ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

SURXONDARYO VILOYATINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA EKOLOGIK HOLATI.

Özet

Maqolada O‘zbekistonning janubida joylashgan Surxondaryo viloyatining geografik joylashuvi va  o‘ziga hos ekologik xususiyatlari, aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish qoidalari, Surxondaryoda atrof-muhit monitoringini o'tkazish, uning ekologik holatini baholash va atrof-muhit omillari va aholi salomatligini  saqlash borasida olib borilayotganligi tahlil e‘tib o‘tilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

EKOLOGIK HOLATI.

Xaitov Farxod Nasriddin o‘g‘li

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o‘qituvchisi Annotatsiya: Maqolada O‘zbekistonning janubida joylashgan Surxondaryo viloyatining geografik joylashuvi va o‘ziga hos ekologik xususiyatlari, aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish qoidalari, Surxondaryoda atrof-muhit monitoringini o'tkazish, uning ekologik holatini baholash va atrof-muhit omillari va aholi salomatligini saqlash borasida olib borilayotganligi tahlil e‘tib o‘tilgan. Аннотaция: В статье рассмотрены географическое положение Сурхандарьинской области, расположенной на юге Узбекистана, и ее уникальные экологические особенности, соблюдение санитарно-гигиенических требований в укреплении здоровья населения и профилактике заболеваний, проведение экологического мониторинга в Сурхандарьинской области, оценка ее состояния. учитывались экологическое состояние и факторы окружающей среды, а также последствия для здоровья населения. Kalit so‘zlar: neft va gaz, ko‘mir, polimetall, alumin rudasi, giрs, tuz, kasalliklar, ifloslangan suv, metallurgiya, sanitariya-epidemiologiya. Аннотaция: Ключевые слова: нефти и газа, полиметалл, алюминиевая руда, гипс, соль, болезни, загрязненная вода, металлургия, санитарно-эпидемиология.

Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubida joylashgan. U o‘z ichiga Surxon-Sherobod vohasi va uning atrofini o‘rab turgan tog‘larni oladi. Viloyat sharqdan va shimoli sharqdan Bobotog‘ va Hisor tog‘lari orqali Tojikiston bilan, shimoli g‘arbda Qashqadaryo bilan chegaralanadi, chegara Chaqchar va Boysun tog‘lari orqali o‘tadi. G‘arbda Turkmaniston bilan bo‘lgan chegara Ko‘hitang tog‘ining suvayirg‘ich qismidan o‘tadi. Janubda chegara Afg‘oniston bilan Amudaryo orqali o‘tgan davlat chegarasiga to‘g‘ri keladi.

Viloyatda qazilma boyliklardan neft va gaz, ko‘mir, polimetall, alumin rudasi, giрs, tuz, har xil qurilish material konlari mavjud. Neft va gaz, asosan, Lalmikor, Ko‘kaydi, Xovdog‘dan, toshko‘mir Sharg‘undan qazib olinadi. Sariosiyoda polimetall rudasi, aluminiy rudasi, giрs, ohak konlari bor. O‘zbekistondagi eng katta Xo‘jaikon tuz koni shu viloyatda joylashgan. Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral suvi hisoblanadi.

Surxondaryo vohasining iqlimi quruq subtropik. Lekin atrofidagi tog‘larga ko‘tarilgan sari iqlim o‘zgaradi. Viloyatning tekislik qismida yoz serquyosh, issiq va quruq, tog‘ga tomon harorat pasayib boradi. Qish qisqa va iliq, lekin atrofidagi tog‘larda sovuqroq bo‘ladi. Yozda viloyatning tekislik qismi juda isib ketadi. Yozda havo harorati Termizda +50°C ga (1914- yil) ko‘tarilganligi kuzatilgan. Qish viloyatning tekislik qismida iliq bo‘lib, yanvarning o‘rtacha harorati Sherobod va Termizda +2,8°C ga teng. Lekin atrofidagi tog‘larning 2500-3000 m balandliklarida yanvarning o‘rtacha harorati –6°C dir.

Surxondaryo tabiiy geografik jihatdan uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta daryo mavjud. Bu daryolar ichida eng kattalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hisoblanadi. Yerosti suvlari har xil davr yotqiziqlari orasida uchraydi. Paleogen va neogen davri yotqiziqlari orasidagi 140—150 m chuqurlikdan chuchuk suv chiqadi. Bo‘r davri yotqiziqlari orasidagi 1000 —2000 m chuqurlikdan chiquvchi mineral shifobaxsh suv harorati +60 +70°C ga yetadi.

Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Janubiy Surxon (suv sig‘imi 800 mln m.kub), Uchqizil (suv sig‘imi 16 mln m.kub) suv omborlari qurilgan.

Surxondaryo tabiiy geografik okrugining okean sathidan 500 m balandlikkacha bo‘lgan joylarida och bo‘z tuproq tarqalgan. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘rlashgan bo‘z tuproq uchraydi. Surxondaryo va Sherobod daryolarining qayirlarida alluvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar uchrasa, janubiy qismidagi qum massivlarida qumli va qumloq tuproqlar uchraydi.

Viloyatning 500 m dan 1200 m balandlikkacha bo‘lgan qismida oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar ko‘p joylarda o‘zlashtirilib, madaniy bo‘z tuproqqa aylantirilgan. Surxondaryoning 1500-2500 m dan balandda bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida tog‘- jigarrang tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tarkibidagi chirindi 4-6 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib, tog‘-o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq-botqoq tuproq uchraydi.

O’zining har bir jabhasida inson uchun zarur bo’lgan minglab unsurlarni mujassam etgan. Ana shunday go’zal tabiatimiz bugungi kunga kelib fan va texnika, texnalogiyalar taraqqiy etayotgan zamonda qay ahvolda ekanligi aniqlash, ekalogik muammolarning oldini olish, degan savollar bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Ming afsuski inson tabiatga misli ko’rilmagan miqdorda tasir ko’rsatadi. Inson aql-zakovati orqali, mehnat faoliyati tufayli ta’sir qilishini hech bir narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Aniqroq aytadigan bo’lsak mavjudotlar tabiatdan qanday bo’lsa, shunday foydalanib, unga sezilarsiz tasirini o’tkazadi.

XXI asr insoniyat faoliyatining har bir sohasida, ayniqsa, tibbiyotda buyuk kashfiyotlar qilib, milliardlab mablag’lar sarflanishiga qaramay, insonlar arganizmiga kasalliklar xavf solishi va hoyotda bevaqt ko’z yumushlar ko’p uchraydi. Bu yerda biz nafaqat o'simliklar va hayvonlarga yetkazilgan zarar haqida gapiramiz, balki bu ta'sirlar odamlarga ham ta'sir qiladi. Odatda, qabul qilinadigan qarorlar atrof muhitga salbiy ta'sirlarni kamaytirish, tabiiy muhitni himoya qilishdan ko'ra, inson salomatligini himoya qilish uchun ko'proq ahamiyatga ega. Ushbu ta'sirlarning asosiy oqibatlari umuman sayyoramizning ifloslanishidir. Biz suv, tuproq, havoning ifloslanishini, ekotizimlarning yo'q qilinishini, yashash joylarining parchalanishini va boshqalarni ko'rishimiz mumkin. Bularning barchasi kasalliklarning ko'payishiga, biologik xilmaxillikning yo'qolishiga va o'simlik va hayvonot dunyosida ham, odamlarda ham sog'liq muammolariga olib keladi. . Yashash joyi muhiti borasida “Tib qonunlari”da alohida ta’kidlab, shunday deyilgan: “Turar joy tanaga turlicha ta’sir qilishi mumkin: balan yoki past joyligi, tuproq tarkibi hamda xususiyati, suvning serobligi yoki kamyobligi, darxtlarning mo’lligi, qabriston yoki konlarga yaqinligi va boshqalar yashash joyi tanlanganda muhim ahamyatga ega”. Bu fikrlar muhit to’grisida bo’lib, tibbiy ekologiyada tegishli ekanligi guvohi bo’lamiz. Hozirgi kunga kelib ekologik muammolar inson salomatligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. Global gumanitar forum ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramizda ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishi yiliga uch yuz ming insonning umriga zomin bo‘lmoqda. Uch yuz million aholi uning salbiy ta’siri ostida hayot kechirmoqda. Bundan iqtisodiyotga ham jiddiy zarar yetmoqda. Bunday global muammolar Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyotiga ham o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Orol bo‘yidagi noxush ekologik vaziyat, Tojikiston alyuminiy zavodidan chiqayotgan zaharli gaz va chiqindilarning Surxandaryo viloyati Sariosiyo,Denov va boshqa tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi salomatligiga salbiy ta’siri, buning ta’sirida kelib chiqayotgan tabiiy tangliklar, cho‘llanish,sho‘rlashish,chuchuk suv muammosi bunga misoldir. Ma’lumki bir mintaqada kasaliklarning tarqalishi shu joyda yashovchi aholi bilan atrofmuhit o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq. Masalan, ko’lmak suvlar to’planib qolgan joylarda bezgak chivinining yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shu shu joylarda bezgak kasalligining paydo bo’lish ehtimoli yuzaga keladi. Opistroxoz kasalligi daryo yoqalarida yashovchi kishilarda ko’p uchraydi, chunki bu kasallikni keltirib chiqaradigan chuvalchangning oraliq xo’jayini baliq bo’lib, kasallik odamga baliq go’shti orqali yuqadi. Bundan tashqari aholi orasida ko’p uchraydigan allergik kasalliklarni ham misol qilib olishimiz mumkin. Ko'plab epidemiologik kuzatuvlar atrof-muhitning kimyoviy ifloslanishi va aholining reproduktiv funktsiyasining buzilishi o'rtasidagi bevosita sabab-oqibat bog'liqligini ko'rsatadi. Bu mehnat sharoitida ham - metallurgiya zavodlari ishchilarida, to'qimachilik sanoati, gaz va neftni qayta ishlash korxonalarida, laborantlar va jarroh ayollarda ham, atmosferasi, suv manbalari va tuprog'i bilan ifloslangan aholi punktlarida ham aniqlanadi. Hozirgi kunda yurtimizda sanitariya-epidemiologiya muhitini barqarorlashtirish, tabiatga salbiy ta’sirlarni kamaytirish, ekologiya va gigiyena tadbirlarini uzviy ravishda tashkil etish tizimi shakllangani inson salomatligini asrash va yuqumli kasalliklar bo‘yicha barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Xulosa Xulosa qilib aytsak Surxondaryo viloyati atrof-muhitining ekalogik holati va uning aholi salomatligiga ta'sirini o‘rganish muhim rol o'ynaydi. Aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, ba’zi ekologik vaziyat o’ta tang ahvolda bo’lgan hududlarda tabbiy nazoratni yanada kuchaytirishimiz zarur. Ifloslanish manbalarini aniqlash va atrof-muhit ifloslanishini yumshatish uchun suv sifati, havoni ifloslantiruvchi moddalar va tuproq sharoitlarini kuzatib borish zarur. Salomatlik uchun xavflarni baholash, ifloslantiruvchi moddalar ta'sir qilishi bilan bog'liq sog'liq uchun xavflarni aniqlash uchun atrofmuhitning eklogik ma'lumotlarini tahlil qilish, profilaktika choralari va sog'liqni saqlash choralarini ishlab chiqish muhum ahamiyatga ega.

Adabiyotlar ro‘yxati: 1. "Umumiy ekologiya" darslik, A. Ergashev. Toshkent 2003y. 2. A. I. Nazarov :, Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri: scientific progress volume 3 ǀ issue 1 ǀ 2022 3. "Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish o‘quv qo‘llanma", Xo‘janazarov. O‘. E, Yoqubjonov. SH. Toshkent 2018 y. 4. H.H.Habibova:, Ekologiya buzilishining inson salomatligiga ta’siri: Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 SPECIAL ISSUE 4| 2023.B. 176 5. https://geografiya.uz/ozbekiston-tabiiy-geografiyasi/11611-surxondaryo-tabiiygeografik-okrugi.html

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.