ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

TASHQI SAVDONI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH ZARURIYATI

Özet

Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati milliy iqtisodiyotni himoya qilish, milliy resurslardan samarali foydalanish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq. Samarali siyosat milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, milliy daromadni oshirish va milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, noto‘g‘ri siyosat ijtimoiy muammolar va iqtisodiy rivojlanishning orqada qolishiga olib kelishi mumkin. Mazkur maqolada tashqi savdo siyosating xusuyatlari va uning eksport barqarorligiga ta’sir etish muammolari o’rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida mamlakat eksport barqarorligini ta’minlash bo’yicha takliflar berilgan


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

ZARURIYATI

Azizova Mavjuda Valijonovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti magistratura bo’limi, 2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati milliy iqtisodiyotni himoya qilish, milliy resurslardan samarali foydalanish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq. Samarali siyosat milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, milliy daromadni oshirish va milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, noto‘g‘ri siyosat ijtimoiy muammolar va iqtisodiy rivojlanishning orqada qolishiga olib kelishi mumkin. Mazkur maqolada tashqi savdo siyosating xusuyatlari va uning eksport barqarorligiga ta’sir etish muammolari o’rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida mamlakat eksport barqarorligini ta’minlash bo’yicha takliflar berilgan

Kalit so'zlar: Ochiq iqtisodiyot, tashqi savdo, tashqi savdo siyosati, iqtisodiy barqarorlik, tashqi savdo samaradorligi

THE NEED TO REGULATE FOREIGN TRADE BY THE STATE

ANNOTATION

The need to regulate foreign trade by the state is related to the protection of the national economy, the effective use of national resources and the provision of economic security. An effective policy serves to protect national producers, increase national income and stabilize the national economy. At the same time, the wrong policy can lead to social problems and retardation of economic development. This article examines the features of foreign trade policy and the problems of its impact on export stability. Based on the results of the research, proposals were made to ensure the stability of the country's exports

Key words: Open economy, foreign trade, foreign trade policy, economic stability, foreign trade efficiency

НЕОБХОДИМОСТЬ ГОСУДАРСТВЕННОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ

ВНЕШНЕЙ ТОРГОВЛИ

АННОТАЦИЯ

Необходимость регулирования внешней торговли со стороны государства связана с защитой национальной экономики, эффективным использованием национальных ресурсов и обеспечением экономической безопасности. Эффективная политика служит защите национальных производителей, увеличению национального дохода и стабилизации национальной экономики. В то же время неправильная политика может привести к социальным проблемам и замедлению экономического развития. В данной статье рассматриваются особенности внешнеторговой политики и проблемы ее влияния на стабильность экспорта. По результатам исследования сделаны предложения по обеспечению стабильности экспорта страны.

Ключевые слова: Открытая экономика, внешняя торговля, внешнеторговая политика, экономическая стабильность, эффективность внешней торговли.

KIRISH

davlatning bu jarayonlarga aralashuvining kamayishi, tartiblovchi dastaklarni soddalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga har bir davlat oʻz manfaatidan kelib chiqib tashqi savdo siyosatini amalga oshiradi.

Davlatning tashqi savdoga aralashuvining bir necha muhim sabablarga koʻra amalga oshiriladi. Ular ichida eng asosiysi milliy iqtisodiyotni himoya qilishga qaratilgan.

Ayrim turdagi tovarlarning chet eldan kiritilishi ichki ishlab chiqaruvchilarni zarar koʻrishiga olib kelishi mumkin. Milliy iqtisodiyot odatda iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash maqsadlarida himoya qilinadi. Iqtisodiy xavfsizlikning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyotning barqarorligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratiladi.

Tahlil

Har bir davlat mamlakat milliy xavfsizligi uchun muhim boʻlgan tarmoqlar mavjud. Masalan, mudofaa sanoati, energetika, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatlari, ommaviy axborot sohalari, aloqa koʻp mamlakatlarda strategik ahamiyatga ega tarmoqlar sifatida qaraladi. Masalan Yaponiyada milliy guruch ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish maqsadida guruch importiga yuqori tariflar va cheklovlar qoʻyilgan. Bu cheklovlar xorijdan keltirilgan guruchning narxini oshiradi va shu orqali mahalliy guruch ishlab chiqaruvchilarga raqobat qilish imkoniyatini beradi. Guruch Yaponiya uchun strategik mahsulot, mamlakat aholisi guruchni asosiy oziq-ovqat mahsuloti sifatida qabul qiladi va uni milliy oziq-ovqat xavfsizligi bilan bogʻlaydi. Shu sabab ichki bozorda mazkur mahsulotining narxi yuqori bolishiga qaramasdan guruch importi cheklash choralari koʻriladi. Mazkur siyosat ikkinchi jahon urushi davomida guruchga isteʼmol asosan import hisobidan qoplanganligi, dengiz yoʻllari toʻsilishi natijasida mamlakatga guruch yetkazib berishda uzilishlar paydo boʻlishi natijasida aholini ushbu mahsulot bilan taʼminlashda muammolar vujudga kelgani sababli qabul qilingan. Barcha mamlakatlar asosiy turdagi oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilarini (asosan qishloq xoʻjaligini) himoyalashni iqtisodiy siyosatning muhim yoʻnalishi sifatida qabul qilishgan. Shu bilan birga, himoyaga muhtoj va strategik ahamiyatga ega boʻlgan tarmoqlarni aniqlash oʻta murakkab vazifa. Milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash jarayoni davlat tashqi savdo siyosati importni oʻrnini bosuvchi siyosatga aylanishi mumkin.

Importni oʻrnini bosish siyosati ham rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish va milliy sanoatni rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladi. Bu siyosat mahalliy ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish uchun import oʻrnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi. Biroq, bu siyosatning bir qator muammolari mavjud.

Birinchidan, ishlab chiqarish samaradorlik va raqobatbardoshlik boʻyicha xalqaro ishlab chiqaruvchilarga nisbatan orqada qolishiga olib kelishi mumkin Mahalliy ishlab chiqaruvchilar proteksionistlik choralarga tayanib, samaradorlikni oshirishga kamroq eʼtibor berishi mumkin.

Ikkinchidan, yuqori narxlar va past sifat muammosi vujudga keladi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun bojxona tariflari va cheklovlar joriy qilinishi natijasida isteʼmolchilar uchun narxlar oshishi mumkin. Ichki raqobatning yetishmasligi esa mahsulot sifatining past boʻlishiga olib keladi, chunki korxonalar sifatni oshirish uchun motivatsiyasi boʻlmaydi.

Uchinchidan, texnologik orqada qolish muammosi ham dolzarbdir. Importni oʻrnini bosish siyosati chet eldan keladigan ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalarga kirishni cheklashi mumkin, bu esa mahalliy sanoatning texnologik rivojlanishini susaytiradi. Mahalliy korxonalar xalqaro bozorda qoʻllaniladigan zamonaviy texnologiyalardan orqada qolishi mumkin.

Toʻrtinchidan, resurslarning samarasiz taqsimlanishi masalasi ham mavjud. Hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan sanoat tarmoqlari va korxonalari koʻpincha iqtisodiy jihatdan samarali boʻlmaydi, bu esa resurslarning notoʻgʻri taqsimlanishiga olib keladi. Mahalliy ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan resurslar iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga zarar yetkazishi mumkin.

Beshinchidan, importni oʻrnini bosish siyosatini amalga oshirish koʻpincha katta davlat xarajatlarini talab qiladi, bu esa davlat byudjetiga yuk boʻlishi mumkin. Davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar va qoʻllab-quvvatlashlar korrupsiyani oshirishi ham ehtimoldan xoli emas.

Oltinchidan, chet el investitsiyalarining kamayishi muammosi mavjud. Importni oʻrnini bosish siyosati chet el investitsiyalarini kirib kelishiga ham toʻsiq boʻlishi mumkin, chunki chet el investorlariga mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil etish, olingan daromadlarni chetga olib chiqishda noqulay sharoitlar vujudga kelishi mumkin. Bu siyosat chet el investorlarini jalb qilishni qiyinlashtiradi va investitsion muhitni yomonlashtiradi.

Yettinchidan, uzoq muddatli rivojlanish borasida ham toʻsiqlar vujudga keltiradi. Importni oʻrnini bosish siyosati uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi sifatida qoʻllanilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar tashqi bozorda oʻz oʻrnini topishiga imkon bermaydi. Oʻz navbatida korxonalar rivojlanishi uchun koʻp hollarda ichki bozordagi talab yetarli emas, korxonalarning ishlab chiqarishi hajmi faqat ichki bozor sigʻimi bilan cheklanib qoladi, bu esa global iqtisodiy oʻsish imkoniyatlarini cheklaydi.

Bundan tashqari dunyo iqtisodiyotining integratsiyalashuvi ishlab chiqarishning kooperatsiyasining rivojlanishiga olib keldi. Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyasi mahalliy korxonalar jahon ishlab chiqarish zanjiridan oʻrin topishiga imkon beradi. Yaʼni hozirgi kunda tovarlarning baynalmillashuvi yuqori, bir mamlakatning oʻzida toʻliq ishlab chiqarilgan mahsulot ishlab chiqarish juda murakkab. Shu sababli turli mamlakatlardagi ishlab chiqaruvchilar kooperatsiyalashuvi jarayonlari kuchaygan.

Xalqaro kooperatsiyalashuvi turli mamlakatlarda joylashgan korxonalar oʻrtasida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirishni anglatadi. Ishlab chiqaruvchilarning xalqaro kooperatsiyalashuv iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Kompaniyalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida ishchi kuchi, xom ashyo va energiya arzon boʻlgan mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil qiladilar. Bu mahsulotlar narxini raqobatbardosh qilish va xarajatlarni optimallashtirish imkonini beradi. Shuningdek, yirik hajmda ishlab chiqarish orqali kompaniyalar mahsulot birligi uchun xarajatlarni kamaytiradi va ko'lam (masshtab) samarasi hisobidan foydani koʻpaytirishadi.

Milliy iqtisodiyotni himoyalash bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash ham tashqi savdoni tartibga solishning asosiy bir sabablaridan biri hisoblanadi. Ichki bozorda strategik resurslar va mahsulotlar yetarli darajada mavjud boʻlishini taʼminlash orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish davlatning muhim vazifasi. Xalqaro munosabatlardagi noaniqliklar va xavflarga qarshi milliy iqtisodiyotning mustaqilligini saqlash. Bundan tashqari tabiiy ofatlar, iqtisodiy iqtisodiy yoki geosiyosiy tangliklar vaqtida ichki taʼminotni saqlash imkoniyatini yaratish ham kerak.

Tashqi savdoni tartibga solish orqali tashqi savdo balansini saqlash ham davlatning tashqi savdoga aralashuvining muhim bir sabablaridan biridir. Import va eksport hajmi oʻrtasidagi muvozanat milliy iqtisodiyotning barqarorligini taʼminlash uchun muhimdir. Davlat eksportni ragʻbatlantirish va importni cheklash orqali savdo balansini saqlashga intiladi. Lekin shu bilan birga importni cheklash iqtisodiyotni rivojlanishiga toʻsiq boʻlishi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda bu sharoitda importni cheklash emas, balkim eksportni qoʻllab-quvvatlash maqsadga muvofiqligi qayd etiladi. Yaʼni importning oʻchishi sabablarini aniqlash, milliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligiga salbiy taʼsir etadigan muammolarni bartaraf etish bilan bir vaqtda milliy ishlab chiqarishni eksportga yoʻnaltirish lozim.

Ishsizlik muammosi barcha mamlakatda davlatning iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlari bo'lib hisoblanadi. Bir tomondan ishsizlik darajasi yuqoriligi iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini bermaydi. Ikkinchi tomondan ishsizlik mamlakatdagi ijtimoiy muhitga ham salbiy taʼsir etadi. Shu sababli tashqi savdo siyosatini tashkil etishda ish oʻrinlarini saqlash va koʻpaytirish maqsadlariga ham erishish nazarda tutiladi.

Notoʻgʻri tashqi savdo siyosati bir qator davlatlarda ishsizlikning oshishiga olib kelgan. Masalan, AQSHda NAFTA kelishuvi natijasida yuz minglab ishlab chiqarish ishlari yoʻqolgan. NAFTA tarafdorlari ushbu kelishuv AQSH da yangi ish oʻrinlarini yaratishini daʼvo qilgan boʻlsalar-da, Meksika va Kanadadan oʻsgan import AQSHda eksportdan koʻra koʻproq ish oʻrinlarini yoʻqotdi. 1993-1996-yillarda Meksikaga eksportning koʻpayishi AQSHda 158,171 ta ish oʻrni yaratgan boʻlsa, Meksikadan importning koʻpayishi AQSH 385,834 ta ish oʻrnini qisqartirdi. Oʻz navbatida, Kanadaga eksportning koʻpayishi 244,309 ta ish oʻrni yaratgan boʻlsa, Kanadadan importning koʻpayishi AQSH da 411,481 ta ish oʻrnini yoʻqotdi. Umuman olganda, Meksika va Kanadadan import bu davrda AQSHdagi 797,315 ta ish oʻrnini qisqarishiga sabab boʻlgan. Eksport oʻchishi hisobidan yaratilgan oʻrinlarni hisobga olganda, sof ish oʻrin qisqarishi 394,835 tani tashkil etgan.

Ayrim Yevropa Ittifoqi davlatlarida ham ushbu holat kuzatildi, jumladan, Gretsiya va Portugaliyada, moliyaviy inqiroz va savdo defitsitlari tufayli ishsizlik darajasi sezilarli darajada oshgan. Bunday holatlar savdo muvozanati buzilgan mamlakatlarda kuchayadi, chunki iqtisodiy inqiroz va notoʻgʻri savdo siyosati tufayli bandlik imkoniyatlari kamayadi.

Yuqorida sanab oʻtilgan iqtisodiy taʼsirlardan tashqari, tashqi savdo turli ijtimoiy muhitga ham taʼsir etishi mumkin. Shu sababli davlat tomonidan bu salbiy taʼsirni tashqi savdoni tartibga solish orqali bartaraf etishga harakat qilishdi. Tashqi savdoning ijtimoiy muhitga quyidagi yoʻnalishlarda salbiy taʼsir etishi mumkin:

Birinchidan, chet el mahsulotlari kirib kelishi milliy anʼanalar va qadriyatlarning ahamiyatini kamaytirib, ularning yoʻqolishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, globalizatsiya va standartlashuv mahalliy madaniyat va urf-odatlarni global standartlar bilan almashtirib, milliy identifikatsiya va xilma-xillikka salbiy taʼsir koʻrsatadi. Masalan, Qirgʻizistonda milliy oq qalpoq bosh kiyimi madaniy meros va milliy oʻz oʻzini anglashning bir ramzi sifatida qabul qilingan. Shu bilan birga uning narxi qimmatligi sababli milliy bozorda xorijdan keltirilgan sunʼiy matodan tayyorlangan qalpoqlar egallashiga sabab boʻldi. Bu esa jamoatchilik fikrida juda salbiy tasavvurlar uygʻotdi.

Shuningdek, arzon va koʻp miqdordagi mahsulotlar kirib kelishi isteʼmolchilik madaniyatining shakllanishiga, insonlarning moddiy neʼmatlarga moyilligini oshirishga va maʼnaviy qadriyatlarning pasayishiga sabab boʻlishi mumkin. Kuchli iqtisodiy va madaniy taʼsirga ega boʻlgan mamlakatlar oʻz madaniyatini boshqa millatlarga singdirib, milliy qadriyatlarni buzishi mumkin. Oʻzbekistonda ham mazkur muammolarni kuzatish mumkin, Toʻy-hashamlar, oilaviy tantana va marosimlar milliy urf-odat hamda anʼanalarning ajralmas qismiga aylangan. Shu bilan birga, millatimizga xos boʻlmagan qator maʼnisiz rusumlar, yangidan oʻylab topilgan “odat”lar ham qoʻshilayotgani ortiqcha sarf-xarajatlar, milliy qadriyat va urf-odatlarga putur yetkazmoqda.

Bundan tashqari, baʼzi tovarlar va xizmatlar ijtimoiy tengsizlikni oshirib, jamiyatda tarqoqlikka olib kelishi mumkin. Chet el tillari va taʼlim tizimlari keng tarqalishi mahalliy til va taʼlim tizimlarining ahamiyatini kamaytiradi, bu esa yosh avlodning milliy merosdan uzoqlashishiga olib kelishi mumkin. Bu salbiy taʼsirlarni minimallashtirish uchun davlatlar milliy madaniyat va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolishga qaratilgan siyosatlarni amalga oshirishlari kerak. Bunda madaniy merosni himoya qilish, milliy til va taʼlim tizimlarini qoʻllab-quvvatlash va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish kabi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda atrof-muhitni himoya qilish uchun davlat ekologik xavfli mahsulotlarni import qilishni cheklashi mumkin.

Tashqi savdoda ekologik standartlar va talablar muhim ahamiyatga ega. Ular atrof-muhitni himoya qilish, barqarorlikni taʼminlash, isteʼmolchilarni himoya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va ijtimoiy masʼuliyatni oshirish maqsadida joriy etiladi.

Ekologik standartlar va talablar mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida atrof-muhitga zarar yetkazilishini kamaytirishga qaratilgan. Bu standartlar havo, suv va tuproqning ifloslanishini kamaytirishga yordam beradi. Ekologik talablar ishlab chiqarishning innovatsion usullarni rivojlantirib, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning qayta tiklanishini taʼminlaydi.

Isteʼmolchilarni himoya qilish ham ekologik standartlarning muhim jihati hisoblanadi. Ular mahsulotlarning sifatini nazorat qilish va isteʼmolchilarning sogʻligʻini himoya qilishga yordam beradi. Masalan, zararli kimyoviy moddalardan holi mahsulotlarni taʼminlash orqali.

Umuman olganda, tashqi savdoda ekologik standartlar va talablar atrof-muhitni himoya qilishga, barqaror rivojlanishni taʼminlashga va insonlarning sogʻligʻi hamda xavfsizligini himoya qilishga yordam beradi. Ular davlatlar va ishlab chiqaruvchilar uchun uzoq muddatli ekologik va iqtisodiy manfaatlarni taʼminlaydi.

Yuqorida biz davlat tomonidan tashqi savdoni tartibga solish zaruriyatlarini koʻrib chiqdik. Davlatning siyosatining samaradorligini bahlolashda olingan natijalarni tahlil qilish muhimdir, Shu sababli tashqi savdo siyosatining samaradorligini baholashda turli koʻrsatkichlar tizimidan foydalaniladi.

XULOSA

aksincha, davlatning bu jarayonlarga aralashuvining kamayishi, tartiblovchi dastaklarni soddalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, har bir davlat oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib tashqi savdo siyosatini amalga oshiradi. Tashqi savdo siyosati davlat iqtisodiyoti va xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlib, milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, milliy resurslardan samarali foydalanishni taʼminlash, iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash va milliy manfaatlarni himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bu jarayonda davlatning tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda turli koʻrsatkichlar tizimidan foydalanish zarur. Tashqi savdo siyosati notoʻgʻri amalga oshirilsa, ishsizlik, ijtimoiy muhitga salbiy taʼsir va iqtisodiy rivojlanishning orqada qolishi kabi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Shunday qilib, davlat tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda har tomonlama tahlil va baholashlarga asoslanishi muhim ahamiyatga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Statistika Qo‘mitasi maʼlumotlari

2. Rothstein, Jesse, and Robert E. Scott. "NAFTA’s casualties: employment effects on men, women, and minorities." (1997).

3. Поддельные калпаки и кумыс — как наживаются на Кыргызстане [электрон ресурс]// https://ru.sputnik.kg/20170516/kak-nazhivayutsya-nakyrgyzstane-1033397049.html

4. Тўйларда харажатларни камайтириш бўйича қабул қилинаётган қарорлар кутилган натижани бермаяпти Кунюуз газетаси// kilinaetgan-karorlar-kutilgan-natizani

5. Normoʼminovna, Eshqulova Nasiba. "O’zbekiston eksporti diversifikatsiyasining yo’nalishlari." Journal of Universal Science Research 1.12 (2023): 599-610.

6. Отамуродов Ш. Ўзбекистон экспорти диверсификациясининг замонавий муаммолари. Economics and Innovative Technologies. 2022 Aug 30;10(4):355-64. https://doi.org/10.55439/EIT/vol10_iss4/a36

7. Отамуродов, Ш. (2022). ЎЗБЕКИСТОН САНОАТ

МАҲСУЛОТЛАРИ ЭКСПОРТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ.

Iqtisodiyot Va taʼlim, 23(6), 383–389.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.