Temuriy malikalarning fojiaviy taqdirlari tasviri
Mardonova Lobar Umaraliyevna
Termiz davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya: “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasining Amir Temur haqida yozilgan boshqa ko‘pgina asarlardan farqli bir tomoni bor: asarda sohibqiron oilasi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Adibga bu ish oson bo‘lmagani aniq, negaki, o‘sha paytdagi urf-odat, qolaversa, islomiy aqidaga ko‘ra birovning oilasi, ahli ayoli to‘g‘risida yozish odob qoidalarigi tamoman zid sanalgan. Shunday bo‘lsa-da, faqat shu xonadonga yaqin bo‘lgan, bevosita Amir Temur yoki temuriylarning xohishiga ko‘ra tanlangan muarrixlarning asarlarida oz bo‘lsa-da, ma’lumotlar mavjud. G‘arb tarixchilari asarlarida ma’lumotlarning ko‘pligiga sabab ular temuriy malikalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgan yoki ma’lum muddat Amir Temur istagiga ko‘ra saroyda xizmat qilishgan. Tetralogiya adabiyotimizdagi mana shu bo‘shliqni to‘ldirganligi bilan alohida qadrqimmatga ega. Asarda kitobxon shu paytga qadar nomlarini ham eshitmagan tarixiy shaxslar– temuriy malikalar haqida juda muhim tarixiy-ilmiy dalillar mavjud.
Kalit so‘zlar: oqila, dono, qalbi mehr-muhabbatga to‘la, temuriy shahzoda malikalar, o‘z erini sevadigan, ma’rifatli ayol,
Hayotda yaxshilik va yomonlik, yorug‘lik va zulmat, muhabbat va nafrat, sadoqat va xiyonat goh yonma-yon, goh biri ikkinchisi bilan o‘rin almashtirib turadi. Tug‘ilish bor ekan, demak, o‘limning bo‘lishi ham aslida tabiiy bir hol. Narsalarning asl mohiyati ularning ziddiga qarab anglashiladi. Agar o‘lim bo‘lmaganida inson hayotni bunchalar sevmasdi, ehtimol.Baxt va balo har doim insondan tashqarida, hayotda yuz beradigan har qanday voqea-hodisa, ko‘rgulik va musibat odamning botinidadir. Bani odam bolalarining eng katta fojiasi o‘zidan tashqarida nimanidir izlashidir. Biz o‘zimizning hosilamiz, o‘z-o‘zimizning tarjimamizginamiz, xolos.
Insonga berilgan umr aslida ma’lum bir o‘lchovdagi vaqtdan boshqa narsa emas, eng muhimi, ana shu o‘lchovli vaqtni qanday va nimaga sarf qilishda. “Inson ruhiyati juda keng olam bo‘lib, undagi hissiyot va tuyg‘ular ikki xil shaklda o‘zini namoyon etadi: birinchisi, anglangan, ma’lum mantiqqa bo‘ysungan, ikkinchisi, ong osti hislari, ongga qalqib chiqmagan, lekin inson ruhiyatida doimo mavjud, tashqi dunyo bilan tinimsiz aloqa qilib turuvchi hislar”, – deb yozadi J.Eshonqul1. Tetralogiyada tasvirlangan o‘lim bilan bog‘liq holatlarga ham tegishli bo‘lgan bufikr teran talqinga muhtoj. Amir Temur, Xonzoda xonim kabi asar qahramonlari o‘lim belgi-nishonalarini savqitabiiyhis qilishadi. Sohibqiron tushida, Xonzoda xonim esa chinorning kesilishida ajal tobora yaqinlashayotganligini idrok etishadi.
Asar sahifalarida olamni oyog‘i ostida tiz cho‘ktirgan, o‘limning ko‘ziga tik qarab yashagan sohibqironning o‘ksib, o‘rtanib yig‘laganiga guvoh bo‘lamiz. Har bir ishda qattiqqo‘l, sabr-bardoshli, matonali, irodali Amir Temurdek zot ham farzandlarini qutqarib qolishga ojiz. U ayriliq va musibatga chiday olmay, hatto saltanat ishlariga qo‘l siltagan paytda piri buzurgi kelib nasihat qiladi, o‘zini qo‘lga olishga undaydi.
Temuriy malika Turmish oqa 27 yoshida vafot etadi va shundan keyin Jahongir Mirzo betob bo‘lib qoladi. “Piri shayx Zayniddin Abu Bakr Tayobidiydan kalimayi shahodat yozilgan uchburchak qora baxmal tumor qildirib keldi va o‘g‘liga, bu tumorni hamisha yuragingizga yaqin yerda taqib yuringiz, deb tayinladi”2.
Sevib-sevilib o‘z yoriga yetishgan, endigina farzand ko‘rgan taxt vorisi og‘ir betob. Uning oldiga chaqaloqni ilk marta olib kelishadi, shahzoda o‘zi kutgan, intiq bo‘lgan o‘g‘lini birinchi bor ko‘radi, ammo uning chaqaloqni qo‘liga olish nari tursin, hatto jilmayishga ham kuchi yetmadi… “Birdan chap burnidan qon otilib chiqdi, tabib chaqqonlik bilan artib oldi. Saroymulkxonim darhol Jahongir Mirzoning boshini ushladi, Xonzoda xonim esa yuragi uvishib soviy boshlagan oyoqlarini uqalardi…”3bu paytda Amir Temur Turon qo‘shini bilan Samarqandga yaqinlashib kelayotgandi, butun mamlakat motam libosida sohibqironni kutib olishga chiqdi. Kelini – Xorazm malikasiga ko‘zi tushgan sohibqiron uning yelkasidan quchib, manglayidan o‘pdi. So‘lg‘in, telba holiga tushgan kelini shu holda ham unga bo‘lgan hurmat-ehtiromni o‘z o‘rniga qo‘ydi va dedi: “Jahon shahzodasini saqlab qololmadik, valine’mat Sohibqiron.– yig‘lamsiradi Xonzodaxonim. –Saqlab qololmadik… Kechursunlar, dedilar.”4. 1 Жаббор Эшонқул.Фольклор: образ ва талқин. –Қарши:Насаф. 1999. –Б.130. 2 Муҳаммад Али. Улуғ салтаат. Жаҳонгир мирзо.1-китоб. -Т.: Наврўз. 2019. –Б. 294. 3Муҳаммад Али. Улуғ салтаат. Жаҳонгир мирзо.1-китоб. -Т.: Наврўз. 2019. –Б. 412 4Али, Муҳаммад. Жаҳонгир мирзо.Т.: Наврўз.2019.413-б
O‘g‘ilning otaga bo‘lgan munosabati odamni hayratga soladi. Hatto o‘layotganligi, bundan otasining qalbiga ozor berayotgani uchun kechirim so‘ralmoqda. Mana, sharqona tarbiya, odob, izzat-ikrom.
Amir Temurning garchi yuragi pora bo‘lsa-da, faqat o‘ziga xos mardonavorlik bilan shunday deydi: “Kechirdim, kechirdim!.. Olloh rahmatig‘a olg‘on bo‘lsin! –Amir Temur xo‘rsindi. – Siz kelinim emas, qizim, degandim. Endi qizim emas, o‘g‘lim, deymen! O‘g‘lim o‘rnida o‘g‘lim!. Jondan aziz o‘g‘lim!”5.
Ammo musibat, ko‘rguliklarning hali tugamagan, sohibqiron hayotlik chog‘idayoq hali o‘z zurriyodlarini so‘nggi yo‘lga o‘zi kuzatib qo‘yishini bilmas edi. Shu payt yangi chaqloq Muhammad Sultonni sohibqiron qo‘liga tutqazishadi. Shunda u go‘dakni hidlar ekan, payg‘ambarimizning rostdan ham, go‘dak bo‘yiday xushbo‘y narsa olamda yo‘q, degan hadislarini eslaydi. Biroq vaqti kelib ana shu chaqaloqningham ayni balog‘at yoshiga yetganida qazo qilishini xayoliga keltirmaydi.
Xonzoda xonimning kelini, Amir Temurning nabira kelini, rahmatli valiahd Jahongir Mirzoning o‘g‘li valiahd shahzoda Muhammad Sultonning seviklisi Sog‘inch bika haqidagi ishq dostoni yuraklarni zirqiratadi, hayratga soladi, kuyuntiradi, suyuntiradi.
Saroymulkxonim shunday deydilar: “Ollohning ishiga tan bermay iloj qancha? Qarangiz: qaynona bilan kelin bir-birlariga shundoq o‘xshaydilarki, hayratdan yoqa tutamen! Kelin qaynonaga tortadi deganlar-ku! Ko‘rku jamolda ham, aqlu idrokda ham ular bequsurdurlar! Ismlari ham bir-biriga uyqash Sevin bika (Xonzodaxonimning ismlari), Sog‘inch bika!
“Muhammad Sulton ittifoqo, bir baloyi ofat go‘zal chehraning qirmizrang taxtiravondan nim tabassum ila qiyo boqib turganini ko‘rdi! Shahzodaning aqli shoshdi... Butun vujudi allaqanday yoqimli tuyg‘udan titrab ketdi! Baloyi ofat deganimiz, balog‘atga yetishishga ilhaq, suratiyu sifatiyu siyrati kabi betimsol, tuyg‘un, sohib fitrat bir pari paykar edi.
Bu sohibjamol kim ekan? Ug‘ruq-ku Jahonshoh ibn Joku janoblariga tegishli, ammo shahlo ko‘zlari o‘tday yongan qiz... kim bo‘ldi”.
“La’lchechak bika (Sog‘inch bikaning asl ismi) endigina o‘n beshga kiraymi, kirmaymi deb turgan, hali bolalarcha qiziquvchanligi susaymagan bir yoshda esa-da, 5Али, Муҳаммад. Жаҳонгир мирзо.Т.: Наврўз. 2019.414-б ko‘rgannning ko‘ngliga qutqu soladigan sehru jozibaga ega, harakatlari o‘ziga yarashgan, dirkillagan, shaddod, quv, g‘urch badanli, jasur qiz... Quvligini yashirishga urinmasdi ham. Goh davrani qizdirish uchun, qiziqchilikka yigitlarday kiyinib olib, charx urib o‘ynab barchani kuldirar, qizlar suyishib, beixtiyor uni quchib olganlarini bilmay qolardilar.
Otasidan ko‘ra onasiga ko‘proq o‘xshagan qizning (“Xuddi onasini qoplab qo‘yganday” degan gan mashhur) xiyol cho‘zinchoq oq yuzlari tip-tiniq, qoshlari qora, ma’noli qarashlarida nozu karashmasi yashirin... Peshonasining chap tarafida lom yanglig‘ chiroyli gajagi ko‘rinib turar, kulganida bir tekis oppoq tishlari ko‘zga tashlanardi. Xiyol jilmayib qo‘ysa, ikki yuzidagi kulgichlari chiroyli uymoqchalar hosil qilar, bu uning ko‘rkiga yana ko‘rk qo‘shardi. Sohibjamol qiz oftobni o‘ziga nomahram bilar, shamolni begona hisoblar, gulzorga kirsa, qo‘llari gul yaprog‘idan ozor topar edi.
Jahonshoh ibn Jokuning qiziga mehri o‘g‘illariga qaraganda ham ortiqroq. Qiz tug‘ilishini kutib, juda sog‘inganlaridan, uni “Sog‘inch bika bu, Sog‘inch bika! Bizni sog‘intirib tug‘ilgan qiz!”derdi...”.
Sog‘inch bika o‘z muhabbati yo‘lida qo‘lida qilich tutib, jang maydonlarida ot surgan mardona qiz. Uning sevgisi tasviri yanayam samimiy, yanayam dilbar. U uzoq sarguzashtlarni boshidan kechirib, ishqini qilichi bilan himoya qilib, oxiri sevgilisiga, valiaxd shahzodasiga yetishadi. Ammo bu yetishmoqning bag‘rida baxt topolmaydi.
Nega ulug‘ saltanat yaratgan Sohibqiron bolalarini o‘lim degan balodan, sevikli kelinlarini ayriliq degan ofatdan himoya qila olmadi? Muhammad Sulton ayni 20 yoshida kutilmaganda vafot etdi. Shundan so‘ng Amir Temur Saroymulkxonim qarshisida yig‘lab yubordi. U o‘zining ojizligini, Yaratganning sinovlari oldida charchaganini his qildi. U uch o‘g‘li, bir qizi, nabirasini ayni kuchga to‘lgan bir pallada tuproqqa topshirgan bechora ota. Hazrati Jaloliddin Rumiyning: “Muyassariyat mahrumiyatdir, mahrumiyat muyassariyatdir”, – degan hikmatlari balki sohibqironga ham tegishlidir.
Sog‘inch xonim valiahd shahzoda, umr yuldoshidan umrining bahorida ayrilib, bu qayg‘uni jasorat bilan yengishga o‘zida kuch topdi: “ So‘nggi marta ayol kiyimini egnimga ildim, ortiq kiymasmen! Ma’zur tutgoylar, Amir Sohibqiron, padari buzrukvorimiz! Valiahd shahzodam, endi faqat jufti halolim jahon shahzodasi libosida yurishga, janglarga kirishga ijozat bersunlar!
–Balli, onaqizim! Ijozat, ijozat! - qo‘llab-quvvatladi shaddod kelinini Sohibqiron, - Qanday dono qizim bor-a, mening! Endi Sog‘inch xonim emas, Sog‘inchbek deb atagaybiz! “Sog‘inchbek!”, “Sog‘inchbek!” degan ovozlar yangradi...”6. Bekani bekka aylantirgan baxtsiz muhabbat edi. Kutilmagan yechim kitobxonni hayratga solishi tabiiy. Endi Sog‘inchbeka bu baxtsizlikni qanday ko‘taradi, deb yuraklar titrab turgan choqda topilgan shohona yechim yozuvchining mahoratidir. Ulug‘ saltanatning zalvorini munis yelkalarida yelkalashgan, qurbon bo‘lgan sevgisi ortidan yiqilmoq o‘rniga qad ko‘targan baxti qaro malikalar taqdiri orqali yozuvchi baxt va baxtsizlikning doim birga yurishini uqtiradi.
Otasining sha’ni uchun beaql kuyovidan topgan ozorlariga chidagan Sohibqiron qizi Sulton Baxtbegimning ibrati hammaga, bugun ham tegishlidir. Purqudrat shohning qiziman deb, kuyovining barcha qilmishlarini ochib tashlash, otasiga arzi hol qilish o‘rniga chidaydi, uzoq sukut saqlaydi. Faqat eri Muhammad Mirakning ulug‘ saltanatga, yurtga xiyonatini sezgan lahzada sabri nihoyasiga yetadi.
Jahongir Mirzo Vatanimizni chingiziylar istilosidan ozod qilish yulida olib borilgan hayot-mamot kurashlarida Sohibqiron otasining eng qiyin topshiriqlarini fidoyilik bilan ado etardi. U Chig‘atoyxon avlodlaridan bo‘lgan va Mo‘g‘uliston tomonlardan Farg‘ona vodiysiga bostirib kirgan Qamariddin zolimni Vatanimiz hududidan uloqtirib tashlaydi va yovni ta’qib etib, baland tog‘ dovonlari osha otda minglab chaqirim yo‘l bosadi. Bir emas, uch marta takrorlangan mana shunday og‘ir harbiy yurishlar fidoyi, mard yigitning sog‘ligiga yomon ta’sir qilgan bo‘lsa kerak, u yigirma yoshida Samarqandda vafot etadi. Bu orada uning suyukli malikasi Xonzoda xonim ajoyib o‘g‘il tug‘adi. Sohibqiron bobosi unga Muhammad Sulton deb ism qo‘yadi. Jahongir Mirzo suyukli yori va to‘ng‘ich o‘g‘lining diydoriga to‘ymay olamdan ko‘z yumgani roman oxirida juda ta’sirli ifodalangan.
Muhammad Ali sohibqironning oilaviy munosabatlariga, ota-bola, er-xotin maishiy hayotiga keng o‘rin ajratadi. Amir Temurday shavkatli podshoh o‘n sakkiz xotindan birgina o‘g‘il ko‘rgan va u Jahongir Mirzo edi. Qolganlari kanizaklaridan dunyoga kelgan farzandlar. Sohibqiron o‘z valiahdiga yuragining butun durini berdi. Uning qaddu bastidan, ahdu shahdidan, aqlu zakosidan shohona g‘urur tuydi va uni Xorazm malikasiga uylantirib qo‘ydi. Biroq ana shu umid chirog‘i 20 yoshda, endi 6Муҳаммад Али. Улуғ салтаат. Жаҳонгир мирзо.1-китоб. -Т.: Наврўз. 2019. –Б. 284. balog‘atga yetganida kutilmaganda kasallikka chalinib, vafot etdi. Undan Muhammad Sulton otlig‘ o‘g‘il yodgor bo‘lib qoldi. Sohibqiron endi butun mehrini unga beradi.
Sulton Baxtbegimning xuddi onasiga o‘xshab qilich tutib jangovar qiz sifatida yurishi tarix kitoblarida yozilgan. Bu shaddod qiz Sherbahrom degan amirning o‘g‘li Muhammad Mirakka sohibqironning istagi bilan turmushga chiqadi, ammo kuyov uni haddan tashqari xorlaydi. Sog‘inch bikaning o‘z sevgisi uchun kurashgani, Muhammad Sultonga yetishish uchun qat’iyat ko‘rsatgani, o‘zi esa ichidagini otasiga ayta olmagani uchunSulton Baxtbegim o‘zini ayblaydi: “Kelinchak shahzodani sevib qolib, muhabbat deb naq jondan kechishgacha boribdi.Sen-chi, Baxt? – so‘radi o‘zidan o‘zi alam girdobida. – Xudo shohid, ichingda Amir Shohmalik janoblarini sevarding. Ha, sevarding, ammo sevging uchun kurashdingmu? Nega sen ham yigitday kiyinib Amir Shohmalik qo‘shinida qatnashmading? O‘z taqdiringga birovnikiga qarag‘onday qarading? Joningga achinmading? Agar kurashg‘oningda, anovi yer yutkur mal’un telbaning qo‘lida ezilgan guldek xor bo‘lmasding-ku?.. Endi Sulton Badbaxtbegimga aylanib o‘ltiribsen!..”7.
Xuttalon viloyatining hokimi Muhammad Mirak saltanat dushmanlari bo‘lgan To‘xtamishxon va boshqalar bilan til biriktiradi, fitnachiligi sabab Umarshayx Mirzo tomonidan qatl etiladi. Amir Temur 17 yoshli beva kelini Xonzoda xonim, eri o‘ldirilgan Sulton Baxtbegim, marhum valiahd Jahongir Mirzo– bularning barchasi saltanat sohibi bo‘lgan qudratli zotning ichdan ezilishiga sabab bo‘ladi. Xo‘sh, buncha baxtsizlikning sababi nimada? Ayni shu savollar haqida zukko kitobxon, albatta, shoshilmay o‘ylab ko‘rishi kerak.
Sohibqironning Turmish oqadan tug‘ilgan qizi, Jahongir Mirzoning singlisi Oqa begim ham yigirma uch yoshida bir farzandini yetim qoldirib dunyodan ko‘z yumadi. Nihoyatda yumshoqko‘ngil, birovga qattiq gapirmaydigan, biroz kasalmand Oqa begim halim, chiroyli, go‘zal qiz bo‘lib, fe’l-sajiyasi singlisi Sulton Baxtbegimning teskarisi edi.
Xonzoda xonim o‘zidan yetti yosh kichik bo‘lgan qaynukasi Mironshohga uzatiladi va undan yana bir o‘g‘il Xalil Sulton tug‘iladi. Xalil Sulton va Xonzoda xonim o‘rtasidagi munosabatlar shu darajada yomon ediki, u hatto malikani haqorat qilish, unga qo‘l ko‘tarishgacha borib yetadi. Uning kirdikorlari– padari buzrukvori Amir 7МуҳаммадАли. Улуғ салтаат. Мироншоҳ Мирзо.3-китоб. -Т.: Наврўз. 2019. –Б. 413 Temurga tahdid qilib maktub yozishi, o‘g‘li Muhammad Sultonning taxt vorisi etib tayinlangani uchun hasad va alam bilan xiyonat yo‘liga kirishi, xazinani o‘z kayf-safosi uchun sovurib yuborishi, boshqalarning ko‘ziga chiroyli ko‘ringan yoki go‘zalligi ta’rifini eshitgan qizi, hatto xotiniga daxl etishi, Rashididdining qabrini buzdirishi– fosh bo‘lgandan keyin ham o‘zining aqlga nomuvofiq ishlaridan qaytmaydi.
Xonzoda xonim va Mironshoh Mirzo orasidagi tortishuvdan so‘ng malika Samarqandga yo‘l oladi. U yillar davomida Mironshohning bema’ni qiliqlariga zo‘rg‘a chidab kelayotgandi, ammo oxirgi janjaldan keyin uning toqati tugagandi.
“Menga “ko‘ragon”lik kerakmiydikin o‘zi? – malika so‘zini cho‘rt kesdi Mironshoh Mirzo. –Ko‘zim uchib turg‘oni yo‘q erdi! Hazrati ammam Qutlug‘ Turkon oqa maslahatlarini oldilar… mahdi ulyo bilan kengashdilar, kengashdilar. Yetti yil o‘tirib qolg‘on kelinlarini chora topmay, boshimizni aylantirib, aldab-suldab bizga uzatdilar… Vassalom!Ko‘ragon emish! Valiahd bo‘lmag‘oningdan keyin, ko‘ragonlik ne darkor? Kerak emas! Amir Sohibqiron o‘z uzuklariga, davlat tangalariga kibr-u havo ma’nosida “Ko‘ragon” kalomini o‘yib, naqsh qildirg‘onlar. Men tangalar tugul, hatto uzugimga ham yozdirg‘onim yo‘q! Yozdirmayman ham! Bilsangiz!”8.
Xonzoda xonim Mironshohning o‘limidan keyin Xalil Sultondan ham oqibat ko‘rmadi, u ham xuddi otasi singari beburd, tayinsiz bo‘lib chiqdi, hatto Amir Temurning nikohidagi malikalarni majburlab boshqalarga nikoh o‘qittirishgacha borib yetdi. Bir paytlar Xorazm malikasi bo‘lib, davlat ishlarini hal qilishda maslahatchi bo‘lgan, go‘zalligi el og‘zida doston bo‘lgan qiz, taxt vorisi - marhum Jahongir Sultonning suyukli yori, Amir Temur ham qizim, ham o‘g‘lim, deb ardoqlagan malika ana shunday uqubatlar ichida yashashga majbur bo‘ladi.
Temuriy shahzoda va malikalarning taqdiri nega bunchalar g‘amgin, nega ular ayni balog‘atga yetgan davrlarida bu hayot bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi? Bu sirni yechish, uni izohlash, qanday talqin qilish kitobxonga havola qilingan. Yozuvchi temuriy malikalarning fojiasini ko‘rsatadi, agar diqqat qilinsa, uning sababi ham ayon. Sabab-oqibat natijasi bo‘lgan qismatni yaratish inson amallariga, niyatiga ham bog‘liqligini inkor etib bo‘lmaydi. Chunki bu tan olamizmi-yo‘qmi, hayot haqiqati, hayotning yozilmagan qonuni, ilohiy haqiqatdir. 8Муҳаммад Али. Улуғ салтаат. Мироншоҳ Мирзо. 3-китоб. -Т.: Наврўз. 2019. –Б. 460
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Адабиёт назарияси. Икки томлик. 1 том. –Тошкент: Фан, 1979. –416 б.
2. Адабиёт назарияси. Икки томлик. 2 том. –Тошкент: Фан, 1979.– 448 б.
3. Адабиёт. Бадиият. Абадият. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. – 234 б.
4. Али, Муҳаммад. Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. –Т: Ўқитувчи, 1996. -310 б.
5. Али, Муҳаммад. Ўз-ўзингни англаб ет. Тошкент:.Шарқ, 2013. 381 б
6. Алимбеков А. Тарихий романчилигимизга бир назар. Озод Ватан саодати. Адабий танқид. –Тошкент: Адиб, 2013. –313 б.
7. Алимбеков А. Юлдузнинг беш қирраси.Тошкент, “Ўқитувчи”
НМИУ. 2020. 390 б.
8. Тўраев Д. Ўзбек тетралогияси. –Тошкент: Akademnashr. 2017. –Б. 212;
9. Улуғ салтанат васфи. Тошкент: Mashhur press, 2017. –352 б.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.