KOMPETENTLILIGINING О‘RNI VA AHAMIYATI.
Badalov Dilmurod Abdixalilovich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
dilmurodbadalov907@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida boshlangʻich ta’lim tizimini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari hamda uzluksiz pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi talabalarida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilib, uning asosiy komponentlari — intellektuallik, psixomotorli faoliyat, kommunikativlik, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda innovatsion tafakkur kabi tarkibiy qismlari tavsiflangan. Maqolada klaster yondashuvining ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, amaliyotga yoʻnaltirilgan ta’lim muhitini yaratishdagi oʻrni hamda raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashdagi imkoniyatlari asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, kasbiy kompetentlik, uzluksiz pedagogik ta’lim, klaster yondashuvi, innovatsion ta’lim, kommunikativlik, intellektuallik, AKT, pedagogik kompetensiya, ta’lim sifati.
Аннотация. В статье анализируется правовая и нормативная база организации системы начального образования и вопросы развития непрерывного педагогического образования на основе Закона Республики Узбекистан «Об образовании». Также освещаются теоретические и практические аспекты формирования профессиональной компетентности учащихся начального образования и описываются ее основные компоненты – интеллектуальность, психомоторная деятельность, коммуникативные навыки, использование современных информационных технологий и инновационное мышление. В статье обосновывается важность кластерного подхода в повышении качества образования, его роль в создании практико-ориентированной образовательной среды и его потенциал для подготовки конкурентоспособных специалистов. Ключевые слова: начальное образование, профессиональная компетентность, непрерывное педагогическое образование, кластерный подход, инновационное образование, коммуникативность, интеллектуальность, ИКТ, педагогическая компетентность, качество образования.
Abstract. This article analyzes the legal and regulatory framework for organizing the primary education system and the development of continuous pedagogical education based on the Law of the Republic of Uzbekistan "On Education." It also covers the theoretical and practical aspects of developing primary school students' professional competence and describes its main components: intelligence, psychomotor activity, communication skills, the use of modern information technology, and innovative thinking. This article substantiates the importance of the cluster approach in improving the quality of education, its role in creating a practice-oriented educational environment, and its potential for training competitive specialists. Key words: primary education, professional competence, continuous pedagogical education, cluster approach, innovative education, communication skills, intellectual skills, ICT, pedagogical competence, quality of education.
Mamlakatimizda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to„g„risida”gi Qonuni yangi tahririda 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan va uning asosida ta’lim tizimini tashkil etish hamda boshqarish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Qonun 11 bob va 75 moddadan iborat. Mazkur qonun milliy me’yoriy hujjatlar tajribasi va jahon huquqi an‟analariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Shu sababli boshlang„ich ta’limni tashkil etishda ushbu qonunning eng avvalo normalariga e’tibor berish kerak bo„ladi. Norma – bu me’yoriy hujjatlarning asosli mezonlari bo„lib, ular huquqiy va majburiy tusga ega hisoblanadi. Shu jihatdan ta‟lim to„g„risidagi milliy Qonunimizning normalarini aniqlab olish va o„rganish bo„lajak boshlang„ich sinf o„qituvchilari uchun muhimdir [1].
Integrasiya shakllarini kengaytirish uzluksiz pedagogik ta’limni rivojlantirishning asosiy tendentsiyalaridan biridir. Respublikamizda uzluksiz pedagogik ta'limning zamonaviy tizimi rivojlanish rejimida ishlash bilan tavsiflanadi; bilm,ko‘nikma,malaka, ko'p darajali va ko'p funktsionallik bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, ta’lim amaliyotini tahlil qilish uzluksiz pedagogik ta’lim sohasidagi qator muammolarni aniqlash imkonini berdi: ta’lim muassasalarining ta’lim mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish strategiyasi va taktikasini belgilashda tarqoqlik; uzluksiz pedagogik ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasalarning yetarli darajada integratsiyalashuvi yo‘qligi; maktabgacha ta’lim, maxsus, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, bolalar va yoshlar qo‘shimcha ta’lim muassasalaridagi kafedralar filiallari, eksperimental va innovatsion maydonlarning pedagoglarning ilg‘or shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun sharoit yaratish imkoniyatlarini yetarlicha baholamaslik.[2]
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida kasbiy kompetentlilikni shakllantirish va davomli rivojlantirish uchun bu kategoriyaning strukturaviy tarkibi qanday bo‘lishi lozimligi haqida mulohaza yuritamiz. Biz pedagog kasbiy kompetentliligining yuqoridagi jadvalda keltirilgan tarkib hosil qiluvchi elementlarini guruhlarga ajratib, komponentlar holiga keltiramiz. Kasbiy kompetentlilikning barcha talqinlarida o‘qituvchining o‘z sohasiga oid bilimi, malaka, ko‘nikmalari va dunyoqarashi kabi sifatlarni umumiy tarzda intellektuallik komponenti bilan ifodalaymiz. Xuddi shu tarzdagi umumlashtirishlar natijasida pedagog kasbiy kompetentliligining tarkib hosil qiluvchi strukturaviy birliklari quyidagi komponentlarga majmuaviy tarzda biriktiriladi:
1. Yuksak intellektuallik – boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘z predmeti bo‘yicha egallagan bilim, malaka, ko‘nikmalar, yondosh fanlarga oid zarur darajadagi bilim, keng dunyoqarash, metodik bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi. Mazkur komponentni rivojlantirish qat’iyan subyektivlik xususiyatiga ega bo‘lgan jarayon hisoblanadi va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining mustaqil bilim olishi, ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan foydalanishi, sohaga oid ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo‘la borishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy voqeliklarga nisbatan faol pozisiyasi natijasi o‘laroq amalga oshiriladi.
2. Psixomotorli komponent – bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisida kasbiy faoliyatga qiziqish, o‘z-o‘zini rivojlantirish motivlari, o‘z ta’limiy trayektoriyasini o‘zi belgilashi va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Talaba bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida har bir axborotdan yangilik izlash, atrofida kechayotgan jarayonlarga noandozaviy yondashuv, fikrlash, mulohaza yuritish, tanqidiy-tahliliy munosabat va refleksivlikni rivojlantirish orqali mazkur komponentni to‘laqonli shakllantirishga erishadi.[3]
3. Kommunikativlik – nutqiy qobiliyat, o‘z pozisiyasini argumentlar bilan himoya qilish, fikrni aniq, ravon va qisqa ifodalash, opponent fikrini hurmat qilish, bahsga kirishish madaniyati va shu kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. Talaba ta’lim jarayonida interfaol metodlarda faol ishtirok etish, tadbirlar, ilmiy anjumanlar va seminar mashg‘ulotlarida chiqish qilish orqali mazkur komponentni rivojlantirishga erishadi.
4. Zamonaviy ta’lim talablari asosida shakllangan komponentlar – kompyuter savodxonligi, AKT vositalaridan samarali foydalanish mahorati, chet tillarni o‘zlashtirish, o‘qitishning raqamli texnologiyalarga asoslangan metod va vositalariga moslashuvchanlik. O‘z mustaqil faoliyatida, o‘quv tadqiqot ishlarini amalga oshirishda MDH va jahon miqyosidagi adabiyotlardan foydalanish, AKT sohasida muttasil bilimini oshira borish natijasida ushbu komponentni rivojlantiradi.
5. Moslashuvchan innovasion tafakkur – muammolar yechimiga nostandart yondashuv, ijodiy-kreativlik, noan’anaviylik, antikonformizm, pedagogik yangiliklarni o‘z sharoitlariga muvofiqlashtira olishi va shu kabilardir. Har bir ilmiy, amaliy, pedagogik yangiliklarni o‘z faoliyatiga joriy etish, o‘zgarib boruvchi talablarga javob beradigan kasbiy va shaxsiy sifatlarni tezkor egallash natijasida ushbu komponentni rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
Xulosa.
Ushbu maqoladan xulasa qilib aytganda,shu tarzda tashkil etilgan o'zaro hamkorlik klasterning barcha sub'ektlarining raqobatbardoshligini oshiradigan amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratishga imkon beradi. Optimal muddatlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta'minlaydi; kasbiy o'zini o'zi anglashning individual ta'lim traektoriyalarini qurishga imkon beradi. Shunday qilib, shuni aytish mumkinki, klasterlar va klasterli yondashuv, birinchi navbatda, innovatsion ta'lim uchun, ta'lim klasterlari esa innovatsion ta'limni tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi. Tashkilotning klaster shakli jamlangan innovatsion mutaxassisni yaratishga olib keladi. Klaster asosida ta’limni tashkil qilish, ta’limning sifatini, uning sifat kafolatiga ijobiy ta’sirini o’tkazadi.
Foydalanilgan manbalar ro'yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan.
2. Galichin, V. A. Ta'lim xizmatlarining xalqaro bozori: asosiy xususiyatlar va rivojlanish tendentsiyalari / V. A. Galichin // Globallashuv asri. - 2013. - No 2. - B.101-112.
3. Avrorov, M. - "Ta'lim to'g'risida qonun va uning amaldagi ahamiyati" // O‘zbekiston ta'limi, 2020.
4. G'aniev, J. - "Uzluksiz pedagogik ta'lim: muammolar va istiqbollar" // Pedagogika va metodika, 2021.
5. Xodjanazarov, R. - "Pedagog kasbiy kompetentligi: nazariy asoslar va amaliyot" // Ta'lim va innovatsiyalar, 2022.
6. Murodov, B. - "Kasbiy kompetentlik: tushuncha, tarkib va rivojlanish" // Ta'lim muammolari, 2019.
7. Abdullajev, S. - "O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini boshqarish" // O‘zbekiston pedagogika jurnali, 2020.
8. Saidova, D. - "Zamonaviy ta'lim talablari va pedagogik yondashuvlar" // Ta'lim nazariyasi, 2021.
9. Yusufov, A. - "Dunyo ta'limiga yondashuvlar: taqqoslash va tahlil" // Ta'lim va rivojlanish, 2018.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.