USULLARI
1Sultanov Akram Abduxalikovich, 2Ziyodullayeva Shaxlo Norqulovna
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Termiz Filiali Teri leyshmaniozining klinik spektri keng bo‘lib, stafilokokk yoki streptokokk infektsiyalari, mikrobakterial yaralar, moxov, qo‘ziqorin infektsiyalari, saraton, sarkoidoz va tropik yaralar kabi boshqa teri kasalliklarining belgilariga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Teri leyshmaniozining klinik ko‘rinishlari o‘ziga xos bo‘lmaganligi sababli hamda davolash qimmat, ko‘p vaqt talab qiladigan yoki toksik bo‘lgani uchun, diagnostik tasdiqlash zarurdir. Parazitologik diagnostika teri leyshmaniozining o‘ziga xosligi tufayli diagnostika standarti bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, usulning ta’sirchanligi geografik joylashuvga, kasallangan joyning turiga va rivojlanish bosqichiga qarab keng farq qiladi. Shuning uchun har bir bemor uchun bir nechta parazitologik diagnostika testlari o‘tkazilishi kerak. Parazitologik diagnostika uchun material qirib olish, ingichka igna aspiratsiyasi yoki jarohatlarning biopsiyasi orqali olinishi mumkin. Teri punksiyon biopsiyasi (2 dan 4 mm gacha bo‘lgan namunalar) kengroq namuna olish (agar parazitlar soni juda kam bo‘lsa, foydali) va muqobil diagnostika maqsadlarida (masalan, mikrobakteriyalar va zamburug’lar) yetishtirish yoki gistopatologik tekshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, biopsiya natijasida olingan mazoklar bo‘yalishi va tekshirilishi mumkin. Ushbu usullarning har biri bilan olingan material mikroskopik tekshirish, yetishtirish va molekulyar diagnostika usullaridan foydalanish uchun ishlatilishi mumkin. Biopsiya namunasidan olinib yetishtirilgan material namokob suvda gomogenlashtirilgan yoki yetishtirilish muhitida steril sharoitda bo‘lishi kerak, bu esa protsedurani yanada murakkablashtiradi. Gimza bilan bo‘yalgan materialni mikroskopik tekshirish ko‘pincha endemik hududlarda birlamchi, ikkilamchi yoki uchinchi darajali sog’liqni saqlash muassasalarida mavjud bo‘lgan yagona usuldir. Parazitni oddiy muhitda o‘stirish turni aniqlash va uning xususiyatlarini o‘rganish imkonini beradi. Parazit nuklein kislotalarini molekulyar diagnostika, ayniqsa PCR usullari orqali aniqlash diagnostika sezgirligini oshiradi va Leishmania turlarini aniqlash imkonini beradi. Bu, ayniqsa, bir nechta leyshmaniya turlari birga mavjud bo‘lgan va turli xil klinik natijalar va davolanishga turli xil javoblar bilan tavsiflangan hududlarda juda muhimdir. Multipleks PCR tahlillari turlarni tez aniqlash imkonini beradi va ulardan foydalanish teri leyshmaniozini tashxislashda ortib bormoqda. Biologok materialni yetishtirish ham, molekulyar diagnostika ham katta laboratoriya infratuzilmasi va texnik tajribani talab qiladi, ulardan foydalanishni ixtisoslashgan laboratoriyalar bilan cheklaydi. Serologik diagnostika teri leyshmaniozida past sezuvchanlik va o‘zgaruvchan o‘ziga xoslik tufayli qo‘llanishi cheklangan. Leyshmanin teri testi epidemiologik tadqiqotlarda foydali bo‘lishi mumkin, ammo teri leyshmaniozini tashxislashda unchalik ahamiyatga ega emas. Serologik testlar ham, teri testlari ham oldingi va mavjud infektsiyalarni farqlamaydi. Teri leyshmaniozi kasalligini diagnostika qilish sog’liqni saqlash xizmatlariga xos bo‘lishi kerak, chunki laboratoriya jihozlarining mavjudligi sog’liqni saqlash tizimining darajasiga juda bog’liq. Leyshmaniozning qaytalanishini tashxislashda ham zarur bo‘lgan diagnostika sog’liqni saqlash tizimining tuman yoki undan yuqori darajasida o‘tkazilishi kerak.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.