TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI
Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li
DTPI, Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Abdullayeva Xumora O‘tkirbekovna Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim
yo‘nalishi 2-bosqich 2BT-21 guruh talabasi
Annotatsiya: Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.
Kalit so‘zlar: Metod, ta'lim metodi, ta’lim usuli, qoida, interfaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
Biz bilamizki metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quvbilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi.
Didaktikada, shuningdek, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi.Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida birbiriga bog‘lanadi.Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘ qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metodi hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘ qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.O‘qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining o‘rniga “uslub” tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo “uslub” tushunchasi “metod” atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayoni mazmunidir. Har qanday pedagogik texnologiya, jumladan umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan texnologiya ham o‘zaro hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bergan holda, o‘qituvchi ta’limtarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari, umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va uslublar, talabalar shaxsi faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan hamkorlik qilish, muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va qarashlarni birgalikda hal etish, auditoriyada ijodiy hamkorlik, ishchanlik muhitini hosil qilishga
Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’ tiborni qaratadi.
An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)
Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni
Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim.
Tushuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi.
Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin.
Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab er maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchitomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin: - faoliyat sub’yektiga ko‘ra; - faoliyat ob’yektiga ko‘ra; - o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra; - o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.
Ta‘ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi: • ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi; • o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi; • o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi; • o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi; • dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi; • o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi; • bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
XULOSA
Ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlab uni amaliyotda qo‘llash o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darsda o‘rganganlarini hayot bilan boģlashga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib darslarni ilģor pedagogik hamda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta‘lim tarbiya jarayoni sifatini kafolatlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Munavvarov.A.K Pedagogika. "O‘qituvchi".1996
2. B. Xodjayev Pedagogika nazariyasi va amaliyoti Darslik.T.2017
3. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.
4. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari
//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т. 1.
– №. 5. – С. 186-190.
5. Rustam o‘g A. T. et al. Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni //Journal of Universal Science Research. – 2023. – Т. 1. – №. 5. – С. 88-93.
6. TA Rustamovich (2021) Issues of Personal Spirituality in Islamic Teaching International Journal of Trend in Scientific Research and Development
(IJTSRD) 1(6), 886-889
7. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from
8. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Jumanazarova Durdona Abduvohidovna. (2023). Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 101–109. Retrieved from
9. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.
(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING
BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from
10. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna.
(2023). SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI
TA’LIMOTLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 340–351. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/665
11. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Saparova Shalola Sheraliyevna. (2023).
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY
QARASHLARI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 352–362. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/666
12. Saidova Parvina Mirzo qizi, & Pardayeva Sevara Abdunosir qizi. (2023).
1-4-SINF O‘QUVCHILARIDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI
SHAKLLANTIRISH MAZMUNI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 363– 373. Retrieved from http://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/667
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.