Surxondaryo viloyatining investitsion jozibadorligini oshirish yo'nalishlari
Termiz davlat universiteti
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
Beznis boshqaruvi va statestika kafedrasi o‘qituvchisi
Fayziyeva Aziza Azamat qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining investitsion jozibadorligini oshirish yo’nalishlari haqida batafsil bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: Investitsion, Malaka, mamlakat, hudud, islohat, viloyat, joziba, bahor, tarix, qirqqiz, ziyorat, turizm.
Istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida sezilarli oʻzgarishlar roʻy berdi. Hududlarning iqtisodiy, investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Umuman olganda investitsion jozibadorlik haqida bayon etsak, investitsion jozibadorlik muayyan mintaqaning salohiyatiga, jumladan, ehtimoliy xatarlarga bog'liq. Ayrim hududlarning investitsion jozibadorligi statistik ma'lumotlar asosida kamida sakkizta sohada aniqlanadi. Bu aholini ish bilan ta'minlash, moliyalashtirishni ta'minlash, ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi, iste'mol talabi, infratuzilma, tabiiy resurslar mavjudligi, turizm sohasi va innovatsiyalarni rivojlantirishdir. Soʻnggi yillarda qulay investitsiya muhiti yaratilib, sohaga alohida etibor qaratilayotgani iqtisodiyot tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri xorij sarmoyasini jalb etishga keng imkoniyat yaratilayapdi. Viloyatimizda birinchi bor oʻtkazilgan investitsiya forumida imzolangan memorandumlar asosida 2018-yil va keyingi yillarning oʻtgan davrida 100 million dollardan ortiq toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya oʻzlashtirildi. Sanoat mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, eksport qilish, zamonaviy noturar va turar-joylar qurish, xizmat koʻrsatish komplekslari barpo etish loyihalari amalga oshirildi. Mamlakatimiz janubidagi voha xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish uchun boy resursga ega hudud. Toshkoʻmir, gaz, sement, neft, marmar, osh va kaliy tuzlari, ohak, uran, polimetall, granit tosh, oltingugurt, keramzit, gips, kvars, yod, karbid, brom, slanes kabi koʻplab noyob tabiiy boyliklar zaxirasi mavjud. Tabiiy iqlim sharoiti barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun zarur imkoniyat yaratadi. Viloyatimizda turizmning barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish mumkin. Bunga budda va islom diniga oid koʻplab arxeologik yodgorliklar saqlanib qolgani, koʻp ming yillik tarixga ega madaniy meros obyektlari, maftunkor tabiat manzaralari, shifobaxsh zilol suvlari yaqqol dalildir. Xorijlik sarmoyadorlarda nafaqat vohaning sanoat salohiyatini rivojlantirish balki, agrar tarmoq imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga qiziqish ortib borayapdi. Surxondaryo qoʻshni Afgʻoniston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari bilan chegaradosh viloyat. Temir yoʻl va xalqaro avtomagistral yoʻl infratuzilmasiga, Oʻzbekistonda yagona daryo portiga egaligi ham dunyoga chiqishda iqtisodiy jihatdan katta qulaylik yaratadi. Shu bilan birga viloyatda “Termiz” va “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasi faoliyat yuritmoqda. Ularda xorijiy va mahalliy tadbirkorlar uchun barcha qulayliklar barpo etilgan. Bu ham vohada investitsion jozibadorlikni oshirishga imkon yaratadi. Surxondaryoning yana bir investitsiyaviy jozibadorligini hududda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari kattaligi bilan ham ahamiyatlidir. Oʻtmishdan Buyuk ipak yoʻli chorrahasida dunyoning yirik savdo va madaniy markazi sifatida Gʻarbu Sharqni bir-biriga bogʻlab kelgan qadimiy va hamisha navqiron Surxondaryo keyingi yillarda har taraflama yuksalib, yangi bosqichda taraqqiy etmoqda. Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishdagi yirik imkoniyatlari bilan jahonga yuz tutmoqda. Birgina turizm yoʻnalishini oladigan boʻlsak 2001 yilda YuNESKO Boysunni "Insoniyatning ogzaki va nomoddiy qadriyatlar makoni" sifatida etirof etdi. Vaholanki ushbu yuksak etirofga dunyodagi 19 ta hudud sazavor bolgan xolos. 2002 yildan boshlab esa Boysunda "Boysun bahori" ochiq folklor festevali otkazila boshlandi va dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar ushbu festivalda ishtirok etish uchun kela boshladi. 2009 yil 25 avgustda Surxon vohasiga tashrif buyurgan Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A. Karimov Surxon vohasining nihoyatda qadimiy tarixga ega ekanligini, insoniyat svilizatsiyasi taraqqiyotida voha alohida orin tutganligini ta`kidladi. Memoriy yodgorliklari haqida gapiradigan boʻlsak Viloyatdagi 359 tarixiy yodgorliklardan 294 tasi arxeologiya, 26 tasi meʼmoriy, 39 tasi monumental sanʼati yodgorliklaridir. Termiz shahrining 2500 yillik yubileyi munosabati bilan 2001—2002-yillarda viloyatdagi bir kancha tarixiy obidalar va arxeologik yodgorliklarda taʼmirlash ishlari olib borildi. Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklar oʻzining qadimiyligi bilan mashhur. Xuroson meʼmorlik anʼanalarida qurilgan mashhur Jarqoʻrgʻon minorasi (1108—09 yillar), Sulton Saodat majmuasi (X asr, XV-XVII asrlar), Denovdagi Chagʻoniyon davlati qalʼasi qoldiqlari (15-asr), Hakim atTermiziy majmuoti (11 — 15-asrlar), Eski Termizdagi Zurmala minorasi (II asr), Termiz atrofidagi Kokildor xonaqohi (16-asr) va boshqa tarixiy obidalar vohaning jozibadorligini oshirmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan Surxondaryo viloyatida investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida qator islohotlar olib bormoqda. Surxondaryo neft, gaz, ko‘mir, qimmatbaho va rangli metallar, ko‘p turdagi bezak toshlar kabi 100 dan ortiq konlarga ega bo‘lsa-da, ular yetarli darajada o‘zlashtirilmagan. Shuning uchun kelgusi besh yilda viloyatimizda 7 milliard dollarlik 5 mingdan ziyod investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasi Surxondaryodagi 500 ming xonadonni ham nurga to‘ldiradi. Bundan tashqari, qo‘shni Afg‘onistonga yiliga kamida 3 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Davlatimiz rahbari tomonidan Surxondaryo viloyatida respublika darajasidagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega “Investorlarga ko‘mak markazi”ni tashkil etish taklifi berilganligi vohada investitsion jozibadorlikni oshirish uchun katta imkon beradi. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan transformatsion jarayonlar neft-gaz tarmog‘iga ham ijobiy tasir ko‘rsatmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning neft-gaz tarmog‘ining rivojlanishiga qaratayotgan katta e’tibori va amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimiz aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini neft hamda gaz mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyati yaratildi. Viloyatimizdagi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Termez National Carpets" MCHJ dan boshlandi. Korxonada Germaniya, Belgiya va Turkiyadan olib kelingan uskunalar o'rnatildi. 250 ga yaqin mutaxassis ishlaydigan zavodning ishlab chiqarish quvvati bugungi kunda yiliga 4,5 million kvadrat metr mahsulotni tashkil etadi. Hududning investitsion jozibadorligini oshirish uchun avvalo investitsion muhitni yaratishimiz zarur. Bugungi kunda jahonning 50 dan ortiq mamlakati O‘zbekistonga barqaror tarzda investitsiya kiritmoqda. Ular iqtisodiyotimizning asosan metallurgiya, energetika, kimyo sanoati, elektrotexnika, mashinasozlik, turizm, yengil sanoat tarmoqlarida faoliyat yuritmoqda. Investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan islohotlar iqtisodiyotning rivojlanishi va insonlarning turmush darajasi yaxshilanishiga xizmat qiladi. So‘nggi yillarda Surxondaryo viloyatida qadimiy vohaning sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilayotgan yuksak e’tibor hududda ichki va tashqi turizmni rivojlantirib, investitsion jozibadorlikni oshirmoqda. Vohada 38 turoperator, 53 mehmonxona va yuzta oilaviy mehmon uylari sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Viloyatda paleolit davridan XX asrgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan 444 ta arxeologiya, 36 ta me’morchilik va muqaddas qadamjo, 39 ta haykaltaroshlik yodgorliklari, 42 ta diqqatga sazovor joy mavjud. Hozirgacha ularning 101 tasi turistik namoyish maskanlari sifatida tanlab olinib, ro‘yxati shakllantirilgan va turistik aylanmaga kiritilib, infoturlar tashkil etilayotir. Muqaddas ziyoratgohlar hududda ziyorat turizmini joriy etib, nafaqat mahalliy balki, xorijlik sayyohlar oqimini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida vohaning turizm salohiyatidan samarali foydalanib, yangi ish o‘rinlari yaratish, turizm orqali investitsion jozibadorlikni va aholi daromadlarini oshirishga alohida e’tibor qaratgan edi. 2018—2019- yillarda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilindi. Unda hududning yangilangan, zamonaviy qiyofasini yaratish, transport infratuzilmasini takomillashtirish, xorijdan tashrif buyurayotgan sayyohlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish kabi muhim masalalarga alohida ahamiyat berilgani ziyorat turizmi imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qulay muhit yaratdi. O‘tmishda Surxondaryo muqaddas islom dinini targ‘ib qilgan va uni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan Hakim Termiziy, Iso Termiziy kabi ko‘plab buyuk olimlarga beshik bo‘lgan. Boy tarixga ega bu yurtda So‘fi Olloyor, Alouddin Attor, Muhammad Zohid singari ulug‘ zotlar mangu qo‘nim topgan. Mazkur dastur asosida Boysun, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Oltinsoy, Denov, Uzun, Sherobod tumanlaridagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar rekonstruksiya qilinib, obodonlashtirildi.Yo‘llar ta’mirlandi. Savdo-hunarmandchilik do‘konlari qurildi. Xorijlik sayyohlarning emin-erkin ziyorat qilishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratildi. Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Naqshbandiya ta’limotining asoschisi Hazrat Bahouddin Naqshbandning birinchi xalifasi Alouddin Attor mangu qo‘nim topgan muqaddas ziyoratgoh mavjud. Oltinsoy tumanida “Silsilai oliya” tarkibiga kiruvchi ulug‘ zotlardan yana biri – Muhammad Zohid maqbarasi, turkiy tasavvuf ta’limotining yirik namoyandasi So‘fi Olloyor qadamjosi va ul zot tomonidan barpo etilgan masjid saqlanib qolgan. Yangi yo‘nalishlarda ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aziz-avliyolar muqaddas hoki qo‘yilgan bu maskanlarni obodonlashtirib, ziyoratchi sayyohlar uchun zamonaviy qulayliklar yaratib berildi. Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish uchun 374 tarixiy, madaniy, san’at, me’moriy obidalar, noyob arxeologik qazilmalar mavjud. Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, hududning noyob tarixiy-madaniy va me’moriy obidalari bilan turistlarni keng tanishtirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlari o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qilinishi vohada investitsion jozibadorlikni oshirish uchun imkon yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Boysun tumanidagi Omonxona qishlog‘i, Zovboshi tog‘li hududi, Darband qishlog‘i hududlarini o‘z ichiga olgan — Boysun kichik turizm zonasiga investorlarni jalb qilib, turizm infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirildi. Surxondaryo viloyatida turistlar tashrif buyuradigan barcha madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, muzeylar, mehmonxonalar, hunarmandchilik markazlari va boshqa turizm obyektlari hamda aholi gavjum joylar, xususan bozorlar, shox bekatlar, yo‘l bo‘yi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, istirohat bog‘larida o‘rnatilgan tartibda Wi-Fi zonalarini tashkil etildi. Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti va Termiz davlat universiteti bilan Turkiya, Yaponiya, Tayland, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlarning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirildi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak Surxondaryo viloyatiga investitsiayalarni jalb qilish, hududlarni investitsion jozibadorligi oshirishga qaratilgan tizimli ishlar tashkil qilinmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar viloyat nafaqat viloyat balki mamlakat iqtisodiyotiga yanada koʻproq hisaa qoʻshishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2020-yil Oliy Majlisga murojatnomasi.
2. Mustafaqulov Sh. I " Investitsion muhit jozibadorligi " Ilmiy-amaliy qoʻllanma. Toshkent 2017.
3. Дж. Общая теория занятости, процента и денег. — М.: Прогресс, 1978.
4. Самуэльсон П. Экономика.- М.: МГП “АЛГОН” ВНИИСИ. 1992.
5. Юсупов А. Хорижий инвестициялар — корхоналар иқтисодий тараққиёт омили. /Ж. Бозор, пул ва кредит.
6. S. Tursunov, Surxondaryo tarixidan lavhalar" .
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.