ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

TAYANCH KOMPETENSIYALAR VA MALAKALAR USTUVORLIGI

Özet

Bugungi kunda ta'lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'quvchilarning zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishdir. Ta'lim jarayonida nafaqat an'anaviy bilimlarni berish, balki o'quvchilarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy o'zgarishlarga moslasha oladigan shaxs sifatida shakllantirish muhim hisoblanadi. Tayanch kompetensiyalar va malakalar bu borada markaziy o'rinni egallaydi. Mazkur maqolada tayanch kompetensiyalarning ustuvorligi, ularning ta'lim jarayonidagi o'rni va ahamiyati tahlil qilinadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

TAYANCH KOMPETENSIYALAR VA MALAKALAR USTUVORLIGI

Qo‘chqarova Shakarjon Azimboy qizi

Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti

BuxDU professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) A.R.Hamroyev ANNOTATSIYA. Bugungi kunda ta'lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'quvchilarning zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishdir. Ta'lim jarayonida nafaqat an'anaviy bilimlarni berish, balki o'quvchilarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy o'zgarishlarga moslasha oladigan shaxs sifatida shakllantirish muhim hisoblanadi. Tayanch kompetensiyalar va malakalar bu borada markaziy o'rinni egallaydi. Mazkur maqolada tayanch kompetensiyalarning ustuvorligi, ularning ta'lim jarayonidagi o'rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Tayanch kompetensiya, malaka, kompetentlik, kommunikativ. KIRISH . "Tayanch kompetensiya" va "malakalar ustuvorligi" atamalari, asosan ta'lim va ish faoliyati kontekstida qo'llaniladi. Ularning har biri muayyan vazifalarni bajarish yoki maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni ifodalaydi. Tayanch Kompetensiya Tayanch kompetensiya — bu shaxsning muayyan vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan umumiy qobiliyatlari va ko'nikmalarini anglatadi. Kasbni, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan taj-riba, koʻnikmalar; mahorat malaka atamasi bilan ataladi Bu ikki tushuncha yonma yon qo‘llanish sababi shundaki, shaxs muayyan kompetentlikka ega bo‘lgandan keyin unda malaka shakllanib boshlaydi. Ya’ni malaka egasi avvalo, kompetentlikka ega bo‘lishi kerak.

Tayanch kompetensiyalar o‘quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikma va qobiliyatlar yig‘indisidir. Bu kompetensiyalar o‘quvchiga nafaqat o‘qituvchining taqdim etgan bilimini o‘zlashtirish, balki uni amalda qo‘llay olish imkonini beradi. Uzluksiz ta’limni modernizasiyalash orqali oʻquv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan Farmon va qarorlar ana shu dolzarb masalalarga jiddiy yondashishga koʻmak beradi. Ushbu dolzarb masalalarni yechishda soha rahbarlari, metodistlar oldida qator vazifalar turibdi. Bular: Oʻquvtarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; oʻqitishning mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayoni, dars mashgʻulotlarining sifatli tashkil etilishini ta’minlashda oʻqituvchining kasb mahoratini oshirish; dars jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida yaratilgan metodik qoʻllanmalar, ularning multimedia ilovalaridan samarali foydalanish hamda har bir oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishini nazorat qilib borishga oid ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda targʻib etish; oʻqituvchilarning kasbiy kompetentligini, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon ta’lim pedagogikasi va bu sohadagi ilgʻor tajribalar, shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim konsepsiyasi va kompetensiyaviy yondashuv asoslarini egallashlariga erishish; yangi avlod darsliklarining mazmuni kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturiga mos boʻlishini ta’minlash; darsliklar oʻquv jarayonining axborotli modelga aylanishiga, oʻquv materiallarining oʻquvchilarni muloqotga undashiga erishish ishlarini takomillashtirishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODIKASI

Kompetensiyalar ta’rifiga bir qancha yondashuvlar mavjud: - Amerikancha yondashuvda kompetensiyalar xodimlarning xulq-atvori namunasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Agar xodim zarur ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lsa, yaxshi natijalarni namoyish etadi. - Yevropacha yondashuvda kompetensiyalar ish vazifalari va kutilgan ish natijalarining tavsifi, ya’ni qabul qilingan standartlarga muvofiq harakat qilish qobiliyati sifatida ko‘riladi[3]. Ya’ni o‘quvchi kompetentlikligi bu har bir faoliyat jarayonini togri bajarishi to‘g’ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o‘sishi uchun qaysi yo‘nalishda harakatlanishini bilishi kerak ya’ni o‘z-o‘zini rivojlantira olishi kerak.

J.Delor o‘z tadqiqotlarida tayanch kompetensiyalarni to‘rt ustunga jamlagan edi. Ular: bilishni o‘rganish, bajara olishni o‘rganish, birgalikda yashashga o‘rganish, yashashga o‘rganish [1].

V.F.Burmakinaning ta’biricha, axborot kompetensiyasi aniq o‘quv predmetiga oid bilimlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning axborotlar hamda atrof-muhitga bo‘lgan munosabati va faoliyat ko‘nikmalarini ifodalovchi hodisa. Uning doirasiga, birinchi navbatda, axborot vositalarini o‘zlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalari kiradi. Shu bilan bir qatorda ularning tarkibiga quyidagi ko‘nikmalar ham kiradi. Ular: zarur axborotlarni tahlil qilish va sharhlash, ularni qayta shaklantirish, saqlash va uzatish kabilar [2].

V.V.Bashevning ta’kidlashicha, kompetensiya sharoitdan kelib chiqqan holda layoqatlarni ko‘chirishdan iborat bo‘lib, u shaxsning dastlabki hayotiy faoliyati davomida hosil bo‘ladi [2].

NATIJALAR.Professionallik va kompetentlik bir-biriga o‘hshash bo‘lsada, har xil ma’noga ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma’lum bilimlar, balki mehnatga bo‘lgan munosabat, ishning o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional pedagog o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin.

Kompetensiyaning har bir turi ko‘nikmalar, bilimlar, ko‘nikmalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Pedagoglarda ular turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Xizmat vazifalarini bajarishda uning xatti-harakatlari ko‘rsatkichlariga e’tibor berib, u yoki boshqa kompetensiyalar qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin. . Kompetenlik modelini yaratish bo‘yicha quyidagi algoritmni taklif etishimiz mumkin: 1 bosqich – lavozim yo‘riknomasini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda lavozim uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalar turlarini aniq ko‘rsatish muhimdir. 2 bosqich – tekshirish sur’atini aniqlash. Bu ta’lim muassasasining o‘ziga xos xususiyatlariga va kadrlar almashinuviga bog’liq. 3 bosqich – har bir o‘rin uchun taqqoslash asosida sinov yoki imtihonni o‘tkazish tartibini tasdiqlash. 4 bosqich – sinov yoki imtihondan o‘tish. 5 bosqich – ma’lumotlarni tahlil qilish va ularni tizimga keltirish 6 bosqich – baholash natijalari to‘g’risida qaror qabul qilish: qo‘shimcha o‘qishga yuborish, boshqa lavozimga o‘tish, ishdan bo‘shatish. 7 bosqich – hisobot davrida ta’lim muassasasining vakolati va ishini baholash samaradorligini yakuniy tahlilini qilish. 8 bosqich – xavf-xatar va to‘siqlar bo‘yicha ish namunasini to‘liq ishlab chiqish. Xususiy yoki asosiy kompetensiyalarga ega bo‘lish uchun qanday vakolatlarga ega bo‘lish har qanday ishda qo‘llanilishi kerak. Ular ta’lim muassasaning qadriyatlariga bog’liq: strategiya, axloq kodeksi. Shaxsiy samaradorlik kompetensiyalari pedagogning shaxsiy fazilatlari bilan birga o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - yetuklik, o‘sishga intilish, masalan, kasbiy qadriyatlarni izlash, ijodiy qobiliyat; - yetarli darajada o‘zini o‘zi anglash va o‘ziga ishonch; - moslashuvchanlik, o‘zgartirish istagi; - ish etiketini bilish; - stressga qarshi o‘z-o‘zini boshqarish; - imidj. Pedagogla Tayanch kompetensiyalar tarkibiga quyidagilar kiradi:

O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy kompetentsiyalar belgilandi. Tayanch kompetensiyalar: 1.Kommunikativ kompetensiya; 2.Axborot bilan ishlash kompetensiyasi; 3.Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi; 4.Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; 5.Umummadaniy kompetensiyalar; 6.Matematik savodxonlik, Fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Kompetensiyaga ega bo‘lish shunchaki bilim, ko‘nikmalarni egallab olishnigina anglatmasdan kishining shu bilimlarni hayotda aniq maqsadlar asosida qo‘llay olishini bildiradi. Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat.

Kommunikativ kompetensiya – bu o‘quvchining turli ijtimoiy sharoitlarda o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash qobiliyati.

Axborot texnologiyalari bilan ishlash kompetensiyasi – zamonaviy texnologiyalarni samarali qo‘llash va ulardan foydalana bilish

Axborot kompetensiyasining tarkibiy qismlari ilmiy adabiyotlarda turlicha tasniflangan. Jumladan, S.V.Trishina quyidagilarni ko‘rsatib o‘tgan: 1. Kognitiv – bilimlar va axborotlardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Ushbu komponent o‘z tarkibiga quyidagi tayanch jarayonlarni mujassamlashtiradi: tahlil, qayta ishlash, qo‘lga kiritish, uzatish, bashorat qilish, taqdim qilish, axborotlarni saralash, saqlash va boshqalar. 2. Qadriyatli-motivli yondashuvga asoslanish axborotlarni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Bularning barchasi o‘quvchilarning bilim doiralarini kengaytirish, natijada esa bilimlar majmuini taqdim etish bilan belgilanadi. 3. Texnik-texnologik komponent o‘zida axborot texnologiyalari vositasida axborotlar bilan ishlash jarayonini mujassamlashtiradi. Bu jarayonda o‘quvchilar turli rusumdagi kompyuterlar bilan ishlaydilar. 4. Kommunikativ komponent esa muloqot va axborotlarni uzatish uchun zarur bo‘lgan nutq va boshqa ifoda belgilari bilan ishlash jarayonini qamrab oladi. 5. Refleksiv komponent o‘quvchida axborotlar olamida o‘z o‘rnini anglash, axborot maydonida o‘z harakatlarini tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirildi [4].. Ijodiy va tanqidiy fikrlash kompetensiyasi – yangilik yaratish va muammolarni ijodiy hamda tanqidiy tahlil qilish qobiliyati. Hamkorlikda ishlash kompetensiyasi – jamoa bilan birgalikda faoliyat olib borish, samarali muloqot qilish va kooperatsiya qilish ko‘nikmalari. O‘qish va o‘rganish kompetensiyasi – o‘quvchining doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi va o‘qishni davom ettirish qobiliyati. Ijtimoiy faoliyat kompetensiyasi – o‘quvchining ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishi va o‘z jamiyatiga hissa qo‘shishi. O‘zgaruvchan va tez rivojlanayotgan jamiyatda o‘quvchilarning kelajakda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Ustuvorliklar quyidagi yo‘nalishlar orqali namoyon bo‘ladi:

1. Zamonaviy jamiyat talablariga moslashuvchanlik

2. Ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish

3. O‘qish ko‘nikmasi

Zamonaviy jamiyat talablariga moslashuvchanlik tayanch kompetensiyalarning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Tayanch kompetensiyalar nafaqat maktab muhitida, balki kelgusida o‘quvchilarning professional faoliyatida ham muhimdir. Misol uchun, kommunikativ va texnologik kompetensiyalar bugungi kunda har qanday sohada zarur hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi o‘quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishni taqozo etadi.

Ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish masalasi bugungi ta’lim jarayonida asosiy vazifa hisoblanib, bu o‘z navbatida yangicha yondoshuvni talab qiladi.

XXI asrda muammolarni ijodiy hal qilish qobiliyati ustuvor kompetensiya hisoblanadi. O‘quvchilar o‘rganilgan bilimni an’anaviy yo‘l bilan emas, balki uni yangi sharoitlarda qo‘llashni o‘rganishlari zarur. Tanqidiy fikrlash orqali ular hayotiy vaziyatlarni tahlil qilib, to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatiladi.

Yosh avlodning ijtimoiy moslashuvi va faolligi masalasi o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida quyidagi natijalarni kafolatlaydi. Faollik Muvafaqiyatlilik O‘z fikrini o‘zgalar oldida ifodalay isbotlay olish Vaziyatlarga baho bera olish muammolilik yechimini topa bilish

Ijtimoiy faollik o‘quvchilarning jamiyatdagi o‘rni va roli haqida tushuncha hosil qiladi. Bu kompetensiyani rivojlantirish orqali o‘quvchilar ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etib, o‘z huquq va burchlarini anglashadi. Bu esa kelgusida ularning jamiyat hayotidagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi

Hayot davomida o‘rganish va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar o‘quvchilarga bilimlarini doimiy ravishda yangilab turish imkonini beradi. O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi o‘quvchilarda doimiy bilim olishga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiradi. Ta’lim jarayonida kompetensiyalarning shakllanishi

Tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda pedagoglarning roli katta. Ta’lim jarayonini rejalashtirishda pedagoglar quyidagilarni hisobga olishlari lozim: Innovatsion o‘qitish uslublari – zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini, jumladan, interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirish va ularning faoliyatini rivojlantirish mumkin.

Kompetensiyaga asoslangan yondashuv – darslarni tashkil qilishda o‘quvchilarning faqatgina bilim olishlari emas, balki bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish maqsadida kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirish kerak.

XULOSA. Tayanch kompetensiyalar va malakalar zamonaviy ta'limning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilarni kelajakda muvaffaqiyatli shaxslar sifatida shakllantirish uchun ularning tanqidiy fikrlash, muloqot, texnologiyalarni o‘zlashtirish va ijodiy yechimlar topish kabi kompetensiyalarini rivojlantirish zarur. Ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoni ta’limning samaradorligini oshirib, yosh avlodni global jamiyat talablari va ehtiyojlariga mos ravishda tayyorlashga xizmat qiladi. Xulosa shuki, kompetentlikni shakllantirish bosqichma-bosqich va uzluksiz jarayondir. U oliy ta’lim muassasasida boshlanadi va ish joyida tajribali ustozlar nazorati ostida davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki, yuqori kasbiy kompetentlik nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy ko‘nikmalari, tajribasi va shaxsiy fazilatlari hamdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Ж.Делор Образование: необходимая утопия//Педагогика.-1998. - №5. - С. 32. 2. Бурмакина В.Ф. Информационно-коммуникационно - технологическая компетентность // Методическое руководство для подготовки к тестированию учителей. – Москва - 2007.– 56c 3. В.В.Башев, И.Д.Фрумин Как можно читать стандарты? Семь вопросов по существу // Директор школы. 1999. №5. 4. С.В.Тришина Информационная компетентность как педагогическая категория // Интернет-журнал «Эйдос». 2005. 10 сент. // Режим доступа: 5.С.В.Тришина Информационная компетентность как педагогическая категория // Интернет-журнал «Эйдос». 2005. 10 сент. // Режим доступа:

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.