O’RNI
T.f.d dotsent. Z.L.Botirov
Assistant. X.Ilhomov
Annotatsiya. Maqolada Maqsadni ehtiyojlardan hosil qilishni о‘qituvchi о‘zini funksiyasi deb hisoblasa, ehtiyojlarni boshqarish mashqlari bajarilib pedagogik jarayonni tarbiyaviy aspekti amalga oshiriladi. Pedagogik jarayon maqsadlarida umumiylikni aniqlash uchun о‘qitish texnologiyasining ketma-ketlik zanjirini nazariy asoslash va amaliy qо‘llash asosida bajariladi. Shunga asosan tarbiya-maqsadlarini hosil qilish texnologiyasida bazaviy jarayon hisoblanadi. Ehtiyoj, о‘qitish normalari va qobiliyat bilan ichki aloqada bо‘lib, tarbiyani esa о‘qitish, rivojlanish bilan, maksadni uz navbatida mazmun va metod bilan ta’lim jarayonining texnologik zanjirida mos adekvat bо‘lishini ta’minlaydi.
Kalit so’zlar: о‘qitish, pedagok, jarayon, modulli, metod, о‘qituvchi, faoliyat.
Bugungi kunda, ta’lim tizimiga pedagogik texnologiyalar jadal sur’atlar bilan kirib kelmoqda. Ta’limning sifat va samaradorlik kо‘rsatkichini faqatgina pedagogik texnologiyalar asosida ta’minlash mumkin.
Ma’lumki, har bir jarayon bir qator ketma-ket о‘zgarishlar zanjirini kо‘zda tutadi. Uning natijasida boshlang‘ich va yakuniy holatlar bir-biridan farq qiladi. Ular о‘rtasidagi farq jarayonning natijasini beradi, natijani taxmin, bashorat qilish maqsad bо‘lib hisoblanadi. Maqsad-faoliyat mazmunini unga taalluqli metodlarni qо‘llash tufayli amalga oshiriladi.
О‘qitish pedagogik jarayon bо‘lib, undagi subyektlarning (о‘qituvchi, о‘quvchi, guruh) о‘zaro harakati natijasi, ularni bu harakatida maqsad, mazmun, metod о‘zaro bog‘lik bо‘ladi. Harakat natijasi aksariyat holda pedagogik jarayonning texnologiyasiga bog‘lik bо‘ladi. Maqsadni qо‘yish, mazmunni о‘zlashtirish, metodni egallash texnologiyaning mohiyatini tashkil etadi.
Pedagogik faoliyat о‘qituvchi tomonidan tо‘lig‘icha ta’limni hayotiy funksiyasi hamda shaxsiy kasbiy funksiyasi sifatida amalga oshirilsa pedagogik texnologiya pedagogik faoliyatni mezonli bо‘lishini ta’minlaydi.
О‘qituvchining maqsadi-har bir о‘quvchini harakati natijaviy bо‘lishini ta’minlashdir. Pedagogik jarayonda maqsadni о‘quvchini ehtiyojlaridan hosil qilish uchun о‘qituvchi ta’lim mazmunini aktuallashtirib sharoit yaratadi.
Maqsadni ehtiyojlardan hosil qilishni о‘qituvchi о‘zini funksiyasi deb hisoblasa, ehtiyojlarni boshqarish mashqlari bajarilib pedagogik jarayonni tarbiyaviy aspekti amalga oshiriladi. Pedagogik jarayon maqsadlarida umumiylikni aniqlash uchun о‘qitish texnologiyasining ketma-ketlik zanjirini nazariy asoslash va amaliy qо‘llash asosida bajariladi. Shunga asosan tarbiya-maqsadlarini hosil qilish texnologiyasida bazaviy jarayon hisoblanadi.
Ehtiyoj, о‘qitish normalari va qobiliyat bilan ichki aloqada bо‘lib, tarbiyani esa о‘qitish, rivojlanish bilan, maksadni uz navbatida mazmun va metod bilan ta’lim jarayonining texnologik zanjirida mos adekvat bо‘lishini ta’minlaydi.
О‘qituvchi tomonidan belgilanadigan о‘qitish mazmuni (normasi) о‘quvchi uchun tashqi bir element bо‘lib hisoblanadi. О‘qitish mazmuni о‘quvchini ichki xususiy normalariga aylanishi, uning о‘zlashtirilishini ta’minlaydi. Bunday jarayon har bir о‘quvchida hosil bо‘lishi uchun, о‘qitish mazmuni tizimli yadro qatlamli tuzilishiga ega bо‘lishi lozim. О‘quvchi tamonidan qatlamlar soni qanchalik kо‘p о‘zlashtirilsa о‘qitish mazmunini о‘zlashtirish darajasi shunchalik chuqur bо‘ladi.
О‘quv materialini dozalash, modulli о‘qitish tizimining asosini tashkil etadi. Ta’limda modul, tizimni о‘zgartirish koeffitsiyenti bо‘lib, hisoblanadi. Shu sababli о‘quv materialini modeli, о‘rganiladigan tizimni eng ahamiyatli elementi deb qaraladi. Bunda tanlash, о‘z-о‘zini anglash tufayli, ta’limda individuallik, differensiatsiyalash, mustaqillik kabilar amalga oshiriladi.
Modulli tuzilma texnologiyasini о‘zlashtirish, ham о‘qituvchiga ham о‘quvchiga individual (shaxsiy ehtiyojlarga xos) dasturlarni tuzish imkonini yaratib, ta’lim mazmunini aktuallashtiradi, ya’ni pedagogik jarayonni natijaviy bо‘lishini ta’minlaydi.
Pedagogik jarayonni natijasi kо‘p hollarda о‘qituvchi tanlagan metodga bog‘liq. Metodda esa о‘qituvchi о‘zining kasbiy mahoratini namoyish etadi. Metodni tanlashdagi asosiy talab-о‘quvchini qobiliyatini rivojlantirish uchun shart sharoit yaratishdan iborat. Qobiliyatni harakat usuli sifatida namoyish etish uchun, harakat fikr, sо‘z, faoliyat kо‘rinishida bajariladi. Metod tufayli qobiliyat quyidagi jarayonlarda namoyon bо‘ladi:
- fikrga tezis shakli berish;
- tushunish uchun sо‘zni, iboralarni tuzish;
- anglash, harakatni tuzish, shu jumladan fikr harakatini tuzish
kabilar.
Tayanch signallari (modullar) fikrni shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi, chunki modullar yangi aloqalarni izlash, yani fikr hosil qilish, fikrni shakllantirish imkonini beradi.
Faoliyat harakatini tuzishda, о‘quv jamoani guruhlarga bо‘lish natijasida har bir о‘quvchi о‘zini tushunishlari va о‘zi tushunishi uchun kommunikativ trenning rejimi yaratiladi. Metodni tanlash jarayonida ta’lim funsiyasi amalga oshirilib, faoliyatga tayyorlash uchun-kasbiy faoliyat usullar mashqini ta’minlaydigan metodlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
О‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayon yaxlidligini taminlab, tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlanuvchi funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Pedagogy and Practice; Teaching and Learning in Secondary Schools.
2. Michael Uljens.School Didactics and Learning: A School Didactik Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory 2008-y.
3. John Dewey,How we think(1910).Martin,Jay.The Education o f John Dewey.(2003) Columbia University Press.Gutek Gerald L.(2009)New Perspectives on Philosophy and education .Pearson Education Inc.
4. Ergashevna, S. N. (2023). NARRATIVE REPERTOIRE AND ITS
INFLUENCE ON THE EPIC TRADITION. ANGLISTICUM. Journal of the
Association-Institute for English Language and American Studies, 12(3), 33-43.
5. R.A.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.M.Xoliqberdiyev. Pedagogika.Darslik T :. O‘qituvchi 2008-yil
6. Ismadiyarov, Y., Nabiulina, L., Matnazarova, M., Mulahmetov, R., Suleimenova, U., & Satimbekova, A. (2021). Multicomponent Structural and Logical Model of Innovative Management in Higher Education and the Mechanisms for its Implementation. Известия высших учебных заведений. Технология текстильной промышленности, (3), 187-195.
7. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil
8. K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanm a.T:.0‘qituvchi 2010-yil
9. Ismadiyarov, Y., & Nabiulina, L. (2019, November). Informational ensuring innovative management of higher education system. In 2019 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT) (pp. 1-5). IEEE.
10. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, Ijtimoiy pedagogika. 0 ‘quv qoilanm a. Т.: Noshir 2009-yil.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.