ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

TEATRLASHTIRILGAN KONSERTLARLAR HAMDA DRAMATIK SPEKTAKLLAR O‘RTASIDAGI UZVIYLIK VA FARQLAR.

Özet

bir asrdan oshiq vaqtki, konsert janri о‘zining yorqin va yoqimliligi bilan insoniyatni о‘ziga rom etib kelayapdi. О‘tgan asr boshlarida о‘zida musiqani, raqsni, teatr elementlarini birlashtirgan ushbu soha yangi san’at turining dunyoga kelishiga sababchi bо‘ldi. Mazkur maqolada konsert janrining ushbu hususiyatlari hususida so’z boradi.


Около века концертный жанр очаровывает человечество своей яркостью и привлекательностью. В начале прошлого века данная сфера, объединившая в себе музыку, танец и элементы театра, послужила причиной возникновения нового вида искусства. В данной статье речь идет об этих особенностях концертного жанра.

Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

O‘RTASIDAGI UZVIYLIK VA FARQLAR.

Egamberdiyev Farrux To‘xtayevich, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Estrada va ommaviy tomoshalar san’ati” kafedrasi dotsenti.

Annotatsiya

KIRISH

bir asrdan oshiq vaqtki, konsert janri о‘zining yorqin va yoqimliligi bilan insoniyatni о‘ziga rom etib kelayapdi. О‘tgan asr boshlarida о‘zida musiqani, raqsni, teatr elementlarini birlashtirgan ushbu soha yangi san’at turining dunyoga kelishiga sababchi bо‘ldi. Mazkur maqolada konsert janrining ushbu hususiyatlari hususida so’z boradi.

MAQSAD

tadqiqotning maqsadi konsert janrining shakllanishi va rivojlanish jarayonini, uning o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini hamda musiqa, raqs va teatr elementlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida yuzaga kelgan san’at shakli sifatidagi ahamiyatini yoritishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR

tadqiqotda konsert janrining tarixiy shakllanishi, uning bir asrdan ortiq vaqt davomida rivojlanishi va badiiy xususiyatlari tahlil qilindi. Konsert janrida musiqa, raqs va teatr elementlarining uyg‘unlashuvi asosiy tadqiqot materiali sifatida olindi hamda tarixiy, nazariy va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

tahlillar shuni ko‘rsatadiki, konsert janrining jozibadorligi va ommabopligi uning turli san’at turlarini o‘zida mujassamlashtira olishi bilan bog‘liq. XX asr boshlarida musiqa, raqs va teatr elementlarining birlashuvi natijasida konsert janri yangi badiiy imkoniyatlarga ega bo‘lib, yangi san’at turining shakllanishiga zamin yaratgan. Mazkur xususiyatlar konsertning tomoshabinga kuchli estetik va emotsional ta’sir ko‘rsatishini ta’minlaydi.

XULOSA

konsert janri o‘zining musiqiy, xoreografik va teatrga xos ifoda vositalarini uyg‘unlashtirishi bilan san’atning o‘ziga xos va ta’sirchan shakli sifatida rivojlanib kelmoqda. Uning tarixiy taraqqiyoti turli san’at turlarining integratsiyasi yangi ijodiy yo‘nalishlar va badiiy shakllarning yuzaga kelishiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: konsert, folklor, estrada, kino, sirk, asar g‘oyasi, oliy maqsad, yetakchi hatti-harakat.

ВЗАИМОСВЯЗЬ И РАЗЛИЧИЯ МЕЖДУ ТЕАТРАЛИЗОВАННЫМИ КОНЦЕРТАМИ

И ДРАМАТИЧЕСКИМИ СПЕКТАКЛЯМИ.

Эгамбердиев Фаррух Тухтаевич, Доцент кафедры «Искусство эстрады и массовых представлений» Государственного института искусств и культуры Узбекистана.

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ

Около века концертный жанр очаровывает человечество своей яркостью и привлекательностью. В начале прошлого века данная сфера, объединившая в себе музыку, танец и элементы театра, послужила причиной возникновения нового вида искусства. В данной статье речь идет об этих особенностях концертного жанра.

ЦЕЛЬ

цель исследования заключается в рассмотрении процесса формирования и развития концертного жанра, его художественных особенностей и значения как особой формы искусства, основанной на взаимодействии музыки, танца и элементов театрального искусства.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ

в исследовании рассмотрены историческое становление концертного жанра, особенности его развития на протяжении более чем одного столетия, а также его основные художественные характеристики. В качестве основных материалов проанализировано сочетание музыки, танца и театральных элементов в концертном жанре. Использованы исторический, теоретический и сравнительный методы анализа.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ

анализ показывает, что привлекательность и популярность концертного жанра во многом обусловлены его способностью объединять различные виды искусства. В начале XX века взаимодействие музыки, танца и театральных элементов расширило художественные возможности концертного жанра и способствовало возникновению новых форм искусства. Данные особенности обеспечивают сильное эстетическое и эмоциональное воздействие концерта на зрителя.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ

концертный жанр продолжает развиваться как самобытная и выразительная форма искусства, сочетающая музыкальные, хореографические и театральные средства выразительности. Его историческое развитие демонстрирует, что интеграция различных видов искусства способствует появлению новых творческих направлений и художественных форм.

Ключевые слова: концерт, фольклор, эстрада, кино, цирк, идея произведения, высшая цель, сквозное действие.

CONTINUITY AND DIFFERENCES BETWEEN THEATRIKAL CONCERTS AND

DRAMATIC PLAYS.

Egamberdiyev Farrux Toxtayevich, Associate Professor at the Department of “Variety Art and Performance Art” State Institute of Arts and Culture of Uzbekistan.

Annotation

INTRODUCTION

for more than a century, the concert genre has been enthralling humanity with its brightness and charm. At the beginning of the last century, this field, which combines elements of music, dance, and theater, led to the birth of a new art form. Yes, it has been a long time since the concert was included in the ranks of the abovementioned art forms.

AIM

the aim of the study is to examine the formation and development of the concert genre, its distinctive artistic features, and its significance as a form of art based on the interaction of music, dance, and theatrical elements.

MATERIALS AND METHODS

the study examines the historical formation of the concert genre, its development over more than a century, and its main artistic characteristics. The combination of music, dance, and theatrical elements within the concert genre was analyzed as the principal research material using historical, theoretical, and comparative methods.

DISCUSSION AND RESULTS

the analysis demonstrates that the appeal and popularity of the concert genre are largely associated with its ability to combine different forms of art. At the beginning of the twentieth century, the integration of music, dance, and theatrical elements expanded the artistic possibilities of the concert genre and contributed to the emergence of a new form of art. These characteristics enable concerts to exert a strong aesthetic and emotional influence on audiences.

CONCLUSION

the concert genre has developed as a distinctive and expressive form of art that combines musical, choreographic, and theatrical means of expression. Its historical development demonstrates that the integration of different art forms can contribute to the emergence of new creative directions and artistic forms.

Keywords: concert, folklore, pop art, cinema, circus, idea of the work, superobjective, through-line of action.

Shuni ta’kidlab о‘tish joizki, nafaqat yurtimiz teatrlari balki jahon teatr sahnalarida namoyish etilayotgan spektakllar san’atshunos va teatrshunoslarimiz tomonidan kо‘p tadqiq qilinadi va ular tо‘g‘risida kо‘pdan-kо‘p ilmiy va nazariy fikrlar va mulohazalar ommaviy axborot vositalarida bayon etiladi. Ammo, yil sayin ommaviylashib borayotgan teatrlashtirilgan konsertlar, ularning rejissurasi, va dramaturgiyasi xususida kam gapiriladi va ular deyarli tadqiq etilmaydi.

Konsert janrining teatr san’ati rivojlanishi bosqichida paydo bо‘lganligini va hali hanuz ushbu daryodan sug‘orilayotganligi barchamizga ma’lum. Chunki teatrlashtirilgan konsertlar ham teatr singari dramaturgiya qonuniyatlari negizida barpo bо‘ldi va bundan keyin ham uning ildizidan kuch olishi tayin. Bir san’at turi asosida yana bir boshqa san’at turining paydo bо‘lishi bu tabiiy hol. ya’ni boshqacha qilib aytganda bu evolyusion jarayon natijasi.

Rus nazariyotchisi I.G.Sharoyev о‘zining “Estrada va ommaviy bayramlar rejissurasi» kitobida konsert janrining sahna san’atining singari keng qamrovli ekanligini aytib о‘tadi. Konsert janri barcha san’at turlarini birlashtiradi, u tomoshabinning hohishistagiga qaraydi.”

Yuqorida aytganimizday, san’at va adabiyotning bir biriga о‘xshamagan tur va janrlarni birlashtirib turuvchi birgina termin borki, u bо‘lsa ham “konsert” deb ataluvchi termindir. Konsert-bu nima? Uning tub ma’nosi nimani anglatadi? Hali bu haqda chuqurroq fikr yuritamiz. Lekin, umumiy qilib aytganda, bugungi kunda insonlarning madaniy dam olishi uchun konsertlarning о‘rni beqiyos ekanligini ta’kidlashimiz joiz bо‘ladi.

Hozirgi kunda konsertlarimizda san’atimizning nafaqat estrada janridagi nomerlarni balki, san’atning boshqa janrlariga taaluqli bо‘lgan kо‘rinishlarni va sahna asarlarini uchratishimiz mumkin bо‘ladi. Demak, konsertlarning san’atidagi keng qamrovliligi va yо‘nalishlarining turlichaligi bilan sahna san’atining boshqa janrlaridan ustunroq qiladi.

Sahna asari deb biz tomoshabin faqat teatr binosi ichida sahnalashtirilgan, spektakllarni tushunamiz. Sahna asari deb, ochiq osmon ostidagi yoki konsert zallarida bir talay ijodkorlar tomonidan yaratilgan tomoshalarni ham aytishimiz mumkin bо‘ladi. Ushbu sahna asarlari ham о‘sha spektakllar singari dramaturgiya va teatrning barcha tamoyillariga javob beradi. Shunday ekan, teatrlashtirilgan konsertlarning ham о‘z g‘oyasi, maqsadi, yetakchi hatti-harakati va boshqa unsurlari bо‘lishi tabiiy.

Teatrlashtirilgan konsert yoki boshqacha qilib aytganda, “konsert-spektakl” (spektakl-konsert) yuqorida ta’kidlaganimizday, u о‘z miqyosiga bir necha turdagi san’at sohalarini jamlaydi: musiqa, adabiyot, xoreografiya, teatr(musiqali, dramatik, opera, balet va h.k.), folklor, estrada, kino va sirk. О‘tgan asrning elliginchi yillarida sahna san’atining ushbu janri katta tezlikda rivoj topa boshlagan ekan bugungi kunda ushbu janrning imkoniyatlari kengaygandan kegaymoqda.

Bunga asosiy sabab, hayotimizga yangidan-yangi san’at turlari kirib kelmoqda, bu yangi turlarni tabiiyki, bitta “konsert” birlashtira oladi. Biz yuqorida “konsert-spektakl” terminini bejizga ishlatmadik. Konsert nimasi bilan spektaklga yaqin va uning qanday qirralari borki uni dramatik spektakldan farqlab turadi.

Birinchidan, konsert ham spektakl singari sahna asari, u barcha sahna asarlari kabi sahna qonunlariga bо‘y sо‘nadi. Spektakl dramaturg pyesasi asosida yaratilsa, konsert ssenariy asosida tashkil qilinadi. Spektakl ham, konsert ham rejissyor tomonidan sahnalashtiriladi. Unda ham har qaysi spektaklda bо‘lgani kabi aktyorlar, dekoratsiya, kostyum, grim, chiroq, musiqa va hokazo elementlar mavjud. Konsert ham spektakl singari yagona bir g‘oyani ilgari suradi, unda ham mavzu, qarama-qarshilik, yetakchi hatti-harakat, oliy maqsad mavjud. Konsert ham о‘z kompozitsion tizimiga ega. “Ekspozitsiya”(kirish), “zavyazka”(tugun), “razvitiye”(rivojlanish), “kulminatsiya”(avj), “Razvyazka” yoki “final” (yechim) spektakl singari konsert kompozitsiyasining ham asosiy elementlari hisoblanadi.

Demak, konsertni tо‘la qonli spektakl deyishimiz mumkin, lekin konsertning spektakldan farqli tomonlari ham borki, uning bu qirralari uni spektakldan murakkabroq ekanligini yaqqol kо‘rsatadi.

Spektaklning asosi hatti-harakat ekanligi bizga ma’lum, konsertning asosi esa nomerdir. Konsert nomerlardan ya’ni kichik kichik parchalardan tashkil topadi, bu parchalarni konferansye yoki boshlovchi bog‘lab turadi. Albatta spektakl ham konserdagi kabi kichik parcha va kо‘rinishlardan ya’ni voqealar ketma-ketligidan iborat. Ammo, spektaklda har bir voqea mantiqiy ravishda keyingi bir voqeaga ulanib ketadi va qahramonlar qarama-qarshiliklarni yengan holda oliy maqsadlari sari harakat qiladilar. Konsertdagi parcha(nomer) lar spektakldagi voqealardek, mantiqiy ravishda bir-birini tо‘ldirib kelmasligi mumkin. Yoki aksincha bir-biriga tumoman zid bо‘lishi ham mumkin. Ustiga ustak, bir parcha ikkinchi parchadan janri doirasida bir-biridan keskin farq qilishi ham mumkin. Ana shu yerda rejissyor uchun murakkab bо‘lgan jarayon boshlanadi. Parchalarni bir-biriga ulash, ularning tempo-ritmi doirasida uyg‘unlashtirib yaxlit bir spektakl holatiga keltirish rejissyorning mahoratiga bog‘liq bо‘ladi.

Bizga ma’lumki, spektaklda mavzu va g‘oya mavjud. Konsert ham bundan mustasno emas. Konsertlarni mavzu va g‘oyasiga qarab bir necha turga ajratish mumkin.

1. Yubiley va ma’lum bir sanalarga bag‘ishlangan konsertlar.

2. Yakka ijrochilarning konsertlari.

3. Bayram konsertlari.

4. “Kapustniklar”.

5. Yig‘ma (Gala) konsertlar.

6. Folklor truppalari tomonidan uyushtirilgan konsertlar.

7. Rang-barang chiroqlar yordamidagi: Sveto-shou.

8. Favvoralar yordamidagi: Akva-shou.

9. Kechalar.(Vecherinka.)

10. Tug‘ilgan kunlar.

11. Diskotekalar.

Bularga yana qо‘shimcha qilib, bog‘cha va maktablarda uyushtiriladigan, konsert(utrennik)lar, alif-be bayramlari, istirohat bog‘larida tashkil qilinadigan tomoshalar, hattoki, san’at sohasi bilan bog‘liq bо‘lgan ayrim kо‘rik tanlovlar, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Balli qizlar”, “Balli yigitlar”, “Toshkent malikasi”, “Qiziqchilar”, “Xonandalar”, “Sozandalar” kо‘rik tanlovlari va hokazo.

Yuqorida sanalgan konsertlar о‘z mavzu doirasida maqsad va vazifalariga kо‘ra birbiridan keskin farq qiladi. Dramada kompozitsiya voqealar ketma-ketligini boshqarib, uning syujetlarini rivojlantirib tursa, uning konsertdagi vazifasi parchalarni bir uyg‘unlikda saqlash va bir muhim tizimga birlashtirish hisoblanadi. Hammamizga ma’lumki, har qanday san’at asarida badiiy obraz yaratish, asarning mavzusi va g‘oyasiga bog‘liq bо‘ladi. G‘oya muallif va rejissyor fikrlarining uyg‘unligida paydo bо‘ladi. Bu yerda ham g‘oya muallif yoki rejissyor tomoshabinga nima demoqchi, uning yuragiga qanday yо‘l topmoqchi ekanligi dominantlik qiladi. Demak, shunday ekan konsert g‘oyasi va mavzusi drama singari uning ssenariysi ishlab chiqilayotgan paytdayoq ayon bо‘lishi lozim.

Ssenariy - konsertning asosi. Uni yaratishdan oldin, muallif dramadan farqli о‘laroq rejissyor va hattoki bayram ishtirokchilarining asosiy qismi bilan tanish bо‘lishi lozim. Bundan tashqari ssenariy muallifi ana shu ishtirokchilar(konferensiya yoki boshlovchilar, xonandalar, sozandalar, raqqosalar, qiziqchilar, sirk artistlari va xokazo.)ning ijro uslublari, tashkil qilinishi lozim bо‘lgan konsert uchun qanday nomerni tayyorlaganliklari haqida ham ma’lumotga ega bо‘lishlari lozim. Ssenarist tayyor nomerning qanday janrda va mavzuda ekanligi, uning doimiylik vaqti qancha degan savollarga javob topishlariga ham tо‘g‘ri keladi. Ijrochilar bilan tanishib bо‘lgan ssenarist endi, ana shu konsert о‘tkazilishi lozim bо‘lgan sahnani uning bor imkoniyatlarini tо‘la qonli bо‘lmasada, ammo yetarlicha habardor bо‘lishi ham lozim. Chunki, konsert davomida spektakldan farqli о‘laroq, sahnaning bosh pardasi bir necha barobar kо‘p ochib-yopilishi ham mumkin. Sahnaga qaratilgan chiroqlar, tomoshabinlar zalini yorituvchi moslamalar qanday о‘rnatilgan uni о‘zgartirish mumkinmi yoki yо‘q. Ssenarist bunday vaziyatlarni va sahna holatini yaxshi bilmasdan konsert ssenariysini yaratsa, sahnaga mos tushmagan ssenariy rejissyor tomonidan butkul о‘zgarib ketishi ham mumkin. Shunday ekan, ssenarist yuqorida ta’kidlangan barcha ma’lumotlar yig‘ilgandagina о‘z ijodiy faoliyatini boshlagani ma’qul bо‘ladi.

Keyingi galda konsertda rejissyorning faoliyati asosiy о‘rinni egallaydi. Rejissyor konsertni nafaqat sahnalashtirish jarayonida qatnashadi balki, hali aytganimizday, ssenariyning yaralishida, konsert ijrochilarini yig‘ishda, nomerlarni tahlashda, tomoshabinlar bilan ishlashda. Teatrlashtirilgan konsertlarda ijrochilar dramatik spektakldan farqli о‘laroq tomoshabin bilan bevosita ishlashlari lozim bо‘ladi. Asosan, konsert nomerlarini bog‘lab turuvchi konferensiyalar bu jarayon bilan har gal tо‘qnash keladilar.

Rejissyor konsertni sahnalashtirishda tomoshaning bu qirralarini avvaldan hisobga olgani ma’qul bо‘ladi. Konsert tomoshabinlarini futbol ishqibozlariga о‘xshatish mumkin. Ular istalgan paytda biror bir xonandani ikkinchi marotaba qо‘shiq aytishga chaqirishlari mumkin. Demak, bu degani oldindan rejalashtirilagan nomerlar ketma-ketligiga putur yetishi, konsertning tempo-ritmi, kompozitsiyaviy uyg‘unligi buzulishi, hattoki konsert g‘oyasi ham darz ketish holatiga borishi mumkin. Rejissyor bunday holda, bir necha daqiqalar ichida konsert kompozitsiyasini saqlash, tempo-ritimni yuqotmaslik, imkoniyatlarini topishi zarur bо‘ladi. Bu degani konsert rejissyori sahnalashtirib bо‘lingan spektaklni, dramatik spektakl rejissyori singari erkin holatda tomoshabin zalidan, yoki yordamchi rejissyor о‘rindig‘idan kuzata olmaydi. Balki, har doim “start”da turishi zarur bо‘ladi. Konsertlarning shunday turlari borki, ularda tomoshaga kelgan mehmonlar asosiy о‘rinni egallaydilar. Bunday turdagi konsertlarga: Kechalar, tug‘ilgan kunlar, tо‘ylar, diskotekalar va hattoki ayrim bayramlar sharafiga о‘tkaziladigan marosimlarni ham kiritish mumkin bо‘ladi. Bu singari konsertlarni rejissyordan tashqari bevosita ularning egalari boshqarib turadilar. Bunday kechalarda albatta mehmonlar dominantlik qiladilar. Ular istagan kuy yoki ular hohlagan ijrochining qо‘shig‘i yangrashi lozim bо‘lib qoladi. Bunday kechalarni kompozitsion uyg‘unligini idora qilib turish nisbatan mushkul hisoblanadi. Tug‘ilgan kun va yubiley konsertlarda kechaning asosiy qahramoni barchaning diqqat markazida bо‘ladi. Ammo, har qanday holda ham kechaning qiziq о‘tishiga rejissyor javobgar hisoblanadi.

Mana bir necha о‘n yildirki, yurtimizninig san’atga ixtisoslashgan oliy va о‘rtamaxsus ta’lim о‘quv yurtlarida jonkuyar ustozlar tomonidan estrada va ommaviy tomoshalar, ommaviy bayramlar, qolaversa konsertlar rejissurasi fanlaridan ta’lim berib kelinayapti. Kelajakda yurtimizda ushbu sohada yanada rivojlanish va о‘sish bо‘lishi, otaxon rejissyorlarimiz Bahodir Yо‘ldoshev, Rustam Hamidov, Baxtiyor Sayfullayev singari rejissyorlarning izdoshlari topilishiga imonimiz komil.

Yosh avlodni ma’naviy va ruhiy barkamol qilib tarbiyalash vazifasi davlatimiz tomonidan ustuvor maqsad qilib belgilangan bir paytda, asosiy vazifasi tarbiyalash bо‘lgan sahna san’atining maqsadi ham ushbu maqsadga uyqash bо‘lishi tabiiy holdir. Sog‘lom avlodni milliy qadriyatlar va jahon madaniyati namunalarida tarbiya qilish, ularning murg‘ak aqli va qalbiga ezgulik, mehr-muruvat, sahovat va vatanparvarlik nihollarini ekish ijodkorlarning asosiy maqadlaridan biri bо‘lmoqligi lozimdir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Шароев, И. Г. Режиссура эстрады и массовых представлений : учебник / И. Г.

Шароев. – 2-е изд., перераб. – Москва : ГИТИС, 1992. – 432 с. 2. Shodiyev B. Eng ulug‘ va eng aziz bayram tomoshalari. Toshkent. О‘zbekiston. 2005

y. 3. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. Toshkent 2007 y. 4. Богданов И., Виноградский И. Драматургия эстрадного представлений. Сакнт-

Петербург. 2009 г. 5. I.G.Sharoyev. Rejissura estradi i massovix predstavleniy. Moskva. 2010 g. 6. B.Sayfullayev. Tomosha san’ati tarixi nazariyasi. Fan va texnologiY. 2014.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.