ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

TARBIYASIDA SALBIY O'ZGARISHI BO'LGAN TALABALAR BILAN ISHLASH METODLAR

Özet

Tarbiyasi og’ir talabalar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

ISHLASH METODLAR

Omarova Sabina Serik qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tyutori

omarovasabina018@gmail.com

Sharipov Mirjalol Jamoladdin o’g’li

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

shakharipovmirjalol@gmail.com

Tarbiya-jamiyantning yuksak ma’navaiyatini ifodalaydigan kuchdir.

(E.Vohidov)

Annotatsiya: Tarbiyasi og’ir talabalar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz

Kalit so’zlar: qiziqarli ish, oilaviy sharoit, nazoratga olinish, tarbiyasi og’ir bolalar. .

Oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda talabalar jamoasini tarbiyalashning eng samarali yo‘li, ularning umumiy qiziqishlari asosida talablar qo‘yish va istiqbolni belgilashdir. Talablar pedagogik jihatdan puxta ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi: 1) Talaba shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablar har bir jamoa a‘zosini hurmat qilish bilan qo‘shilishi kerak. Bu pedagogik odobni muhim qismi bo‘lib, har bir guruh rahbari yoddan chiqarmasligi shart. Guruhning ya‘ni jamoaning eng yaxshi o‘quvchilariga ko‘proq talablar qo‘yiladi,bu bilan ularga alohida ishonch va hurmat bildiriladi. 2) Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan guruhning aniq sharoitini hisobga olgan holda qo‘yadi. Har yili o‘quvchilarga ma‘lum bir chorakda, yarim yillikda yoki o‘quv yili davomida qanday talablar qo‘yish maqsadga muvofiqligi belgilab olinadi. O‘quvchilardan erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib qo‘yilgan narsani talab qilish kerak. 3) Talablar aniq bo‘lib, bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi. Talabalar o‘zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari lozim.O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha sohalarida poklanish, ijtimoiy munosabatlar, jismoniy barkamol yosh avlodni amalga oshirilishida ma’naviy va tarbiyalash borasida jiddiy o‘zgarishlar qilishni taqozo etdi. Jumladan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga bog‘liq milliy an'analar, sermazmun milliy qadriyatlarning ildizlari ajdodlarimiz merosini o‘rganish va ommalashtirish, milliy ma’naviy-axloqiy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish va uning talabalar shaxsida uyg‘unlashuvini ta’minlash, o‘zbek talabasiga xos xususiyatlarni (mentalitetini) yaratish va keng targ‘ib etish jamiyatning asosiy negizi hisoblanmish yoshlarni Yangi O‘zbekiston ma’naviyatiga mos shaklan va mazmunan shakllantirishning garovidir. Asosiy qism. Har bir millatning ma'naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la, odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodning vazifasidir. O‘z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik manqurtlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko‘tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqloli uchun fojeadir. Ma’naviy-axloqiy tarbiyasi yuksak darajada rivojlangan insongina istiqlol, jamiyat va davlat kelajagi uchun mehnat qilishga o‘zida kuch va qudrat topa oladi. Shaxs ma’naviy-axloqiy tarbiyasi dastlab oila sharoitida shakllanadi va jamiyat ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Buning asosida ta’lim muassasasida o‘quvchi va talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini ta’minlash va mustahkamlashda maxsus ta’lim-tarbiyaviy dasturlar asosida ma’naviy-axloqiy ishlar samaradorligi oshirib boriladi. Shu boisdan, madaniy merosdan, bugungi kun qadriyatlaridan to‘g‘ri foydalana olish, tarixdan to‘g‘ri xulosa chiqara bilish, o‘z tarixiga va bugungi ahvoliga, madaniy merosi va ma'naviy qadriyatlariga, diniga va axloqiga va huquqiy amaliyotiga, turmush tarziga tanqidiy ko‘z bilan qaray olish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim ma'naviy asosidir.

Ta’lim tizimida tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan tuzatish ishlar: maktab ichki nazoratiga olish va ular bilan davra suhbatlari tashkil etish; o’quvchilarni qiziqishlariga qarab to’garaklarga jalb etish; o’quvchilarning oilaviy sharoitini o’rganish; ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish; maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan o’quvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish; o’quvchilarning ushbu ro’yhatga olingaligini o’ziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan holda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglarga biriktirish; Muhim masalani hal etishda guruh rahbari quyidagi vazifalarni majmuali hal qilish lozim: O’smir shaxsini shakllantirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Chunki o’smirda muayyan narsalarga nisbatan munosabat shakllangan bo’ladi. O’smir xulq atvorini baholashda (rag’batlantirish yoki jazolashda) kattalarning qat’iyatliligi, prinsipialligi sinchkov o’quvchi tomonidan tahlil qilinadi. Shuning uchun rag’batlantirish va jazolash usullari oqilona, o’z vaqtida qo’llanilishi kerak. Psixologik adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o’smir psixologiyasida keskin o’zgarish yasashi ifodalangan. Ma’lumki, hamma o’quvchilarga mehnatning qahramonlik, yaratuvchilik ekanligi uqtirib, kelinadi. Favqulodda mehnatdan jazo sifatida foydalanish ularga mutlaqo yomon ta’sir ko’rsatadi.

O‘zbek xalqida ta’lim-tarbiyaning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda Vataniga, xalqiga, oilasiga, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, fidokor, mustaqil fikrlaydigan, dunyoqarashi keng, e’tiqodi yuksak, iqtidorli, tashabbuskor, mas’uliyatli, ma’naviy va jismoniy barkamol avlod voyaga yetadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyasi shakllangan talabalar o‘z kasbining mas’uliyatini hamda jamiyat osoyishtaligini saqlash kabi vazifalarni anglab yetadi. Yuksak manaviyatli pedagoglar esa o‘zi ta’lim beraligan talabalarini insonparvar, vatanparvar, axloqiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib tarbiyalaydi. Ma’naviyaxloqiy tarbiya ilm-fan, falsafa, axloq, huquq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an'analar, din va boshqa ko‘plab tarixiy amaliy va zamonaviy qadriyatlarning ta'sirida shakllanadi. Aynan shu qadriyatlar avvalo oilada hamda ta’lim muassasalarida ota-ona va pedagoglar ta'sirida shakllanadi. O‘zbek xalqi qadimdan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga alohida e'tibor qaratgan. Bugungi kunda ma’naviyaxloqiy merosdan foydalanib, Yangi O‘zbekistonning talablariga javob beradigan, o‘zi egallagan kasbining mahoratli kadrlarini tarbiyalash har bir oliy ta’lim muassasasining muqaddas burchidir. Bu burchni sharaf bilan ado etish oliy ta’lim muassasasida yosh avlod ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori, urf-odatlari, an'analari, tarbiya usullari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, o‘ziga xos ijobiy tarixmi singdirish, undan g‘ururlanish hissini tarbiyalashdan boshlanadi. O‘z yurtining tarixidan g‘ururlangan inson o‘z o‘lkasi, millati, xalqi, tili, madaniyatidan g‘ururlanishi, uni avavlab-asrashi, dunyoga ko’z-ko’z qilishi tabiiydir. Buning uchun ta’lim jarayonida talabalarning ongiga boshlab «siz tarixi boy, ulug‘ millatning farzandisiz», “sen ulug‘ mutafakkirlar, allomaizamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarning avlodisiz” kabi tushunchalarni singdirib bormoq lozim.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda talabalar o‘zlariga qo‘yilgan maqsadlarga erishish o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam shijoatiga, to‘lato‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanini anglab yetishlari kerak. Ya’ni talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi davlat va jamiyatimiz taraqqiyotining asosiy shartidir. Shu boisdan ham talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida e'tibor berish, ularni jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotida faol ishtirok etishlarini ta’minlash oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining burch va mas’uliyati hisoblanadi. XXI asrda yashab samarali mehnat qilish, Yangi O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirishda yosh avlodning hissasi katta bo‘ladi. Shuning uchun yoshlarni chuqur bilimli, yuksak madaniyatli, mehnatsevar va tashabbuskor shaxslar etib shakllantirish oliy ta’lim muassasasida hayot tajribasiga ega, hayotda ko‘pni ko‘rgan ustozlarning va jamoatchilikning asosiy vazifasidir.

Ta’lim oluvchilarning ongini, ruhiyatini, ismu jismini poklantirish hoziigi kundagi ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etmoqda. Bunga sabablar ko‘p. Bir o‘rinda o‘tmish davrlar asoratidan qutilish ko‘zda tutilsa, ikkinchi o‘rinda inson tabiatida uchraydigan hamda ommaviy madaniyat ta’sirida xuruj qilib turadigan xatarlardan ogoh bo‘lish ehtiyoji ham mavjud. Masofaviy ta’lim sharoitida talaba shaxsi millat qadriyatlariga teskari qo‘ymagan holda va aksincha, boshqa millat ma’naviyatini chuqur his qilish va o‘z milliy qadriyatini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lsa, milliy munosabatlarda do‘stona iqtisodiy va ma’naviy muloqotda kasbiy mahoratini ifodalay olsa, ana shunda turli millatlarning ma’naviyatini ifodalovchi umumbashariy qadriyatlar o‘sib boraveradi. O‘z tarixini, ma’naviyatini, qadriyatlarni o‘zi bunyod etuvchi xalq, elat va millatlarga endi shunday imkoniyatlar yaratilmoqdaki, xalqimizning ham jahon xalqlariga faxrlanib, iftixor tuyg‘usi bilan ko‘z-ko‘z qiladigan fazilatlari qanchalik mo‘lko‘l bo‘lsa, texnologiyalar ta’siridagi axborot xatarlarini bartaraf etishga qodir yoshlarning ma’naviy axloqiy tarbiyasi darajasi oshib boradi. Buni milliy urf-odatlarimiz, axloqu odobimiz, chin insoniy ne’matlarimiz taqozo etadi. Yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasida milliy an’analardan samarali foydalanish, milliy sport o‘yinlari va musobaqalarini, boshqa millat ma’naviyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, yoshlar kitobxonligini tashkil etish, masafaviy ta’limda til, muloqot madaniyatiga alohida e'tibor berish, ularning bo‘sh vaqtini ijtimoiy foydali mehnat vositasida samarali tashkil etish talaba ma'naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Mamlakatimizda har bir fuqaroning ma’naviy-ma’rifiy yuksakligiga erishish davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etar ekan, bu boradagi ishlarning tamal toshlari aynan pedagoglarning muqaddas burchlari hisoblanadi.

Xulosa: Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish, ma’naviy tubanlik, zo‘ravonlik kabi illatlarni batamom yo‘q qilishga erishish maqsadida har bir ta'‘im-tarbiya tnuassasalarida maxsus «ma’naviyat kunlari», «ma’naviyat saboqlari» o‘quvlari, muzey, tarixiy qadamjolarga virtual sayohatlar, O‘zbekiston, mehnat qahramonlari va taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, yoshlar klublari tashkil etish kabi tadbirlarning tashkil etilishida oliy ta’limda masofaviy ta’limning imkoniyatlaridan keng foydalanish albatta ijobiy samara berishi tabiiy. Xulosa qilib aytish mumkinki, o‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy sifatlari, milliy odat, an’ana va fazilatlar borki, ular boshqa xalqlarda yo‘qligidan tashqari, insoniyat ma’naviyatining nodir zarvaraqlari sifatida boshqalarda hayrat uyg‘otishi tabiiydir.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Turg‘unov S.T. Boshqaruv jarayonida tarbiyaviy munosabatlar // Maktab va hayot jurnali. – 2006. – № 1. – 20-23-b. 2. Turg‘unov S.T., Uluqov N.M., Shodmanov Q.O., Maqsudova L.A. Ta’lim muassasalarida boshqaruv. - Toshkent: Fan, 2008. 3. Turg‘unov S.T., Maqsudova L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. - Toshkent: Fan, 2009

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.