--⊱⊱ 15 ⊰⊰--
KAMOLOTIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Malikova Dildoraxon Qobilovna
MTTDMQTMOI Maʼnaviyat-maʼrifat va
iqtidorli yoshlar yoshlar bilan ishlash
boʻlimi metodisti
Annotatsiya: Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligiga erishishning muhim jihatlari toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Xususan, tarbiyachining kasbiy kompetentligi va uning mezonlari, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish borasida xalqaro xorij tajribalaridan taklif va tavsiyalar bayon etilgan. Taʼlim-tarbiyaga erishish uchun bolaning faoliyati va uning muvaffaqiyati eng muhim natijadir. Koʻzlangan maqsadga erishish uchun taʼlim-tarbiya jarayoni samarali tashkil etilishi muhimligi va bu tarbiyachi-pedagogdan katta mahoratni, intellektual zakovatni va asosiysi pedagogik kompetentlikni talab etadi.
Kalit soʻzlar: tarbiyachi, taʼlim-tarbiya tizimi, kasbiy kompetentlik.
Аннотация: В статье рассматриваются важные аспекты достижения качества и эффективности дошкольного образования. В частности, представлены профессиональная компетентность учителя-педагога и ее критерии, предложения и рекомендации из международного зарубежного опыта относительно развития профессиональной компетентности. Активность и успехи ребенка – важнейший результат достижения образования. Для достижения намеченной цели важно эффективно организовать учебный процесс, а это требует от воспитателя-педагога большого мастерства, интеллектуального интеллекта и, главное, педагогической компетентности.
Ключевые слова: воспитатель, система дошкольного образования, профессиональная компетентность.
Abstract: The article discusses important aspects of achieving the quality and effectiveness of preschool education. In particular, the professional competence of a teacher-teacher and its criteria, proposals and recommendations from international foreign experience regarding the development of professional competence are presented. The activity and success of the child is the most important result of achieving education. To achieve the intended goal, it is important to effectively organize the educational process, and this requires great skill, intellectual intelligence and, most importantly, pedagogical competence from the educator-teacher.
Keywords: educator-teacher, system of preschool education, professional competence
Bolani maʼnaviy jihatdan tarbiyalash masalasi barcha davrlarda ham dolzarb boʻlib kelgan. Bugungi kunda mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish, “Jaholatga qarshi maʼrifat» gʻoyasi asosida jamiyatda uzluksiz maʼnaviy tarbiya ishlarini amalga oshirishga katta eʼtibor qaratilyapdi. Buyuk sharq mutafakkurlarining tarbiya masalasidagi qarashlarida tarbiya qancha erta boshlansa shuncha samarasi yuqori boʻlishini taʼkidlanganlar. Uzluksiz taʼlim tizimining
--⊱⊱ 16 ⊰⊰-- birinchi boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilgan maʼnaviy tarbiya shunisi bilan ahamiyatlidir. Hozirgi kunda bolalarni bilimli va fazilatli etib tarbiyalash, buning uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlariga metodik yordam koʻrsatish dolzarbligicha qolmoqda.
Komillikka intilgan insonlar ulgʻayib bogani sari har bir voqea-hodisa-buyumning, soʻz va tushunchalarning mazmunining chuqurroq oʻrganishga, anglashga intiladi. Biroq bolalikdan oʻrganib qolgan tushunchalar oʻrnini almashtirish biroz qiyin kechadi. Bolalikda olgan maʼlumotni ishonchliroq deb qabul qilinadi.[1]
Vatanga sadoqat, burch va masʼuliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi soʻzlari bilan amallari orasida tafovut namoyon boʻlmoqda. Bu fazilatlarni amaliy faoliyatga aylantirishda esa maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi taʼlim tarbiya jarayonlarini oʻrni kattadir.
Albatta, odobli boʻlishni oʻzi yuksak maʼnaviyatli boʻlish uchun kifoya emas, ammo yuksak maʼnaviyatni insonni shakllanishida odob-axloqni oʻrniga teng keladigan jarayon taʼsirchanligi jihatdan kamroq. Bola shaxsga aylanish uchun u oʻzini chuqur taniy bilishi “men”ligini koʻrsatishi kerak. Bu “men”lik asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Bola oʻzini tanish, yaʼni inson boʻlish uchun avvalo oʻz ona tili, millati, millatning anʼanalari, qadriyatlari bilan tanisha borish oʻtmishi, tarixi, ijtimoiy faoliyatini madaniy-maʼnaviy turmush tarzi bilan oʻz “men”ligini boyitib borish uchun yuksak maʼnaviyatli boʻlishiga zamin hozirlaydi.[2]
Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarda maʼnaviy va estetik tuygʻular tarbiya taʼsirida sekinasta rivojlana boshlaydi. Bu esa kishi shaxsining poydevori boʻladi, chunki xarakter va axloq belgilari hayotga munosabat ulgʻayganda emas, balki maktabgacha yoshda shakllanadi. Taʼlim juda masʼuliyatli ishdir. Bolalarni tugʻilishidan maktabgacha tarbiyalash haqida gap ketganda, bu ikki baravar masʼuldir. Nimani xohlaganini, nima tashvishga solayotganini, nima yoqishini har doim soʻz bilan tushuntirib berolmaydigan kichkina bolani tushunish uchun siz koʻp narsani bilishingiz, tushunishingiz, qalbingiz bilan his qilishingiz kerak.[3]
Maʼlumki, “kompetentlik” tushunchasi taʼlim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan.Shu sababli kompetentlik “noanʼanaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning oʻzini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan oʻzaro munosabatlarda yangi yoʻl tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga toʻla maʼlumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qoʻllay olinishidir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishi bilan bir qatorda, xar bir mustaqil yoʻnalish boʻyicha integrativ bilimlar va xarakatlarning oʻzlashtirilishini nazarda tutadi.
Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni oʻrganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi maʼlumotlarni izlab topish, ularni kayta ishlash va oʻz faoliyatida qoʻllay bilishni taqozo etadi. Kasbiy kompetentlik murakkab jarayonlarda, noaniq vazifalarni bajarishda, birbiriga zid maʼlumotlardan foydalanishda, kutilmagan vaziyatda oʻzoʻzini boshqara olish va muammoga ijobiy yechim topa olishda yaqqol namoyon boʻladi: Kasbiy kompetensiyaga ega boʻlin uchun mutaxassis: oʻz bilimlarini izchil boyitib boradi; yangi axborotlarni oʻzlashtiradi; davr talablarini chuqur anglaydi; yangi bilimlarni izlab topadi; ularni qayta ishlaydi va oʻz amaliy faoliyatida samarali qoʻllaydi.
--⊱⊱ 17 ⊰⊰--
Fikrimizcha, mutaxassisning kompetentligini uning shaxsiy salohiyati va kasbi madaniyati, mahoratining asosiy komponentlari sifatida birgalikda ishlatganda yanada mukammallikka ega boʻladi. Bunday holda, kompetentlik kasbiy faoliyatning eng yuqori darajasi va shaxsiy rivojlanish modeli boʻladi. Tarbiyachi oʻz kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonish uchun shaxsiy professional fazilatlarga: bilimga qiziqish, oʻzini bilish va oʻzini rivojlantirish; sanʼat; oʻziga va boshqalarga qatʼiylik; tashkilotchilik; kuzatish va hamdardlik; hamkorlika ishlashga moyillik; aniq maʼlumot bilan ishlashga moyillik; diqqatni jamlash qobiliyatiga; rivojlangan leksik qobiliyatga; mantiqiy qobiliyatga; yuqori hissiy barqarorlikka ega boʻlishi talab etiladi.
Tarbiyachining kasbiy kompetentligi tushunchasi pedagog-tarbiyachining shaxsiy imkoniyatlarini ifodalaydi, unga oʻzi yoki taʼlim muassasasi maʼmuriyati tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik vazifalarni mustaqil va samarali hal qilishga imkon beradi. Buning uchun u pedagogik nazariyani bilishi, uni amalda qoʻllashga qodir va tayyor boʻlishi kerak. Shunday qilib, tarbiyachining pedagogik kompetentligi uning kasbiy faoliyatini amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorligining birligi deb tushunish mumkin. Psixologik, pedagogik va maxsus (mavzu boʻyicha) bilim zarur, lekin bular hech qachon kasbiy kompetentlik uchun yetarli emas. Ularning koʻpchiligi, xususan, nazariy, amaliy va uslubiy bilimlar intellektual va amaliy koʻnikma va malakalarning old shartidir. Tarbiyachining kasbiy kompetentligining tuzilishi uning pedagogik mahorati orqali ochiladi, ular pedagog-tarbiyachining eng xilma-xil harakatlarining kombinatsiyasi boʻlib, ular asosan pedagogik faoliyatning funksiyalari bilan bogʻliq boʻlib, koʻp jihatdan tarbiyachining individual psixologik xususiyatlarini ochib beradi.
Oilada katta boʻlayotgan, bolalar bogʻchalariga qatnayotgan bolajonlarimizning baxtiyor boʻlishlari ota-ona, murabbiylar berayotgan tarbiyaga bogʻliq. Buning uchun har bir ota-ona, tarbiyachi bolaning maʼnaviy boy inson boʻlishini qattiq istashi kerak. Chunki odam bir narsaga qattiq istak sezmasa, hafsala qilmasa, biror ishni bitira olmaydi.[4]
Shu munosabat bilan katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsining maʼnaviy-axloqiy sohasini rivojlantirish yoʻllarini qidirish, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga asoslangan maʼnaviyaxloqiy asoslarni shakllantirishning samarali pedagogik shart-sharoitlari ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega boʻladi. Xozirgi sharoitda maktabgacha taʼlim tashkilotlari katta guruh tarbiyalanuvchilarining maʼnaviy fazilatlarini shakllantirishda quyidagi muommolar mavjud.
- mavjud maktabgacha taʼlimning oʻquv dasturlarida katta guruh tarbiyalanuvchilarining maʼnaviy fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan yoʻnalishlarning kamligi.
- maktabgacha taʼlim tashkilotlari katta maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning maʼnaviy axloqiy qadriyatlarini shakllantirishga medodik tayyor emasligi
- maktabgacha pedagogikada mavjud ilmiy ishlanmalar asosan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalashga yoʻnaltirilganligi va katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsining maʼnaviy-axloqiy asoslarini shakllantirish muammosi bilan bevosita bogʻliq ilmiy tadqiqotlarning kamligi, yoki amaliyotga joriy qilinmaganligi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar maʼnaviyatini shakllantirish bosqichlarini ishlab chiqish zarur boʻlib fikrimizcha bu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muofiq: - tarbiyalanuvchilar maʼnaviyatining shakllanganlik darajasini oʻrgani; - tarbiyalanuvchilar maʼnaviyatini shakllantirish muommosining mazmunini aniqlash, shakl va metodlarini tanlash;
--⊱⊱ 18 ⊰⊰-- -tarbiyalanuvchilar maʼnaviyatini shakllantirish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan pedagogik jarayonni amalga oshirish.
Xulosa qilib aytganda maktabgacha yoshdagi bolalar juda ham zehnliligi, oʻrgatishga oson berilishlari bilan ajralib turadilar. Tarbiyalanuvchilarning maʼnaviy fazilatlarini turli metod va vositalarni qoʻllab shakllantirishimiz lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1. O.Bozorov «Milliy gʻoya va targʻibot samaradorligi» «Maʼnaviyat» Toshkent-2018 y.
2. M.Sharifxoʻjaev. Z.Davronov. “Maʼnaviyat asoslari” T-2006
3. S.A.Kozlov, T.A.Kulikova «Doshkolnaya pedagogika» Moskva. «Akademiya» 2001.
4. M.Quronov. A.Qodirov. “Baxtli bola maʼnaviyati” 3-7 yoshli bolaning maʼnaviy tarbiyalash boʻyicha metodik tavsiyalar. Toshkent,2018.
5. D.Q. Malikova.“Oliy taʼlim muassasalarida uzluksiz maʼnaviy tarbiya jarayonining mazmuni” OAK «Yevrosiyo ilmiy tadqiqotlar jurnali» Impact factor: UIF=8,1 | SJIF= 5.68516 may 2022 yil, 317, 318, 319, 320, 321betlar.
6. A.I.Sherbakov, A. V. Mudrik Psixologiya uchitelya / Pod red. A.V. Petrovskogo. Gl. IX. M., 1991.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.