

Turli ekologik tiplarga mansub (AQSh, Eron va Misrda) piyozning navlari Moskva geografik kengligida ko’chati 1 muddatda (urug’ni 18 martda, ko’chati 6 mayda ekilgan) ekib sinalgan.

Keyingi yillarda piyozning Ravnaq va Bahoroy navlari yaratilgan bo’lib ularning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib yetishtirish agrotexnikasi va urug’chiligi masalalari, bu tadbirlarni resurstejamkor va intensiv texnologiyalar orqali tashkil etish ilmiy asoslanmagan.

Shundan kelib chiqib ushbu navlarning biologik xususiyatlarini, ulardan mahsulot yetishtirish va urug’chilik texnologiyasini ishlab chiqish hozirgi zamon sabzavotchiligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI

Tajriba Surxandaryo viloyatining bir biridan farqli ikki (Sariosiyo va Bandixon) tumanlarida jami 1 GA maydonning 20 sotix joyida amalga oshirilgan. Tajribada urug’ materiali sifatida Qoratol piyoz urug’lari foydalanilgan. Urug’ning unuvchanligi 95% va 1000 dona urug’ vazni 3,2 gr deb olingan.

Tajriba kuzatish metodidan foydalangan holda amalga oshirildi.

Tajribaning qo’yilishi

Tajriba qo’yiladigan maydonga urug’lar ekilishidan avval 200 kg/ga fosforli o’g’it (Ammafos) berilgan (01.03.2022). Dala tajribalari quyidagi shartlarda amalga oshirildi:

Bandixon tumanidagi tajribada, qator orasi 60 sm, ariq chuqurligi 12 sm dan bo’lgan egatlar olinib 03.03.2022 sanasida qo’yilgan. Ekilgan urug’ miqdori 5 kg ni tashkil etgan.

Sariosiyo tumanidagi tajribada esa, qator orasi 50 sm, ariq chuqurligi 12 sm dan bo’lgan egatlar olinib 10.03.2022 sanasida qo’yilgan. Ekilgan urug’ miqdori 5 kg tashkil etgan.

Urug’ ekilgan kunidan boshlab to tayyor bo’lguniga qadar muddatda kunlik obhavo ma’lumotlari kuzatilib daftarga yozib borilgan.

Fenologik kuzatuvlar: Tajriba maydonlarida urug’lar ekilgandan 10 kun o’tib birinchi, 50 kun o’tib ikkinchi va 80 kun o’tib uchinchi kuzatuvlar amalga oshirilgan. Kuzatuvda urug’ning unib chiqishi, rivojlanishi, barg uzunligi, satxi va piyozboshlar hajmi kuzatib borilgan.

NATIJALAR VA EMPERIK TAHLIL

1-jadval

Bandixon va Sariosiyo tumanlarida qo’yilgan dala tajribamizda amalga oshirilgan fenologik kuzatuv natijalari Xududlar Kuzatuvlar

Maysalar

unib

chiqishi

(%)

Barg

sathi

(mm)

Barg

uzunligi

(sm)

Piyozboshlar

hajmi *

I 50 1 5 -

II 90 2,5-3 12-15 1

III 90 3-3,5 15 1-1,5

I 50 1 5 -

II 90 3 12-15 2

III 92 3,5-4 20 3

* kalibr ko’rsatkichi

Kuzatuv natijalari tahlil qilinganda har ikki tumanga ham ekilgan urug’larimizning unuvchanligi deyarli bir biridan farq qilmagan,lekin Bandixon tumanidagi ob-havoning keskin ko’tarilib ketishi natijasida barglarning sathi va uzunligi yetarli darajaga yetmay qoldi va piyozboshlar kattaligi ham kutilgan 2-3 kalibrga yetmagan.

2-jadval

Dala tajriba maydonlarida urug’ ekilgan kundan boshlab 80 kunlik davrida qadar bo’lgan kunlar oralig’idagi o’rtacha issiqlik darajasi

Hududlar Kuzatuvlar

Kuzatuv

amalga

oshirilgan kun

Ob-havo

ko’rsatkichi, oC

I 23.03.2022 15

II 21.04.2022 25

III 21.05.2022 27-30

I 30.03.2022 10

II 28.04.2022 20

III 28.05.2022 20-22

1-jadvaldagi natijalarga qaralganda Bandixon tumanidagi issiqlik darajasi aprel oyining ikkinchi yarimidan boshlab keskin ko’tarilib ketganligi sabab piyozboshlarning kattalashishiga salbiy tasir ko’rsatgan. Sariosiyo tumanida esa ob-havo haroratining bir meyorda saqlanib qolganligi va yog’ingarchilik darajasining ko’pligi sabab piyozboshlar hajmi 2-3 kalibrni tashkil etgan.

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa o’rnida aytib o’tish joizki, yurtimizda piyoz yetishtirish ancha dolzarb mavzulardan biridir. Surxondaryo viloyatining Bandixon va Sariosiyo tumanlarida dala tajribalari orqali amalga oshirilgan tajribamizda issiqlik darajasining muhim ahamiyatga ega ekanligi kuzatildi. Yani piyozboshlarning qulay yetilib tayyor bo’lishida temperaturaning 20-25oC orasida bo’lishi muhim ekan.

ADABIYOTLAR RO`YXATI

1. Kawakishi, S. and Y. Morimutsu. Sulphur Chemistry of Onions and Inhibitory Factors of the Arachidonic–Acid Cascade, 1994. ACS SYM. SER. 546, p:120–127.

2. Ismoilov A., Murtazayev O. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: Moliya, 2005.

3. Ostonaqulov T.E. Meva – sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirish, saqlash vaqayta ishlash texnologiyasi. –S.: N.Doba, 2010. 251 b.

4. Ostonaqulov T.E.,Narziyeva S.X. Mevachilik asoslari. – T.: N.Doba, 2010. 283 b.

5. Zuyev V., Ataxo’djayev Asatulla, Qodirxo’jayev Orip. Himoyalangan yerlarda ko’chat va sabzavot yetishtirish. Toshkent 2007.

6. Bo`riyev X.Cb., Abdullayev A.G. “Tomorqa sabzavotchiligi”.T.Mehnat. 1994y.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.