ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

TAYYORLOV GURUH BOLALARNI NUTQINI O‘STIRISHDA BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH METODLARINI RIVOJLANTIRISH

Özet

Ushbu maqolada O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari nutqini o‘stirishda badiiy adabiyotlardan foydalanish metodlari va uni tashkil etish shakllari  haqida so‘z yuritilgan. Bola nutqiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan badiiy adabiyot vositalari yordamida bolalarni nutqida yuzaga keladigan xato va kamchiliklarni bartaraf etishga samarali xizmat qilishi haqida fikr va mulohazalar keltirilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 228 ⊰⊰--

ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH METODLARINI RIVOJLANTIRISH

D.A.Sharafutdinova, X.Z.Hasanova

Xalqaro Nordik Universiteti,

Psixologiya va maktabgacha ta’lim kafedrasi

katta o‘qituvchisi, p.f.f.d (PhD)

Xalqaro Nordik Universiteti

II bosqich magistri

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari nutqini o‘stirishda badiiy adabiyotlardan foydalanish metodlari va uni tashkil etish shakllari haqida so‘z yuritilgan. Bola nutqiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan badiiy adabiyot vositalari yordamida bolalarni nutqida yuzaga keladigan xato va kamchiliklarni bartaraf etishga samarali xizmat qilishi haqida fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: ertaklar, maqol, topishmoq, bolalar badiiy adabiyoti, folklor san’ati.

Аннотatsiя: В данной статье рассматриваются методы и формы организatsiи использования художественной литературы в развитии речи детей подготовительной группы дошкольных образовательных организatsiй Узбекистана. Представлены идеи и наблюдения по эффективному использованию художественной литературы в процессе осуществления речевой деятельности детей с целью устранения ошибок и недостатков в их речи.

Ключевые слова: сказки, пословицы, загадки, детская художественная литература, фольклорное искусство.

Annotation: This article discusses the methods and forms of organization of using fiction in developing the speech of children in the preparatory group of preschool educational organizations in Uzbekistan. The ideas and observations are presented on the effective use of fiction in the process of implementing speech activities of children in order to eliminate errors and shortcomings in their speech.

Keywords: fairy tales, proverbs, riddles, children's fiction, folklore art.

Mamlakatimizda maktabagacha ta’lim va tarbiya sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida sohada juda ko‘p ishlar olib borilmoqda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23- sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12- fevraldagi 2025-2026-yillarda “Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 83-sonli qarorida keltirilgan vazifalarni shular jumlasiga kiritish mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimi yangi bosqichga olib chiqish va yanada rivojlantirish nafaqat bosh qomusimiz konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, balki ushbu ta’lim tizimi uchun alohida bo‘lgan qonun va qarorlar ham soha rivojiga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya hozirda bolaga nafaqat tarbiya, unga qo‘shimcha tarzda ta’lim ham bermoqda. Shu boisdan maktabagacha ta’lim tizimini yuksaltirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Har bir ota-ona farzandini sog‘lom va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini hohlaydi.

--⊱⊱ 229 ⊰⊰-- Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogik jamoasi va ota-ona o‘rtasidagi munosabatlar esa bunda muhim rol o‘ynaydi. Chunki kun davomida tarbiyalanuvchilarning ko‘p vaqti maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu pedagog xodimlarga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Tarbiyalanuvchilar uch yoshga qadam qo‘yib maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilingunga qadar oila muhitida tarbiya oladi va unda ko‘plab ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Shu sababli bolalarni nutqni o‘sishi, yangi bilim, ko‘nikmalarni egallashi va olgan bilimlarini mustahkamlashi ko‘p jihatdan oiladagi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Har bir ota-ona va pedagog-tarbiyachilar o‘z vaqtida bolalarni rivojlanishini nazorat qilib borishi muhim ahamiyatga ega. Bunda O‘zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to‘g'risida” 802-sonli qarorida belgilangan asosiy bandlarga muvofiq bola qiziqishlariga individual shaklda yondashish asosida ularning ehtiyojlarini inobatga olgan holda “shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim” joriy etish muhim vazifa hisoblanadi.

Tayyorlov guruh bolalarini nutqini o‘stirishda turli xildagi innovatsion terxnologiyalar, interaktiv vositalardan ham foydalanish o‘rinli, ammo badiiy adabiyotning ham o‘z o‘rni mavjudligini inobatga olib qo‘yishimiz lozim. Bolani go‘dakligidan hatto chaqaloqlik davrida ham badiiy adabiyot bilan birga uning nutqi ham rivojlanib boradi. Ya’ni chaqaloqlik davridagi “ona allasi” uning ilk bor badiiy adabiyot bilan tanishishiga sababchi bo‘ladi. Yana turli xildagi “ertaklar”, “hikoyalar”, “masallar”, “she’rlar”, “topishmoq va tez aytish, maqollar” ham shular sirasiga kiradi. Bolalar nutqini o‘stirishda badiiy adabiyotning o‘rnini hech bir vosita orqali to‘ldira olmaymiz. Badiiy adabiyot bolani nutqini rivojlantiribgina qolmasdan uni his-tuyg‘ularni jilovlashni, insonparvarlik, mehnatsevarlik, oq ko‘ngil bo‘lishga, yaxshi va yomonni farqlashga, ona vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Ushbu his-tuyg‘ularni esa biz turli xil she’r, hikoya va ertaklar orqali bolaga singdira olamiz. Misol tariqasida “Egri va to‘g‘ri” ertagini olaylik bunda bolalarning chiqaradigan xulosasi “adolat har doim g‘alaba qozonishini, yaxshilik hech qachon yerda qolmasligini, mehnatsevarlik va bilim hech qachon insonga pand bermasligni” ko‘rsatishimiz, tushuntirishimiz mumkin bo‘ladi. Hayvonlar obrazida jonlantirilgan “Masallar” esa bolada o‘zida kamchiliklarni tuzatishga ko‘makchi bo‘ladi deyish mumkin. Bundan tashqari “Bolalar adabiyoti”ning yana bir muhim jihati bolalarda lug‘at boyligini oshishiga ham sabab bo‘ladi. Quyida bolalar uchun keltirigan bir hikmatli jumlaga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, “Til insonning jisman eng kichik, ammo mas’uliyatli va vazifasi jihatidan katta e’tiborga loyiq a’zosidir. Uni faqat xayrli, yaxshi so‘zlar uchun ishlatish va yomon, dilozor so‘zlarni aytishdan saqlash lozim. Shu sababli faqat yaxshi narsalarni gapir yoki jim turishni o‘zingga odat qil. Har bir ishda va munosabatda til odobiga rioya qilish keraklig haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, agar unga loqaydlik qilinadigan bo‘lsa uning ortidan yomon hodisalar sodir bo‘lishi haqida ogohlantirilgan. Tayyorlov guruhi bolalari bilan birgalikda badiiy adabiyot bilan ishlashni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kunning ikkinchi yarmida fundamental va kompleks shaklda “Ilk qadam” davlat dasturi asosida tashkil etilgani uchun yanada yaxshi natijalarni qo‘lga kiritmoqdamiz desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Bolalar adabiyoti” ham nutq o‘sitishda katta o‘rin egallaydi. Demak, bola nutqini rivojlantirish jarayonida nutqimizdagi so‘zlardan faqat to‘g‘ri maqsadlarda foydalanishimiz va so‘zlashimiz kerakligni ham ta’kidlashimiz kerak bo‘ladi.

Yuqorida keltirilgan qaror va farmonlarni joriy qilinishdan maqsad, kelajak avlodni yetuk shaxs bo‘lib yetishishi uchun uning sog‘lom bo‘lishiga zamin yaratishdir. Shu bilan birga olimlar, tadqiqotchi mutaхassislarning tоbоra ko‘prоq qismi maktabgacha yoshdagi bоlalarni to‘g‘ri tarbiyalash va ta’lim tizimini shaхsga majmuali ta’sir o‘tkazishi, har bir tarbiyalanuvchining muntazam va imkоn qadar to‘liq rivоjlanish huquqi amalga оshirilishini ta’minlashi kеrak. Bugungi

--⊱⊱ 230 ⊰⊰-- kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik hamda metodologik jihatlarini takomillashtirish borasida ilmiy tadqiqotlar natijasida yozilgan bir qator sohaga doir adabiyotlari mavjud.

Tayyorlov guruhini nutqini o‘stirishda badiiy adabiyotlardan foydalanish metodikasidan oladigan natijamiz quyidagilar:

1. Bola yangi so‘zlarni o‘rganishi orqali-nutqida va tasavvur olami ham kengayadi, o‘z fikrini kengroq va yorqinroq bayon etishni boshlaydi, grammatik jihatdan ham so‘zlarni joy-joyida qo‘llay oladi. Nutqida so‘zlardan foydalanganda ravon, har qanday g‘alizliklarsiz qo ‘llay boshlaydi.

2. His-tuyg‘u, emotsiyalarini boshqarishni o‘rganadi, o‘zining “men”ini yaxshi anglaydi, berilgan topshiriq va mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida a’lo darajada amalga oshiradi. Aqliy faoliyatga doir vazifalarda ham ba’zi o‘rinlarda ham uddaburon bo‘ladi.

3. Yaxshilik va yomonlikni ajrata boshlay, atrofidagi insonlarni unga bo ‘lgan munosabatini ham o ‘z o ‘rnida tafakkur qila oladi, shu bilan birga teran tasavvur qilish qobiliyati ham yaxshigina shakllanadi va shu bilan bir qatorda atrof-muhitga bo‘lgan qiziqishi ortib koproq o‘zini qiziqtirgan savollarga javob izlay boshlaydi.

4. Xotirasi yaxshilanadi va rivojlanadi. Ko‘p badiiy kitoblarni o‘qib berish yoki ko‘proq mutoala qilishi orqali bolada doimiy xotira shakllanadi, diqqati ortadi.

5. Bolalarning ijtimoiy hayot hodisalari, kishilar mehnati bilan tanishish doirasi kengayadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida nutqni rivojlantirish bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy o‘rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishining murakkab, ko‘p omilli jarayon, bola nutqini rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi shaxs bu – pedagog, u jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlarini, mexanizmlarini, о‘ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning о‘ziga xosliklarini ko‘ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi lozim degan xulosalarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Oila” to‘g‘risidagi bobi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-fevraldagi 2025-2026- yillarda “Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 83-sonli qarori.

4. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643- 9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI: 10.47191/ijmra/v3-i12- 09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323

5. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical possibilities of design activity in the process of increasing the qualification of preschool workers// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 1 2020 Page 90-95 bet

6. Valiyeva F.R. Ensuring continuity in the traning of future professionals in the educatication system.// Europen Journal of Research and Reflection in Educational Sciences/ Volume 7 Number 6,

2019. ISSN 2056-5852

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.