ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

TENIARINXOZ QOʻZGʻATUVCHISINING TUZILISHI VA TARQALGANLIGI

Özet

Dunyoda parazitar kasalliklar aholining yuqumli kasalliklari tarkibida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. JSST maʼlumotlariga koʻra, 4,3 milliardga yaqin odam parazitar kasalliklar bilan kasallangan. Respublikamiz viloyatlarida quyidagi miqdorda uchrashi qayd etilgan: Qoraqalpogʻistonda – 7,7, Samarqandda – 7,3, Buxoroda – 9,8, Qashqadaryoda – 9,3, Fargʻonada – 12, Navoiyda – 11,5, Namanganda – 13,5, Surxondaryoda – 10,3% uchraydi. Vaholanki, shu viloyatlar goʻsht kombinatlarining ishlab chiqarish veterinariya nazorati boʻlimi xodimlari esa 0,02 – 0,79% uchraydi deb axborot berishgan. Oʻzbekistonda bir yilda har oʻn ming kishidan oʻrtacha 24 kishi teniarinxoz bilan ogʻriydi. Ana shu hisobga jumladan, Xorazm viloyatida 240 kishi, Andijonda 323, Qashqadaryoda 539, Namanganda 228, Toshkentda 1200, Fargʻonada 585, Samarqandda 2800, Qoraqalpogʻistonda 950 kishi kasallangan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

TARQALGANLIGI

Yusupov Sh.Sh., Rasulov Sh.M. Urganch RANCH texnologiya universiteti Tibbiy – biologik fanlar kafedrasi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Mikrobiologiya, jamoat

salomatligi, gigiyena va menejment kafedrasi Dunyoda parazitar kasalliklar aholining yuqumli kasalliklari tarkibida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. JSST maʼlumotlariga koʻra, 4,3 milliardga yaqin odam parazitar kasalliklar bilan kasallangan. Respublikamiz viloyatlarida quyidagi miqdorda uchrashi qayd etilgan: Qoraqalpogʻistonda – 7,7, Samarqandda – 7,3, Buxoroda – 9,8, Qashqadaryoda – 9,3, Fargʻonada – 12, Navoiyda – 11,5, Namanganda – 13,5, Surxondaryoda – 10,3% uchraydi. Vaholanki, shu viloyatlar goʻsht kombinatlarining ishlab chiqarish veterinariya nazorati boʻlimi xodimlari esa 0,02 – 0,79% uchraydi deb axborot berishgan. Oʻzbekistonda bir yilda har oʻn ming kishidan oʻrtacha 24 kishi teniarinxoz bilan ogʻriydi. Ana shu hisobga jumladan, Xorazm viloyatida 240 kishi, Andijonda 323, Qashqadaryoda 539, Namanganda 228, Toshkentda 1200, Fargʻonada 585, Samarqandda 2800, Qoraqalpogʻistonda 950 kishi kasallangan. Kasallik qoʻzgʻatuvchining tuzilishi. Odamlar ingichka ichagida yashovchi zanjirsimon gelmintlarning voyaga yetgan turlari tasmasimon shakldagi uzunchoq yassi tanadan iborat boʻlib, quyidagi qismlarga: boshchasi (skoleks), boʻyincha va undan chiquvchi koʻp sonli yassi boʻgʻinlar – strobilaga boʻlinadi. Gelmintning boshchasi (skoleks) tekinxoʻrning ichak devoriga yopishib olishida qoʻl keladi. Uning Yopishib olishida 4 ta soʻrgʻichi asosiy vosita hisoblanadi. Gelmintning oʻsishi quyidagi tartibda boʻladi: boʻyinchada burmacha hosil boʻlib, u oʻsadi va birinchi boʻgʻinga aylanadi, keyin ular orasidan ikkinchi boʻgʻin oʻsib chiqadi va shu taxlitda davom etaveradi. Shunday qilib, dastlabki boʻgʻin boshchadan ancha uzoqlashgandan keyin unda toʻla tuxum hosil boʻladi va mustaqil ravishda uzilib, ichakdan axlat bilan tashqi muhitga chiqadi. Parazit tanasining umumiy uzunligi 2 m.gacha yetadi. Har bir boʻgʻin alohida organizmdek oʻzining barcha aʼzolariga ega boʻladi. Boʻgʻinning katta qismini xunasa jinsiy aʼzolar egallab olgan boʻladi. Dastlab erkaklik jinsiy aʼzolar – urugʻdon va urugʻ yoʻli, soʻngra esa urgʻochilik aʼzolar – tuxumdon, bachadon va qinlar taraqqiy etadi. Rivojlanishi. Odam axlati bilan tashqi muhitga tushgan yetuk boʻgʻinlar axlat bilan chirib parchalangach, undagi tuxumlar yorugʻlikka chiqadi. Bitta gelmint bir yilda 440 milliongacha tuxumi boʻlgan 25 mingta yetuk boʻgʻin ajrata oladi. Tuxumlar uch qavat parda bilan qoplangan boʻlib, yumaloq yoki ovalsimon shaklga ega. Uning kattaligi 0,031-0,038 mm gacha boʻladi. Tuxum ichida onkosferalar saqlanib, uning uch juft xitinlik ilmoqchalari boʻladi. Aynan shular (onkosfera) odam va hayvonlarning zararlanish manbai hisoblanadi. Tarkibida tuxumi boʻlgan odam axlatlarining yaylovlarga tushishi natijasida suv va yem-xashak ham zararlanadi. Natijada zararlangan ozuqa va suv orqali parazit tuxumi hayvon organizmiga oʻtadi hamda oshqozon shirasi taʼsirida tuxumning poʻsti hazmlanib, murtaklar (onkosferalar) ozodlikka chiqadi. Keyin esa ilmoqchalari yordamida ichak devorini teshib, qon va limfa tomirlariga tushadi. U yerdan qon va limfa oqimi orqali barcha aʼzolar tomon harakat qiladi. Soʻngra muskul toʻqimalarida va boshqa aʼzolarda joylashib olib, sekinlik bilan oʻsadi, ilmoqchalaridan ajraladi va boshchasi ichiga qaytgan gʻumbakka (finna) aylanib, ularning lichinkalik bosqichi tugaydi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, qoramollarning sisterkoz bilan zararlanishida yagona manba odamlar boʻlsa, odamlarning teniarinxoz bilan ogʻrishlarida esa yolgʻiz manba – kasal qoramollardir.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.